Islomiy faktlar  ( 44830 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 11 B


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 11:28:32

Rasululloh (s.a.v.)ning nevaralari oltitadir:
1. Umoma binti Abu Os ibn Rabiy’, onalari - Zaynab Rasululloh (s.a.v.) qizi.
2. Abdulloh ibn Usmon ibn Affon, onalari - Ruqiyya Rasululloh (s.a.v.) qizi.
3. Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
4. Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
5. Zaynab binti Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi.
6. Ummu Kulsum binti Ali ibn Abu Tolib, onalari - Fotima Rasululloh (s.a.v.) qizi. («Siyaru a’lamin-nubala’», «Sofvatus-sofvah»).

* * *

Rasululloh (s.a.v.): «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidir» — deb aytganlarida o‘sha quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» — deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

Rasululloh (s.a.v.): «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

Rasululloh (s.a.v.): «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Dekabr 2009, 11:49:05

Rasululloh (s.a.v.) Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

«Rasululloh (s.a.v.): «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

«Rasululloh (s.a.v.) Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

Rasululloh (s.a.v.)ning muazzinlari to‘rtta bo‘lib: Bilol ibn Raboh va Abdulloh ibn Ummu Maktum Madinada, Sa’d al-Quraz Quboda, Abu Mahzura Makkada edilar («Zodul-ma’od»).

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2010, 09:13:00

«Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’far (ibn Abu Tolib)ning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» — der erdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

Rasululloh (s.a.v.): "œTalha (ibn Ubaydulloh) va Zubayr (ibn Avvom) jannatdagi ikki qo’shnidir" — deb marhamat qilganlar. ("œRijalun havlar rosul").

* * *

Rasululloh (s.a.v.): "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u Talha (ibn Ubaydulloh)ga qarasin!" — deb marhamat qilganlar. ("œRijalun havlar rosul").

* * *

Rasululloh (s.a.v.): «Fotima mening bir bo‘lagimdur. Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2010, 07:53:29

Rasululloh (s.a.v.): «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

* * *

Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning laqablari "œUmmul masokin" edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning Baqi’ qabristoniga qo’yilgan birinchi zavjalari - Zaynab binti Xuzayma r.a. edi. Zaynab onamiz hijratning 4-yilida, nubuvvat xonadonida bir necha oy yashaganlaridan so’ng, 30 yoshlarida vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Kulsum r.a. Hazrati Usmon r.a. bilan 6 yil birga umr qildilar. 9-hijriyning sha’bon oyida vafot etdilar. Janozalarini Rasululloh SAV o’qidilar, Baqi’ qabristoniga dafn etildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2010, 07:55:10

Hazrati Hadicha r.a. Rasululloh SAVga turmushga chiqqanlarida avvalgi turmushlaridan Hind ismli o’g’illari bor edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning cho’rilari Ummu Aymanning asl ismi — Baraka Habashiya edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning birinchi o’g’illari ismi Qosim edi, ikkinchisining ismi Abdulloh edi. Ikkisi ham uzoq yashamadi. Qizlari Zaynab bilan Ruqiyyaning farqi bir yoshdir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Hazrati Ali r.a. Rasululloh SAV xonadonlariga kelganda yoshi oltida edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Yanvar 2010, 16:20:25

Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning erlari Abdulloh ibn Jahsh r.a. Uhud urushida vafot etgach, Rasululloh SAV uni nikohlariga 400 dirham mahr bilan oladilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

* * *

Hadicha binti Xuvaylid r.a. 15 yoshlarida Abu Hola ibn Ziroraga turmushga chiqqanlar. Eri vafot etgan ikkinchi daf’a Atiq ibn Abdulloh bilan turmush qurdilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

* * *

Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning quraysh ayollari ichidagi laqablari Tohira edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

* * *

Varaqa ibn Navfal Hadicha binti Xuvaylid r.a.ning amakivachchasi edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

Qayd etilgan


Muhseena  04 Yanvar 2010, 21:35:50

Payg'ambarimiz s.a.v. Anas r.a.ga "Ey ikki qulog'i bor!" dedilar. ("œHadis va hayot"-34. "Yaxshilik va axloq")

***

Anas r.a.ning ukalari  Abu Umayrning qushi o'lib qolganida Rasululloh s.a.v:" Ey Abu Umayr, nima qildi Nug'ayr?!" deb hazil bilan ko'nglini ko'targan ekanlar. (Nug'ayr-qushning bolasi degani) ("œHadis va hayot"-34. "Yaxshilik va axloq")

***

Hadicha binti Xuvaylid r.a. vafot etganlarida yoshlari 65 da edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

***

Ibn Akosir Ummu Ayyashdan rivoyat qiladi: "Men Ummu Kulsumni Usmonga osmondan kelgan vahiy ila nikohlab berdim" deganlarini eshitdim. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Yanvar 2010, 07:51:13

Rasululloh (s.a.v.)ning uzuklarini Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy (raziyallohu anhu) olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu uzuk bilan maktublarni muhrlar edilar («Zodul-ma’od»)

* * *

Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a. Badr urushida yaradorlarga qarashib fidokorlik ko’rsatganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning qizlari Ummu Kulsumni taloq qilib, u zotni haqorat qilgani sababli, Muhammad SAV Utayba haqida "œEy Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin" deb duoibad qilgan va u Shomda sherga yem bo’lgan edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV Ummul Kulsum r.a.ni Hazrati Usmonga nikohlaganlaridan keyin  "œU bobong Ibrohim va otang Muhammad a.s.ga juda ham o’xshashdir" degan edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Yanvar 2010, 07:55:03

Islom ummatidan birinchi bo’lib namoz o’qigan inson — Hadicha binti Xuvaylid r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi Ummu Rummon edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Hazrati Oyisha r.a.ni Rasululloh SAVdan avval Mita’m ibn Adiy o’g’li Jubayrga so’rattirgan edi. (Tabariy rivoyati)

* * *

Hazrati Oyisha r.a. Rasululloh SAVga nikohlanganlarida yoshlari 6 da edi. (Buxoriy rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Yanvar 2010, 08:25:04

Imom Abu Hanifaning mashhur ikki shogirdlari — Ya’qub ibn Ibrohim (Imom Abu Yusuf) va Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniydir. Imom Shofe’iy va Imom Muhammad Abu Yusuf hazratlaridan ham ta’lim olganlar. ("œKifoya")

* * *

Rasululloh SAV bilan Hazrati Oyisha r.a. 9 yoshga kirganlarida birga yashay boshlashgan (Buxoriy rivoyati)

* * *

Rasululloh SAV bilan Hazrati Oyisha r.a. birga yashay boshlagan va Hazrati Oyisha r.a. qarindosh ayollarining to’yi bo’lishini mustahab sanagan oy — shavvol oyidir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Janob Rasululloh  SAV to'rt marta umra qilganlar, uchtasi zulqa'da oyida bo'lib, bir marta haj birlan birga umra ham qilganlar. Zulqa'da oyida qilgan umralari - Hudaybiya umrasi, kelgusi yildagi umralari, Ji'rona umrasi va oxirgisi haj bilan birga qilgan umralaridir". ("œSahihul Buxoriy")

Qayd etilgan