Tilingga ehtiyot bo`l !!!  ( 14976 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


maknuna  19 Iyul 2006, 06:52:06

Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:52:23

Feruza:
Bizda agar rus tilini bilmasangiz, ishingizni bitirishingiz qiyin. Soatlab o'tirmaysizmi, ularga desa! AGar rus tilida gaplashsangiz, boshqacha munosabatda bo'lishadi. Ba'zida jahlim chiqqanidan ataylab o'zbekchada gapirib, rus tiliga tushunmayman deb turardim.

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:53:20

Mohinur:
Shunisiga afsus chekaman.
Go'yoki, ruschani bilsa obro'si ko'tariladigandek.
katta og'alar zamoni o'tib ketdi-ku.
Balki...

Feruza:
To'g'ri aytasiz, xuddi rus tilida gapirishsa, obro'si ko'tariladi. Eng achinarlisi o'zbek yoshlar o'zbek tili qolib ketib, rus tilida gaplashishadi. Bunga qanday chidash mumkin? Agar o'zbek tilini bilmagan insonga gapirgan bo'lsa mayli, ikki o'zbek rus tilida, bilmadim, bunga qanaqa ta'rif berish mumkin?
   
Maknuna:
Radiolarimizning 70 %i rus tilida, TV da ham ruscha programmalar ko'p.
Boshqacha bo'lishi mumkin emas :(

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:53:54

Shahobiddin:
Men o'z ona tilimda gapirishga uyalmayman .

Feruzabegim:
 Bu judayam yaxshi. Lekin o'zingiz qatori zamonaviy yoshlarning orasida sal vaqtingizni o'tkazib ko'ring, hamma ham shunaqa fikrdamikin? Achinib ketasiz, o'zimizning ona tilimizga bo'lgan munosabatni ko'rib.

Qayd etilgan


maknuna  19 Iyul 2006, 06:55:02

Uztermbek:
Ajabo...
Aksiga olib, mustaqillikdan keyin o'zbek tiliga bo'lgan bunday behurmatlik urchib ketganini qarang-a...
Asilda, o'sha sizlar aytayorgan chulchutlar na o'z tilini na ruschani yolchitib gapira oladi, ammo tillaru shevani kokteyl qilib nag'ma qilishga usta! Nima qilsak bo'ladi bunga qarshi, kim ayta oladi?!

Shoir:
Judayam to'g'ri fikrlarni aytdingiz.
Jonajon respubikamizning ba'zi mutasaddilari ham o'zbek tilida gapirishni bilishmaydimi, nuqul ruscha sayrashadi TVlarda ham.
Jahlingiz chiqib ketadi, ba'zida shularni ko'rib.

Qayd etilgan


javohir  19 Iyul 2006, 19:23:23

salom...

mening fikrimni ko`pchilik tushunmagan ko`rinadi... men boshqa tillarni haqorat qilishni hayolimga ham keltirganim yo`q... bolalar ona tilida gaplashmayapti demoqchi ham emasman... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!... (mana men nima demoqchi edim)...

(aybim uchun uzr so`rayman...)

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyul 2006, 14:15:56

Assalamu alaykum.
Sizni gapingiz juda to'g'ri.Hozirda yoshlarimiz juda ham ayanchli holga tushib qolganlar. Hatto o'z og'aynilari bilan oddiy suhbatlarda ham bir-birlarini yomon laqablar bilan chaqirishayorganini guvohi bo'lishingiz mumkin. Men shahsan guvohi bo'lmaganman,lekin ustozlarimiz juda ko'p gapirishadi shu haqda. Hatto qizlarimizga ham yuqqan shu illat.O'zlaricha am'nolarini bilmay har hil so'zlar bilan bir0birlariga murojaat qilishadi. Hatto bu bilan o'zlarini madaniyatli qilib ko'rsatishadi. Buning ildizi nimada?Yoshlarimizning ongsizligidami yoki ota-ona va maktablardagi tarbiyaning "zo'rligidami"? Siz nima deb o'ylaysiz aziz birodarim.

Qayd etilgan


forumnnb  22 Iyul 2006, 18:37:38

salom...
ayni kunda men talabar safida ko`p bo`layapman... shuning uchun ular orasida bo`ladigan suhbatlardan boxabarman... buni ongsizlikkka yo`ysa ham bo`ladi...maktabdagi tarbiya ham...ota-onalar menimcha farzandlarining bunday betayin gaplaridan bexabar bo`lishsa kerak (chunki ular ularning oldida muloyim mushuk bo`lib qolishi mumkin. ular ko`p vaqtini ko`chada o`tkazishadi, tabiiyki onalar, otalar bilan muloqot kamayadi... otalar ham ko`p ishlashi kerak, farzandi kelajagi uchun, shuning uchun ham farzandlar bilan suhbatlar kamayadi...(balki umuman bo`lmas...))...
bilasizmi, atrof-muhit bolaga ta`sir ko`rsatmaydi deb hisoblayman. bundan kelib chiqib yigit-qizlar o`zlari, o`z tafakkuri bilan hisoblashgan holda ish ko`rishlari kerak (shu o`rinda bir narsani ham aytib qo`yishim kerak, ko`pgina yosh bolalarga "qani, anovini manovinaqa qilib so`kib qo`ygin..." deb "o`git"beradiganlar ham topilib qolayapti...). (yana bir izoh: ba`zi otalar (yolg`on bo`lsa aybdorman) farzandlari oldida onalarini yoki qo`shnilarini so`kib qo`yishi mumkin...)

endi maktab masalasiga kelsak, bu borada kamina ba`zi o`qituvchilarning beradigan "ta`limlar"i oldida ojiz qolaman... bu alohida mavzu...

Qayd etilgan


Mas'ud  02 Avgust 2006, 11:30:57

Donishmandlardan biri: "Aytgan so'zim shohim, aytmagan so'zim qulim", degan ekanlar

Qayd etilgan


Mashhura  10 Avgust 2006, 08:56:50

Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!
Qaniydi biror chora ko'rishning iloji bo'lsa???????????????????????????????????????????

Qayd etilgan