Kutubxona > O'zbek adabiyoti

O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida

Sahifalar: (1/16) > >>

MaxCmd:

Assalomu alaykum!

Menimcha, oralaringizda bu asarni o`qimaganlar kam topilsa kerak. Chunki bu asar haqiqiy XX asr asari. Haqiqiy o`zbeklar haqida yozilgan asar.
Ba'zida o`ylab qolaman: O`tkir Hoshimov o`z asarlaridagi qahramonlarni juda qiynab yubormasmikan deb. Chunki "Tushda kechgan umrlar" ham o`quvchini qalbini larzaga soladigan asar.
"Ikki eshik orasi" haqidagi fikrlaringni bilmoqchi edim, undagi qaysi qahramonning qaysi jihatlarini yoqtirasiz?
Kimdadir shu asarning elektron varianti bormi? Bo`lsa, iltimos, boshqalarga ham bu durdona asarni yetkazsangiz.

forumnnb:

Assalomu alaykum!

MaxCmdning bu asarni "ko`tarib" chiqqaniga rosa xursand bo`ldim. O`ylaymanki bu mavzu fikr va mulohazaarga boy bo`ladi.

Haqiqatdan O`. Hoshimovning eng yaxshi asarlaridan biridir. Bu asar o`zbeklarning o`ziga xos xarakterin ochib bergan. Menga eng yoqqan obrazlardan biri - Oqsoqol obrzi bo`lgan,  faqat  Robiya bilan Mahkam o`rtasidagi muhabbatga qarshiman, nega deganda, tutingan singil bilan muhabbat.......... xullas bu mening fikrlarim!

AbdulAziz:


--- Iqtibos: MaxCmd  18 Iyul 2006, 15:47:14 ---"Ikki eshik orasi" haqidagi fikrlaringni bilmoqchi edim, undagi qaysi qahramonning qaysi jihatlarini yoqtirasiz?
Kimdadir shu asarning elektron varianti bormi? Bo`lsa, iltimos, boshqalarga ham bu durdona asarni yetkazsangiz.

--- End quote ---

Agar topsangiz, ziyo uzga joylardik. Shunda hamma bidek bahramand bo'lardi.

Umarbek:

Assalomu alaykum,
avvlo mana shu asarla haqida so'z ochganlaring
uchun katta rahmat.
Agar tabir joiz bulsa, sizlarda shu asarni upload qilish imkoni
yoqmi shu forum kutubhonasiga?


Rakhmat26:

Assalomu alaykum Men bu asar bilan birga katta bo`ldim desam ham to`g`ri bo`ladi. Chunki yoshligimda faqat kichkintoy Muzaffar hikoyalarini o`qirdim axir menga shu narsalar tushunarli edi bu kitobda. Keyinchalik shu Muzaffar bilan men ham ulg`aydim. Bu asar mening hayotimdagi o`qigan kitoblardan eng ajoyibi va takrorlanmasi. Ta`rifga til ojiz ko`p narsa aytishni hohlayman bu kitob haqida...

Sahifalar: (1/16) > >>

Go to full version