aa
Qishda yeyilsa organizm uchun yaxhsi mahsulotlar va kaloriyaga boy/og'irlikni oshiradigan,semirtiradigan mahsulotlar/ovqatlar haqida gaplashoviz
V.assalom. Qish mavsumida boshqa mavsumlarga nisbatan inson vujudi yana ham vitaminlarga ko'proq ehtiyoj his qiladi.
Qish mavsumida karbongidrat, yog', protein, mineral va vitaminlarning teng miqdorda va yetarlicha iste'mol qilinishi juda muhimdir.
Qovurilgan taomlar, qaymoq, tort, hamir ishlari (somsa vhk), jipsi, sosiska, kolbasa va shunga o'hshash yog' miqdori yuksak bo'lgan yeguliklarning soni kamaytirilishi, qaynatma, bug'lama kabi yo'llar bilan pishiriladigan yeguliklarning soni esa ko'paytirilishi kerak.
Choy, qahva o'rniga ko'proq tarkibida C vitamini bo'lgan dorivor choy va ichimliklar ichilishi tavsiya etiladi.
Vujuddan toksin moddalarning uzoqlashtirilishi uchun kunda 2-2.5 litr suv ichilishi kerak.
Haftada kamida 3 marotaba sport bilan shug'ullanish kerak.
Har ovqatda mumkun marotaba salat va meva yeyilishi kerak.
C vitamini yuksak miqdorda bo'lgan bolgarskiy, ismaloq, gulkaram, rokkola kabi qo'yiq yashil rangli sabzavotlar iste'mol qilinishi kerak.
Haftada 2-3 marotaba tartibli shaklda baliq mahsulotlari yeyilishi kerak.
Tuxum, sut, qatiq, pishloq, go'sht kabi yuksak kaloriyaga ega bo'lgan mahsulotlarning iste'moliga ham diqqat etilishi shart. Go'shtni yuqorida aytganimizday juda yog'li pishirmasdan, asosan bug'lama yoki qaynatma shaklida yeng. Shunda vujudingizga og'irlik beradigan yog' kirib sizni qiynamaydi va bu tur pishirishda (bug'lama, qaynatma) go'shtning tarkibidagi butun protein va minerallar qoladi.
Haftada 2 marotaba chechevitsa, noxot va fasol yeyilishi kerak.