Muallif Mavzu: Robiya  ( 24272 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Robiya
« : 23 Dekabr 2009, 09:27:34 »
Foydalanuvchi nomi: Robiya
Ismi-sharifi: Go'zal Ahliddin qizi
Tug'ilgan sanasi: 23 aprel, 1988 yil
Tug'ilgan joyi: Buxoro viloyati Kogon shahri
Ma'lumoti: Oliy (BuxDU)
Faoliyati: O'qituvchilik
Forumga a'zolik sanasi: 14 Oktyabr 2006
Maqomi: Global moderator

Avatari:


Imzosi:
Ошиклар учун энг яхши жой махбубнинг ёнида. Ж. Румий

Birinchi posti:
Ushbu ajoyib suhbatlarni tashkil qilganliklari uchun ushbu sayt xodimlariga minnatdorchilik bildiraman (futbol intervyusi).

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #1 : 23 Dekabr 2009, 09:28:38 »
Qisqacha tarjimai holi:

Kamina Go'zal Ahliddin qizi! 1988 yil 23 aprelda Buxoro viloyati Kogon shahrida tavallud topganman. 1994 yilda birinchi sinfga borganman. 3 ta maktabda o'qiganman. 4-sinfgacha rus maktabda, keyin beshinchidan to'qqizinchi sinfgacha boshqa maktabda, 9-11 sinflarni litseyda o'qiganman. 2005 yilda talaba bo'ldim, Buxoro Davlat Universitetiga o'qishga qabul qilindim... Gumanitar fakultet "Milliy istiqlol g'oyasi, huquq va ma'naviyat" bo'limini shu yil tugatib, Xudo xohlasa ishlarni boshlab yubordik. Hozirda Kogon shahrida 9-o'rta maktabda tarix,  huquq va milliy g'oyadan dars berib kelyapman.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #2 : 23 Dekabr 2009, 09:30:10 »
She'rlari:

Oliy maqsad

Qalbim liq to’ladir Sening ishqing-la,
O’tkinchi havaslarni xushlamas ko’ngil.
Til Sening zikringda charchamas sira,
Ko’z faqat Seni ko’rar,xayol ham Senda.

Mendan yiroqlashma, nazaring olma,
Axir ishonganim yolg’iz O’zingsan.
Boshqaga kuhtojlikni boshimga solma,
Qo’limga gul tutma, mayli ber tikan.

Sening har bir so’zing umrim mazmuni,
Buyruqlaring amali-la hayotda borman.
Ayirma qalbimdan nur, muhabbating,
Bir bor soya solsang, ming jon fidoman.

Rahimu, Rahmonim,Qodirim,Egam,
Hamdlar bo’lsin Senga, Allohim behad!
Sening ishqing yo’lida cheksam ham alam,
Jamoling ko’rmoqlik eng oliy MAQSAD!!!

Go'zal Ahliddin qizi
30.08.2009



* * *

Mag’rur bosh bugun egik,
Qora ko’z ma’yus boqar.
U sabab jonim tirik,
Xayol ham Unga shoshar.

Labdan ketdi kulgilar,
Til Uning nomi-la band.
Ko’z yoshim bugun kutar,
Bir ko’rmoq uning-chun baxt.

Habibim, Hayot, Borim,
Asiringdir bugun dil.
Eshit, tinglagin zorim,
Menga bir nazar qilgil.

Abadul mahbus bo’lay,
Nurli manzil,makonda.
Fano fillohga yetay,
Ruh asir bu jahonda.

Robiya arzin so’zlar,
Rahmatingdan umidvor.
Hammaga afzalin tilar,
Niyatga ham xayr bor…

Go'zal Ahliddin qizi
30.08.2009

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #3 : 23 Dekabr 2009, 09:32:03 »
To'rtliklar

Oh nega qiynaldim deya og'rinib,
Qalb ko'zin Taqdirga tikmang bemajol.
Yaxshisi tavakkul qiling sig'inib,
Yolg'iz Parvardigordan Siz so'rang nurli hol..

***

Alloh dedim, kam qilmadi,
Do'stu yorga qildi oshno.
Tilga zikru fikr berdi,
Hayotim ham nurli, ziyo.

***

Rozimasman, Alloh desa, dil yonmasa,
Rasululloh desa, zahmatga ko'nmasa.
Ruhsiz tanim,nafsga asir bo'lsa abas-
Islomsiz o'tgan kunlarim kerak emas.

* * *

Қизларда ҳаё йўқ, йигитлар беор,
Бухорий, Темурлар йиғлаёди зор-зор:
“Ҳикматли Бухором, Ўзбекистоним,
Наҳот сени бугун қоплади ғубор!?”

* * *

Осмонга боқаман сонсиз юлдузлар,
Аллоҳ ҳикматини сўзлар бетўхтов,
Эсаётган шамол, майса, дарахтлар,
Дейди: “Ҳақ Қиёмат, яқиндир Сўров!”
 
* * *

Намозда хушуъ йўқ, рўзалар қазо,
Қуръони Каримни унутди инсон,
Суннат амал эмас, қилинар риё,
АБАДИЙ ЖАННАТдан юз бурди инсон.

* * *

Бедор ўтказамиз узун тунларни,
“Таҳажжуд”да дуони қилмасдар канда.
Аллоҳдан сўраймиз гўзал ЯКУНни,
Гарчи ўзимиз бир гуноҳкор банда.

* * *

Бу дунё ҳаёти бир меҳмонхона,
Биз-чи, келиб-кетар йўловчи, меҳмон.
Ким яшар Аллоҳни дўст тутиб ўзга,
Кимдир бу дунёдан ўтар беиймон.

* * *

Орзулари бор бўлсина инсонни,
Нафс комига асир қилиб қўяди.
Аллоҳ зикрин, ибодатин қилишдан,
Мол-дунё ҳаваси ортиб боради.

* * *

Тил бердинг зикрингни қилмадим дилдан,
Икки кўзим тиёлмадим зинодан.
Кўксга уриб: “Мусулмонман!” дейману,
“Калима”ни айтолмадим юракдан.
                     
* * *

Ҳақлиманми ёки йўқ, лекин,
СЕН*инг васлинг менинг маслагим!..

Гўзал Аҳлиддин қизи

* - Аллоҳ азза ва жалла

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #4 : 14 Yanvar 2010, 08:25:23 »
She'rlari:

Anonim she’r

Uyqusirab uyg’onyapti tong
Oppoq qorli belanchagida
Qay tariqa o’tadi bu kun
Kechar doim xayollarimda

Bugun seni ko’ramanmi yo…
Javob topmay o’rtanar yurak
Qarashlaring qilarmi shaydo
Ollohimga ayondir beshak

Bir maqsadda qadam bosaman
Seni ko’rish va faqat seni
Muhabbat-la senga shoshaman
Sevging asir ayladi meni

Qayerdasan sevgilim qayda
Javob bergin bo’lmasidan kech
To urarkan yuragim tanda
Dil qiynalur qiynaydi sog’inch

Sevgim olis ekansan mendan
Izlay izlay oxiri topdim
Seni sevib ishongin chindan
Visolingni men uzoq kutdim

Quvonchlidir faqat sen bilan
Orzularga boy bu hayotim
Azoblisan azobli darddan
Sen o’zingsan shirin orzuim

Muhabbat-la uyg’onib har kun
Malham topdim azobli dardga
Orzuimga erishdim bugun
Visolingni ko’chirdim qalbga

Mana bu kun oxirlab qoldi
Xayr deyman senga hozircha
Aytolmagan bir gapim qoldi
Seni sevgum umrim boricha

Quyosh tog’ga asta qo’yib bosh
Uyqu sari ketdi bemalol
Ertagacha beramanmi dosh
Endi qiynar meni shu savol

Uyqusirab uyg’onyapti tong
Oppoq qorli belanchagida…     
                           
Go'zal
(11.02.05 yil, tonggi 4-00)


Hijron

Bugun men-chun boshlanar hijron
Visoling ko’raman oxirgi marta
Sen-la o’tgan har lahza, har on
Muhrlanar qalbga albatta

Esda qolar beg’ubor kunlar
Unutilmas nurafshon tunlar
Har nafasda seni eslayman
Umrim faqat sen uchun kular

Ishq muhabbat yashar abadiy
Ajratolmas ularni firoq
Ikki qalblar tutashgan sohil
Yodga solar sevgimni ko’proq

O’sha kezlar edim baxtiyor
Har soniya yoningda mamnun
Lek sevgimdan voz kechib majbur
Taqdirga tan beraman bugun             

Go'zal  

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #5 : 14 Yanvar 2010, 08:26:43 »
She'rlari:

***

Shunday muhabbat berginki, oqibat Seni topay,
Unda Seni ko'ray-u, Seni deb unga shoshay.
Uning har nazarida etsa ilohiy nur tajalliy,
Bir qarashiga mast bo'lib, ikkisida jon beray...

Go'zal Ahliddin qizi


Endi men bahorni sog’inmay qo’ydim…

Endi men bahorni sog’inmay qo’ydim,
Ko’rgim kelmas sira gullarini ham.
Quyoshli bir kunda yurakni so’ydim,
Shu bahor qalbimga berdi ko’p alam.

Bevafo dunyoda quvonch-la yashab,
Tabassum-la yengardim to’siqlarni ham.
Bunda hayotimga bir nurni izlab,
Topganim bo’ldi-ku faqat g’am, alam.

Taqdirimdan mingdan-ming rozilar edim,
Sening suhbatingga shosharedi dil.
Sen-la bu dunyoni nur, go’zal ko’rdim,
Foniy havaslarga aldandi ko’ngil.

O’sha mash’um kun ham hamon yodimda,
Ikkimiz ham qanchalar shod-xurram edik.
Yana o’zing aytding so’nggi so’z shunda
Uchrashmay turib biz nogoh ayrildik,
Mayli, nima bo’lsa, taqdirda dedik…

Seni ayblamayman, lek yarim ko’nglim,
Sendan nafratlanib qarg’aydi  hamon.
Sen-la suhbatlarga shoshgan bu tilim,
Der: “Muhabbat qo’yib, voz kechmoq yomon!”

Mayli, qayda bo’lsang, bo’lgin baxtiyor,
Alloh panohida asrasin Seni.
Senga aytar so’zim, eshit so’nggi bor:
“Endi bu dunyoda izlama meni…”


Аср қазо бўлмасин!

Ўрта намоз дедилар,
Аллоҳ амри билдилар,
ÐŽқидилар,қилдилар,
Аср қазо бўлмасин!

Ўзи савобдан савоб,
Бир ракаати минг китоб,
Расул қилдилар хитоб:
Аср қазо бўлмасин!

Даъват қил оилангни,
Ҳадя бил ушбу пайтни,
Кейин топмайсан,қани,
Аср қазо бўлмасин!

Қалбингни асра киндан,
Амалинг бажар дилдан,
Камчилигинг бор кимдан,
Аср қазо бўлмасин!

Бор-ку дейсан бошқалар,
Уларда бор хайрлар,
Лек Каломуллоҳ айтар:
Аср қазо бўлмасин!

Фаришталар инган пайт,
Дуо-ниятингни айт,
Гуноҳкор бўлишдан қайт,
Аср қазо бўлмасин!

Ҳар не ишни четга сур,
Аллоҳга бош эгиб тур,
Сўнг бунинг хайрини кўр,
Аср қазо бўлмасин!

Гузал Ахлиддин кизи
05.09.2009.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #6 : 14 Yanvar 2010, 08:27:25 »
Qatra

Zamonamiz ajoyib...

Ertalabdan imkon bo'lib, yarim soatcha o'tirib odamlarni kuzatdim...

Bolasini qo'lidan yetaklab ketayotgan ONA (!!!) ertalabdan farzandini "chiroyli" so'zlar bilan siylamoqda: "ovozingni o'chir..."

Osmonda esa qishda ovozi ham chiqmagan qarg'alar ovozini baralla qo'yib qag'illashmoqda...

Biri kelib, biri ketayotgan yo'l mashinalari hammani o'z manziliga yetkazmoqda... hozircha shu dunyodagi...

Milliy matomizdan o'ta zamonaviy dizaynda tikilgan ko'ylakni kiygan qiz, qo'l telefonida... undan 100 metrcha narida o'tirgan otaxonlarning boshini achinish hissi ila chayqashiga sabab bo'lguvchi shovqini kuchli chet el musiqasini eshitib ketmoqda...

Kim o'ngga, kim chapga, kim oyoqda, kim esa...

Sekin-asta odamlar gavjumlashyapti... Yana turli xillik, rang-baranglik...

Hamma o'z tashvishida...ish,savdo,oila...

Va ushbu kishilarda bitta umumiylik bor: Dunyosini deb oxiratini unutishyapti, Vallohu a'lam!..

Iye, ana kimdir velosipedda kelayotib yiqilib ketdi gulzorga...

Maqoming muborak, ey notanish birodarim! Payg'ambarimiz SAVdan hadis borki, kimga zarracha shikast yetsa, tikandan ziyon yetsa, Alloh uning ajrini beradi...

Biz ham shunday ajrlardan umidvormiz...InshaAlloh!

Muhimi osmon ko'm-ko'k, musaffo, quyosh porlab turibdi!

Tinchlik, osoyishtalikdan masrur bayrog'imiz hilpirayapti...Muhimi shu emasmi azizlarim!

Yana bir go'zal kun, ibrat kuni muborak, aziz forumdoshlar!

Dunyomizni, kishilarimizni shunday yaratib qo'ygan Allohga beadad hamdlar bo'lsin!

Har qadamda ibratlanish hammamizga nasib etsin!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #7 : 14 Yanvar 2010, 08:28:05 »
Aforizmlar

Sevgida intiho bo'lmaydi, judolik uning ibtidosidir!

***

Yashayapmiz, aslida - chi, o'lyapmiz...
O'lyapmiz, aslida - chi, tirilyapmiz!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #8 : 14 Yanvar 2010, 08:28:48 »
Qatralar. 2-qism

Daraxtzor...

Daraxtzor...Bu daraxtzorning bino bo'lishi uchun Ochil otaning kuchli belidan quvvati ketib, o'zi qurgan daraxtlariga suyanib qoldi.Ochil ota xotirlaydi: Esimda,mana shu daraxtlarning nihollarini olib kelib o'tkazgan paytlarim kechagidek esimda.Qara-ya,hozir bo'yim yetmas yuksaklikka erishgan daraxtlar xuddi menga minatdorchilik bildirayotgandek tuyulyapti.Mana bu daraxtni sevimli nevaram Jamshidjon o'tkazgan edi."Bobojon,bu daraxt qachon katta bo'ladi?U meva qiladimi?"deb turli savollar berardi tushmagur.Bu daraxtlar meva tugmaydi,bolajonim,bu daraxtlar baland-baland bo'lsa uni odamlar kesib olib uy qurishadi,boshqa ishlariga ishlatishadi deganimda,o'zi qurgan daraxtni yerdan sug'urib olib,unaqada men daraxtni ekmayman.Baribir kesisharkan-ku, deb xafa bo'lgandi nevaraginam.Mana,hozir uning o'z bog'i bor,turli mevali daraxtlar o'tkazgan,onda-sonda kelib mening daraxtzorimdan ham xabar olib ketadi.Faqatgina uzoqdan qarab,essiz,yana 10 ta daraxt kesilibdi deb xo'rsinib qo'yadi.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #9 : 14 Yanvar 2010, 08:29:19 »
Qatralar. 3-qism

Kechdim sendan

Inson dunyoga kelar ekan, u o'zini kelajakda qanday ishlar,qanday vaziyatlar,qanday muammolar-u quvopnchli kunlar kutib turganini bilmaydi.Vaqti-vaqti bilan ularni o'zi amalga oshira boshlaydi.Va ularni bajarish davomida ko'p kishilarga va narsalarga "kechdim sendan"  deyishga majbur bo'ladi.).Masalan:
Do'stga: - Sendan buni kutmagandim.Seni o'zimga yaqin olib,dardlarimga hamdard qilgandim.Oqibati ...Bugun hamma ustimdan kulyapti.Menga har qancha og'ir bo'lmasin,senga bu gapni aytish yuragimni pora-pora qilsa-da "kechdim sendan"
Tilga: - Alloh harom sanagan gaplarni gapirganing,uning iymonli bandalarini soatlab g'iybat qilganing sababli gunohlarim yozilgan a'molimni to'ldirganing uchun "kechdim sendan"
Oynayi jahonga: - mening qimmatli vaqtimni behuda ishlarga ,turli foydasi yo'q seriallarga,hidoyatdan yiroqlashtiruvchi qo'shiqlarga jalb qilganing uchun "kechdim sendan"
Orzuga: - menga haddan tashqari ko'p umid berganing(aslida amalga oshmasang-da) uchun,oqibatda haqiqiymaqsadimdan adashtirganing uchun "kechdim sendan"...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Robiya
« Javob #10 : 14 Yanvar 2010, 08:29:49 »
Qatralar. 4-qism

Xayr, ey Mohi Ramazon!

Sen bilan xayrlashganimizga ancha bo'lgan bo'lsa-da, sendan ayrilgim yo'q,sevimli Mohi Ramazon!
Bilasanmi,sen tufayli bir oy mobaynida ko'nglim xotirjam,ruhim orom oldi.
 Senga necha marta minnatdorchilik bildirsam ham oz.Sababi,sen bizga bergan narsani hech  kim va hech nima berolmaydi.Ey oylar sayyidi, har bir saharlik qilganimdagi quvonchni,har iftorlik qilgandagi dasturxon atrofidagi aytiladigan bir-biridan ajoyib hikmatlar... Eh,bu onlar qanchalik oz bo'lsa, shunchalik foydali va masrur onlarni taqdim etgandi.
  Sening sharofating ila necha-necha iymonli kishilar suhbatidan bahramand bo'ldim.Ular bilan seni bizga farz qilgan Allohimga hamdlar aytganimiz kechagidek esimda.
  Biz tomonlarga qilgan bir oylik safaring bizga yillarga tatigulik yaxshiliklar,savob amallar,ajrlarga erishishimizga kifoya.

  Mana,Ey Mohi Ramazon, sen bilan yana bir yilga xayrlashyapman.Yo'q, bu xayrlashish emas,senga aytadigan eng so'nggi so'zim: Keyingi yil diydorlashguncha...

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Robiya
« Javob #11 : 16 Mart 2010, 04:15:05 »
Assalamu alaykum!

***

Tun pardasi yopilib asta,
Tong oq ro'mol o'ray boshladi.
Xoja*sidan bo'lib shikasta,
Xo'roz Sen**i alqay boshladi..

Uxlagan har jonzot uyg'ondi,
Maysa, gullar ko'tarishdi bosh.
Faqat inson g'aflatda qoldi,
Hech eshitmas, yurak misli tosh.

Umring lahzasi-da hisobli,
G'ofil banda bo'lma beparvo.
Uyg'on tezroq, hali ham vaqtli,
Senga mushtoq, kutar joynamoz!..


*Xonadon sohibi
** Alloh azza va jalla

16.03.2010
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Robiya
« Javob #12 : 19 May 2010, 17:48:58 »
:as:

Shirinso’z bo’l, bo’l do’stim halim,
Suhbatingga oshiqsin yurak.
Kalomingda jo bo’lsin Rahim,
Uning zikri, afzaldir beshak!

*** 

Xushsuratu, xush xulqing bezab,
Zabonlaring tinmas shukrdan.
Foniy, boqiy saodat so’rab,
Qalb halovat topar zikrdan.

*** 

Eh, Mahbubim, Sening xayoling,
Qalbim mayli aylasin asir.
Faqat ko’rsat, bir bor Jamoling,
Berma, mayli ko’shk, ayvon, qasr!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Robiya
« Javob #13 : 19 May 2010, 17:49:18 »
Ozorlaring qalbimga rohat,
Sinoving-la to’laman nurga.
Sen unutma, unutma faqat,
Borganimda nazar sol menga!

*** 

Oshig’ingman yuz tuban, gumroh,
Sendan o’zga ko’rinmas ko’zga.
Ishqing sabab, ming nola-yu oh,
Sig’mayapti birgina so’zga.

***

Visolingni tilaydi ko’ngil,
Nazaringga ko’zlar nigoron.
Osmonlarda parvoz etar dil,
Sen bir nigoh tashlaganing on!

07.05.2010
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Robiya
« Javob #14 : 19 May 2010, 17:49:43 »
Sendan boshqa g’amim yo’q mening,
Izhorimni tinglagin mana:
Jonfidongman,umrbod Sening,
Yoding ila quvnar dil yana!

***

Muhabbatni madh etdi qalam,
Do’stlik, vafo, sadoqatni ham.
Oxir bildi, anglabon yozdi:
“Madh Sengadir, Senga hamd Egam!”

***

Alloh inoyati, Alloh rahmati,
Bo’lsin yor, qadrli dindosh birodar!
Ibodat zrohati – mehnat zahmati,
Har ezgu amalga ming-ming savoblar.

09.05.2010
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)