Muallif Mavzu: Qiziqarli va ibratli voqealar  ( 14755 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Kosoniy

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 3
  • Xabarlar: 2
  • Jins: Erkak
  • Hasbiyalloh va ni'malvakil
Qiziqarli va ibratli voqealar
« : 04 Yanvar 2010, 18:01:16 »
Mashhur olim Abulfaraj ibni Javziyning vafotlaridan keyin, kitob yozishdagi ishlatgan qalamlarining qirindisi bilan suvni isitib u kishini yuvishganda, ana o'sha qirindi, suvni isitishga kifoya qillib, hatto undan ortib ham qolgan ekan.(Bu narsaga u kishi o'zlari vasiyat qilgan ekan)
« So'nggi tahrir: 04 Yanvar 2010, 19:39:21 muallifi Kosoniy »
Alloh taqvodorlar bilan birgadir

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 673
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: Qiziqarli va ibratli voqealar
« Javob #1 : 06 Noyabr 2011, 17:48:47 »

     Devor

Kasalxona palatalarining birida uchta falaj kasal yotardi, ulardan birinchi bo’lib kelgani oynaning oldiga, ikkinchisi o’rtaga, uchinchisi esa eshik yoniga joylashtirilgan edi. O’rtada yotgan kasal boshqa kasallardan farqli o’laroq tushkunlikka tushmaydigan xarakterda bo’lib, gaplari bilan boshqalarning ham kayfiyatini ko’tarar, ko’nglini ovlar edi.

Sovuq qish kunlarining birida oyna yonida yotgan kasal vafot etdi. Uni olib ketishgach, o’rtadagi kasalni oyna oldiga, eshik oldidagini esa o’rtaga yotqizishib bo’shagan joyga yangi kasalni olib kelishdi.
Oyna yoniga joylashtirilgan ko’tarinki kayfiyatda yuruvchi kasal endi ko’chada ko’rganlarini sheriklariga aytib bera boshladi. U yo’l chetidagi park, katta katta chinor daraxtlari, chug’urlashgan qushlar, ko’chada shosha-pisha ishga ketayotgan odamlar, shod-xurram bolalar va qarshi tog’lardagi gullarga burkangan dalalar haqida so’zlab biroz bo’lsa ham sheriklarining dardlarini unuttirardi.

Ko’p o’tmay bu kishi ko’chadan o’tganlarga nom ham qo’yib oldi. Shunday qilib sheriklari ertalab ishga ketayotganlarning, ko’chada yurib narsa sotuvchining va kechqurun horib uyga qaytuvchilarning hikoyalarini eshita-eshita ularni ko’zlari o’ngida jonlantira boshladilar. Endi palatadagi og’ir va ezuvchi sukunat yo’qolib, yillarga teng tuyuluvchi soatlar, maroqli hikoyalarga to’lgandi.

Kunlarning birida o’rtada yotgan kasalning miyasiga bir fikr keldi. Agar oyna yonidagi kasal biror falokatga yo’liqsa, uning joyiga o’zi o’tadi, shunda uning gaplarini eshitib o’tirmay, aytganlarini o’z ko’zi bilan ko’ra oladi…

Bu fikr unga tinchlik bermay qo’ydi.Yotgan joyida ham faqat shu haqida o’ylar, biror bir chora izlardi. Oxiri bir qarorga keldi, ba’zan sherigining yuragin ushlab qolardi. Bunday hollarda u darrov tumba ustidagi dorilardan olib ichardi.

Bir kun kechqurun oyna yonida yotgan kishining yana yuragi ushlab qoldi,l ekin bu safar o’rtada yotgan sherigi ming bir qiyinchilik bilan dori idishini ag’darib yubordi, shisha yerga tushdi va parcha-parcha bo’lib ketdi.

Ertasi kuni ertalab oyna yonida yotgan kasalning o’lib yotganini ko’rishdi. Va uni olib chiqib ketgach, o’rniga o’rtada yotgan kasalni yotqizishdi.

Kasal niyatiga yetgan edi, endi u o’z ko’zlari bilan ko’chani ko’rish uchun oynadan qaradi, biroq uni to’k urgandek bo’ldi. Chunki oynadan bir necha metr narida qop-qora devordan boshqa hech narsa yo’q edi.
Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Secret

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 309
  • -oldi: 673
  • Xabarlar: 311
  • Jins: Ayol
  • Tavba - 129
Re: Qiziqarli va ibratli voqealar
« Javob #2 : 15 Dekabr 2011, 20:49:44 »

          Butun dunyo yo’q desa ham
   
Genri Uord Bicher ismli kishi maktabda o’qib yurgan kezlari bir umrga tatigulik voqyeani boshidan kechirdi va bundan o’ziga yarasha xulosa chiqara oldi.
Yosh Genridan o’rtaga chiqib, o’tilgan darsni sinfdoshlariga tushuntirib berishni so’rashadi. U mavzuni enidgina boshlagan ham ediki, o’qituvchisi «yo’q» deya fikrini bo’ladi. Genri takror boshidan boshlaydi, ammo ustozi yana baqiradi: «Xato». Izzat-nafsiga tekkan, bu gapdan jahli chiqqan Genri borib joyiga o’tiradi.
Navbatdagi o’quvchi darsni gapirib berish uchun o’rnidan turadi va u ham ma’ruzani boshlagan zahoti o’qituvchisidan rad javobini eshitadi: «Bo’lmagan gap». Biroq bu o’quvchi mulohazasini oxirigacha davom etadi. Gapini tugatishi bilan o’qituvchi «Barakalla», degancha o’tirishga ruxsat beradi.
Bu hol Genrini tamomila shoshirib qo’ygan edi. U ustoziga bo’lib o’tgan anglashilmovchilikdan norozilini bayon etadi: «Men ham xuddi shunday gapirib berayotgan edim, hyech narsaga tushunmayapman». O’qituvchi esa jilmaygancha unga shunday deydi: «Darsni to’liq tushunmagansan, buni tan olishing kerak. Seni to’xtatishimga imkon berishing o’zingga ishonmaganlikdan dalolat beradi. Hatto butun dunyo «YO’Q» desa ham, sening vazifang «HA» deyish va haqligingni isbotlab berishdan iboratdir!»
Umr davomida odamlar ming xil ko’rinishda «yo’q» deyishadi:
-   To’xta, buni qilolmaysan.
-   To’xta, yanglish yo’ldan ketyapsan.
-   To’xta, buning hyech bir narsaga yaramaydi.
-   To’xta, yetarlicha biliming yo’q.
-   To’xta, puling yo’q.
-   To’xta, bunday qilinmaydi...

Har bir «yo’q» javobining o’zingizga bo’lgan ishonch alangasini toki siz taslim bo’ldim, deguningizga qadar asta-sekin puflab o’chiradigan ta’siri bo’ladi. Atrofingizdagilar har kuni sizga «yo’q» desalar-da, siz o’zingizga ishonsangiz «HA» deyishda davom eting va buni isbotlashga boringizni sarflang.
Sukutingdan afzalroq biror narsa aytishga qodir bo'lmaguningcha sukut saqla

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Qiziqarli va ibratli voqealar
« Javob #3 : 04 Noyabr 2012, 09:53:14 »
Bu postni Ibrat izlaganga ibratdir dunyo mavzusiga joylamoqchidim, afsus yopiq ekan.
Shunga shu yerga joylay qoldim.

Bu egizaklar - aka va singil, muddatidan avval dunyoga kelgan bo'lib, qizaloq juda qiyin axvolda bo'lgan. Doktorlar qizaloqchaning tirik qolishiga umid ham qilishmagan. Egizaklarni bir inkubatorga qo'yishdi. Shu zaxoti aka - u ancha sog'lom edi, singlisini kichik qo'lchalari bilan quchoqladi. Bir qancha muddat o'tgach qizaloqning yurak urishi yaxshilandi va tana xarorati normallashdi.
Alloh hamma ishga qodir Zot!


Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: Qiziqarli va ibratli voqealar
« Javob #4 : 20 Mart 2013, 17:30:00 »
Демак дунёни гузаллик эмас мехр куткарар эканда

 

Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 237
Ko'rilgan: 142930
So'nggi javob 18 Iyun 2013, 11:45:28
muallifi Sadulla
Kasbingizdagi qiziqarli hodisa va voqealar

Muallif MahdiyahBo'lim Umumiy

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 5553
So'nggi javob 25 Avgust 2009, 19:07:03
muallifi Ansora
Kasbiy faoliyatingizdagi qiziqarli voqealar...

Muallif DonishmandBo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2551
So'nggi javob 03 Oktyabr 2011, 21:06:32
muallifi jasur.best
2011 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti)

Muallif AbdulAzizBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 7053
So'nggi javob 20 Dekabr 2011, 14:23:25
muallifi AbdulAziz
2012 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti)

Muallif AbdulAzizBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3472
So'nggi javob 20 Dekabr 2012, 23:26:11
muallifi AbdulAziz