Ona tilim - O'zbek tili!  ( 23263 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


As-Samarqandiy  02 May 2010, 06:51:16

Bismillohir rohmanir rohim!

Marhamat hurmatli forum a'zolari va tilga qiziquvchi hamyurtlar ushbu so'zlar bilan tanishib chiqing va tushunganingizni yozib qoldiring.

6. abadiyat
7. abadulabad
8. abajur
9. abas
10. abgor

Ilm olishda sabrli bo'ling!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 10:22:01

V.assalom Samarqandiy, anchadan beri yo'q edingiz, tinchmisiz : )
So'zlarga kelsak:

Abadiyat- Arabcha so'z bo'lib, kam qo'llanilgan so'zlardan biridir. Abadiyliki mangulik, degan ma'nolarni bildiradi.

Abadulabad- To abad, umrbod, hamisha, doimo.

Abajur - Fransuzchadan Rus tiliga- keyin esa tilimizga kirib kelgan so'z.
Yorug'likni bir joyga to'plab tushirish yoki ko'zni yorug'lik nuridan pana qilish uchun lampa ustiga o'rnatiladigan qalpoq.



Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 10:25:02

Abas -Eski Arabcha sifat. Foydasiz, behuda. Xozirgi Turk tilida ham "abes" shaklida qo'llaniladi.

Abgor- Forscha- Turkcha sifat, aslida-Afgor.

Yomon ahvolga tushib qolgan; nochor, xarob.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  02 May 2010, 18:25:14

Bismillohir rohmanir rohim!

Marhamat keyingi so'zlar.
1. abdol
2. abjad
3. abjak
4. abjir
5. abjirlik
6. abzal
7. abzallamoq
8. abzats
9. abira
10. ablak

Ilmingizni Ollohim ziyoda qilsin!
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 19:42:57

Abdol - Arabcha. Xudojo'y, dindor, degani.

Abjad - Arab harflaridan tuzilgan va qaysi harfning son qiymatini hamd qadimiy arab alfaviti sirasini esda saqlash uchun o'ylab chiqarilgan sakkizta so'zdan birinchisining va shu sakkiz so'z majmuining nomi.
Abjad hisobi yoki hisobi abjad eski arab harflarining abjad sirasidagi son qiymatiga muvofiq bir soz yoki iboradan ma'lum bir son, sanoq, tarix chiqarish.

Uzr, Samarqandiy- Abjakmi yoki Abjaqmi ? chunki Abjak degan so'zni birinchi marta eshitishim...
Agarda abjaq bo'lsa- u holda majaq, pachoq bo'lmoq, dabdala bo'lmoq, ichdan chiqmoq ma'nolarini bidiradi.

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 19:46:08

Abjir - Oyoq-qo'li tez, epchil, chaqqon, degani.

Abjirlik- belgi oti. Epchil harakat, epchillik, chaqqonlik.


Abzal - Forshca-Turkcha so'z. Asli- Afzor. Ot-ulovni aravaga qo'shish uchun zarur asboblar majmui: egar-jabduq.

Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 19:50:13

Abzallamoq - egarlamoq, egar-jabduq urmoq.

Abzats - Nemis tilidan Rus tiliga o'tgan so'z.
                       1. Xat boshi, satr boshi.
                       2. İkkita xat boshi orasidagi tekst.

Abira -evara

Ablakmi yoki Ablaqmi ? Agar Ablaq bo'lsa u holda ot tusi haqida aytilgan so'z bo'lib, Chipor, chavkar degan ma'nolarni bildiradi.
 



Qayd etilgan


Ansora  02 May 2010, 20:34:25

Samarqandiy, sizda O'zbek tilining izohli lug'ati yo'qmi?

Yoki topish imkoningiz yo'qmi?

1981 chi yilda 2 jil chiqqandi. O'tgan yillarda aynan shu kitob to'ldirilgan holda 5 jild bo'lib yana chiqdi.

Hatto Abdulaziz bu lug'atlar bilan bog'liq maqolani forumda ham joylagandilar.

Sizga dabdurustdan kerak bo'lib qolgan so'zlar uchun juda yaxshi ko'makchi bo'lar edi. Har bir oilada bu izohli lug'at bo'lishi kerak, deb o'ylayman.

Hammaning ham kitobni olish imkoni bo'lmasligini nazarda tutgan holda siz savollaringizni so'rayvering. Asosiysi bu tur savollarga javob izlaganlarga yordam bersak bo'lgani.

Men javoblarni shu kitoblardan olyabman...

Qayd etilgan


Ansora  04 May 2010, 20:12:11

Himmm masala bunday deng. Men ham hayron qoldim savollaringiz lug'atdagi so'zlar bilan bir xil navbatda kelganiga.
Albatta hammamizni ham o'zimizga yarasha so'z boyligimiz bor, bizdan so'ralgan so'zlarni qo'limizdan kelguncha ta'riflay olamiz.

Men o'ylabmanki, sizga juda tez suratda bu so'zlarni izohlari kerak....

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Iyul 2010, 03:35:06

Bismillohir rohmanir rohim!

Aziz forumdoshlar! Yordamlaringiz kerak bo'lib qoldi. Kecha tahrir uchun bir kitob olgan edim. Kitobda tushunmagan so'zlarim chiqib qoldi. Imkon qadar javob berasizlar degan umiddaman.

1. куйиккан,  "А аис. Куйиккан сиғирлар... сна сиғирлар, куйиккан сигирлар кспайиб, молхона алғов-далғов бслиб кетди. "
2. тарғил, семон , "Масалан, куни кеча А­стонисдан келтирилган тарғил, сиғирга сакрайман деганда, оёғи чалиниб кетиб (албатта мадорсизликдан), шалоп стиб семон полга йиқилди. "
3. карт, "Сулаймон отаникидан, қаерда қсй сутидан карт  думбадек қатиқ қилинади? "
4. дорпеч, "Сочвон, паранжи, сски маҳси... дорпеч ..."
5. зихи, "Хотинига чой беради, ссри зихига  стиради.)"

Qayd etilgan