Otabek:Assalomu alaykum, aziz forumchilar!
Yana bir muammoli mavzuni o'rtaga tashlamoqchiman. Faqat "uffff, yana boshladi-ya..." demanglar.
Hozirda ayniqsa yoshlarimiz orasida o'ziga xos "urf-odat"ga aylangan narsa bor. Ya'ni, ona tilimiz qolib, rus, ingliz tillarini aralashtirib "g'aroyib til"da gapirishadi. Bu holat hozir rap va estrada qo'shiqlarimizda ham o'z aksini topmoqda. Xo'sh, biz nega boy ona tilimizda emas, savodsizligimizni, tilimizga hurmatsizligimizni namoyon qilib, rus va ingliz tillarida gaplashamiz? (rus va ingliz tilini umuman bilmaydigan yoshlar ham shu tillardagi eng "ommabop" so'zlardan "foydalanishmoqda"
)