Kutubxona > O'zbek adabiyoti

Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?

(1/6) > >>

forumnnb:
Assalomu alaykum!

Menimcha bu asarni o`qimagan o`zbek kam topilsa kerak. Juda ham yaxshi yozilgan tarixiy asar to`g`rimi? U yerda barcha havas qilguvchi bir obraz bor - Tohir obrazi. Shu asarni o`qigandan keyin bir savol tug`ildi menda. Tohir badiiy to`qimami yoki tarixiy qahramonmi? Badiiy to`qima desangiz, ko`prik buzilishi haqiqatdan tarixda kuzatilgan ekan, qolaversa Tohir bir necha marotaba Bobur Mirzoni o`limdan qutqarib qolgan. Tarixiy qahramon deyishimga hech qanday asosim yo`q, hech qayerda u to`g`risida eshitmaganman.

Bunga nima deya olasiz?

Abdusalom:
Tohir badiiy to'qima.
Aynan Tohir atalmish yigit bo'lgani, uning Boburni qutqargani haqida tarixiy ma'lumotlar yo'q. "Boburnoma"da ham u haqda aytilmagan.
Lekin Tohirning prototiplari bo'lgan. "Boburnoma"da Zahiriddin Muhammadga yordam bergan yigitlardan ba'zilari sanab o'tilgan.

Akmal:
Hindistongacha Bobur bilan yetib borgan Tohir ismli kishi bo'lgan, lekin bu aynan Tohir obrazi emas

Tristor:
Aziz birodarlar Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida qanaqa fikringiz bor? Shaxsan men bu asarni o'qib, Boburni hayotiga kirib qolganimni bilmay qoldim!

UighurDadxah:
manda kuplagan fikir yotmaqda , roman muvaffaqiyetli yozilg'an bolsami ,  torixiy foktlarida masala bor !

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version