Islomiy faktlar  ( 29660 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


AbdulAziz  14 Yanvar 2010, 10:02:18

Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol — Maymuna binti Horis r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning 9 ta xotinlari bor edi. (Imom Nasaiy rivoyati)

* * *

Makkada musulmon ota-onadan tug’ilgan birinchi farzand Ummu Ayman va Zayd ibn Horisa r.a.ning o’g’illari — Usoma ibn Zayddir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Sulaym r.a. o’z mahriga Islomni qabul qilgan birinchi ayol bo’ldi. Erlari Abu Tolha Islomni qabul qilish bilan Ummu Sulaymni xotinlikka oldi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Yanvar 2010, 14:08:18

Ummu Salama r.a. va Abdulloh ibn AbdulAsadning birinchi fazandlari ismi Zaynab, ikkichilarining ismi Salama edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama r.a. Madinaga hijrat qilganlarida u kishiga bani abduddorlik Usmon ibn Talha hamrohlik qilgan. Ummu Salama r.a. u haqda: "œAllohga qasamki, arablardan undan ko’ra karamliroq kishiga hamsafar bo’lmaganman" deb aytganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Abu Salama r.a.ning janozalarini Rasululloh SAV 9 takbir bilan o’qidilar. Buning sababini so’raganlarida, "œAbu Salamaning ming takbirga ham loyiqligini" aytdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamizga Rasululloh SAVning o’zlari sovchi bo’lib kelganlar. (Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Yanvar 2010, 07:42:08

Ummu Salama onamiz Safina ismli qullarini Rasululloh SAVga doimiy xizmat qilish sharti bilan ozod qildilar. Safina u zotga doimiy xizmatda bo’ldi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamiz Rasululloh SAVdan 378 ta hadis rivoyat qilganlar. Bu borada ummulmo’miniynlar orasida Oyisha onamizdan so’ng ikkinchi o’rinda turadilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamiz 59-hijriyda, 84 yoshlarida vafot etdilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Salama onamizning janozalarini vasiyatlariga ko’ra, Abu Hurayra r.a. o’qiganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2010, 07:35:39

Ummu Salama onamiz Rasululloh SAV bilan birga Hudaybiya g’azotida, Makka fathida, Toif g’azotida va Hajjatul vado’da birga bo’lganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh r.a.ning onalari Umayma binti Abdulmuttolib Rasululloh SAVning ammalari edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh r.a.ning kunyalari Ummu Hakam bo’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh onamizning singillari Ummu Habiba binti Jahsh r.a. Abdurahmon ibn Avf r.a.ning xotinlari edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2010, 07:37:57

Rasululloh SAV Zayd ibn Horisa r.a.ning nomidan Zaynab binti Jahsh r.a.ga sovchilikka bordilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh onamizni Rasululloh SAVga Allohning o’zi nikohlagan. Bu yerda valiy ham, mahr ham, guvoh ham bo’lmagan, faqatgina Allohning amri bo’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV va Zaynab binti Jahsh onamizning valiymalariga Anas ibn Molik r.a.ning onalari Ummu Sulaym r.a. hiys (taom) pishirib jo’natganlar. (Imom Muslim rivoyati)

* * *

Rasululloh SAV va Zaynab binti Jahsh onamizning valiymalarida 300 kishi ishtirok etgan. Rasululloh SAVning mo’jizalari tufayli 1 tavr (idish)dagi ovqat barchalariga yetib, ortib ham qolgan. (Imom Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2010, 07:41:41

Zaynab binti Jahsh onamiz Rasululloh SAVdan 11 ta hadis rivoyat qilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Zaynab binti Jahsh onamizning janozalarini Hazrati Umar r.a. o’qidilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Xaybar g’azotida bemorlarni davolash, yaradorlarga qarash, taom tayyorlash uchun sahobiya ayollardan 20 kishi chiqidi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Oyisha r.a.dan "œOdamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?" deb so’ralganida, "œFotima edi" — dedilar. (Termiziy rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Yanvar 2010, 08:12:40

Sofiya binti Xuyay r.a.ning eri Kinona ibn Robi’ Xaybardagi xiyonati uchun qatl qilingan edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni Dihyatul Kalbiy r.a.ga 7 oros pul berib sotib oldilar.  ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Sofiya binti Xuyay onamiz Rasululloh SAVdan 10 ta hadis rivoyat qilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Sofiya binti Xuyay onamiz Madinada, 50-hijriyda vafot etdilar. Baqi’ga, mo’minlar onalari yoniga dafn qilindilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2010, 07:55:43

Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni ozod qilib, ozodlikni mahr qildilar. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

* * *

Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning avvalgi erlari – Ubaydulloh ibn Jahsh edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

* * *

Ramla binti Abu Sufyon r.a.ning kunyalari Ummu Habiba edi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

* * *

Rasululloh SAVning Ramla binti Abu Sufyon r.a.ga valiylari va sovchilari – Habashiston podshosi Najoshiy bo’ldi. (“Hadis va hayot”-25. “Nubuvvat xonadoni xonimlari”)

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2010, 07:57:11

Ramla binti Abu Sufyon r.a. Xolid ibn Saidni nikohga vakil qildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ramla binti Abu Sufyon r.a. Rasulullohning nikohlari haqidagi xushxabarni Najoshiyning joriyasi Abraha yetkazdi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini Najoshiy o’qidi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Rasululloh SAVning vakillari o’laroq, Habashiston podshosi Najoshiy Ramla binti Abu Sufyon r.a.ga 400 dinor tillo mahr berdi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Yanvar 2010, 15:35:04

Ummu Habiba onamiz Rasululloh SAVdan 65 ta hadis rivoyat qilganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Ummu Habiba onamiz 44-hijriyda vafot edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Maymuna onamizning asl ismlari — Barra binti Horisdir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

* * *

Maymuna onamizning mahrlari 400 dirham bo’ldi. Sovchilari Ja’far ibn Abu Tolib bo’ldi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")

Qayd etilgan