Muallif Mavzu: Tilingga ehtiyot bo`l !!!  ( 12435 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

javohir

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 5
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #15 : 19 Iyul 2006, 19:23:23 »
salom...

mening fikrimni ko`pchilik tushunmagan ko`rinadi... men boshqa tillarni haqorat qilishni hayolimga ham keltirganim yo`q... bolalar ona tilida gaplashmayapti demoqchi ham emasman... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!... (mana men nima demoqchi edim)...

(aybim uchun uzr so`rayman...)

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #16 : 22 Iyul 2006, 14:15:56 »
Assalamu alaykum.
Sizni gapingiz juda to'g'ri.Hozirda yoshlarimiz juda ham ayanchli holga tushib qolganlar. Hatto o'z og'aynilari bilan oddiy suhbatlarda ham bir-birlarini yomon laqablar bilan chaqirishayorganini guvohi bo'lishingiz mumkin. Men shahsan guvohi bo'lmaganman,lekin ustozlarimiz juda ko'p gapirishadi shu haqda. Hatto qizlarimizga ham yuqqan shu illat.O'zlaricha am'nolarini bilmay har hil so'zlar bilan bir0birlariga murojaat qilishadi. Hatto bu bilan o'zlarini madaniyatli qilib ko'rsatishadi. Buning ildizi nimada?Yoshlarimizning ongsizligidami yoki ota-ona va maktablardagi tarbiyaning "zo'rligidami"? Siz nima deb o'ylaysiz aziz birodarim.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

forumnnb

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 9
  • Xabarlar: 68
  • Jins: Erkak
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #17 : 22 Iyul 2006, 18:37:38 »
salom...
ayni kunda men talabar safida ko`p bo`layapman... shuning uchun ular orasida bo`ladigan suhbatlardan boxabarman... buni ongsizlikkka yo`ysa ham bo`ladi...maktabdagi tarbiya ham...ota-onalar menimcha farzandlarining bunday betayin gaplaridan bexabar bo`lishsa kerak (chunki ular ularning oldida muloyim mushuk bo`lib qolishi mumkin. ular ko`p vaqtini ko`chada o`tkazishadi, tabiiyki onalar, otalar bilan muloqot kamayadi... otalar ham ko`p ishlashi kerak, farzandi kelajagi uchun, shuning uchun ham farzandlar bilan suhbatlar kamayadi...(balki umuman bo`lmas...))...
bilasizmi, atrof-muhit bolaga ta`sir ko`rsatmaydi deb hisoblayman. bundan kelib chiqib yigit-qizlar o`zlari, o`z tafakkuri bilan hisoblashgan holda ish ko`rishlari kerak (shu o`rinda bir narsani ham aytib qo`yishim kerak, ko`pgina yosh bolalarga "qani, anovini manovinaqa qilib so`kib qo`ygin..." deb "o`git"beradiganlar ham topilib qolayapti...). (yana bir izoh: ba`zi otalar (yolg`on bo`lsa aybdorman) farzandlari oldida onalarini yoki qo`shnilarini so`kib qo`yishi mumkin...)

endi maktab masalasiga kelsak, bu borada kamina ba`zi o`qituvchilarning beradigan "ta`limlar"i oldida ojiz qolaman... bu alohida mavzu...

Mas'ud

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 254
  • -oldi: 437
  • Xabarlar: 222
  • Jins: Erkak
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #18 : 02 Avgust 2006, 11:30:57 »
Donishmandlardan biri: "Aytgan so'zim shohim, aytmagan so'zim qulim", degan ekanlar

Mashhura

  • Mehmon
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #19 : 10 Avgust 2006, 08:56:50 »
Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!
Qaniydi biror chora ko'rishning iloji bo'lsa???????????????????????????????????????????

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #20 : 01 Sentyabr 2006, 05:56:09 »
Ozoda:
Assalomu alaykum!!
Men ham shunga hayronman..
Masalan Samarqand shahrida, ko'chaga chiqsangiz ruscha yoki tojikcha gapirishingi kerak, o'zbekcha gapirsangiz sini hech kim pisand qilmaydi...Ruscha yoki tojikcha gapirsangiz ozgina bo'lsa ham hurmatingiz bo'ladi!! Nega endi o'zimizni ona tilimizda gapirishdan uyalamiz??
Men bu gapim bil;an Samarqanddagi tojiklarni ayblamoqchi emasman, lekin aynan mana shuni deb hattoki o'zbeklar Samarqandda o'zbekcha gapirishga uyalishadi!!!
Qaniydi biror chora ko'rishning iloji bo'lsa???????????????????????????????????????????

Hamma o'zini tilida gapirgani yaxshi, lekin birovlarning tilini kamsitish yaxshi emas.
Masalan, bironta o'zbekka tojik birodarimiz o'zbek tilini bilgani holda o'z tilida gapirsa biroz g'alati tuyuladi. Agar bu so'zlashda kibr namoyon bo'lsa, undan yomoni yo'q...

Foniy

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 603
  • -oldi: 501
  • Xabarlar: 622
  • Jins: Erkak
  • Har bir ezgu amal sadaqadir.(Hadisdan)
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #21 : 12 Avgust 2009, 18:41:43 »
... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!...

Bu albatta achinarli, ma'naviy kambag`allik. 
... eng avvalo o`sha "yoshlar"ning qanday oilada tarbiya topayotganligi, qanday muhitda o`sayotganligi, kimlar bilan muloqot qilib yurganligi,.. muhim ahamiyatga ega. Eng achinarli holat ba'zi oilalarda ota-onalarning tarbiya masalasiga loqaydlik bilan (ikkinchi darajali) qarashlari,.. boshqalardan kam bo`lmasin deb, moddiy jihatdan yetarlicha ta'minlab qo`yishlari va lekin eng muhim jihati, ma'naviy tomondan esa... afsus,..
Albatta yaxshi bog`bon egri nihollarni ham tarbiyalab foydali daraxtlar yetishtiraoladi,.. yaxshi bog`bonlarimiz ko`payaversin, amiyn,
Yaxshilikka buyuringlar, agar o`zlaring yaxshilik qila olmasalaring ham. Yomonlikdan qaytaringlar, agarchi uning hammasidan o`zlaring chetlana olmasalaring ham!(Hadisdan)

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #22 : 12 Avgust 2009, 19:04:36 »
... gapning dangali  yoshlar to`gri gapirishdan ko`ra ko`proq so`kinib gapirishadi !!!...

Bu albatta achinarli, ma'naviy kambag`allik. 
... eng avvalo o`sha "yoshlar"ning qanday oilada tarbiya topayotganligi, qanday muhitda o`sayotganligi, kimlar bilan muloqot qilib yurganligi,.. muhim ahamiyatga ega. Eng achinarli holat ba'zi oilalarda ota-onalarning tarbiya masalasiga loqaydlik bilan (ikkinchi darajali) qarashlari,.. boshqalardan kam bo`lmasin deb, moddiy jihatdan yetarlicha ta'minlab qo`yishlari va lekin eng muhim jihati, ma'naviy tomondan esa... afsus,..
Albatta yaxshi bog`bon egri nihollarni ham tarbiyalab foydali daraxtlar yetishtiraoladi,.. yaxshi bog`bonlarimiz ko`payaversin, amiyn,
:amn: Shu o'rinda yana bir narsani ham qo'shib o'tish mumkinki, tashqi muhit ham inson harakatiri va ongiga juda katta ta'sir o'tkazadi. Tashqarida yurganingizda ikki rus millatiga tegishli bolalar o'tib ketayotib og'izdan bo'lar bo'lmas so'kog'ich so'zlar chiqib ketsa, ma'nosini tushunmay, o'sha eshitib qolgan inson, ongiga singadi va kuni kelib hohlasa-hohlamasa uni aytib yuborishi mumkin. Ammo nafsini va ongini mustaqil, o'zi boshqara oladigan odamdan bu natijani kutish qiyin. Buni ham tan olib aytish kerak menimcha :)
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Muslima.bgm

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 99
  • -oldi: 135
  • Xabarlar: 160
  • Jins: Ayol
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #23 : 28 Avgust 2009, 15:31:22 »
Yaqinda qizimni bog'chaga berdim. Bir kuni Ishga ketayotsam qo'shnim "qizingizni bog'chaga berdizmi?" deb so'rab qoldi. O'zbek bog'chami yo rus bog'chami deydi. Albatta O'zbek bog'chagada desam bekor qilibsiz rus bog'cha yaxshi, berganingizda rus tilini zo'r o'rganardi? madaniyatli bo'lardi deydi.
Azizlar, bunday fikrlaydigan o'zbeklarimiz talaygina. Endi tili chiqayotgan bolamizga o'z ona tilimizni o'rgatmaganimizdan keyin , keyinchalik ulardan nima kutish mumkin? Albatta yuqorida keltirilgandek "olifta " larnida

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #24 : 28 Avgust 2009, 17:38:54 »
Yana ham biz O'zbeklar ona-tilimizga qadr-qiymat beramiz. İstambulga qolgan Turkiy Jumhuriyatlardan kelgan talabalar oralarida ruscha gaplashishadi. Biz bo'lsak, yo O'zbekcha yoki Turkcha aralash gapirar edik. Ruscha gapirgani uyalardim. Qirg'iz yoki Qozoq bilan bo'lsa ham Turkcha gaplashar edim. Gohida hayron bo'liashardi, Ruscha bilmaysanmi, deb. Men ham ataylab sen Qirg'zicha gapir men ham O'zbekcha javob beray, qani bir-birimizni qanchalik tushunar ekanmiz, derdim:) Tabii Ruscha bilish kerak, lekin men onam bilan Rus tilida gaplashganimni hech tasavvur qila olmayman, Xudo saqlasin, huddi boshqa insonday bo'ladiya:)

roziyaa

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 16
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #25 : 27 Sentyabr 2009, 10:13:35 »
Assalomu alaykum juda yahshi mavzu ochibsiz. manimcha hozir yoshlarni har turli millatlarga mansub soz ishlatishla bu hunuk. Alhamdulilah muslmonmiza. muslmon davlatga tu'g'ilganmiza o'zimiz tilimizda tilimiz chiqan, nega o'zizmizni tilimizni unutib, rus, ingliz tilida gaplashmiza. ahir biza o'zbekmiz. hozirgi yoshlani hayron qolaman. mani yaqin qo'shinim o'zbekcha gapirsa uylarkan ruscha gaplashi kerekan. o'zi umuman bilmdi. hayron qoldim. bu ota onani tarbiyasimi yoki o'qtuvchilanmi. hozir yana yengi moda bopti qizlaga bola qolib, qizla o'g'il bolani kursdoshlarini OG'AYNIM dib chaqirish. bu judayam hunuk. yana, taki tak, yedirdimi, kidirdimi, ushab qo'ydimi, digan sozla qizlarimizni o'g'izdan tushmi qovoti. man bu gaplani juda kop qizladan eshtvoman. Forumdoshla qanaqa chora korsa boladi. Qizlarimizda hayo ibo digan narsa yoqolib borvotiku. Ahir biz o'zbekla,hayo iboyimiz uchun boshqa millat vakillaridan ajralib turamizku.nega shulani o'zimizda saqlab qololmayamiza.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #26 : 27 Sentyabr 2009, 10:40:45 »
Roziyaxon, siz aytgan muammolar, afsuski Turkiyada ham bor. Men boshda bu yerga kelganimda juda ko'p narsaga o'rgana olmadim. Masalan avtobusda yoshi ulug'larga joy berish masalasi. Yoshgina qiz-erkaklar yoyilib o'tirishib olishgan, yoshi ulug'lar esa, oyoqda. Qo'limdan kelguncha, joy berishga harakat qildim. Lekin hamma sizga hayron bo'lib qaraydi, bilasizmi? Meni boshqa yerdan kelganligim bilinib turadi, yana joy berib, o'rningizdan turganingizdan keyin yana ko'p o'zingizga diqqatni tortasiz. Bir kuni yana paraxodda yoshi ulug' bir onaxonga joy berdim, u bo'lsa menga, "qizim sen o'tir, biz qariyalar uyimizda uxlab uxlab dam olib, aylanishga chiqqanmiz, sizlar erta sahardan ishga, o'qisha chopasizlar, bizdan ko'p charchaysizlar," deb meni joyimga qaytib o'tirg'izib qo'ydi. Hech masalaga bu tarafdan yondoshmagandim. Rostdan ham onaxon bir navi haqli. Chunki shahar katta. Bir joydan ikkinchi joyda borish uchun avval avtobus kutasiz 15-30 daqiqa orasi, keyin yo'llar tiqiling bo'ldimi, 15 daqiqalik yo'lni 2 soatda o'tganimizni bilaman, jami faqatgina bir tarafga borish uchun 3 soatga yaqin yo'ldasiz, bu yo'lni hali qaytishi ham bor. Nim uchun bu mavzuni aytdim, chunki o'z madaniyatiga hurmat bilan qaragan, kattalariga hurmatda, kichiklariga izzatda bo'lgan inson Tilini ham hurmat qiladi. Bekorga "Ona-tili" deyilmagan, siz o'z onangizni boshqasiga almashasizmi, yoki onangizga har qanaqangi ko'cha og'zidagi so'zlar bilan murojaat qilasizmi? İnson o'z tilini yaxshi bilmasdan, boshqa tilni o'rgana olmaydi, o'z tilini hurmat qilmasdan boshqa tilni hurmat qilaman, degan inson esa yolg'onchi!!!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #27 : 02 Oktyabr 2009, 19:33:37 »
Assalomu alaykum juda yahshi mavzu ochibsiz. manimcha hozir yoshlarni har turli millatlarga mansub soz ishlatishla bu hunuk. Alhamdulilah muslmonmiza. muslmon davlatga tu'g'ilganmiza o'zimiz tilimizda tilimiz chiqan, nega o'zizmizni tilimizni unutib, rus, ingliz tilida gaplashmiza. ahir biza o'zbekmiz. hozirgi yoshlani hayron qolaman. mani yaqin qo'shinim o'zbekcha gapirsa uylarkan ruscha gaplashi kerekan. o'zi umuman bilmdi. hayron qoldim. bu ota onani tarbiyasimi yoki o'qtuvchilanmi. hozir yana yengi moda bopti qizlaga bola qolib, qizla o'g'il bolani kursdoshlarini OG'AYNIM dib chaqirish. bu judayam hunuk. yana, taki tak, yedirdimi, kidirdimi, ushab qo'ydimi, digan sozla qizlarimizni o'g'izdan tushmi qovoti. man bu gaplani juda kop qizladan eshtvoman. Forumdoshla qanaqa chora korsa boladi. Qizlarimizda hayo ibo digan narsa yoqolib borvotiku. Ahir biz o'zbekla,hayo iboyimiz uchun boshqa millat vakillaridan ajralib turamizku.nega shulani o'zimizda saqlab qololmayamiza.

Assalamu alaykum.
Yigit qizlarni, farzandlarimizni, umuman inson zotini hayolik iboli bo'lishi uchun,avvalo, ularda IYMON degan ulug' ne'mat bo'lishi shart.
"Hayo - IYMONdandir", degan hadisi sharif bekorga aytilmagan.
Yoshlarda bu iymonni shakllantirib ularga haqiqiy tarbiya berishlik uchun esa avvalo ota-onalar harakat qilisi lozim. Buning uhcun esa ota-onalar o'zlari iymonli, hayoli bo'lishilari lozim.
Bu tarbiya deganlari shunaqa zanjir hammasi bir-biriga bog'liq.
Har bir oilada Islom va islomiy tarbiya birinchi o'rinda turmas ekan, unday oiladagi farznadlar, nafaqat tillarini, yaqinda Alloh saqlasin,Vatanlarini sotishdan ham ikkilanishmaydi.
O'zi hozirda muloqotda,kiyinishda, kattalarga muomalda, oila tutishda, uylanishlikda boshqa millat vakillariga taqlid qilib bo'lishgan.
Gapiraversa gap ko'p. Alloh barchamizga go'zal iymon, xusnixulq ato qilsin.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #28 : 12 Oktyabr 2009, 18:23:02 »
Савол: Мен ҳаётимда бир муаммога дуч келдим. У ҳам бўлса мактабда дугоналарим билан бошқа одамлар ҳақида гаплашамиз. Мен буни ғийбат деб ҳисоблайман ва суҳбатдан сўнг пушаймон бўламан. Аллоҳ сизга яхши мукофотлар берсин, менга қандай насиҳат қиласиз?

Жавоб: Алҳамду лиллаҳ …

Одамлар, одамларнинг шарафи ёки хусусиятлари ҳақида гапириш - гуноҳ, бўлганда ҳам катта гуноҳдир. Буни ўзингизга қиёслаб кўринг: Бошқаларнинг ҳаққингизда сиз суймаган гапларни айтишларини хоҳлайсизми? Сиз йўқлик пайтингизда ҳаққингизда айтмасликларини хоҳлаганингиз гапларни гапиришларини хоҳлайсизми?

Сиз ўзингиз ҳақингизда эшитишингизни хоҳламаган гапларни, одамлар ҳам ўзлари ҳақида гапиришингизни хоҳлашмайди …

Бундан ташқари Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ҳам одамларни жаҳаннамга юзлари билан улоқтирадиган нарса тиллари гапирган гаплар эканидан хабар бердилар …

Қанча-қанча сўзлар борки, эътибор бермай талаффуз қилиб қўясиз?!

Барака топгур, мен сизга шуни айтмоқчиман: Тил Аллоҳнинг зикри билан машғул бўлмаса, бошқа нарса билан машғул бўлади …

Сизнинг у дугоналарингиз билан тўпланаётган йиғилишларингиз Аллоҳнинг тоатида бўлмаса, Аллоҳнинг маъсиятида бўлади …

Сиз бу тўпланишлардан Аллоҳнинг ғазаби билан туриб кетишга розимисиз?! Ёки сизга: Гуноҳларингиз кечирилган ва ёмонликларингиз яхшиликка алиштирилган ҳолатингизда ўрнингиздан туринг!, -деб айтилишини хоҳлайсизми?

Менинг фикрим шу: Агар у қизларнинг иши бошқаларни ғийбат қилиш бўлса, Аллоҳга шукрки, Аллоҳнинг зикри ва тоати учун тўпланаётган бошқа қизлар ҳам бор. Ўтиришларингиз, суҳбатдошларингиз ва дугоналарингизни ўзгартиринг!

Аллоҳни эслаган, тиллари ва қалблари билан Аллоҳни зикр қилган қизлар билан дугона бўлинг!!

Тўғри, биз хатодан кейин афсус қиламиз … Хўш, афсусдан кейин нима қилишимиз керак?! …

Сиз: Мен пушаймон бўламан, дедингиз. Айтингчи, пушаймондан кейин нима қиласиз?!

Воз кечиш керак …

Агар юракдан тавба қилган ва тавбангизнинг қабул бўлишини хоҳлаган бўлсангиз, бу хунук қилмишингизга қайтманг ва қайтишга жазм ҳам қилманг!! Аллоҳга нисбатан бир сўзли ва қатъиятли бўлинг! Гуноҳлардан воз кечинг!!

Пушаймон бўлинг …

Агар пушаймон бўлмасангиз, (яқинда) ўзингизнинг устингиздан ўзингиз куласиз!! Хатоларни такрор-такрор қилаверасиз!

Аллоҳ номига қасам ичиб айтаманки, инсонга тилини сақлашдан кўра оғирроқ иш йўқдир!!

У шунчалар оғирки, аввалгилар ҳам, кейингилар ҳам бошқалар ҳақида тилларини тийишда анчагина қийналишган …

Бу тил сизни жаннатнинг энг олий мақомларига кўтаришга ҳам, жаҳаннамнинг энг тубига улоқтиришга ҳам кучи етадиган узвдир …

Агар уни зикр, тасбиҳ ва таҳлилларда ишлатсангиз, сизни жаннатнинг тепаларига олиб чиқади …

Ўйин-кулгу, ғийбат, чақимчилик, ҳақорат, сўкиниш ва лаънат қилиш учун ишлатсангиз, сизни юзингиз билан жаҳаннамга улоқтиради …

Ҳой Аллоҳнинг чўриси, Аллоҳдан қўрқинг!!

Фалончи ва пистончи қизлар ёки хотинлар ҳақида оғзингиздан чиқаётган сўзларни енгил санаманг!!

Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг муҳтарама рафиқаларидан бири бўлган Оиша разияллоҳу анҳо ўзича арзимас деб ўйлаган бир жумлани яъни (кундошларидан бири бўлган Зайнаб разияллоҳу анҳо ҳақида): «Ð—айнабнинг бўйи пастдир!» - деди.

Сиз буни арзимас дея тушунишингиз мумкин …

Бироқ Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Оиша разияллоҳу анҳога: «Ð¡Ð¸Ð· бир гапни айтдингизки, уни денгиз сувига қориштирилса унинг таъмини ўзгартириб ташларди» - дедилар …

Бунга ўхшаш гапларни айтишда лоқайд бўлманг ва унутмангки:

«Қайси сўзни айтса унинг олдида жиддий назоратчи бордир» (Қоф: 18).

Демак, тил тузалса кўплаб ишлар тузалади …

Тил устувор бўлмай бузилса, Аллоҳ таолога яқинлашиш учун қилаётган амал ва ибодатларимизнинг нима қиймати қолади?! …

Аллоҳнинг чўриси, оғзингиздан чиқаётган сўзларни айтар экансиз Аллоҳдан қўрқинг!!…

Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Tilingga ehtiyot bo`l !!!
« Javob #29 : 13 Oktyabr 2009, 17:06:34 »
Тилни тийиш

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «ÐÐ°Ð±Ð¸Ð¹ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «ÐšÐ¸Ð¼ ёлғон гапиришни ва унга амал қилишни қўймаса, унинг таоми ва шаробини тарк қилмоғига Аллоҳнинг эҳтиёжи йўқ», дедилар». Бешовларидан фақат Муслим ривоят қилмаган.

Шарҳ: Ислом дини ва таълимоти бўйича мусулмон инсон доимо тилини ёмон сўзлардан, беҳуда гаплардан тиймоғи лозим. Рўзадор мусулмон учун эса бу таъкид яна ҳам кучли бўлади. Уламоларимиз ушбу ҳадисдаги «Ñ‘лғон гапириш»Ð³Ð° ғийбатчилик, чақимчилик, иғво ва бўҳтонлар ҳам киради, дей-дилар. Шунингдек, унга амал қилишга Аллоҳ таолонинг ва Унинг Расулининг норозилигига сабаб бўладиган ҳар бир иш киради, дейдилар.
Демак, рўза тутган одам ўзини нафақат таом ва шаробдан, балки номаъқул гап-сўз ва ишлардан ҳам тиймоғи лозим. Зотан ўзини таом ва шаробдан тийиб туриб, ёлғон, иғво, чақимчилик, ғийбат, бўҳтон сўзларни гапираверишдан, ношаръий ишларни қилаверишдан нима фойда бор? Ёки унинг оч қолиб, чанқаганига Аллоҳнинг эҳтиёжи борми?
Афсуски, ҳаётимизда бу ҳақиқатни унутиб қўямиз. Ичимизда рўзани тутиб олиб, кун бўйи беҳуда гап-сўзлар, ишлар билан машғул бўладиганлар йўқ эмас. Мусулмонларнинг устидан ғийбат, чақимчилик, бўҳтон қиладиганлар ҳам йўқ эмас. Ҳаммамиз ёлғон сўз ва унга амал қилиш рўзанинг савобини бутунлай кетказишини ҳеч қачон унутмаслигимиз лозим.

Яна ўша кишидан ривоят қилинади: «ÐÐ°Ð±Ð¸Ð¹ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Қачон бирингиз рўзадор ҳолида бўлса, беҳаё сўзларни гапирмасин ва жоҳиллик ҳам қилмасин. Агар биров у билан сўкишмоқчи ёки урушмоқчи бўлса, мен-рўзадорман, мен рўзадорман десин», дедилар». Бешовлари ривоят қилганлар.
Шарҳ: Худди шу маънодаги ҳадис олдин ҳам ўтган.

Яна ўша кишидан ривоят қилинади: «ÐÐ°Ð±Ð¸Ð¹ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Ð‘аъзи рўзадорлар борки, уларга рўзаси учун очликдан ўзга нарса бўлмас. Баъзи тунда бедор бўлган борки, уларга бедорлиги учун уйқусизликдан ўзга нарса бўлмас», дедилар». Ибн Можа, Аҳмад ва Ал-Ҳоким ривоят қилганлар.
Шарҳ: Баъзи бир кишилар рўзани тутиб олиб, тилини тиймай ёлғон-яшиқ гапирадилар, иғво, бўҳтон, ғийбат қиладилар, турли ёмон ишлардан ўзларини тиймайдилар. Ана шундай кишилар рўзанинг фойдасидан, савобидан маҳрум бўладилар. Уларга рўза тутишдан фақат оч қолганлиги қолади, холос.
Шунинг учун ким рўзадан тўла манфаат олмоқчи, савобига тўлиқ эришмоқчи бўлса, ўзини таом ва шаробдан ташқари беҳуда, бўлмағур гап-сўз ва амаллардан тиймоғи лозим.
Шунингдек, баъзи бир кишилар тунда бедор таҳажжуд намоз Ñžқийдилар. Кейин эса, ўша ишлари билан мақтаниб риё-корлик қиладилар, ёлғон гапириб нолойиқ ишларга қўл урадилар. Ана ўшандай одамлар ҳам тунда бедор туриб қилган ибодатлари савобидан бебаҳра қолурлар. Ўша бедорлик оворагарчилигидан уйқусизлик қолади, холос.
Шунинг учун ҳар бир ибодатни иложи борича риёкорликдан қочиб қилмоғимиз керак.
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

 

Virusli gepatitdan ehtiyot bo'ling

Muallif AbdulAzizBo'lim Tibbiy kutubxona

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 16113
So'nggi javob 19 Aprel 2010, 22:26:45
muallifi Ansora
Ehtiyot bo'lgan yaxshi.

Muallif OynurBo'lim Islom

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 3704
So'nggi javob 27 Noyabr 2008, 09:07:00
muallifi lolo
Ehtiyot bo'ling! Firibgarlar! Yohud baxtli noma(xat).

Muallif FazliddinFMBo'lim Internet

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 5236
So'nggi javob 07 Mart 2009, 19:23:27
muallifi FazliddinFM
Ehtiyot bo'ling: Yolg'onlarga aldanib qolmang!

Muallif shoirBo'lim Umumiy

Javoblar: 61
Ko'rilgan: 25378
So'nggi javob 29 Yanvar 2010, 17:23:30
muallifi Shoxjahon12
Diqqat, xorijdagi hamyurtlar !!!Ehtiyot bo'ling

Muallif jadidmuslimBo'lim Xorijdagi o'zbeklarim

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 4001
So'nggi javob 10 Iyul 2009, 17:50:38
muallifi jadidmuslim