O`tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani haqida  ( 154959 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Akbarjоn  10 Fevral 2010, 13:44:32

to'g'ri 1966 yilgi Toshkentdagi kuchli yer qimirlash saxnasi shu asarda keltirilgan
shuning o'zi xam voqe'lik qachon bo'lganligini ko'rsatib turibdi

Qayd etilgan


braupov  11 Fevral 2010, 07:31:25

"Rost bilan yolg'onni o'rtasi -to'rt enllik", degangap bor. Qiziq nega endi oz emas, ko'p emas to'rt enllik? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi - to'rt enlik ekan. Eshitganinga emas, ko'rganingga ishon..... Maqsad- shu.  (O'.Hoshimov)

Qayd etilgan


Rakhmat26  11 Fevral 2010, 22:20:55

Tug`ilish va o`lish... Bir eshikdan kirib kelamiz, ikkinchi eshidan chiqib ketamiz. Mana shu ikki eshik orasida bizni hayotimiz. Adib kitobiga shu taxlitda nom bergan. Lekin men yoshligimda bu nomni boshqacha sababga ko`ra berilgan deb o`ylardim. Birinchisi-Qora ammaning o`z uyi va ukasi Shomurod eshigi orasida qatnashi, ikkinchi-Muzaffarning haqiqiy onasi Ra`no va o`z dadasi uyi (Shomurod) orasida qatnashi.


Eng ta`sir qilgan joylari.......... :2 :2 :2 :2.Kichkintoy Muzaffar daraxtga chiqib chumchuq uyasini ko`radi. Polaponlarga ikkita chumchuq yemish olib keladi.Shunda Muzaffar o`ylaydi."Biri dadasi, iya ikkinchisi kim bo`ldi eakan-a haa ammasi bo`lsa kerak"...............Uning oyisi yo`q bo`lgani uchun oyi tushunchasini bilmaydi......

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:30:29

"İkki eshik orasi" balki meni xarakterimni aniqlab bergan romanlardan biri. İlgari ham boshqa mavzularda yozganimday bu roman hali bosilmasdan oldin "Sharq Yulduzi" jurnalining har oygi sonida bo'lim bo'lim chop etila boshlaganda o'qiy boshlagandim. Yoshim 8....

Asarni huddi o'zimni hayotimni yashayotganday o'qiganman, hatto asarni ichida qahramonlar bilan birga yashaganman. Asarda dard ko'pligi uchun ichimdan ezilardim....Urushni birinchi marta qanchalar yomon narsa ekanligini, Nemis fashistlarining qanchalar yovuz ekanligini Kimsan va qolgan asirlarga berilgan azoblardan bilganman....

Robiyani ota hasrati, Qatag'on nima, Muhabbat nima, Vafosizlik.....eh yana nimalar nimalar....hammasini shu kitobdan o'rganganman...

O'tkir Hoshimovni juda qattiq hurmat qilishimni sababi ham shu bo'lsa kerak....

Ayamlar kitobni yashirib qo'yishda qanchalar haqli edilar....

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:36:24

Umar Zakunchidan shu darajada nafrat etardimki ko'z o'ngimda uni jonlantirib, huddi shunday odam bo'lsa kerak, degan hulosaga kelgandim. Bazan jahldor, yomon deb o'ylagan odamlarni Umar Zakunchiga o'hshatardim...

Ranoga esa rosa jahlim chiqardi. Muzaffar Qo'qonga onasini yoniga borganida nimaga bordi, deb rosa yig'lagandim....

Muzaffarni o'gay singlisini esa ko'rgani ko'zim yo'q edi...

Maktabda urishqoq qizlarni unga o'hshatardim : )

Qayd etilgan


braupov  11 Fevral 2010, 22:41:47

Bugun "Qora ammam" nikiga boramiz! (Muzaffar)

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:45:04

Qora ammani-ku gapirmang.  :'(

Oq ilon oppoq ilon oydinda yotganing qani....

Nafas olganlarida g'ijirlagan ovoz shunchalar yaqindan kelardi-kiii...

Yaxshi asar o'qirkan inson yashaydi rostdan ham....

Muzaffarni dadasini qo'ltiq ostidagi oskolkadan qolgan chuqurni huddi ko'rganday bo'lardim  : )

Roman kitob emas, huddi teleserialday yozigan,,,,,,

Qayd etilgan


braupov  11 Fevral 2010, 22:47:59

Muzaffar ukalik bo'lganida ko'imdan yosh qalqigan negadir ....

Qayd etilgan


Abu Muso  11 Fevral 2010, 22:48:25

 :as:

Yo'q, lablari kesilgan jigardek
qalin bo'lgan, Parcha xolanikiga
:D

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:49:50

Muzaffarni ukasini juda yaxshi ko'rardim, huddi o'zimni ukam tug'ilganday...

Yigitlik paytida sinfdoshlar bilan Munavvar uchun qilgan janjallari....eh.


Qayd etilgan