Islomiy faktlar  ( 29774 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 11 B


AbdulAziz  25 Dekabr 2009, 09:16:13

:bsm:

Assalamu alaykum!

Mavzu shartlari:
1. Mavzuda Islom tarixi, madaniyatiga oid faktlar kiritiladi.
2. Bitta postda 4 ta fakt kiritish lozim.
3. Faktlar qisqa bo'lsin, ko'pi bilan 2 ta gapdan iborat bo'lsin.
4. Manbasi ham yozilsa, go'zal bo'lardi.



Rasululloh SAVning tuyalari "Qasvo"ning ma'nosi - "kesik quloq"dir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Madinayi Munavvarada tug'ilgan ilk musulmon og'il chaqaloq - Zubayr ibn Al-Avvom va Asmo binti Abu Bakr roziyallohu anhumoning o'g'li Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhudir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Imom Ahmad ibn Hanbalning janozalariga 2 500 000 odam qatnashgan. ("Kifoya")

* * *

Imom Ahmad ibn Hanbal Imom Shofeiyni "œIkkinchi hijriy asrning mujaddidi" deb ataganlar. ("Kifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Dekabr 2009, 09:19:09

Islom uchun birinchi qon to'kkan sahoba - Sa'd ibn Abu Vaqqos r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Islom tarixidagi birinchi shahid - Ammor ibn Yosirning onalari Sumayya r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Baqi' qabristoniga qo'yilgan birinchi musulmon - ansoriy As'ad ibn Zurora r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh quraysh qabilasiga mansubdirlar. ("Kifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Dekabr 2009, 15:38:08

Hazrati Hadicha r.a. Makkadagi Hojun qabristoniga dafn etilganlar. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Birinchi marta Baytullohda kalimai shahodatni oshkora aytgan sahoba - Abu Zarr al-G'iforiy r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Molikiy mazhabi asoschisi Imom Molik hijriy 93-sanada tug’ilib, 179-sanada vafot etganlar. ("Kifoya")

* * *

Imom Molik Madinai Munavvarada doimo piyoda yurardilar. Rasululloh s.a.v. jussalari ko’milgan shaharda ulovga minmayman, der edilar. ("Kifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Dekabr 2009, 15:39:53

Shofe’iy mazhabi asoschisi Imom Shofe’iy Muhammad ibn Idris hijriy 150-sanada, Imom Abu Hanifaning vafot etgan kunlari dunyoga kelib, 204-sanada vafot etganlar. ("Kifoya")

* * *

Imom Shofe’iy Imom Molikning, Imom Ahmad ibn Hanbal Imom Shofe’iyning shogirdi bo’lganlar. ("Kifoya")

* * *

"œUsulul fiqh" ilmiga asos solgan olim — Imom Shofe’iydir. ("Kifoya")

* * *

Imom Shofe’iyning "œar-Risola", "œal-Umm" nomli kitoblari mashhur. ("Kifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Dekabr 2009, 15:56:46

Abu Hanifa Nu’mon ibn Sobit hijriy 80-sanada Kufa shahrida tug’ilib, 150-sanada vafot etganlar. ("Kifoya")

* * *

Nasabshunos olimlar tomonidan to‘g‘ri deb tasdiqlangan Rasululloh SAVning nasablari — Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttalib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Ka’b ibn Luay ibn G’olib ibn Fehr ibn Molik ibn Nazr ibn Kinona ibn Xuzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Muzar ibn Nizor ibn Ma’d ibn Adnondir. (Ibn Hishom, "Siyra")

* * *

Rasululloh SAVning uchta o’g’illari bo’lgan: Qosim, Abdulloh (uni Tiyb (xushbo‘y) va Tohir (pok, ozoda, deya laqablanardi; Qosim va Abdulloh Hadicha onamizdan) va Ibrohim (Moriya Sham’un qizidan). ("Zodul-ma’od")

* * *

Rasululloh SAVning to'rtta qizlari bo’lgan: Zaynab, Ruqiyya, Ummu Gulsum va Fotima (barchalari Xadicha r.a.dan tavallud topganlar).  ("Zodul-ma’od")

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Dekabr 2009, 08:14:34

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning doyalari Shifo’ - Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)ning onasi  edi. («al-Bidaya van-nihaya»).

* * *

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning birinchi sut onalari Abu Lahabning cho‘risi Suvayba edi. («Sifatus-sofvah»).

* * *

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (r.a.)larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar («Musnadi Imom Ahmad»).

* * *

Imom Ahmad ibn Hanbal halifa Mu’tasim zamonida "œQur’on maxluq" demagani uchun 28 oy qamoqda qiynoqqa solindi.  ("Kifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Dekabr 2009, 14:33:38

Rasululloh SAVning uzuklari kumushdan yasalgan bo‘lib, «Muhammad Rasululloh» jumlasi: «Muhammad» so‘zi birinchi satr, «Rasul» ikkinchi satr, «Alloh» uchinchi satrga yozilgan edi. ("œSahihul Buxoriy").

* * *

Baytullohda birinchi marta oshkora Qur'oni karimni tilovat qilgan sahoba - Abdulloh ibn Mas'ud r.a.dir. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Abu Hanifaning otalari Sobit ibn Zutiy fors bo’lganlar. Ali r.a. bilan uchrashganlar. Termiz shahrida ham ozroq yashaganlar. ("Kifoya")

* * *

Imom Shofe’iy shunday deganlar: "œOdamlar fiqhda Abu Hanifaning boqimandalaridir". ("œKifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Dekabr 2009, 08:36:56

Rasululloh SAV o‘qigan birinchi farz namoz — peshin namozidir. (Qurtubiy tafsiri).

* * *

Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalarga imom bo‘lib o‘qigan oxirgi namozlari — Mursalot surasi o‘qilgan shom namozi edi ("œSahihi Buxoriy").

* * *

Rasululloh (s.a.v.)ning oxirgi namozlari — vafot etgan dushanba kunidagi bomdod namozi edi («Dalolilun-nubuvvah»).

* * *

Imom Abu Hanifa yoshliklarida ipak sotardilar. ("Kifoya")

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Dekabr 2009, 08:40:21

Rasululloh (s.a.v.)ning og‘izlaridan chiqqan oxirgi gap - «Allohumma ar-Rafiqul-A’lo»: Allohim, jannatning oliy maqomi(ni tanladim), jumlasidir ("œSahihi Buxoriy").

* * *

Rasululloh (s.a.v.) hijriy o‘n birinchi yil, rabi’ul-avval oyining o‘n ikkinchi kuni - dushanba kunida vafot etdilar va chorshanba kuni Oisha (raziyallohu anho)ning xonalariga dafn etildilar («Tabaqot», «Tarixi Tabariy»).

* * *

Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlarida yoshlari oltmish uchda edi («Sahihi Muslim»).

* * *

Rasululloh (s.a.v.) vafot etganlaridan so‘ng muborak badanlarini Abbos ibn Abdulmuttalib, Aliy ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Rasululloh (s.a.v.)ning g‘ulomi - Shuqron (raziyallohu anhum)lar yuvdilar. («as-Siyra Ibn Hishom»).

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 08:10:36

Rasululloh (s.a.v.)ning kunyalari to‘ng‘ich farzandlari Qosimga nisbatan — Abul-Qosimdir (Imom Muslim rivoyati, "œKitobul-adab").

* * *

Imom Ahmad ibn Hanbal aytadilar: "œSiyohdon ko’targan har bir kishining zimmasida Shofe’iyning haqi bor". ("Kifoya")

* * *

Imom Abu Hanifa Anas ibn Molik, Abdulloh ibn Abu Avfo, Vosila ibn al-Asqa’, Omir ibn Vosila kabi sahobalar bilan ko’rishganlar. ("Kifoya")

* * *

Rasululloh (s.a.v.)ga volidalari Omina Vahb qizi, Abu Lahabning cho‘risi Suvayba, Sa’d qabilasidan Halima, Halimaning qizi Shaymo’ va habashistonlik Baraka Ummu Aymanlar murabbiyalik qildilar («Zodul-ma’od»).

Qayd etilgan