Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?  ( 52554 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Zamiraxon  24 Avgust 2010, 15:24:30

Assalomu alaykum
Pirimqul Qodirov judayam yaxshi yozuvchi. Ayniqsa tarixiy asarlari bo'lmish "Yulduzli tunlar" va "Humoyun va Akbar" uyimizdagi kitoblar orasida eng ko'p o'qiladigan kitoblar sirasiga kirgan. Tahminan 8-sinfda o'qigan bu kitoblarim menda Zahiriddin Muhammad Bobur va uning sulolasi, Movarounnahr tarixi bilan juda yaqindan tanishtirgan. Boburning buyuk davlat boshlig'i, yurti uchun jonini fido qiluvchi bir inson ekani tasvirlangan. Asarni o'qiganda hech ham yopgisi kelmaydi kitobni, yana va yana o'qigisi keladi. Buvimlarga ham o'qib berganim yodimda.
O'qishni tavsiya qilaman. Ma'naviy ozuqaga boy kitob :)  

Qayd etilgan


Nurdinboy  02 Dekabr 2010, 01:14:04

Tarixiy asarlar yaratilganda badiiy to'qimaning ro'li nihoyatda katta bo'ladi. Asarni bir bog' deb oladigan bo'lsak, badiiy to'qima bu bog'ning azim daraxtlari va nafis gullaridir.
Tohir obraziga to'xtaladigan bo'lsak u tamomila to'qima obraz. Yozuvchining mahorati shundaki, badiiy to'qimadan mohirona foydalangan. Qahramonlarni huddi hayotda bo'lgandek tasavvur qilsan kishi. Bu holatni Odil Yoqubovning "Ulug`bek xazinasi" asarida ham ko'rishimiz mumkin. Ya'ni Qalandar Qarnoqiy obrazini. U ham Tohir kabi to'qima obraz.

Qayd etilgan


qilich63  11 Avgust 2011, 20:50:48

"Yulduzli tunlar" asari mening ham sevimli asarlarimdan biri.Men bu asarni o'qiganimda Boburning sabr, matonatiga qoyil qolganman.Bu asarni o'zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri 
deb o'ylayman.Menimcha,asarga Tohir obrazining qo'shilishi asarga  o'zgacha joziba baxsh etgan.

Qayd etilgan


azizbek_mx  12 Avgust 2011, 03:49:23

Boburnoma asarini öqishimga, Bobur shaxsiga hurmatim ortishiga sabab bölgan asar. Yulduzli tunlarni öqiganim sari goh kulib, goh quvonib, goh achinib, goh kuyunib ketardim. Eng oxirgi satrlarni... Eslasam hozir ham muzlab ketdim... Eng oxirgi satrlardagi faryodni öqirkanman, közimdan yosh chiqib, butun tanam muzlab ketgandi. Shu gapni yozgunimcha ösha holat takrorlandi yana... Kitobni öqib bölgach, qattiq ta'sirlanib yurganman va bir sinfdoshimdan Boburnoma asarini sörab, öqib chiqqandim. Endilikda özimda ham bor

Qayd etilgan


Sayyid90  04 Iyun 2012, 05:03:48

bu asarni 8-sinfda o'qigandim va kino qilsa ham juda yaxshi bo'lardi degan hayol o'tgandi.

Qayd etilgan


Dilzoda Saydullayeva  11 Fevral 2013, 16:14:58

Ajoyib asar! Bobur tarixiga qiziqqanlar uchun: "Oltin beshik afsonasi " haqida eshitganmisiz?

Qayd etilgan