Ashuro kuni  ( 26491 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Sadulla  26 Dekabr 2009, 07:00:55

Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.Bu kuni tutilgan ro'zani Payg'ambarimiz (S.A.W) eng maxbub amallardan biri ekanligini takidlab o'tganlar.Bu kunni nafaqat musulmolar balki yahudiylar va nasorolar ham ulug'lab ro'za tutadilar.Ibn Abbos roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam Madinaga kelib ,yahudiylar Ashuro kuni ro'zasni tutayotganini ko'rdilar va:
  "Bu nima ?" dedilar.
 "Bu solih kundir.Bu kun Alloh Bani Isroilni dushmandan qutqargan kun.O'shanda Muso uning ro'zasini tutgan" deyishdi
  U zot sollalloxu alayhi vassallam :
  "Men sizlardan ko'ra Musoga haqliroqman" dedilar va uning ro'zasini tutdilar,tutishga amr qildilar".

Uchovlari rivoyat qilganlar.

Payg'ambarimiz (S.A.W) yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshash ishni qilishni yoqtirmas edilar,doimo ularnikidan boshqacha Islom ummatiga xos ishni qilib o'rganganlar.Shuning uchun   yahudiy va nasorolarlarnikiga o'xshab faqat o'ninchi kun emas, balki ularga xilof qilib, to'qqizinchi kunini ham ro'zasini tutishlarini aytdilar.Shuning uchun musulmonlar muxarram oyining 9 va 10-kunlarini ro'zasini tutishlari kerak.
Abu Qatoda roziyalloxu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollalloxu alayhi vassallam :
  "Allohdan umid qilamanki,Ashuro kunining ro'zasini o'zidan oldingi gunohlarininng kafforati bo'lsa " dedilar".

Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan . (Xadis va Hayot 9-juz Ro'za kitobi)

Alloh barchamizni islom va imonda bardavom qilsin Assalomu alaykum varahmatullohi va barakotu.

Qayd etilgan


lolo  26 Dekabr 2009, 07:35:41

Assalomu alaykum hurmatli forumdoshlar.
Bugun 1431-hijriy yil muharram oyining 10-kuni.Bu kun "Ashuro kuni" nomi bilan mashhur.
Wa alaykumussalam.
Kechirasiz, bugin (ya'ni Shanba) 10-emas 9-Muharram! Bu kunning nomi "Tosu'o" deyiladi.
Ertaga inshaalloh (ya'ni Yakshanba) 10-Muharram - Ashuro kuni.

Alloh barchamizni ibodatlarimizni qabul aylasin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Dekabr 2010, 17:30:22

Inshaalloh, ertaga Muharram oyining 9-kuni. Payshanba kuni - Ashuro kuni bo'lyapti.
Erta, indin ro'za tutilsa, yuqoridagi hadislarga ko'ra, xayrli bo'ladi.

Qayd etilgan


Saliha  14 Dekabr 2010, 21:48:36

AbdulAziz, Allah rozi bo'lsin.Hech kim bu mavzu haqda gapirmayabdiya deb o'ylab turodim..

Qayd etilgan


Saliha  14 Dekabr 2010, 21:54:28

 :bsm:
Paygambarimiz (sav) shundey dedilar.
<Kim Muharram oyining 10 kuni ya'ni Ashuro kuni ahli ayolini, faqir insonlarni hursand qilsa Allah uni keyingi yilga qadar hursanchiliklarga qovushtiradi>..
<Kim etimning boshini silasa, Allah taolo har bir soch tolasi uchun hasonotlar yozadi.Kim Ashuro kuni bir mo'minga iftor qilib bersa, jami ummati Muhammad (sav) iftor qilib berganning savobini oladi>dedilar..

Qayd etilgan


braupov  14 Dekabr 2010, 22:02:21

Inshaalloh, ertaga Muharram oyining 9-kuni. Payshanba kuni - Ashuro kuni bo'lyapti.
Erta, indin ro'za tutilsa, yuqoridagi hadislarga ko'ra, xayrli bo'ladi.
:as:

Man juma kuni deb  o'ylaganidim. Chunki o'tgan Juma maruzasida bugun muharram oyining 3 kunlari deb etishgandi.

P.s. Aniqlik kirtganiz uchun tashakkur!
  

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Dekabr 2010, 07:48:20

Bugun 9chi kuni. Ashuro kuni ro'zasi sunnati muakkadadir.

''Rasululloh s.a.v. Aslamdan bir kishiga odamlar ichida kim biror narsa yegan bo'lsa ham kunning qolganida ro'za tutsin, kim yemagan bo'lsa u ham ro'za tutsin, chunki bugun Ashuro kuni, deb jar chaqirishga amr qildilar''.
Salama ibn Akva' r.a.dan Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

Qayd etilgan


Shukrona  15 Dekabr 2010, 08:50:42

Assalomu alaykum.
Ibn Abbos r.a. dan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh s.a.v ning ushbu kun-Ashuro kuni ro'zasini boshqasidan afzal ko'rib,sog'inib va ushbu oy-Ramazon oyi ro'zasini istab sog'ingandek,boshqa kun va oy ro'zasini istaganlarini ko'rmadim."
Bu kunlarni ham ibodatda o'tkazishni Alloh barchamizga nasib etsin  :amn:

Qayd etilgan


Aqoid  15 Dekabr 2010, 08:53:11

O'tgan juma kuni keyingi juma ashuro kuni deb imom aytgandi, buyoda ertaga deyilyapti. Qaysi biri to'g'ri? Biz payshanba, juma ro'za tutamiz deb yurib, ehtiyotdan bugun ham tutvolordik.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  15 Dekabr 2010, 13:15:29

bugun 9, ertaga payshanba 10, juma 11 kuni bo'lsa kerak, islamicfinder.org taqvimida shunday ko'rsatilibdi. Muharramning 9,10 hamda 11chi kunlari ro'zador holda o'tkazamiz.

Qayd etilgan