Muallif Mavzu: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda  ( 15406 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« : 14 Yanvar 2010, 08:33:42 »
Foydalanuvchi nomi: Mahdiyah
Ismi-sharifi: Dilnoza Tohir qizi
Tug'ilgan sanasi: 25 oktyabr, 1986 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahar
Ma'lumoti: O’rta
Faoliyati: Fotograf (hozircha)
Forumga a'zolik sanasi: 25 Iyul 2006
Maqomi: Mega member

Avatari:


Imzosi:


Birinchi posti:
Assalomu alykum!
1. Dilnoza, NOZA
2. 1986 yil 25 oktyabr.
3. Toshkentning Mirzo Ulugbek tumanidanman.
4. n_o_z_a@mail.uz
5. hozircha yoq.
6. Mirzo Ulugbek nomidagi informatika kasb-hunar kollejida tahsil olaman. Shu yili hudo hohlasa oliy o'quv yurtiga kirish niyatim bor. "GIDROINGEO" institutida ishliman.
7. Kompyuterga juda qiziqaman. Bosh qotiradigan jumboqlarni echishni yoqtiraman.
Hayotda qiziquvchan insonman. Hamma narsaga qiziqaman. Ayniqsa do'stlarim bilan birga sayr qilishga, net. dan ular bilan gaplashishga qiziqaman.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #1 : 14 Yanvar 2010, 08:34:12 »
Tarjimai hol

Ismi sharifim Dilnoza Tohir qizi. 1986-yilning 25 oktyabrida Toshkent shahrida tug’ilganman. Oilada 6 kishimiz, xozirda 5: dadam, ayam, akam, opam (oilali  ), singlim va man.
O’rta maktabni tamomlab Mirzo Ulug’bek Informatika kasb-hunar kollejining “KOMPYUTER GRAFIKASI” fakultetida 3 yil o’qidim.
3 kursda o’qish bilan birga GIDROINGEO ilmiy institutda texnik-operator lavozimida ishladim.
Bu institutda 2 yildan ortiq ishladim.
Bir oz tanaffuzdan keyin FOTO studiyada faoliyatimni davom ettirdim.
Xozirda tosheknt FOTO studiyalaridan birida ishlamoqdaman.
QIZIQISHLARIM: shirinliklar tayyorlash, tikish, to’qish, xattotlik, kompyuter, internet, e-cardlar yasash va albatta ILM olish.
Umuman hayotda ko’p narsaga qiziqaman, nimaga qiziqib qolsam o’sha narsani o’rganishga harakat qilaman.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #2 : 14 Yanvar 2010, 08:36:15 »
She'rlari. 1-qism

KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM…

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Non topsamu, shukrla kun ko’rmasam.
Dard bersangu, sabrni ham unutsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Bandangni ham sevsamu, javobini olmasam.
Do’stim mo’l bo’lsayu, borligini sezmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Hayit kirib kelsayu, hursand bo’lib kutmasam.
Yangi yilni bayram deb, dasturxonim bezatsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

Hijob go’zal bo’lsa ham, uni tanlay olmasam.
O’rnak bo’lsa muslima, unga havas qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

O’n besh kunlik dunyoda qanimatni bilmasam,
Tirik bo’lsa ham onam, otam, xizmatini qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam…

O’tkinchi bu dunyoda orzu-xavaslar qilsam,
Oxiratni bilsamu, xavotirla qo’rqmasam.
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM…

* * *


BUGUN ALLOH UCHUN SEN NIMA QILDING

Ko’zing ochding, bamdodga-ku turmading.
Ne’mat berdi, shukr-la duo qilmading
Qo’shni bo’lib, undan habar olmading
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Qo’l tutsalar, sadaqa ham bermading
Mo’minlardan tabassuming ayading
Dunyo uchun yugurding, shoshding
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Chorlasalar masjidga ham bormading.
Qorning to’ydi, asrda ham uxlading.
Kun qoraydi, shom o’tganin bilmading.
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Urar ekan hamon yuragin.
O’yla bu olamga nega kelganing?
Savol bergin o’zinga o’zing!
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Ado etgil bandalik farzing
Qaytar! Bo’lsa omonat qarzing
Kech bo’lmasdan so’ragin o’zing
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #3 : 14 Yanvar 2010, 08:37:26 »
She'rlari. 2-qism

* * *

Bersang erta menga g’amni
Bilay sabr toqatni
Bersang menga molu davlat
Unutmayin qanoatni
Yiroq tutgin Ollohim
Shirk, zino, hiyonatni
Bergin menga Ollohim
IYMON, INSOF, DIYONATNI!

* * *

Jahl kelsa qoshimga
Bergin aql boshimga
Dardni bersang jonimga
Shukr qilay borimga!

* * *

Iymon bergin Yo Rabbim
Halolla kun ko’rayin
Qiyin bo’lsa ham yo’lim
Xaromga qo’l urmayin.
O’zing asra shaytondan
To’g’ri yo’ldan yurayin
Gar so’rasang Yo Rabbim
Jonimni ham berayin!

Muallif: Mahdiyah
Manba

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #4 : 14 Yanvar 2010, 08:39:27 »
NOZAga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Hayotingizda ziyouz.com qanday iz qoldirdi?

Javob: Bu forum avvalo manga o'z dinimini yaxshiroq tushunishimga yordam berdi va yordam berib kelmoqda.
Ko'pgina yaxshi insonlar bilan tanishdim...
Manimcha iz qoldirdi deyish notog'riroq bo'lsa kerak.
Bu forum Alhamdulillah hali faollikda, Inshaolloh har doim shunday bo'lsin.
Demak iz qoldirmoqda...


2. Savol: Cardlar, presentationlar tayyorlashda sizga kimdir sizga g'oya berib turadimi? Rasmlar, ma'lumotlar topishda qiynalmaysizmi?

Javob: G'oya o'zidan o'zi bo'lib ketaverar ekan.
Lekin agar kimdur qandaydir g'oya bersa o'zimga yoqs albatta qabul qilaman.
Lekin asosan kitoblardan ayniqsa Taqvimlardagi o'zimga yoqqan hadislardan foydalanaman.
Rasmlarga kelsak, komp.imda bor rasmlardan foydalanaman. Kerak bo'lsa internetdan ham olaman.


3. Savol: Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Javob: Avvalo 5 qo'l baravar emas.
Ayrim muslimalarda ibrat yo'q. Muslimada avvalo boshqalarga ibrat bo'lishi kerak hox uyda, hox ko'chada, hox kiyinishda.
Chunki muslimani ko'rgan odam unga havas ila qariydi.
Biron bir nojo'ya qilig'i bilan muslima boshqalarga dinni yomon ko'rsatib qo'yishi mumkin.
Ayrimlarida hayo yo'q, ayrimlarida sabr yo'q, ayrimlarida qanoat yo'q...
Lekin har bir muslimani orqasida uga mahramlar (otasi, akasi, turmush o'rtog'i) turadi.
Mahrami muslimani yo'lga sola olsa jamiyatdagi muslimlar ham muslimalar ham hammamiz uchun ibrat bo'la olardilar


4. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Javob: Forum bilan emas, forumdoshimiz bilan bog'liq holat desam to'g'riroq bo'ladi.
Forumdosh birodarlarimizdan 2 dugonamning hijobga kirishlari va ularga qarshi chiqqanlaridagi sabrlari.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #5 : 14 Yanvar 2010, 08:39:54 »
Mahdiyahga berilgan savollarga javoblar:

5. Savol: 1. Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: 1. Har bir hadis mo'min hayotining har bir bo'lagida mavjud.

Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hayotlari biz uchun har holatimizda o'rnakdir.
Shuning uchun aynan shu hadis yo bu hadis mani hayotimni belgilab bergan deya olmiman.
Shunday bo'lsa ham hayotimda o'zim uchun hamisha shior kabi o'zimga tez-tez takrorlab eslatib turadigan hadislarimdan 3 tasini yozaman.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "O'zingizga ravo ko'rganingizni birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha haqiqiy mo'min bo'la olmaysiz".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Poyafzalingizning bog'ichini yo'qotsangiz ham istirjo' - "INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UN" (Ma'nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qayguvchimiz) deb ayting", deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Amallarning Alloh taologa seviklisi - oz bo'lsa ham davomlirog'idir" 

2. 1)Allohim haq yo'lda, iymonda, islomda sobitqadam qilgin!

2) Allohim Sani sevmoqlikni, Sani sevganlarni sevmoqlikni va San sevgan amallarni bajarmoqlikni nasib qilgin!

2) Allohim barchamizga ham Jannatul-Firdavsingda sevganlarimiz bilan bo'lmoqlikni nasib qilgin!


6. Savol: Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

Javob: Man net orqali turmushni maqullamiman. Lekin Alloh taqdir qilgan bo'lsa biz ojiz bandalarni qo'lidan hechnima kelmaydi!


7. Savol: "Ilm boshqa, amal boshqa" degan gapni qanday tushunasiz?

Javob:  Bu gap ko'proq "Dilda bo'lsa yetadi" ga o'xshidi, aniqrog'i man 2 chi variantni ko'proq eshitganman.
Yana biri "Domlani etganini qilu, qilganini qilma"  hazil

Hamma ham ilmiga amal qilavermidi. O'rganganimizni tushuib, anglab, uqqanimiz va hayotimizga tatbiq qilganimiz unga amal qilishdir.
Faqat o'qiyversak, o'rganaversak amalda o'zgarish bo'lmasa o'rganganimiz 1 chaqaga ham arzimaydi!
Bizni olgan ilmimiz amalimiz bilan bilinadida.
Boshiga do'ppi kiyganni hammasi ham namozxon emas! (Bu ham shunga bir misol)


8. Savol: Sizningcha armon bu nima? Sizning armoningiz? (sir bo'lmasa)

Javob: Armonni ushalmagan orzu, niyat deyishadi.
Armonim bor deya olmiman, yo'q ham deya olmiman chunki  hayot hali oldinda.
Alloh nasib qilsa bizga armon tuyilgan ishlar tez orada sodir bo'lishi hech gap emas.


9. Savol: Ko'chadami, boshqa joydami, qayerda bo'lsa ham begona odam sizni rashk qilsa qanday tushunasiz?

Javob: Rash - iymondan
Begona diganingiz musulmon birodarimiz, qizmi yigitmi kim bo'lsa ham rashk qilsa to'g'ri tushunaman va hursand bo'laman. Ya'ni deylik mo'minalarga boshqa odam tarafidan sha'niga yo o'ziga to'g'ri kelmaydigan bir ish sodir bo'lishi mumkin, shundan qo'rqibmi yo boshqa sababdanmi birodar rashk qilsa hursand bo'lamiz.

O'zim ham akamnimi, opamnimi yo umuman barcha musulmon yigitlarini va qizlarini boshqalardan juda rashk qilaman!!!  :D


10. Savol: Инсон ўз Виждони ва ҳоҳишига қарши боришдек бахтсизлик бўлмаса керак (яьни яхши маьнода). Аллоҳ йўлидаги бирор бир амалингизда бошқалар тинчлиги учун ўз раьйингизга қарши чиққан ҳолатлар бўлганми ва ўшандай вақтда бу вазиятдан қандай чиқиб кета олгансиз?
2. савол: Она фарзанд тарбиясида энг аввало нимага аҳамият бериши ва тарбияни энг аввало нимадан қай йўсинда бошлаши лозим?

Javob: 1. Boshqalar tinchligi uchun ko’pam o’z ra’yimga qarshi bormaganman. Balki bu hudbinlikdir, lekin bor gapni etdim. Ra’yimga qarshi bo’rgan vaqtlarim ham bo’lgan. Bunaqa vaziyatda hammasidan voz kechaman-qo’yaman. Talashib tortishmiman.
Lekin Alloh yo’lida, dinimga qarshi hech qachon birovni tinchligini o’ylab voz kechmaganman! InshaAlloh kelgusidaham bunday bo’midi digan umiddaman. Man uchun hamisha Allohni kalomi BIRINCHI O’RINDA , xoh onam, xoh otam, xoh eng sevikli insonim gapirsa ham!!!

2. Bu savolingizga javob berish manga sal vahliroq bo’lsayam, lekin fikrimni etib o’taman.
Manimcha ona avvalo farzandlarni birdek ko’rishi kerak! – bu bir. To’g’ri ona uchun qaysiduri sevikliroq, qaysiduri mehribonroqdir, lekin ajratish bo’lmasligi kerak (bu holni ko’p oilalarda ko’raman, shuning uchun etib o’tdim).
Nafaqat ona balki ota ham, ikkalasi avvalo bola tarbiyasida o’zlariga savol berishlari kerak: “Farzandim uchun ibrat bo’la olamanmi? Qay odatim kelajakda farzandim man hohlagandek inson bo’lishi uchun ibratu, qay odatim uni man hohlagandan teskari bo’lishiga sababchi bo’la oladi?”
Avvalo o’zlarini isloh qilishlari kerak.
Chunki misol uchun namoz o’qimagan ota hech qachon o’g’liga “Namoz o’qi? Nima uchun namoz o’qimisan?” deya olmidi va bunga haqqi ham yo’q bo’ladi. O’zida yo’q narsani boshqadan talab qilishga haqqi yo’q!

Man hamisha farzandlar hususida gap ketsa, yoki kelajak haqida o’ylab qolsam avvalo ular uchun o’rnak bo’lishni, har sohada, ibodatdami, dunyoviy ishdami, hamma hammasida o’rnak bo’lishni o’yliman.
Chunki “qush inida ko’rganini qilar” digan gap bor. Andoza bilan bichilgan kiyim hatosiz bo’ladi.

Yoshligida keragidan ortiq erkalatib, kn “Qulog’iga gap kirmidigan darajada sho’x” disa, 12 kirganda “namozga erinchoqlik qiladi, hijobni xohlamayabdi” disa, 20 ga kirganda “o’qishni zo’rg’a tamomladi, yomonlarga qo’shilib ketayabdi” … (Alloh asrasin) degandan ko’ra, hamma narsani vaqti-soatida bajarish kerak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga hamma narsada muallimdirlar.

Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nabiralari hazrati Hasanni quchoqlab o‘pgan vaqtlarida Aqro ibni Habis otli do‘stlari buni ko‘rib, payg‘ambarimizga shunday dedi: "Demak, siz bolalarni o‘pasiz. Mening o‘n bolam bor, men ularni hech qachon o‘pmaganman".
Payg‘ambarimiz bu kishiga tabassum bilan boqdilarda, shunday dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmas".

Yana bir hadisda esa Fotima onamiz farzandlari betob bo’ladiyu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirtiradilar. Shunda Nabiy alayhissalom kelgan odamga “Qizimga borib ayt, Allohdan shifo so’rab duo qilsin” deydilar.

Ikkisida ham ummat uchun oladigan ko’p foydalar bor.
Albatta farzand shirin, lekin uning go’zal hulqiyu, iymoni InshaAlloh ikki dunyoda ham biz uchun shirinroq bo’ladi.
Hali ona bo’lmay og’zimni ko’pirtirayotgandurman.
Lekin niyatim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomatda “MANI UMMATIM” deya fahrlanadigan solih va solihalarga ona bo’lishlik, Jannatul firdavsda ota-onasiga Toj kiydiradigan haqiqiy mo’min va mo’minalarga ibrat bo’lib ona bo’lishlik. Alloh o’sha kunlarga yetkazsin! OMIN!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #6 : 14 Yanvar 2010, 08:40:11 »
11. Savol: Insonning sodda, ochiqko'ngil bo'lishiga qanday qaraysiz? Umuman sodda odam deganda qanday odamlarni tushunasiz?

Javob: Sodda va ochiqko'ngil man uchun 2 hil so'z.
Albatta barcha uchun yaxshi muomilada bo'lishlik, barchani birdek ko'rib ochiqko'ngil bo'lishlik yaxshi.
Lekin sodda inson hayotda ko'p qiynaladi manimcha.
Bir hadisni mazmunida quyidagicha deyiladi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo'min odam bir xatoni qayta takrorlamaydi"
“Tili kuygan puflab ichar” ham deyiladi o’zbeklarda.
Sodda odam ishonuvchan odamdir. Bunaqa insonlar ko’pincha aldanadilar bu yolg’on dunyoda, chunki ular hamma narsani o’zlari o’ylagandek yaxshi, yorug’ deb o’ylasa kerak.

Xullas fikrim inson balki sodda bo’lishi kerakdur, lekin 2 marta ham ayni o’sha xatoni takrorlasa u soda emas ahmoq bo’ladi.
Lekin ochiqko’ngil bo’lgani yaxshi. Ochiqko’ngil inson hayotda yutsa yutadiki yutqazmidi!


12. Savol: Ramazon bilan bog'liq bo'lgan hayotingizdagi eng yorqin xotira?

Javob: Rosti savolizni o'qib, darrov bir narsani eslay olmadim.
Odatda savolga qarab darrov bir javob kelardi.
Lekin bu safar unaqa bo'madi.
Balki Ramazon bn bog'liq hali hayotimda u qadar "yorqin" deb atashga mos hotira bo'lmagandir,
balki Ramazonni yaqindan beri to'liq tushunib, ro'zalarda soim bo'layotganimdandir, bilmadim...

Lekin yoshligimda bir ajoyib qiziq voqea bo'lgan Ramazon bn bog'liq.
Hali juda kichkina edim. Dadam bn ayamga qiziqib ro'za tutdimu, peshinga borib qornim ochqab ketdi.
Uni ustiga bozordan chiroyli turshaklar ob kelib, qurisin dib katta idishga yoyib qo'yishganakan.
Yosh bola emasmanmi, nafsim ustunlik qilib bitta turshakni olib chishlab oldim.  ;D
Kn hech kim ko'rmayabdimikin deb qarab, yana qolgan yarmini yeb oldim.
Shomda esa hamma bn yana birga iftor ham qildim.  :D

Har Ramazonda nimagadur shu hotiram esimga tushaveradi... :)


13. Savol: Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Javob: Ha man ham eshitgandim. Xatto ilgari ayollarni o'z masjidlari bo'lgan ekan.
Eski ishxonamdagi bir tatar ayol gapirib berardi, Ma'ruzalar bo'lardi deb.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ayol kishining uyda o'qigan namozi masjidda o'qigan namozidan 25 marotaba savobliroqdir."
Ammo ulamolar hayit va tarovih namozlarida ayollar qatnashgani ma'qul deyishgan.
Albatta hozir ham ayollar masjidga borib tarovih, hayit namozlarida qatnashishlarini juda xohlardim.
Arab davlatlarining deyarli barchasida shunday.
Lekin ularda ayollar ham sharoit ham shunga mos.
Ya'ni ayollar haqiqiy ma'nboda o'rangan holdalar, haqiqiy hijob ichidagi ayolni erkak kishi ko'rmaydi, chunki u ayol boshdan oyoq o'rangan bo'ladi.
Bizda esa afsuski sharoit buni taqazo qilmaydi.
Ayollar hijobdalar, ammo arab ayollari kabi o'ranmaganlar.
Bu esa boshqa nomahramlarni ko'zi tushishi va turli hil fitnalar sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Xatto masjidda ayollar bn erkaklar kiradigan eshikni alohida qilsalar ham baribir masjid atrofida rango-rang kiyingan "hijobli"larni erkaklar ko'rmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi.
Savob olaman deb gunoh orttirib olish hech gap emas.

Lekin juda ham xohlardim ayollar ham ma'ruza tinglab, hayit va tarovihda qatnashishlarini.

Erkak kishining da'vati ayolnikiga nisbatan tezroq ta'sir qiladi mani nazarimda.
Shuning uchun ham ayollar jum'a mavizalarini maviza qilayotgan odamning o'zidan tinglashsa yaxshi bo'lardi.
Afsus hozirgi holat buni taqozo qilolmaydi...


14. Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?

Javob: Agar men rejessor bo'lganimda "inson va dunyo" mavzusida kinofilm olardim. Unda inson taqdiri, uning qanday qilib yutuqlarga erishishi va kelajak uchun kurashishi, haqiqiy Alloh degan insonni nimalar kutishi, Qiyinchiliklarni sabot bilan engishi, har qanday sharoitda ham tushkinlikka tushmaydigan inson haqida bo'lardi. U inson shunday inson bo'lardiki u meni tasavvurimdagi inson. U insonni boshqalarga o'rnak bo'ladigan va dunyo mashaqqatlarini sabr va sabot bilan engib o'tadigan inson sifatida tasvirlardim.


15. Savol: Siz uchun ilmning asosi nima?

Javob: 1. Ilmning asosi...?
Sufyoni savriyning bir gapi bor ilm haqida:
Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir
juda tog'ri aytilgan so'zlar.
Lekin ilmning asosi nima? Ilm nimaga kerak o'zi?
Agar savolingiz shu ma'noda bo'lsa o'z fikrim:

:bsm:
"28-29. (Ey Muhammad), eslang, Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men (asli) qora botqoqdan bo‘lib (odam surati berilgach) quritilgan loydan Inson yaratguvchiman. Bas, qachon uni tiklab, ichiga O’z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» deganida;
30. Barcha-barcha farishtalar unga (ya’ni, Odamga) sajda qildilar.
31. Magar Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo‘lishdan bosh tortdi." (HIJR surasi)

Alloh ODAMga ilmni berdi.
Alloh taolo farishtalarni va odamni yaratdi.
Farishtalarga odamga sajda qilishni buyurdi.
Ular ojiz bandaga sajda qilamizmi deganida, Alloh subhanohu va taolo odamni va farishtalarni YERga to'plab farishtalardan so'radi:
"Yer yuzidagi manbu narsaning nomi nima? Anavi narsa nima?"
Farishtalar javob berisha olmadi.
Kn odamdan so'radi. Odam javob berdi.
Shundan kn farishtalar odamga sajda qildilar.

Har bir inson ilm olishi shart!
Xoh dunyoviy xoh diniy.
Diniy ilm olgan sari va shu ilmiga amal qilgani sari banda Allohga yaqinlahaverarkan.
Ilmni ilnson avvalo o'zi uchun oladi.
Bu dunyoda ham oxiratda ham o'zi uchun yaxshidir.
Aslida barcha ilm borib dinga taqaladi.
Bunga oddiy misol Qur'oni Karimdagi oyatlar bugungi kunda, rivojlanayotgan texnikalar, insonlarning say' harakati bilan va eng asosiysi buni ALLOH xohlagani uchun biz insonlarga ochiq oydin isbotlanib berilmoqda.
Kusto bn bo'lgan voqeani hamma bilsa kerak.
Aynan mana shu ham misol bo'la oladi bunga.

P.S. Manga arab yozuvini o'rgatgan ustozim, kenayim shunaqa dirdilar:
"Har qanday ilmning asosi QUR'ONdir".
Shu so'zlar bilan dars boshlardik  :)

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #7 : 14 Yanvar 2010, 08:40:26 »
16. Savol: InshaAlloh bo'lajak turmush o'rtog'ingiz yoki farzandlaringiz tashki va harakter jihaddan qaysi sahobaga o'hshashlarini istardingiz?

Javob: Turmush o'rtog'im yoki farzandlarimda sahobalardagi hislatlar bo'lsa dunyodagi eng bahtli ayol va ona bo'lardim. InshaAlloh

Abu Bakr  :ra: ning sadoqati...
Umarul Foruq  :ra: ning adolati...
Usmon  :ra: ning hayosi...
Ali Murtazo  :ra: ning ilmi va kuchi...
Saloni Forsiy   :ra: ning ilmga, Haqni anglashdagi shijoati...
Sa'd ibn Abu Vaqqos  :ra: ning Haq bilan sevikli insoning gapi kelganda ham HAQni talaganligi ...
Ukkosha  :ra: ning muhabbati...
Abdulloh ibn Mas’ud   :ra: ning Rasululloh  :sw: ga har bir ishda o'xshashga intilishi...
Bilol  :ra: ning go'zal ovozi...  :)
Hamza ibn Abu Tolib  :ra: ning kuchi va fidoiyligi...
Abbos  :ra: ning ilmi...
bu qatorlarni yozib adog'iga yetib bo'masa kerak.
Har birimiz sahobalarni hayotini o'qir ekanmiz albatta ichimizda "Qani endi biz ham farzandlarimiz ham bularga o'xshasak" dib o'ylimiz albatta.

Hamma sahobalar Allohning amri va Rasululloh  :sw: ning gaplariga hech ikkilanmasdan "Labbay" dib javob berishgan.
Jonlariyu, mollari, suyukli oila va farzandlaridan ham kerak bo'sa voz kechishgan.
Agar farzandlarim mana shu yo'lda bo'lsalar Allohga HAMD aytishdan charchamayin.


17. Savol: 3. Siz uchun ko'proq Vodiy vohalari azizroqmi yoki Toshkent ko'chalari?

Javob: Agar xozir ikkalasini solishtirsam aniq kimdur mandan hafa bob qoladi.  :D
Shunchun lo'ndagina qilib aytib qo'ya qolaman.
Hammaga o'zi o'sib o'zi kotta bo'gan joyi aziz.
Shunday ekan TOSHKENTni, qayerda bo'lmasam ham qumsayveraman...
Man uchun Toshkent azizroq!!!


18. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1. Abu Bakr Siddiq tahajjudga tursalar tahajjudni ovozlarini chiqarmay o'qir ekanlar.
Umarul Foruq esa ovozlarini boricha tahajjud namozida qoim bo'larkanlar.
Bir kuni ikkalalari baxslashib qolishib Abu Bakr  :ra: "Tahajjud yashirin o'qilgani afzal. Chunki nafl ibodatini banda Alloh uchun, Allohga yaqin bo'lish uchun o'qidi" dedilar.
Umarul Foruq  :ra: esa "Men esa tahajjudga boshqalar ham meni ovozimni eshitib tursinlar, va ular ham tahajjud o'qisinlar deb shunday qilaman" dedilar.
Ikkalalri ham HAQ gapni aytishgan, albatta.
Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Tahajjudni har kuni o'qiyman deb maqtana olmiman.
Lekin Rasululloh  :sw: aytgan: "Allohga eng sevimli amal, oz bo'lsada davomlisidir" hadislariga amal qilgan xolda tahajjudda qoim bo'lishlikni yaxshi ko'raman :)

2. Rosti Qur’onni endi o’rganayabman.
Lekin Ramazonda hatmni niyat qilib boshlagandim. Alhamdulillah hatm qildim, sal qiynalgan bo’lsam ham. ALLOHGA BEADAD SHUKRLAR BO’LSIN!
InshaAlloh buyog’iga hatmni tez-tez qilishlikka harakat qilaman va bu ishda Allohdan shijoat so’riman.
InshaAlloh man ham 3 kunda hatm qilguvchilardan bo’laman!  :D


19. Savol: Bir kunda bir dona hadis yodlash tarzida musobaqa tashkil qilib har kuni bittadan hadisni yozdlab borishga fikrlaringiz qanday?

Javob: Juda yaxshi firk. Faqat qay tarzda amalga oshiramiz?
Rasululloh  :sw: ham aytganlar: "Ummatimdan kim 40 hadisni yodlab, uni boshqalarga yetkazsa jannatga kiradi".

InshaAlloh 40 emas, kerak bo'lsa 4000 hadisni ham yodlasa bo'ladi unson.  :D


20. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: 1. Din masalasida ikkilanmaydigan, ya'ni farz, sunnat va... amallar kelganida undoq edi, bundoq edi demaydigan... HAR BIR ISHDA FAQAT QUR'ON VA SUNNATGA MUVOFIQ ISH TUTADIGAN!
2. Oz bilsada, bilganiga amal qiladigan.
3. FARZANDLARIMGA HAR JIHATDAN O'RNAK BO'LA OLADIGAN

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #8 : 14 Yanvar 2010, 08:40:43 »
21. Savol: 1. Siz uchun forumda eng qiziqarli 3 ta mavzu (bloglardan tashqari)? Va nima uchun?
2. Bloglar ichida sizga eng ko’proq yoqadigan 3 ta blog nomi? Va nima uchun?
3. Siz forumga kirganingizda birinchi bo’lib ko’radigan mavzuingiz?
4. Siz forumdagi qaysi 3 ta BO’LIMGA deyarli kirmaysiz?
5. Siz tez-tez foydalanadigan 3 ta BO’LIM nomi?
6. Siz uchun forumda eng yoqmaydigan 3 ta mavzu?
7. Siz uchun forumda ibrat bo’lgan va bo’layotgan 3 ta mavzu nomi?

Javob: 1. Oldindan aytaman.
Bu mavzularni xoizrgi vaqtda ko’proq kuzataman. Vaqti kelib balki boshqa mavzularga qiziqishim o’tishi mumkin…
1 chisi “Bolaligim seni sogindim…”. Chunki bu mavzuga kirsam bolalikni eng shirin damlarini yodga olaveraman va hamma hamma … liklarni unutaman.
2 chisi xozirda “Meni yig’latgan holat…”, no comment.
3 chisi “Muhokamaga sabab bo’lgan mavzu…”  ;D hazil. “Bizning fotogalireya” bo’lsa kerak. Sababi fotoga olishni yaxshi ko’raman.

2. Albatta 1-o’rinda “Tabriknomalar blogi…” (Muhammad Amin) nimagaligini hamma bilsa kerak.
“Xayolga sig’magan xayollar…” (ChehMik), chunki bu blogda bemalol xayolingizdagi fikrlarni ochiq oydin yoza olamiz.
Kngisi ZUBAYR bn Chustyni blogi.
4 ta bo’b ketdi - ku  :D
ZUBAYRning blogi IBRATga to’la, Chustyning blogini esa qiziqarli, kayfiyatni ko’taradigan rasmlar ko’pligi uchun ham yaxshi ko’raman.

3. Oxirgi post qoldirilgan va man har doim kirib yuradigan mavzuga kiraman.
Ko’pincha bu “Xayolga sig’magan xayollar…”, “Bugungi kun mulohazalari”, “Bolaligim seni sog’indim”, “Meni yig’latgan holat…”… bo’ladi.

4. Eng pastda joylashgan bo’limga, Salomatlik va yana Darsxonaga.

5. Umumiy, Islom, Oila va jamiyat.

6. Rosti shu savolni o’zim berib, o’zim qiynalib ketdim.
Shundoq bo’sayam javob berishga harakat qilaman.
Intelekt va Madaniyat bo’limidagi ko’p-ko’p mavzular shu jumladan “Siz mashhur kishi bilan uchrashib qoldingiz...” mavzusi ham nimagadur yoqmidi.

7. “Islomiy she’riyat”, “Xonimlar,sizlar ular oldida kimsizlar?”, "Ibrat izlaganga ibratdir dunyo"  va yana ko’pgina mavzular.


22. Savol: Kecha bir birodarimiz bilan suhbatda bir ajoyib gap eshitib qoldim.
"Ehtiyotkorlik TAQDIRni o'zgartirmaydi". Menga bu gap juda yoqdi. Siz bu gapni qanday tushunasiz?

Javob: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo bir farishtani bachadonga vakil qilib kiritg‘ach, ul: «Yo rabb, maniy (nutfa) bo‘ldi, laxta qon (alaq) bo‘ldi, bir parcha et bo‘ldi»,— degaydir. Olloh taolo (o‘shal bir parcha etni) odam qilib yaratmoqni iroda hilsa, farishta undan: «Yo rabb, o‘g‘il bo‘lsinmi, qiz bo‘lsinmi, baxtli bo‘lsinmi, baxti qaro bo‘lsinmi? Rizqi qancha bo‘lsin, umri qancha bo‘lsin?» — deb so‘rag‘aydir. Mana shularning barchasi ona qornida taqdir qilib bitilg‘aydir!» —dedilar»
AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy

Ushbu hadisda har bir bandaning taqdiri tug’ilishidan avval bitilgani aytilayabdi.
Lekin bu digani biz “Ha baribir hammasi TAQDIRDAGISI BO’LADI. OLMA PISH OG’ZIMGA TUSH” deb o’tirishimiz kerak degani emas.

Savolizni o’qiganimda birinchi bo’lib mana bu hadis xayolimdan o’tdi:
Payg‘ambarimiz  :sw: bo‘sh qo‘yib yuborilgan tuyasini yo‘qotgan bir a’robiyga: «Avval tuyangni tushovlab, keyin Allohga tavakkul qilgin!» - deganlar

Yana bir xikoya esimga tushdi.
Bir qishloqqa suv toshayotgan vaqtda biro dam uyining tomiga chiqib “Allohni o’zi mani saqlidi” dib o’tiraveribdi.
Suv esa tabora tosharmish. Shu payt qo’shnisi unga “Nimani kutayabsan, joningni saqlamisanmi?” dibdi.
U esa qo’shnisiga “Alloh meni saqlaydi” dib o’tiraveribdi.
Qo’shnisi qayta-qayta gapirib, ketibdi.
Suv yanayam balandroq ko’tarilibdi. Shu payt u odamning yonidan bir kichkinagina qayiqchaga o’tib ketibdi.
Odam esa “Alloh meni saqlaydi” dib o’tiraveribdi.
Suv yanayam balandroqqa ko’tarilibdi. Bu gal endi yonidan kichkinagina xoda o’tib ketibdi.
Odam shundayam “Alloh meni saqlaydi” dib o’tiraveribdi.
Suv toshib butun uyniyam, odamniyam g’arq qilibdi.
Narigi dunyoga borganida odam Tangriga arz qibdi: “Nimaga mani saqlamading? Nimaga manga yordamimngni yubormading?” deb.
Tangri odamga debdi: “Man sanga uchta yordam yubordim: qo’shningni, qayiqni va bir xodani yubordim, lekin san buni anglamading, ayb o’zingdadir!”

O’zini asraganni, extiyot qilganni Alloh asridi deyishadi.
Alloh taqdirimizga hammasini bitgan, lekin DUO taqdirni o’zgartiradi ham deyishadi, albatta bu ham ALLOHNI AMRI ILA AMALGA OSHIRILADI!!!


23. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: - ayollar alohida o'tirishlari
- oshda musiqa emas amri-ma'ruf va nahiy-munkar qilinishi
- to'ylarimizda ibratli ma'ruzalar bo'lishi.


24. Savol: Аллоҳ учун яхши кўриш билан боғлиқ ҳаётда ўзингиз гувоҳ бўлган қандай ибратли воқеликни эслай оласиз?

Javob: Biz Rasululloh  :sw: Alloh uchun yaxshi ko'ramiz...
Ul zot  :sw: bilan bir zamonda yashamsak ham, ul zotni ko'rmagan eshitmagan bo'lsak ham...
Bu insonni yaxshi ko'rmay bo'ladimi?
Biz uchun arzimagan narsasini bergan insondan butun umr minnatdor bo'lamiz...
Rasululloh  :sw: chi? Butun umrlarini UMMAT uchun yashadilar, xatto farzandlaridan ham UMMATni tanladilar...

Rasululloh  :sw: "Birodarlarimni sog'indim..." dib aytgan hadislarida ul zot ham oxirgi zamon ummatlarini g'oibona yaxshi ko'rishlarini va shu ummat bilan jannatda birga bo'lishlikni xoxlashlarini aytganlar.
Biz esa ana o'sha "birodarlari" qatorida bo'lishni va shu yo'lda harakat qilishni Allohdan so'rimiz.

Man uchun ibratli voqealardan biri...

TOSHMI tarafda ishlab yurganimda ishxonamiz direktori chamasi 7 yoshlardagi bolakay bilan ishxonaga kirib keldilar.
O'sha bolakayga ko'zim tushdiyu, uning yuzidagi nur mani o'ziga jalb qildi.
[Inson chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin Alloh uni qalbini nurga to'ldirsa albatta bu uning tashqi ko'rinishiga ham ta'sir qilmay qolmaydi.]
Shu bolakay uyalibgina salom berdi, alik oldim. Ko'zimni u boladan uzgim kelmasdi...
Ichimda o'zimga "Alloh bandalariga farzand baxtini bekorga bermagan, bola inson bag'ri-dilining quvonchi dib bekorga etishmagan" dib qo'ydim.

Keyin direktorim Zulfiya opa shu bolaning ota onasi bilan bog'liq voqeani etib berdilar.
Otasi dindor, taqvodor odam edi.
Ayoli ham itoatkor, taqvodor, erini hurmat qiladigan ayollardan.
Otasi Allohning taqdiri bo'lib qamoqqa tushdi va mana necha yildirki absiz qamoq jazosini o'tamoqda...
Bu ayol esa o'sha vaqtda (ya'ni eri qamalganida), qo'lida 1 gina chaqaloq bilan qolgandi.
Ishonasizmi yo'qmi shu ayol qolgan 3 farzandini shu qamoqxonaga qatnab tug'di...
Mana shu bolakay - AbduMalik ham "zona"ning bollaridan.
Undan keyingi 2 farzand ham huddi shunday tug'ilishgan...

SubhanAlloh! didim o'zimga...
Shu ayol erini Alloh uchun yaxshi ko'rgani uchun ham musibatga sabr ila 4 farzandni mana necha yildirki o'zi katta qilmoqda.
Xuddi shu xolga tushgan yana bir oilani bilamanki, u oilada ayol va uning qarindoshlari bunga sabr qila olmadi...
Va natijada yigitning emas qizning hayoti do'zaxga aylandi... (vaholanki yigit qamoqda bo'lsa ham...)

Bu voqea man uchun juda katta ibrat bo'ldi.
Shu bolakay bilan o'sha kuni rosa o'ynadik... ishxonada qulashmachoq, bekinmachoqlar o'ynadik...
Haligi bolaning yuzidagi tabassum, undagi sokinlikni ko'rgan inson barcha g'amini unutardi...

"Allohni dib yaxshi ko'rish va Allohni dib yomon ko'rish iymondandur" diganlar Muhammad Mustafo  :sw:


25. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Mani avatar ilzoimda ham shu duo turadi: "Allohim O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin..." siz aytganga qaysidur ma'noda o'xshash.

Ibrohim Halilullohni olovga tashlaganlarida Jibriyil alayhissalom keladilara?
Jibriyil Ibrohim alayhissalomga: "Ya Ibrohim menga hojatiz bormi?" deb so'raydilar
Ibrohim alayhissalom qandayin go'zal javob beradilar: "Sizgami? Sizga yo'q! Men faqat Allohdangina hojatimni so'rayman. Men ishonamanki Alloh do'stlarini tashlab qo'ymaydi"...

Naqadar ibrat... Shu voqeani eshitamanu ALLOHU AKBAR diyman har doim...
Bizchi? Biz Hammasini Allohdan dib bilsak ham, nimagadur biror ishda "ishonganimiz"ga suyanib qolamiz.
Aslida Alloh xohlasagina o'sha ish bo'ladi, yo bo'lmaydi!
Lekin Alloh insonlarga bu dunyoda do'stni, sirdoshni, dushman, nodon kimsa tushunchalarini berdiki inson shular bilan hayot mazmunini aslida nima uchun yashab nimaga bu dunyoga kelganini tushunadi...
Do'st aslida bizga nafsimizga yoqadigan gaplarni aytib, bizni do'zax ahli amaliga boshlasa bu do'st emas DUSHMAN...
dushman esa aslida biz haqiqiy do'stni bilishimiz uchun bizga "YORDAM, QO'SHIMCHA"...
nodon ham yaxshilarni bilishimiz, ularni qadriga yetishimiz uchun bizga bir na'muna...
Bu douni so'rar ekan inson do'stga zor qilmasligini, ya'ni qiyin vaziyatlarda, tushkunlik kunlarida unga tog'ri va yaxshi maslahat bera oladigan insonga zor qilmasligini so'raydi (bu uning yoshligidagi do'sti, ayoli, qo'shnisi.... hamma bo'lishi mumkin...)
dushmanga xorlik esa insonni yanada cho'ktiradi... uni bu hayotga nisbatan g'azabli, g'arazli qilib qo'yadi...
Eng yomoni esa NOMARDGA MUXTOJlik, chunki inson qiyin vaziyatda unga yordam berishini kutgan inson NOMARDGA uchrashi bu eng yomoni bo'lsa kerak.
Alloh asrasin.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #9 : 14 Yanvar 2010, 08:41:01 »
26. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: Rosti hali azaga bormaganman.
Hali yaqinlarimda bu xolni ko'rmaganman, ko'rmayin ham deyolmiman afsus...
Allohni qadari, Allohni irodasi bilan hamma ish bo'ladi...
Nima bo'lsa ham hammasiga go'zal SABR qilishimni so'riman.

Lekin ko'chada tobut olib ketayotganlarini ko'rsam qandaydur sokinlik, sukunat qamrab oladi.
Hech nima gapirishni xohlamiman...
Bu xolat qabr..., oxirat... Qiyomat... tushunchalarini odamda esga solsa kerak...


27. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Man ham balkim qayerdadur shu iborani yozgandurman, bilmadim...
Lekin bu gapga uncha ham qo'shilmiman...
Sababi... har bir insonni o'z qiziqishi bor...
Yigitlarni aksari futbolga qiziqadi...
kimdur tikishga... kimdur kompyuter o'yinlariga...
Mani qiziqishim esa internet va xozircha forum...
Forumdan har doim ham ILM istab yoki ILM olaman dib foydalanmiman, lekin ko'pincha forum ILM borasida nimadur olishimga sababchi bo'ladi...

Internet orqali rostini etsam juda ko'p dugonalarim bor.
Oldin yonimda bitta ham ro'molli bo'lmasdi.
Xozir Alhamdulillah, internet sabab shu jumladan shu forum ham sabab, dugonalarimni aksari ibodatli qizlar...
"San manga do'sting kimligini ayt, man sanga sani kimligingni aytaman" diganakan bir inson.
Biz oldimizdagi muhitni sozlamasak, ertaga shu muhit o'z domiga bizni tortishi aniq.
Shu sabab man ham internetdan... ko'p dugonalar orttirdim... Alhamdulillah.

Barchamiz bilganimizga OLIMmiz.
Kimdur shu forumda man bilmaganimni yozsa u man uchun USTOZ o'sha o'qiganini yetkazgani bilan.

Endi shu forumda ko'pimiz turli fikrlar yozamiz, hadislar joylimiz...
"ODDIY HAQIQATLAR" da yozganimdek...

Kim qanaqa tushunadi bilmadimu, man o'qiganimni ilm dib hisoblamiman,
amal qilganimni olgan ilmim dib hisobliman, zero O'QIGANmas UQQAN muhimroq.

oyda 100 ta kitob o'qisin... undagi bitta bo'lsa ham gap... unga, ahloqiga, hulqiga, muomilasiga ta'sir qilmasakan o'qiganidan ne foyda?


28. Savol: Uchrashuvga chiqqanizda yigitga beradigan asosiy 3 ta savoliz qanday?

Javob: Savollarga jimjimador javob berish "GAPGA USTA QURUQ"larni ishi.
Xolis javob berish MARD ni ishi.
O'z fikriga ega bo'lmaslik esa AHMOQni ishi.
Etmoqchimanki, chiroyli javob berishi mumkin, lekin ertaga GAPIGA JAVOB BEROLMASA...
NIm bo'lganda ham xolis bo'lishini xohlardim...
Mayli dinni hali yaxshi bilmas, tushunmas... lekin xolis bo'lishini xohliman...
O'zini "AQLLI DOMLA" qilib ko'rsatganlarni juda yomon ko'raman.
Xullasi kelajak hayotni o'ylaganimda nimagadur yaxshi bilgan, tanigan inson bilan yashashni niyat qilardim har doim...
Allohdan shuni so'rirdim... har qanday vaziyatda ham mani to'g'ri tushunib tog'ri maslaxat bera oladigan...
InshaAlloh shunday bo'ladi ham...
Man aniq 3 savol emas kere bo'sa 30 ta savol berardim... :D
Avval dunyoqarashini bilish uchun oddiy savollar berib ko'rardim...
Keyin shunga qarab din u uchun nima?
Hayotdan maqsadi nima?
..... shu kabi savollarni berardim...
yana bitta P.S. Uzr savoldan balki chetlashgandurman, ln 3 ta savol bilan cheklanolmasam kerak... dib o'yladim.

29. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: QUR'ONI KARIM (Alouddin Mansur tarjima va sharhi) va RIYOZUS-SOLIHIYN (Imom Navaviy)


30. Savol: Болалигинингизда ўзингиз иштирокингизда рўй берган энг кулгили ҳодисани эслай оласизми?

Javob: Opam etganide har gal bekinmachoq bo'sa k'pincha hisobda man chiqib qosam o'rnimga u turardi. Unda bo'yim ham o'zim ham kichkinagina edimda  :D
O'zi ko'pchilik opa-ukalar shunday xol tutishardi...
Kn opam etganidek daraxtma daraxt sakrab katta bo'lganmiz.
O'sha mavzudaham yozgandim, bog'chaligimizda Kamola digan dugonam bn parixmaker o'ynaganmiz.
Naq peshonamga tushadigan sochimni taroqqa o'rayvergan o'rayvergan oqibatda yecholmi qolgandi.
Kn nima qilishni bilmasdan qaychini olib qirqqanmiz naq tagidan  :D
Sochim uzunligi uchun yana naq peshonamdan qirqilgani uchun qirqilgan joyi tikka turardi, rosa kulgili xolatidi...  ;D
Ayam bog'chadan kelganimizda rosa mani urushgandilar...
Bog'chada kasha va grechkani yomon ko'rardim, bu voqeaniyam "Bolaligim seni sog'indim" da yozgandim...
Bir kuni bog'chapa majburlab yedirmoqchi bo'ldi.
Tepamga kelib "Shu kashani yisan, yemaguningcha tepangda turaveraman" didi...
Majbur qiyin bo'sayam bir qochiq olib og'zimga solganimni bilaman, hammasi tarelkaga qaytib tushdi  :D
Ko'zlarim qizarib, bo'zarib ketganimdan bog'chapayam qo'rqib ketdi.
Darrov kashani oldimdan olib qo'yib o'rniga kampot bn pechanye bergandi  ;D
Domimizda biz kabi qizchalar ko'p edi...
Yig'ilishib ashulalar etardik, xola-xola o'ynardik...
Ilgarilari O'zbekistonga o'qishga kelgan chet ellik talabalar bo'lardi.
Negir dimasdik, xind dimasdik mabodo domimiz atrofidan o'tib qolsa bo'ldi bilgan ingliz, xind tilidagi qo'shiqlarimizni etib berardik,
ular esa bizga shirinliklar, zvachkalar berishardi...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #10 : 14 Yanvar 2010, 08:41:23 »
31. Savol: Энг сўнгги олган фотоларингиздан ўзингизга энг Ñ‘ққан(лар)и қайсилар бўлди?

Javob: Manda ham rasm olishga uncha vaqt bo'lmadi oxirgi haftalarda...
2-3 kun oldin olganim, hali forumga ham joylamagan rasmim o'zimga yoqdi.
Chunki har doimgidek BULUTLAR ... va man yaxshi ko'rgan havo...
Kimgadur bu oddiy rasm... manga esa sokinlikni o'zida mujassamlashtirgan rasm...








32. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?

Javob: 1. Odatda kutgan narsamni hadya qilishsa judayam hursand bo'laman. (hammayam shu) Qimmat sovg'a bo'lsayu sizga keremas bo'lsa, undan arzon bo'lsa ham sizga kerakli bo'lsin.
Manga qilingan eng yaxshi sovg'a ko'nglimni ko'taradigan har qanaqa sovg'a bo'lgan. Misol o'tgan Ramazonda anchadan beri olaman dib o'ylab yurgan kitobim "Al Azkorni" sovg'a qilishgani bo'ldi.  :D

2. Ha bo'lgan. Endi Qur'onni o'rganayotganimda kichkina Qur'on kerak bo'lardi (ko'tarib yurishga qulay). Bir doktor hijobdaligimni ko'rib mani yaxshi tanimasada Qur'onga qiziqishimni bilib o'zining Hajdan kelgan kichkinagina Qur'onini sovg'a qilgandi, rosa hursand bo'lganman.

3. Albatta, vaziyatga qarab. Qurbon hayitida dugonamga manga sovg'a qilingan kichkinagina Qur'onni sovg'a qildim, chunki u endi o'rganayabdi hammasini (ham qiziqtirish uchun, ham eng chiroyli sovg'a dib o'ylayman)

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #11 : 19 Yanvar 2010, 14:22:42 »
Aforizmlari

Sevgi go’zal tuyg’udir, qachonki uni yashirsalar…, u haqida gapirishdan uyalsalar…, uni mahfiylikda tutsalar…

Eng yaxshi boshliq ishxonada kamroq bo’lgan boshliq, :D (hazil)

Eng yaxshi boshliq o’zini ishchilari bilan teng tutgan boshliq


Sen sevganlaring bilan emas seni sevganlar bilan yashasang hayotda YUTASAN! (onamning gaplari)

Bo'ysunmoq naqadar qiyin....,
Bo'ysunmoq naqadar totli...

Qalbimni hotirjamligini, nafsimning bezovtaligida topdim...

Soatga qarabmanu, vaqtga qaramabman :D

Hayotda shunday insonlar bor go'zallikka o'ch bo'ladilar: go'zal insonlarga... go'zal kiyimlarga...
Aslida esa ana o'shalar haqiqiy go'zallikni qadriga yetmaydilar


Bir birodarimni gapi:
O'zing saqlay olmagan sirni, boshqasi ham saqlay olmaydi.

Yana bir dugonamning gapi:
Eng qattiq kulgan odamni ichida dardi bo'ladi...

Aytganingizni bajarmadilarmi? Demak chiroyli tushuntira olmagansiz!

Yaxshilikka buyurilganida, "vaqtim yo'q" degan odam aslida g'irt bekorchi odam bo'ladi

1 taloq tushgan oila sindirilib, keyin yelim bilan yelimlangan idishga o'xshaydi, uzoqdan qarasang but ko'rinadiyu, e'tibor bilan qarasang yamalgan.

Odamni maqtashlik, unga KIBR eshiklarini ochmoq demakdir!

O'ziga bo'lgan ishonch insonda HAQni unutishga olib keladi, qisman bo'lsa ham, bu esa katta talofat inson uchun


Bir tanishimni gapi:
Do'stingni sinamoqchimisan?
Pul berib ko'r.


Yana bir tanishimning gaplari: Duo qilish uchun ham ilm olish kerak
Izoh:ya'ni bilib bilmay duoni o'zicha emas, sunnatga muvofiq - qisqa shu bilan birga ma'noli duo qilish kerak

Ayoldagi hayo nafis va muattar gulga o'xshaydi,

Lekin erkak kishidagi hayo GAVHAR bilan teng

"Onam uchun jonimni beraman" degan qanchadan qancha AZAMAT yigitlar, oila qurganlaridan keyin onalari uchun jon berish tugul, 1 daqiqa vaqt topa olmayabdilar...


Oilada ibrat bo'lmasa bola tashqaridan qidiradi...
(odamni qonida bu)

Insonga yalinish insonni xor qilsa,
Yaratganga yalinish uni yanada yuksaltiradi

O'zingizga o'xshagan insonni yaxshi ko'rishingiz mumkin,
lekin u bilan yashay olmaysiz!

"Bu dunyo o'tkinchidir" deymizu, shu o'tkinchi dunyoning o'tkinchi matoxlari oldidan ko'z yumib o'tib keta olmaymiz...

Aqlli gaplar emas, aqlni charxlaydigan gaplar muximroqdir!

Dunyoda sevgidan ham muhimroq narsalar bor... ISHONCH!!!

Uyingdagilar seni tushunmasa, boshqalar tushungani befoyda ekan...

Hamma narsani kechira olish mumkin, lekin SOTQINLIKni kechirish o'ziga nisbatan sotqinlik qilishdir!!!

Ayol kishi qiyin masalada kuchli fikri egasi bo'lishi mumkin ekan,
shu bilan birga oddiygina masalada "bilmasvoy" bo'lishi ham mumkin ekan

G'am yoki dard kelmagunicha Allohni eslamsam...
Allohim boshimni bulardan chiqarma!!!


Ayamni gaplari: Allohdan so'ragin...! Eng buyugini, eng oliysini so'ragin!... (hamma narsani)

Kulishni yaxshi ko'raman, lekin yig'lashchalik emas...
Yig'lashni yaxshi ko'raman lekin kulgandan keyin emas!...

Hayotda kimgadur IBRAT bo'lmasangiz "YASHADIM" demang!

Ayol turmush o'rtog'i uchun hamma narsaga tayyor bo'lishi kerak,
lekin bu erkak hamma narsani ham ayolidan kutishi kerak degani emas.

Do'stini sotganga ikkita ta "2". . .
Vatanini sotganga o'nta "2". . .
IYMONini sotganga mana shu "2" ham hayf!

(Ko'pchilik) ayollar o'zlari uchun yalinishlarini xohlaydilar-u,
ammo yalinganni yomon ko'radilar!

Yuzimizga chiqqan xusnbuzarni ko'rib ko'zimizga dunyo tor bo'lib ketadi...
Qalbdagi "xusnbuzar" bilan ishimiz yo'q...


Qachonki ibodatlarimizni dunyo ishlariga qarab emas,
dunyo ishlarini ibodatlarimizga qarab rejalashtirarkanmiz shunda dunyoni o'zi bizniki bo'ladi.


Aybi bor ko'p karillidi dirdi bir tanishim
Man ham bu narsaga ko'p guvoh bo'vomman

Achigan miyyadan sasigan fikr chiqadi dirdi bir tanishim, sal qo'polrog'u lekin AYNI HAQIQAT!

Pulin bo'masayam TANISHIN bo'sinakan.  ;D
dirdi yana bir tanishim

Tanish bilish, tanish bilish, tanish bilish,
Ishin bitar oson bo'lsa agar tanish bilish


digan ashulayam bo'lardi bir vaqtlar

Siz OISHA bo'ling... sizga MUHAMMAD topiladi InshaAlloh

Mani so'kannag RAHMAT..., mani tanqid qilganga RAHMAT..., mani haqorat qilganga RAHMAT...
siz bilan HOTIRJAMLIKni o'rganayabman...


Hammasi yaxshi bo'b ketadi Xudo xohlasa  :D dirdi bir tanishim

"MAN ...", "MAN ..." insonni oxir oqaibat MANMANLIKKA olib keladi
P.S. Bir tanishim aytardi
"O'ta kamtarlik ham Manmanlik" dib

Seni do'sting maqtasa ishonma, DUSHMANIN maqtasa ishongin

Bir narsaga qattiq o'rganish... oxir oqibat o'sha narsadan bezib ketishga olib keladi.

"Kaptar"ga qo'lingni uzatsang, boshingga qo'naman diydi...

Yaqinlardan ayrilishdan ko’ra yaqinlikdan ayrilish og’irroq

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #12 : 19 Yanvar 2010, 16:16:47 »
Ayniqsa Afarizmlar ancha maqul bo'ldi, maza qilib kulgan  joylarim xam bo'ldi

Alloh rozi bo'lsin, xayrli maqsadlaringizni ro'yobga chiqasin

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda
« Javob #13 : 03 Sentyabr 2010, 12:05:59 »
Alloh rozi bo'lsin. Ilohim  Zakkiya, obida, soliha farzandlarni nasib qilsin!

shoir. sizga ham rahmat!
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

 

Islomiy hayot tarzi

Muallif maknunaBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 8174
So'nggi javob 13 May 2008, 16:43:15
muallifi Odila
Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov

Muallif shoirBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 12228
So'nggi javob 02 May 2007, 17:31:04
muallifi Muhammad Amin
Quddus amakining saboqlari (bolajonlar uchun)

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 60
Ko'rilgan: 60355
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:21:15
muallifi AbdulAziz
"Ramazon saboqlari" turkumidan

Muallif FoniyBo'lim Ro'za

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 24383
So'nggi javob 29 Aprel 2008, 17:21:53
muallifi Muhammad Amin
Hayot va umr haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 113608
So'nggi javob 22 Avgust 2012, 08:07:15
muallifi Хадича