Islomiy faktlar  ( 44835 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 11 B


AbdulAziz  09 Yanvar 2010, 16:06:01

Hafsa onamiz Rasululloh SAVdan hadis rivoyat qilish bo’yicha Oyisha, Ummu Salama va Maymuna onamizdan so’ng 4-o’rinda turadilar. U kishi 60 ta hadis rivoyat qilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Hafsa binti Umar r.a. 45-hijriyning sha’bon oyida, 60 yoshlarida vafot etadilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Hafsa binti Umar r.a. onamizning janozalarini Madina amiri Marvon ibn Hakam o’qigan. Baqi’ qabristoniga qo’yilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Bani Mustaliq g’azotida mujohidlarga asirlar taqsimlanganda Juvayriya binti Horis r.a. Sobit ibn Qaysga tushdi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Yanvar 2010, 16:15:45

Oyisha onamiz Juvayriya binti Horis r.a. haqida: "œMen undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman" — deganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Juvayriya binti Horis r.a. onamiz Rasululloh SAV bilan turmush qurganlarida yoshlari 20 da edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Qur'oni karimga eng ko'p zikr qilingan payg'ambar qissasi Muso alayhissalom qissasidir. ("œSaodat asri qissalari")

* * *

Yasriblik ilk musulmonlarga Qur'oni karimni o'rgatish uchun Rasululloh s.a.v. Mus’ab ibn Umayrni yubordilar. ("œSaodat asri qissalari")

Qayd etilgan


Muslimа  10 Yanvar 2010, 00:34:46

Uhud tuprog‘idagi ilk shahid Abdulloh ibn Amr bo‘ldi. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Uhudda Nasiba (Ummu Umora), eri Zayd ibn Osim va ikki o‘g‘li ko'rsatgan jasoratlari tufayli Anbiyolar Sultoni  s.a.v.: «Ollohim, ularni jannatda menga hamroh qil!» deb duo qildilar. ("Saodat asri qissalari")

* * *

Johiliyat davrida Baytulloh xizmatini boshqarish, ziyoratga keluvchilarni ovqat va suv bilan ta’minlash, Quraysh qabilasining maslahat yig’inlarini ochish Qusayning qo’lida edi. ("œNurul yaqiyn")

* * *

Rasululloh SAVning otalari Abdullohning onasi Fotima binti Umar Qurayshning Maxzum jamoasiga mansub bo’lgan  nasabi toza obro’-e’tiborli oilada tug’ilgan. ("œNurul yaqiyn")
 

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Yanvar 2010, 08:09:57

Juvayriya binti Horis r.a. onamiz 50-hijriyda, 65 yoshlarida vafot etdilar. Baqi’ qabristoniga qo’yildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etganlari — Ummu Salama r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh r.a. Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: "œSizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan", der edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV Zaynab binti Jahsh onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Yanvar 2010, 08:13:13

Zaynab binti Jahsh va Savda binti Zam’a onamiz Rasululloh SAV vafotlaridan so’ng umrlarining oxirigacha haj qilmadilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh Rasululloh SAVning zavjai mutahharotlari ichida u zotdan so’ng birinchi bo’lib, 20-hijriyda, 53 yoshlarida vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ga shunday dedilar: "œSen Nabiyning qizisan (u zotning nasablari Horun a.s.ga borardi). Sening amaking ham nabiydir (Muso alayhissalom) va sening erring ham nabiy (Muhammad SAV)." ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Yanvar 2010, 09:55:08

Madinaga birinchi hijrat qilib borgan ayol Omir ibn Robia r.a.ning xotini Laylo binti Xasma r.a.dir. Ummu Salama r.a. ikkinchilardir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Oyisha va Ummu Salama onamiz hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamiz Jabroil alayhissalomni Dihyatul Kalbiy r.a. suratlarida ko’rganlar. (Muslim rivoyati)

* * *

Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVning hinolangan bir necha dona soch tolalarini olib yurganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


Muslimа  12 Yanvar 2010, 12:49:55

Rasululloh s.a.v. Zayd ibn Horisa r.a.ni juda yaxshi ko’rganlaridan u kishi "œRasulullohning mahbubi" laqabini oldi. ("œNibuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh onamiz r.a. e’tikof o’tirishda  Rasululloh s.a.v.ga birinchi ergashgan kishi hisoblanadilar. ("œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Qur’ondagi eng uzun oyat "œBaqara" surasining 282-oyati bo’lib, unda insonlar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlardan biri — qarz oldi-berdisi haqida so’z boradi. (Qur’oni karim tarjimasi)

* * *

Qur’onda Yusuf alayhissalom haqidagi qissa faqat "œYusuf" surasida hikoya qilinadi.  Bu sura 111 oyatdan iborat bo’lib, 101-oyatda Yusuf alayhissalom qissalari yakunlanadi. (Qur’oni karim tarjimasi)

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Yanvar 2010, 11:19:18

Madinaga birinchi hijrat qilgan musulmon — Zaynab binti Jahsh onamizning akalari — Abdulloh ibn Jahsh r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh onamizning yana bir akalari Ubaydulloh ibn Jahsh Habashistonda murtad bo’lib o’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV: "œSizlarning menga tezroq yetib oladiganlaringiz qo’li uzuningizdir", deganlarida Zaynab binti Jahsh onamizni nazarda tutganlar, chunki u kishi qo’llari bilan ko’p sadaqa qilardilar. (Muslim va Buxoriy rivoyati)

* * *

Zaynab binti Jahsh onamiz usti yopiq anbarda ko’tarilgan birinchi ayol bo’ldilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Yanvar 2010, 11:20:58

Zaynab binti Jahsh onamizning qabrlari Baqi’da ustiga chodir tortilgan birinchi qabr bo’ldi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz - Ramla binti Abu Sufyon r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ja’far ibn Abu Tolib boshliq muhojirlar Habashistonda 15 yil istiqomat qilishdi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Makkada hadija binti Xuvaylid r.a.dan so’ng islomga kirgan ayol — Abbos ibn Abdulmuttolibning xotini — Luboba binti Horis r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Yanvar 2010, 10:00:44

Ummu Salama onamizning asl ismlari Hind binti Abu Umomadir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamizning avvalgi erlari ilk musulmonlardan Abdulloh ibn Abdul Asad edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamizning avvalgi erlari Abdulloh ibn Abdul Asad Islomni qabul qilgan 11-musulmondir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Bani Qurayza g’azotida xiyonat qilgan Abu Lubobaning tavbasi qabul qilingani xabarini Ummu Salama onamiz yetkazganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan