Muallif Mavzu: Oyoq gribogi.  ( 25020 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Afifahon

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 39
  • Xabarlar: 30
  • Jins: Ayol
Oyoq gribogi.
« : 24 Dekabr 2009, 13:39:37 »
 :as:

Oyoq gribogi haqida kimda o'zbekcha ma'lumot bo'sa,iltimos,yozib qoldiriylar.
Bu xavfli kasallik emasmi?Qanaqa davolari bor?Oyog' barmog'chalar(oxirgi)da yorig'lar paydo bo'lib,yiringga o'xshash narsa bb qolibdi.Terisi po'st tashlayapdi.Usha shikastlangan joyidan juda xam noxush xid kelyapdi.Bu gribokdanmi?Kim biladi?Iltimos,maslaxat berilar.
Ichimizda doktorlar bormi? :)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #1 : 24 Dekabr 2009, 14:17:28 »
V.assalom Afifaxon. Avvalombor Xudo shifo bersin. Oyoq gribogi yoki qo'ziqorini inson tanasida eng ko'p uchradigan gribok turidir. Sizga bu mavzuda qo'limdan kelgunicha ma'lumot berishga harakat qilaman.
Rus va Turk tillarida "qo'ziqorin" deb atalgani uchun men ham "qo'ziqorin" deb atadim. Men Tibbiyot sohasida ishlamayman shuning uchun bazi imloviy xatolar bo'lsa uzr  : )

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #2 : 24 Dekabr 2009, 14:18:25 »
Dermatofitler deb atalgan griboklar (qo’ziqorinlar) tarafidan enfeksiyonlardir. Vujudimizda odatda bakteriyalar va qo’ziqorinlar kasallik tarqatmasdan yashaydilar. Lekin ularga mos bir joy topganlarida zudlik bilan ko’payib, enfeksiyonga aylanishlari mumkin. Oyoq qo’ziqorini eng ko’p tarqalgan jild kasalligidir. Boshqa qo’ziqorin enfeksiyonlari bilan birgalikda ko’rilishi mumkin. Oyoq qo’ziqorini va shunga o’hshash kasalliklarga TİNEA enfeksiyonlari ismi beriladi va soch, tirnoq va tish terisi kabi to’qimalarda yashay oladilar. Vujudning Namli va iliq qismlarida ko’payadi. Siqadigan oyoq kiyimi kiyilganda, tananing uzoq muddat namli qolishi, juda qisqa kesilgan tirnoqlar va jilddagi yalliq’lanishlar ham bu enfeksiyonning o’rtaga chiqishiga sabab bo’lishi mumkin. TİNEA enfeksiyonlari yuqumlidir. Qo’ziqorin bor qismga qo’l yoki tananing boshqa a’zolari tekkanida, ayni oyoq kiyim kiyilganida yoki dushning ho’l zaminidan yaxshilab tozalanmasdan foydalanilganida yuqishi mumkin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #3 : 24 Dekabr 2009, 14:29:41 »
Kasallikni oldini olish uchun:

1.   Oyoqlarimizni doimo tozalab yuvishimiz va quruq bo’lishlariga diqqat etishimiz kerak.
2.   Paxtalik, jun va shunga o’hshash suvni emadigan hususiyatga ega modalardan to’qilgan paypoqlar kiyishimiz kerak.
3.   Oyoq kiyimlarimiz oyog’imizni siqmasligi, tirnoqlarimizni oyoq barmoqlariga botishini oldini olishimiz kerak. Tor “burunli”, baland poshnali, eski, yirtilgan, paypoqsiz kiyilgan oyoq kiyimlar yoki boshqasining oyoq kiyimini kiymasligimiz kerak.
4.   Qo’ziqorin kasalligi havfi ko’proq bo’lgan yalang oyoq bilan yurmaslikka harakat qiling. Yerga gilam to’shalgan yerlar (udan tashqarida), vana yerlari, dushlar, sport salonlari eng ko’p enfeksiyon bo’lgan joylardir.
5.   Tirnoqlar barmoqdan juda pastda qisqa yoki barmoqdan uzun kesilmasligi kerak. Tirnoq atrofini to’g’ri kesing, dumaloq kesmang.
6.   Qo’ziqorin bo’lgan tirnoq bilan bo’lmagan tirnoq uchun boshqa-boshqa tirnoq kesadigan qaychilar ishlating.
7.   Oila –a’zolaringiz, ko’p ko’rishadigan yaqinlaringizga ham qo’ziqorin kasalligi bo’lmasliklari uchun ularga ham bu haqda ma’lumot berilishi kerak.
 


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #4 : 24 Dekabr 2009, 14:32:15 »
Oyoq barmoqlaringizda yoki barmoq oralarida qizariqlik, suv to'plashi,suv to'plagan pufakchalar, o'ta namlik, odatdagi jild rangidan farqli bir rang ko'rganingizda TİNEA PEDİS yoki tirnoq qo'ziqorini kasalligidan shubhalaning.



Shikoyatlar:

Barmoq va barmoq oralarida qashinish, achish, zarar ko'rgan qismda lo'qqillab og'rishlar his qilinadi. Oyoqda qizarish paydo bo'lgan bo'lishi ham mumkin. Oyoq tovoni, yoki tirnoqda qizarish yoki yiring to'plashi hosil bo'lgan bo'lishi mumkin. İchi suvli yaralar ko'rinishi mumkin. Qobug'i qurib, to'kilishi mumkin. Tirnoqda rang o'zgarishi, qalinlashma, shakl buziqligi o'rtaga chiqishi mumkin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #5 : 24 Dekabr 2009, 14:53:52 »
Kasallik tashhisi va muolaja:

Jilddan olingan namundan labaratoriyada kimyoviy moddalar  yordamida aniqlash ishlari olib borilishi kerak. Chunki bazi qo’ziqorinlar havfli bo’lishi mumkin, bazilari esa hafif o’tib ketadigan qo’rqinchli turdan emas. Muolaja davomida shaxislarning gigiyenalariga qattiq rioya qilishlari talab etiladi. Jildni quruq va doimo ozoda tutish kerak. Oyoq har doim quruq bo’lishi shart. Toza (pahtali va junli) paypoqlar kiyilishi kerak. Doktoringiz sizga bu kasallik uchun dori-darmon yozadi. Chunki har bir insonda yuqorida aytganimizday qo’ziqorinning farqli shakillari uchrashi mumkin. Agar qo’ziqorin enfeksiyoni bor bo’lga tana qismida bakteriyalar ham efeksiya yoya boshlagan bo’lsa antibiotiklardan ham foydalanishingiz kerak bo’ladi. Oyoq qo’ziqorini sekin tuzalishi mumkin va eng yomon tarafi muolaja va sog’lig’ingizga jiddiy e’tibor bermasangiz kasallik takrorlanib jildning boshqa joylariga ham yuqishi mumkin. Bunday holatda esa uzun davom etadigan muolaja va kasallikni oldini olish ishlari olib borilishi kerak bo’ladi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #6 : 24 Dekabr 2009, 15:16:00 »
:as:

Oyoq gribogi haqida kimda o'zbekcha ma'lumot bo'sa,iltimos,yozib qoldiriylar.
Bu xavfli kasallik emasmi?Qanaqa davolari bor?Oyog' barmog'chalar(oxirgi)da yorig'lar paydo bo'lib,yiringga o'xshash narsa bb qolibdi.Terisi po'st tashlayapdi.Usha shikastlangan joyidan juda xam noxush xid kelyapdi.Bu gribokdanmi?Kim biladi?Iltimos,maslaxat berilar.
Ichimizda doktorlar bormi? :)

Afifaxon, Xalqimizda : Tabib tabib emas, boshidan o'tgan tabib" degan naql bor, bilasiz. Sizni bergan ma'lumotlarga kelsak, sizda yoki kimda shunday xolatlar kuzatilayotgan bo'lsa aniq Oyoq Qo'ziqorini bo'lgansiz. Sizga bergan ma'lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Qolaversa bundan 2 yil oldin meni tirnog'imda ham qo'ziqorin paydo bo'lgandi. Doktor tanishimiz bor, opani yonlariga bordim. Men tirnoq umuman sug'urib olinadi, deb o'ylagandim. Doktor opa, buning keragi yo'q, biz uni davolaymiz dedilar. Yuqorida yozganimday tozalikka juda qattiq rioya qilishimni aytdilar va menga bir qutini ichida: tirnoqni ustidan yonlarigacha harkuni kechqurun yaxshilab pilkalaydigam mahsus qattiq qog'oz, (dazmol tozalaydigan qog'ozga juda oh'shaydi) uni artish uchun mahsus spirtli namli salfetka va qurigandan keyin surtiladigan mahsus lak yozdilar. Men bularni 3-4 oy davomida ishlatdim va tirnog'im tamoman tuzaldi. Kesishga ham hojat qolmadi.

Meni tirnog'im oyoq kiyimimni tor uchidan siqilgani uchun shunday bo'lgan.

Shularga diqqat eting. Lekin albatta doktorga murojaat qiling. Xudo shifo bersin...

Robiya

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7634
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #7 : 03 Iyul 2010, 11:20:51 »
:as:

Oyoq panjalari orasidagi zamburug' va toshmalarni davolash uchun 1-2 oy oyoqni qaynagan isiriq suviga solish lozim. Bir bog' isiriq suvi 1 oyga yetadi, uni isitib qayta - qayta ishlatish mumkin.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

yoqutxon

  • "Har qanday bilimdondan ustun Bilimdon zot bor." (yusuf surasi,76-oyat)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1087
  • -oldi: 1223
  • Xabarlar: 1249
  • Jins: Ayol
Re: Oyoq gribogi.
« Javob #8 : 29 Avgust 2010, 12:54:18 »
Griboklarni ketkazishning yana bir judayam oddiy va samarali usuli bor.3%li vodorod peroksidi(H2O2) bilan oyoq va poyafzal har kuni artilib turilsa bir haftada zamburug'lardan qutilish kafolatlangan.Vodorod peroksidi mikroblar va zambrug'larga oksidlovchi ta'sir ko'rsatib ularni tez o'ldiradi. Bu usulni ukamda sinab ko'rganman 1 haftada zamburug'lardan asar ham qolmagan. Bunda har kuni paypoqlarni almashtirish ham muhim ahamiyatga ega.
"Tiriklik shubxasiz bandalikdur,
Bandaliksiz tiriklik sharmandalikdur"
                           
                                  Jaloliddin Rumiy.

 

Oyoq tomiri nega tortishadi?

Muallif FaridaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 13742
So'nggi javob 12 Sentyabr 2010, 15:56:16
muallifi yoqutxon