Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asari haqida fikringiz?  ( 52592 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Abdullоh  26 Yanvar 2009, 20:10:32

Bu asardan parchani ilk marta maktab adabiyot darsliklarida o'qiganman. Manga juda yoqqan. Lekin afsus bu asarni hali to'liq o'qib chiqqanim yo'q. InshaAlloh yaqin kunlarda nasib etar.

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Fevral 2010, 08:49:01

Yulduzli tunlar (roman)



Muallif: Pirimqul Qodirov
Hajmi: 1,02 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


JaviK  24 Fevral 2010, 09:12:49

Men bu asarni o`qiganimda boburning buyuk shaxs ekanligiga iqror bo`lganman, bunday qiyinchiliklar, xo`rliklarga chidab bardosh bergan. BU asarni o`qishni hammaga tavsiya qilaman.
AbdulAziz akamiz kiritdilar rahmat, shuni saqlab o`qishni tafsiya qilaman

Qayd etilgan


Abu Muso  24 Fevral 2010, 22:30:30

 :as:

Ushbu asarni ilk bor o'qiganimda, 12 yoki 13 yoshda edim...

Tugatgach, yana qayta o'qiganman. Boshqa hech qaysi

asarni shunaqa takror o'qimaganman. Har ikki marta ham,

oxirgi sahifani o'qib, Bobur mirzo uchun ko'z-yosh to'kkanman.

Qayd etilgan


Muslima_Abubakr  24 Fevral 2010, 23:11:09

Bu asar mani eng yaxshi ko'rgan asarim!Bu kitobni tugatmagunimcha kuchqurunlari uxlolmaganman.Tugatib bo'lganimdan keyin huddi bir nimamni yoqotgandek tez o'qib qo'ydim deganman.Bobur o'lganida esa ko'zlarimdan rosa yosh to'kilgan.Yaqin kishim vafot etgandek judayam siqilib,qiynalganman.O'tkir Xoshimovning  "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"idagi mana bu:

Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani idagi to’la to’kis qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushganlarning hammasini to’la-to’kis his
qilolmaydi. Binobarin, kitob yozayotgan qalamkash hayajoni kitob o’qiyotgan o’quvchi
hayajonidan o’n karra kuchliroq bo’ladi.
Asar o’qiyotganingizda jinday tabassum qilsangiz, bilingki, o’sha sahifalarni qalamkash
rostmana kulib yozgan. Kitob o’qiyotganingizda ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki,
qalamkash o’sha sahifalarni rostmana yig’lab yozgan.

gaplaridan keyin o'quvchining bunday holatga tushira oladigan asar yozgan Pirimqul Qodirovning o'zi asarni yozvotganida qanday axvolda bo'lgan ekan deb o'ylab qolaman.

Qayd etilgan


siddiqa  25 Fevral 2010, 15:50:13

 :as:

Yahshi asar chiqgan 7 -sinfimda judayam qattiq tasirlanib o'qiganman ,

esimda u asarni tugatgach uning mantiqiy davomi sifatidagi Humoyun va Akbar(avlodlar dovoni)asarini qiziqish bn o'qiganman,

 lekin bu yulduzli tunlardek tasir qilmagan  :) :) :)

Qayd etilgan


AL_laziz87  24 Avgust 2010, 05:09:11

Asarda Toxir obrazi juda xam yoqqan. Eng tasir qilgan joyitlaridan biri Bobur bilan Cho'pon yigitning adrdagi suxbati va Boburni yalang oyoq xolda tasvirlagan joylarini o'qib ko'zimdan yosh chiqqan.

Qayd etilgan


Nurilla  24 Avgust 2010, 13:52:00

Adashmasam 9-10 sinflarda o'qiganman. Boburni hayotiga judaham qiziqaman, "yulduzli tunlar", "Humoyun va Akbar" romanlarini juda katta qiziqish bilan o'qiganman. Ayniqsa "Yulduzli tunlar" romani juda ta'sirli edi.

Qayd etilgan


Sakiina  24 Avgust 2010, 15:13:40

men ham maktab vaqtimda oqiganman judayam qiziq kitob holigacha ueda turibdi...

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2010, 15:18:39

Bobur Mirzo-bolaligimdan beri yaxshi ko'rgan shaxislarimdan biri.
U mening ko'z o'ngimda har doim-yengilmas shaxzoda, qalami o'tkir shoir sifatida jonlangan.
Asarning har bir satri juda ma'noli yozilgan. O'zligimizni o'rganishimizda juda katta rol o'ynagan asarlardan biri. Tabiiy holda bunday asar yozish uchun juda ko'p izlanish, kecha-kunduz tarixiy manbalarni o'qish kerak bo'lgan...
Alloh yozuvchimizdan rozi bo'lsin...

Qayd etilgan