Robiya  ( 25632 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Robiya  26 Noyabr 2010, 04:06:40

:as:

Dalda

Men daldaga tayyorman har dam,
So'zlaringni tinglabon har gal.
Umrim so'nggi qadar to'xtamam,
Duo qilgum xayr har mahal.

Men daldani Senga sog'inib,
Boshqasini qilmayman umid.
Qalb ketsa-da parchalar bo'lib,
Sening kaming qilaman xarid.

Mayli, yasha, baxtli bo'l to'kis,
Dalda kerak bo'lsa - tayyorman.
Yuragimda qolajak bir his,
Bir nazaring, so'zingga zorman.

26/11/2010

Qayd etilgan


Saliha  26 Noyabr 2010, 22:50:02

Rabiya, se'rlani o'zingiz yozasimmi?

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2010, 02:16:35

:as:

Ha Saliha, o'zim yozaman, Alloh qodir qilguncha..

Qayd etilgan


Robiya  27 Noyabr 2010, 03:11:24


***

Sen uxlaysan, qaylardadir, kim,
Bedor.. Seni duolar qilar.
Qarab turib uzoqlardan jim,
Xayrli tun.. Xayrlar tilar.

Sen uyquda, ko'rasan tushlar,
Kimlarnidir xotirlab takror.
U-chi? Xayol, orzuni xushlab,
Seni isming yodlatar ming bor.

Uxlayapsan, beg'ubor, ma'sum,
Nafaslaring tasbeh bo'lgulik.
Muxlisingga aylanib bir zum,
Ko'rdim.. Juda havas qilgulik.

Sen uyquda, men esa bedor,
Uyg'onishing kutib har lahza.
Yulduzlar-la yozyapman ash'or,
Hilol Senga yasar guldasta.

Uxlayapsan.. Uyg'ongin tezroq..


27/11/2010

Qayd etilgan


Saliha  27 Noyabr 2010, 13:45:54

 :vslm:
judayam chiroyli she'rlar..rahmat Allah sizga yordamchi bo'lsin..

Qayd etilgan


Robiya  01 Dekabr 2010, 04:32:14

:as:

***

Qiynaliblar ketdi bu yurak,
Umid unsiz yosh to'kar mahzun.
Unga Sendan bir xabar kerak,
Kutdi kunlar, endi bedor tun.

Ketsa hamki chok-choklar bo'lib,
Qalb kutishda sobit, mustaqiym.
Quvonch emas, g'amlarga to'lib,
Sen hissizdan so'raydi rahm.

Tamom.. Ketdi.. Yo'q bo'ldi orzu,
Xabar yozib bo'lma ovora.
Javob bormas, darbadar tuyg'u,
Qaylardadir kezar bechora.

Juda bandsan... Vaqting yo'q bir on...

1/12/2010

Qayd etilgan


Robiya  01 Dekabr 2010, 05:31:24

***

Uxlamadim, uxlayolmadim,
Seni yoding uyqudan afzal.
Jamolingga bir to'yolmadim,
Yurak hamon diydorga mahtal.

Seni eslab to'kdim tiyra yosh,
Suhbat kunlarini sog'inib.
Umid menga tilaydi bardosh,
Sog'inchlarda gullar bor qilib.

Sen ham meni eslarmikansan,
Xabaringga arzitib bir bor?!
Boqiy sevgi tilarmikansan,
Duo qilib takror va takror..

1/12/2010

Qayd etilgan


Hadija  01 Dekabr 2010, 12:48:18

 :jaza: Alloh ilmizga ilm, talantizga yana talant qo'shaversin!

Dinimizning go'zal farz va nafl ibodatlari hususidagi she'rlarni ham kutib qolamiz!...

Qayd etilgan


Robiya  02 Dekabr 2010, 06:14:45

:as:

***

Sendan nega qilayin gumon,
Savollarga ko'may adoqsiz..
Bag'ishlolmay o'zingga bir on,
Kuning o'tar ish-la, oromsiz..

Nega Sendan bo'layin xafa,
Malomatlar yog'dirib takror..
Bir lahzalik diydor-la qalbga,
Kelding, ortiq yana ne Baxt bor..

Ko'rdim: tinchsan, kayfiyat a'lo,
Masrurlikdan yuzingda kulgu.
Mahzun bo'lma, o'ylama xato,
Qalbimda hech o'zgarmas tuyg'u..

Senga ma'lum yurak davosi,
Eslab nazar tashlasang, shu bas.
Elitmaydi bulbul navosi,
Tun bedorman, uyqu ham kelmas..

Isming aytsam nurli samoga,
Ko'z yoshlarin to'kib dur misol.
Nur to'ldirdi zulmat dunyoga,
Har tomchida nazaring xayol..

Mayli.. Mayli.. Boshqa netaman,
Kutgum Seni umrim boricha.
Istasang gar hozir ketaman,
Qalbga behud umid berguncha...

2/12/2010


Qayd etilgan


Ansora  02 Dekabr 2010, 14:58:41

 :as:

Shoirlarga kuz fasli boshqacha tasir qiladi-da : )

Qayd etilgan