Muallif Mavzu: Ona tilim - O'zbek tili!  ( 22160 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ona tilim - O'zbek tili!
« Javob #15 : 11 Yanvar 2010, 16:40:18 »
Va alaykum assalom!

Ban - so'zi asli inglizcha bo'lib, cheklov, taqiq degan ma'noni anglatadi. Forumda ban qilmoq degani uzerni forumda ishtirok etishdan cheklash degan.

Buzruk - asli forsiy so'z bo'lib, katta, ulug' ma'nolarini bildiradi.

Mengzamoq - eski turkiy so'z bo'lib, o'xshamoq ma'nosini bildiradi. Mengzar - o'xshar deganidir.

O'sal - turkiy so'z bo'lib, serjahl degan ma'nosi bor.

Palid - forsiy so'z bo'lib, nopok, najas degan ma'nolari mavjud.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilim - O'zbek tili!
« Javob #16 : 12 Mart 2010, 14:21:19 »
Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Aziz tilshunos forumdoshlar! Menga notanish bo'lgan ba'zi so'zlarning ma'nolarini tushunturib bersangizlar.

1. Nashid
2. jumhur
3. g'azot
4. Nashida ( ushbu so'zni qayerdadir o'qiganman, balkim "nashid" so'zi bilan bog'liqlik joyi bordir?)

Oldindan katta rahmat!

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

ZUBAIR

  • Mehmon
Re: Ona tilim - O'zbek tili!
« Javob #17 : 16 Mart 2010, 00:48:12 »
Bismillohir rohmanir rohim!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Aziz tilshunos forumdoshlar! Menga notanish bo'lgan ba'zi so'zlarning ma'nolarini tushunturib bersangizlar.

1. Nashid
2. jumhur
3. g'azot
4. Nashida ( ushbu so'zni qayerdadir o'qiganman, balkim "nashid" so'zi bilan bog'liqlik joyi bordir?)

Oldindan katta rahmat!

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Va alaykum assalam varohmatulloh
Nashid: Musiqasiz kuylangan islomiy she'r
Jumhur: ko'pchilik degan manoni bildirsa kerak
G'zaot:  G'azot - payg'ambarimiz o'zlari ishtirok etgan urush, sariyya - Rasululloh s.a.v. amri bilan,lekin payg'ambarimiz o'zlari ishtorok etmagan urush.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=197.msg89862#msg89862
Nashida-Nashid

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilim - O'zbek tili!
« Javob #18 : 17 Mart 2010, 12:01:41 »
Bir zamonlar Arnoldning "Kamondo" nomli filmini ko'rgandim.

Kamando so'zi kecha o'ylab qarasam, qo'mondon so'ziga juda o'xshar ekan. Shu masalada yordam bera olasizlarmi?
Qo'mondon so'zining tarixini bilasizlarmi?

Kamon so'zining aloqasi bormi? Agar bo'lsa masala hal qilingandek go'yo.



Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ona tilim - O'zbek tili!
« Javob #19 : 17 Mart 2010, 13:48:50 »
Bir zamonlar Arnoldning "Kamondo" nomli filmini ko'rgandim.

Kamando so'zi kecha o'ylab qarasam, qo'mondon so'ziga juda o'xshar ekan. Shu masalada yordam bera olasizlarmi?
Qo'mondon so'zining tarixini bilasizlarmi?

Kamon so'zining aloqasi bormi? Agar bo'lsa masala hal qilingandek go'yo.

Qo'mondon so'zi o'zbek tilidagi nisbatan eski bo'lmagan so'zlardandir.
Uning kelib chiqishi haqida ikki xil taxmin bor:

- command (buyruq berish) so'zi (руссча команда) orqali Yevropadan turklarga, so'ng boshqa turkiy tillarga. Commander so'zi esa, qo'mondon ga aylangan.

- turkiy tildagi nisbatan eski komut (buyruq, amr) so'zi orqali Yevropa tillariga o'tgan bo'lishi mumkin. Komutan (buyruq beruvchi harbiy rahbar) so'zi keyinroq qo'mondonga aylangan bo'lishi mumkin.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #20 : 02 May 2010, 06:51:16 »
Bismillohir rohmanir rohim!

Marhamat hurmatli forum a'zolari va tilga qiziquvchi hamyurtlar ushbu so'zlar bilan tanishib chiqing va tushunganingizni yozib qoldiring.

6. abadiyat
7. abadulabad
8. abajur
9. abas
10. abgor

Ilm olishda sabrli bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #21 : 02 May 2010, 10:22:01 »
V.assalom Samarqandiy, anchadan beri yo'q edingiz, tinchmisiz : )
So'zlarga kelsak:

Abadiyat- Arabcha so'z bo'lib, kam qo'llanilgan so'zlardan biridir. Abadiyliki mangulik, degan ma'nolarni bildiradi.

Abadulabad- To abad, umrbod, hamisha, doimo.

Abajur - Fransuzchadan Rus tiliga- keyin esa tilimizga kirib kelgan so'z.
Yorug'likni bir joyga to'plab tushirish yoki ko'zni yorug'lik nuridan pana qilish uchun lampa ustiga o'rnatiladigan qalpoq.



Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #22 : 02 May 2010, 10:25:02 »
Abas -Eski Arabcha sifat. Foydasiz, behuda. Xozirgi Turk tilida ham "abes" shaklida qo'llaniladi.

Abgor- Forscha- Turkcha sifat, aslida-Afgor.

Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob.

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #23 : 02 May 2010, 18:25:14 »
Bismillohir rohmanir rohim!

Marhamat keyingi so'zlar.
1. abdol
2. abjad
3. abjak
4. abjir
5. abjirlik
6. abzal
7. abzallamoq
8. abzats
9. abira
10. ablak

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #24 : 02 May 2010, 19:42:57 »
Abdol - Arabcha. Xudojo'y, dindor, degani.

Abjad - Arab harflaridan tuzilgan va qaysi harfning son qiymatini hamd qadimiy arab alfaviti sirasini esda saqlash uchun o'ylab chiqarilgan sakkizta so'zdan birinchisining va shu sakkiz so'z majmuining nomi.
Abjad hisobi yoki hisobi abjad eski arab harflarining abjad sirasidagi son qiymatiga muvofiq bir soz yoki iboradan ma'lum bir son, sanoq, tarix chiqarish.

Uzr, Samarqandiy- Abjakmi yoki Abjaqmi ? chunki Abjak degan so'zni birinchi marta eshitishim...
Agarda abjaq bo'lsa- u holda majaq, pachoq bo'lmoq, dabdala bo'lmoq, ichdan chiqmoq ma'nolarini bidiradi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #25 : 02 May 2010, 19:46:08 »
Abjir - Oyoq-qo'li tez, epchil, chaqqon, degani.

Abjirlik- belgi oti. Epchil harakat, epchillik, chaqqonlik.


Abzal - Forshca-Turkcha so'z. Asli- Afzor. Ot-ulovni aravaga qo'shish uchun zarur asboblar majmui: egar-jabduq.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #26 : 02 May 2010, 19:50:13 »
Abzallamoq - egarlamoq, egar-jabduq urmoq.

Abzats - Nemis tilidan Rus tiliga o'tgan so'z.
                       1. Xat boshi, satr boshi.
                       2. İkkita xat boshi orasidagi tekst.

Abira -evara

Ablakmi yoki Ablaqmi ? Agar Ablaq bo'lsa u holda ot tusi haqida aytilgan so'z bo'lib, Chipor, chavkar degan ma'nolarni bildiradi.
 



Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #27 : 02 May 2010, 20:34:25 »
Samarqandiy, sizda O'zbek tilining izohli lug'ati yo'qmi?

Yoki topish imkoningiz yo'qmi?

1981 chi yilda 2 jil chiqqandi. O'tgan yillarda aynan shu kitob to'ldirilgan holda 5 jild bo'lib yana chiqdi.

Hatto Abdulaziz bu lug'atlar bilan bog'liq maqolani forumda ham joylagandilar.

Sizga dabdurustdan kerak bo'lib qolgan so'zlar uchun juda yaxshi ko'makchi bo'lar edi. Har bir oilada bu izohli lug'at bo'lishi kerak, deb o'ylayman.

Hammaning ham kitobni olish imkoni bo'lmasligini nazarda tutgan holda siz savollaringizni so'rayvering. Asosiysi bu tur savollarga javob izlaganlarga yordam bersak bo'lgani.

Men javoblarni shu kitoblardan olyabman...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilim - O'zbek tili! mavzusida O'zbekcha lug'at.
« Javob #28 : 04 May 2010, 20:12:11 »
Himmm masala bunday deng. Men ham hayron qoldim savollaringiz lug'atdagi so'zlar bilan bir xil navbatda kelganiga.
Albatta hammamizni ham o'zimizga yarasha so'z boyligimiz bor, bizdan so'ralgan so'zlarni qo'limizdan kelguncha ta'riflay olamiz.

Men o'ylabmanki, sizga juda tez suratda bu so'zlarni izohlari kerak....

As-Samarqandiy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 548
  • -oldi: 664
  • Xabarlar: 527
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilim - O'zbek tili!
« Javob #29 : 19 Iyul 2010, 03:35:06 »
Bismillohir rohmanir rohim!

Aziz forumdoshlar! Yordamlaringiz kerak bo'lib qoldi. Kecha tahrir uchun bir kitob olgan edim. Kitobda tushunmagan so'zlarim chiqib qoldi. Imkon qadar javob berasizlar degan umiddaman.

1. куйиккан,  "Раис. Куйиккан сиғирлар... яна сиғирлар, куйиккан сигирлар кўпайиб, молхона алғов-далғов бўлиб кетди. "
2. тарғил, семон , "Масалан, куни кеча Эстониядан келтирилган тарғил, сиғирга сакрайман деганда, оёғи чалиниб кетиб (албатта мадорсизликдан), шалоп этиб семон полга йиқилди. "
3. карт, "Сулаймон отаникидан, қаерда қўй сутидан карт  Ð´ÑƒÐ¼Ð±Ð°Ð´ÐµÐº қатиқ қилинади? "
4. дорпеч, "Сочвон, паранжи, эски маҳси... дорпеч ..."
5. зихи, "Хотинига чой беради, сўри зихига  ÑžÑ‚иради.)"

 

Chet elda o'sayotgan o'zbek bolalarining ona tili

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3745
So'nggi javob 07 Mart 2011, 14:12:08
muallifi Ansora
O'zbek tili omonimlarining izohli lug'ati

Muallif AbdulAzizBo'lim Lug'atlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 12748
So'nggi javob 12 Noyabr 2011, 12:05:08
muallifi AbdulAziz
O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati

Muallif AbdulAzizBo'lim Lug'atlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5626
So'nggi javob 12 Noyabr 2011, 12:07:49
muallifi AbdulAziz
Shavkat Rahmatullayev. Hozirgi o'zbek adabiy tili

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek adabiy tili

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 17737
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 11:18:50
muallifi AbdulAziz
A.Muxtorov, U.Sanaqulov. O'zbek adabiy tili tarixi

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek adabiy tili

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5344
So'nggi javob 01 Noyabr 2012, 15:11:02
muallifi AbdulAziz