Mahdiyah - Hayot saboqlari HIKMATLARda  ( 20962 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  14 Yanvar 2010, 08:33:42

Foydalanuvchi nomi: Mahdiyah
Ismi-sharifi: Dilnoza Tohir qizi
Tug'ilgan sanasi: 25 oktyabr, 1986 yil
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahar
Ma'lumoti: O’rta
Faoliyati: Fotograf (hozircha)
Forumga a'zolik sanasi: 25 Iyul 2006
Maqomi: Mega member

Avatari:


Imzosi:


Birinchi posti:
Assalomu alykum!
1. Dilnoza, NOZA
2. 1986 yil 25 oktyabr.
3. Toshkentning Mirzo Ulugbek tumanidanman.
4. [email protected]
5. hozircha yoq.
6. Mirzo Ulugbek nomidagi informatika kasb-hunar kollejida tahsil olaman. Shu yili hudo hohlasa oliy o'quv yurtiga kirish niyatim bor. "GIDROINGEO" institutida ishliman.
7. Kompyuterga juda qiziqaman. Bosh qotiradigan jumboqlarni echishni yoqtiraman.
Hayotda qiziquvchan insonman. Hamma narsaga qiziqaman. Ayniqsa do'stlarim bilan birga sayr qilishga, net. dan ular bilan gaplashishga qiziqaman.

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:34:12

Tarjimai hol

Ismi sharifim Dilnoza Tohir qizi. 1986-yilning 25 oktyabrida Toshkent shahrida tug’ilganman. Oilada 6 kishimiz, xozirda 5: dadam, ayam, akam, opam (oilali  ), singlim va man.
O’rta maktabni tamomlab Mirzo Ulug’bek Informatika kasb-hunar kollejining "œKOMPYUTER GRAFIKASI" fakultetida 3 yil o’qidim.
3 kursda o’qish bilan birga GIDROINGEO ilmiy institutda texnik-operator lavozimida ishladim.
Bu institutda 2 yildan ortiq ishladim.
Bir oz tanaffuzdan keyin FOTO studiyada faoliyatimni davom ettirdim.
Xozirda tosheknt FOTO studiyalaridan birida ishlamoqdaman.
QIZIQISHLARIM: shirinliklar tayyorlash, tikish, to’qish, xattotlik, kompyuter, internet, e-cardlar yasash va albatta ILM olish.
Umuman hayotda ko’p narsaga qiziqaman, nimaga qiziqib qolsam o’sha narsani o’rganishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:36:15

She'rlari. 1-qism

KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM"¦

Ibodatda bo’lsamu, mazasini totmasam.
Yaxshi hulqni bilsamu, unga amal qilmasam
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Non topsamu, shukrla kun ko’rmasam.
Dard bersangu, sabrni ham unutsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Bandangni ham sevsamu, javobini olmasam.
Do’stim mo’l bo’lsayu, borligini sezmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Hayit kirib kelsayu, hursand bo’lib kutmasam.
Yangi yilni bayram deb, dasturxonim bezatsam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

Hijob go’zal bo’lsa ham, uni tanlay olmasam.
O’rnak bo’lsa muslima, unga havas qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

O’n besh kunlik dunyoda qanimatni bilmasam,
Tirik bo’lsa ham onam, otam, xizmatini qilmasam.
Kechirgin Yo Rabbim dunyo uchun yig’lasam"¦

O’tkinchi bu dunyoda orzu-xavaslar qilsam,
Oxiratni bilsamu, xavotirla qo’rqmasam.
KECHIRGIN YO RABBIM DUNYO UCHUN YIG’LASAM"¦

* * *


BUGUN ALLOH UCHUN SEN NIMA QILDING

Ko’zing ochding, bamdodga-ku turmading.
Ne’mat berdi, shukr-la duo qilmading
Qo’shni bo’lib, undan habar olmading
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Qo’l tutsalar, sadaqa ham bermading
Mo’minlardan tabassuming ayading
Dunyo uchun yugurding, shoshding
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Chorlasalar masjidga ham bormading.
Qorning to’ydi, asrda ham uxlading.
Kun qoraydi, shom o’tganin bilmading.
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Urar ekan hamon yuragin.
O’yla bu olamga nega kelganing?
Savol bergin o’zinga o’zing!
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Ado etgil bandalik farzing
Qaytar! Bo’lsa omonat qarzing
Kech bo’lmasdan so’ragin o’zing
Alloh uchun sen bugun nima qilding?

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:37:26

She'rlari. 2-qism

* * *

Bersang erta menga g’amni
Bilay sabr toqatni
Bersang menga molu davlat
Unutmayin qanoatni
Yiroq tutgin Ollohim
Shirk, zino, hiyonatni
Bergin menga Ollohim
IYMON, INSOF, DIYONATNI!

* * *

Jahl kelsa qoshimga
Bergin aql boshimga
Dardni bersang jonimga
Shukr qilay borimga!

* * *

Iymon bergin Yo Rabbim
Halolla kun ko’rayin
Qiyin bo’lsa ham yo’lim
Xaromga qo’l urmayin.
O’zing asra shaytondan
To’g’ri yo’ldan yurayin
Gar so’rasang Yo Rabbim
Jonimni ham berayin!

Muallif: Mahdiyah
Manba

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:39:27

NOZAga berilgan savollarga javoblar:

1. Savol: Hayotingizda ziyouz.com qanday iz qoldirdi?

Javob: Bu forum avvalo manga o'z dinimini yaxshiroq tushunishimga yordam berdi va yordam berib kelmoqda.
Ko'pgina yaxshi insonlar bilan tanishdim...
Manimcha iz qoldirdi deyish notog'riroq bo'lsa kerak.
Bu forum Alhamdulillah hali faollikda, Inshaolloh har doim shunday bo'lsin.
Demak iz qoldirmoqda...


2. Savol: Cardlar, presentationlar tayyorlashda sizga kimdir sizga g'oya berib turadimi? Rasmlar, ma'lumotlar topishda qiynalmaysizmi?

Javob: G'oya o'zidan o'zi bo'lib ketaverar ekan.
Lekin agar kimdur qandaydir g'oya bersa o'zimga yoqs albatta qabul qilaman.
Lekin asosan kitoblardan ayniqsa Taqvimlardagi o'zimga yoqqan hadislardan foydalanaman.
Rasmlarga kelsak, komp.imda bor rasmlardan foydalanaman. Kerak bo'lsa internetdan ham olaman.


3. Savol: Sizningcha, jomiyatimizning hozirgi muslima qizlariga qanday fazilatlar yetishmaydi?

Javob: Avvalo 5 qo'l baravar emas.
Ayrim muslimalarda ibrat yo'q. Muslimada avvalo boshqalarga ibrat bo'lishi kerak hox uyda, hox ko'chada, hox kiyinishda.
Chunki muslimani ko'rgan odam unga havas ila qariydi.
Biron bir nojo'ya qilig'i bilan muslima boshqalarga dinni yomon ko'rsatib qo'yishi mumkin.
Ayrimlarida hayo yo'q, ayrimlarida sabr yo'q, ayrimlarida qanoat yo'q...
Lekin har bir muslimani orqasida uga mahramlar (otasi, akasi, turmush o'rtog'i) turadi.
Mahrami muslimani yo'lga sola olsa jamiyatdagi muslimlar ham muslimalar ham hammamiz uchun ibrat bo'la olardilar


4. Savol: Sizni so'nggi marta yig'latgan (xoh quvonch, xoh qayg'u ko'z yoshi bo'lsin) forum bilan bog'liq hodisa yoki bironta mavzu?

Javob: Forum bilan emas, forumdoshimiz bilan bog'liq holat desam to'g'riroq bo'ladi.
Forumdosh birodarlarimizdan 2 dugonamning hijobga kirishlari va ularga qarshi chiqqanlaridagi sabrlari.

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:39:54

Mahdiyahga berilgan savollarga javoblar:

5. Savol: 1. Sizning hayot yo'lingini belgilab bergan 3 ta hadis?
2. Siz doim o'qib yuradigan 3 ta duo?

Javob: 1. Har bir hadis mo'min hayotining har bir bo'lagida mavjud.

Rasululloh sollallohu alayhi vassallamning hayotlari biz uchun har holatimizda o'rnakdir.
Shuning uchun aynan shu hadis yo bu hadis mani hayotimni belgilab bergan deya olmiman.
Shunday bo'lsa ham hayotimda o'zim uchun hamisha shior kabi o'zimga tez-tez takrorlab eslatib turadigan hadislarimdan 3 tasini yozaman.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "O'zingizga ravo ko'rganingizni birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha haqiqiy mo'min bo'la olmaysiz".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Poyafzalingizning bog'ichini yo'qotsangiz ham istirjo' - "INNA LILLAHI VA INNA ILAYHI ROJI'UN" (Ma'nosi: Biz Allohnikimiz va Allohga qayguvchimiz) deb ayting", deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: "Amallarning Alloh taologa seviklisi - oz bo'lsa ham davomlirog'idir" 

2. 1)Allohim haq yo'lda, iymonda, islomda sobitqadam qilgin!

2) Allohim Sani sevmoqlikni, Sani sevganlarni sevmoqlikni va San sevgan amallarni bajarmoqlikni nasib qilgin!

2) Allohim barchamizga ham Jannatul-Firdavsingda sevganlarimiz bilan bo'lmoqlikni nasib qilgin!


6. Savol: Chet elda o'qiydigan yoki  ishlab yashaydigan hayotingizda umuman ko'rmagan bir yigit sizni int orqali forumlarda yoki umuman ba'zi manbaalardagi fikrlaringizga tayanib sizni "yoqtirib qoldim menga turmushga chiqing" deb aytsa bu taklifni qanday qabul qilasiz?

Javob: Man net orqali turmushni maqullamiman. Lekin Alloh taqdir qilgan bo'lsa biz ojiz bandalarni qo'lidan hechnima kelmaydi!


7. Savol: "Ilm boshqa, amal boshqa" degan gapni qanday tushunasiz?

Javob:  Bu gap ko'proq "Dilda bo'lsa yetadi" ga o'xshidi, aniqrog'i man 2 chi variantni ko'proq eshitganman.
Yana biri "Domlani etganini qilu, qilganini qilma"  hazil

Hamma ham ilmiga amal qilavermidi. O'rganganimizni tushuib, anglab, uqqanimiz va hayotimizga tatbiq qilganimiz unga amal qilishdir.
Faqat o'qiyversak, o'rganaversak amalda o'zgarish bo'lmasa o'rganganimiz 1 chaqaga ham arzimaydi!
Bizni olgan ilmimiz amalimiz bilan bilinadida.
Boshiga do'ppi kiyganni hammasi ham namozxon emas! (Bu ham shunga bir misol)


8. Savol: Sizningcha armon bu nima? Sizning armoningiz? (sir bo'lmasa)

Javob: Armonni ushalmagan orzu, niyat deyishadi.
Armonim bor deya olmiman, yo'q ham deya olmiman chunki  hayot hali oldinda.
Alloh nasib qilsa bizga armon tuyilgan ishlar tez orada sodir bo'lishi hech gap emas.


9. Savol: Ko'chadami, boshqa joydami, qayerda bo'lsa ham begona odam sizni rashk qilsa qanday tushunasiz?

Javob: Rash - iymondan
Begona diganingiz musulmon birodarimiz, qizmi yigitmi kim bo'lsa ham rashk qilsa to'g'ri tushunaman va hursand bo'laman. Ya'ni deylik mo'minalarga boshqa odam tarafidan sha'niga yo o'ziga to'g'ri kelmaydigan bir ish sodir bo'lishi mumkin, shundan qo'rqibmi yo boshqa sababdanmi birodar rashk qilsa hursand bo'lamiz.

O'zim ham akamnimi, opamnimi yo umuman barcha musulmon yigitlarini va qizlarini boshqalardan juda rashk qilaman!!!  :D


10. Savol: Инсон сз Виждони ва ҳоҳишига қарши боришдек бахтсизлик бслмаса керак (сьни схши маьнода). Аллоҳ йслидаги бирор бир амалингизда бошқалар тинчлиги учун сз раьйингизга қарши чиққан ҳолатлар бслганми ва сшандай вақтда бу вазистдан қандай чиқиб кета олгансиз?
2. савол: Она фарзанд тарбиссида снг аввало нимага аҳамист бериши ва тарбисни снг аввало нимадан қай йссинда бошлаши лозим?

Javob: 1. Boshqalar tinchligi uchun ko’pam o’z ra’yimga qarshi bormaganman. Balki bu hudbinlikdir, lekin bor gapni etdim. Ra’yimga qarshi bo’rgan vaqtlarim ham bo’lgan. Bunaqa vaziyatda hammasidan voz kechaman-qo’yaman. Talashib tortishmiman.
Lekin Alloh yo’lida, dinimga qarshi hech qachon birovni tinchligini o’ylab voz kechmaganman! InshaAlloh kelgusidaham bunday bo’midi digan umiddaman. Man uchun hamisha Allohni kalomi BIRINCHI O’RINDA , xoh onam, xoh otam, xoh eng sevikli insonim gapirsa ham!!!

2. Bu savolingizga javob berish manga sal vahliroq bo’lsayam, lekin fikrimni etib o’taman.
Manimcha ona avvalo farzandlarni birdek ko’rishi kerak! — bu bir. To’g’ri ona uchun qaysiduri sevikliroq, qaysiduri mehribonroqdir, lekin ajratish bo’lmasligi kerak (bu holni ko’p oilalarda ko’raman, shuning uchun etib o’tdim).
Nafaqat ona balki ota ham, ikkalasi avvalo bola tarbiyasida o’zlariga savol berishlari kerak: "œFarzandim uchun ibrat bo’la olamanmi? Qay odatim kelajakda farzandim man hohlagandek inson bo’lishi uchun ibratu, qay odatim uni man hohlagandan teskari bo’lishiga sababchi bo’la oladi?"
Avvalo o’zlarini isloh qilishlari kerak.
Chunki misol uchun namoz o’qimagan ota hech qachon o’g’liga "œNamoz o’qi? Nima uchun namoz o’qimisan?" deya olmidi va bunga haqqi ham yo’q bo’ladi. O’zida yo’q narsani boshqadan talab qilishga haqqi yo’q!

Man hamisha farzandlar hususida gap ketsa, yoki kelajak haqida o’ylab qolsam avvalo ular uchun o’rnak bo’lishni, har sohada, ibodatdami, dunyoviy ishdami, hamma hammasida o’rnak bo’lishni o’yliman.
Chunki "œqush inida ko’rganini qilar" digan gap bor. Andoza bilan bichilgan kiyim hatosiz bo’ladi.

Yoshligida keragidan ortiq erkalatib, kn "œQulog’iga gap kirmidigan darajada sho’x" disa, 12 kirganda "œnamozga erinchoqlik qiladi, hijobni xohlamayabdi" disa, 20 ga kirganda "œo’qishni zo’rg’a tamomladi, yomonlarga qo’shilib ketayabdi" "¦ (Alloh asrasin) degandan ko’ra, hamma narsani vaqti-soatida bajarish kerak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga hamma narsada muallimdirlar.

Bir kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning nabiralari hazrati Hasanni quchoqlab o‘pgan vaqtlarida Aqro ibni Habis otli do‘stlari buni ko‘rib, payg‘ambarimizga shunday dedi: "Demak, siz bolalarni o‘pasiz. Mening o‘n bolam bor, men ularni hech qachon o‘pmaganman".
Payg‘ambarimiz bu kishiga tabassum bilan boqdilarda, shunday dedilar: "Marhamat qilmagan kishiga marhamat qilinmas".

Yana bir hadisda esa Fotima onamiz farzandlari betob bo’ladiyu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni chaqirtiradilar. Shunda Nabiy alayhissalom kelgan odamga "œQizimga borib ayt, Allohdan shifo so’rab duo qilsin" deydilar.

Ikkisida ham ummat uchun oladigan ko’p foydalar bor.
Albatta farzand shirin, lekin uning go’zal hulqiyu, iymoni InshaAlloh ikki dunyoda ham biz uchun shirinroq bo’ladi.
Hali ona bo’lmay og’zimni ko’pirtirayotgandurman.
Lekin niyatim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomatda "œMANI UMMATIM" deya fahrlanadigan solih va solihalarga ona bo’lishlik, Jannatul firdavsda ota-onasiga Toj kiydiradigan haqiqiy mo’min va mo’minalarga ibrat bo’lib ona bo’lishlik. Alloh o’sha kunlarga yetkazsin! OMIN!

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:40:11

11. Savol: Insonning sodda, ochiqko'ngil bo'lishiga qanday qaraysiz? Umuman sodda odam deganda qanday odamlarni tushunasiz?

Javob: Sodda va ochiqko'ngil man uchun 2 hil so'z.
Albatta barcha uchun yaxshi muomilada bo'lishlik, barchani birdek ko'rib ochiqko'ngil bo'lishlik yaxshi.
Lekin sodda inson hayotda ko'p qiynaladi manimcha.
Bir hadisni mazmunida quyidagicha deyiladi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Mo'min odam bir xatoni qayta takrorlamaydi"
"œTili kuygan puflab ichar" ham deyiladi o’zbeklarda.
Sodda odam ishonuvchan odamdir. Bunaqa insonlar ko’pincha aldanadilar bu yolg’on dunyoda, chunki ular hamma narsani o’zlari o’ylagandek yaxshi, yorug’ deb o’ylasa kerak.

Xullas fikrim inson balki sodda bo’lishi kerakdur, lekin 2 marta ham ayni o’sha xatoni takrorlasa u soda emas ahmoq bo’ladi.
Lekin ochiqko’ngil bo’lgani yaxshi. Ochiqko’ngil inson hayotda yutsa yutadiki yutqazmidi!


12. Savol: Ramazon bilan bog'liq bo'lgan hayotingizdagi eng yorqin xotira?

Javob: Rosti savolizni o'qib, darrov bir narsani eslay olmadim.
Odatda savolga qarab darrov bir javob kelardi.
Lekin bu safar unaqa bo'madi.
Balki Ramazon bn bog'liq hali hayotimda u qadar "yorqin" deb atashga mos hotira bo'lmagandir,
balki Ramazonni yaqindan beri to'liq tushunib, ro'zalarda soim bo'layotganimdandir, bilmadim...

Lekin yoshligimda bir ajoyib qiziq voqea bo'lgan Ramazon bn bog'liq.
Hali juda kichkina edim. Dadam bn ayamga qiziqib ro'za tutdimu, peshinga borib qornim ochqab ketdi.
Uni ustiga bozordan chiroyli turshaklar ob kelib, qurisin dib katta idishga yoyib qo'yishganakan.
Yosh bola emasmanmi, nafsim ustunlik qilib bitta turshakni olib chishlab oldim.  ;D
Kn hech kim ko'rmayabdimikin deb qarab, yana qolgan yarmini yeb oldim.
Shomda esa hamma bn yana birga iftor ham qildim.  :D

Har Ramazonda nimagadur shu hotiram esimga tushaveradi... :)


13. Savol: Avvallari Ko'kcha, Hastimom, Hoja Ahror Valiy masjidlarida ayollar ham tarovih namoziga kelishar, alohida o'ralgan joylarda jamoat bilan namozni ado qilishar edi. Keyinchalik bunga ruxsat berishmadi.
Hozir ham tarovih namoziga ayollar ham borib, bahramand bo'lishlarini xohlarmidingiz? Ayni damda bunday ibodatlarda qatnashishga qanday sabablar monelik qilishi mumkin?

Javob: Ha man ham eshitgandim. Xatto ilgari ayollarni o'z masjidlari bo'lgan ekan.
Eski ishxonamdagi bir tatar ayol gapirib berardi, Ma'ruzalar bo'lardi deb.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Ayol kishining uyda o'qigan namozi masjidda o'qigan namozidan 25 marotaba savobliroqdir."
Ammo ulamolar hayit va tarovih namozlarida ayollar qatnashgani ma'qul deyishgan.
Albatta hozir ham ayollar masjidga borib tarovih, hayit namozlarida qatnashishlarini juda xohlardim.
Arab davlatlarining deyarli barchasida shunday.
Lekin ularda ayollar ham sharoit ham shunga mos.
Ya'ni ayollar haqiqiy ma'nboda o'rangan holdalar, haqiqiy hijob ichidagi ayolni erkak kishi ko'rmaydi, chunki u ayol boshdan oyoq o'rangan bo'ladi.
Bizda esa afsuski sharoit buni taqazo qilmaydi.
Ayollar hijobdalar, ammo arab ayollari kabi o'ranmaganlar.
Bu esa boshqa nomahramlarni ko'zi tushishi va turli hil fitnalar sodir bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Xatto masjidda ayollar bn erkaklar kiradigan eshikni alohida qilsalar ham baribir masjid atrofida rango-rang kiyingan "hijobli"larni erkaklar ko'rmaydi deb hech kim kafolat bera olmaydi.
Savob olaman deb gunoh orttirib olish hech gap emas.

Lekin juda ham xohlardim ayollar ham ma'ruza tinglab, hayit va tarovihda qatnashishlarini.

Erkak kishining da'vati ayolnikiga nisbatan tezroq ta'sir qiladi mani nazarimda.
Shuning uchun ham ayollar jum'a mavizalarini maviza qilayotgan odamning o'zidan tinglashsa yaxshi bo'lardi.
Afsus hozirgi holat buni taqozo qilolmaydi...


14. Savol: Tasavvur qiling siz rejissyorsiz. Qaysi mavzudagi va nima bilan bog’liq kinofilm olgan bo’lardingiz?

Javob: Agar men rejessor bo'lganimda "inson va dunyo" mavzusida kinofilm olardim. Unda inson taqdiri, uning qanday qilib yutuqlarga erishishi va kelajak uchun kurashishi, haqiqiy Alloh degan insonni nimalar kutishi, Qiyinchiliklarni sabot bilan engishi, har qanday sharoitda ham tushkinlikka tushmaydigan inson haqida bo'lardi. U inson shunday inson bo'lardiki u meni tasavvurimdagi inson. U insonni boshqalarga o'rnak bo'ladigan va dunyo mashaqqatlarini sabr va sabot bilan engib o'tadigan inson sifatida tasvirlardim.


15. Savol: Siz uchun ilmning asosi nima?

Javob: 1. Ilmning asosi...?
Sufyoni savriyning bir gapi bor ilm haqida:
Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir
juda tog'ri aytilgan so'zlar.
Lekin ilmning asosi nima? Ilm nimaga kerak o'zi?
Agar savolingiz shu ma'noda bo'lsa o'z fikrim:

:bsm:
"28-29. (Ey Muhammad), eslang, Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men (asli) qora botqoqdan bo‘lib (odam surati berilgach) quritilgan loydan Inson yaratguvchiman. Bas, qachon uni tiklab, ichiga O’z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» deganida;
30. Barcha-barcha farishtalar unga (ya’ni, Odamga) sajda qildilar.
31. Magar Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo‘lishdan bosh tortdi." (HIJR surasi)

Alloh ODAMga ilmni berdi.
Alloh taolo farishtalarni va odamni yaratdi.
Farishtalarga odamga sajda qilishni buyurdi.
Ular ojiz bandaga sajda qilamizmi deganida, Alloh subhanohu va taolo odamni va farishtalarni YERga to'plab farishtalardan so'radi:
"Yer yuzidagi manbu narsaning nomi nima? Anavi narsa nima?"
Farishtalar javob berisha olmadi.
Kn odamdan so'radi. Odam javob berdi.
Shundan kn farishtalar odamga sajda qildilar.

Har bir inson ilm olishi shart!
Xoh dunyoviy xoh diniy.
Diniy ilm olgan sari va shu ilmiga amal qilgani sari banda Allohga yaqinlahaverarkan.
Ilmni ilnson avvalo o'zi uchun oladi.
Bu dunyoda ham oxiratda ham o'zi uchun yaxshidir.
Aslida barcha ilm borib dinga taqaladi.
Bunga oddiy misol Qur'oni Karimdagi oyatlar bugungi kunda, rivojlanayotgan texnikalar, insonlarning say' harakati bilan va eng asosiysi buni ALLOH xohlagani uchun biz insonlarga ochiq oydin isbotlanib berilmoqda.
Kusto bn bo'lgan voqeani hamma bilsa kerak.
Aynan mana shu ham misol bo'la oladi bunga.

P.S. Manga arab yozuvini o'rgatgan ustozim, kenayim shunaqa dirdilar:
"Har qanday ilmning asosi QUR'ONdir".
Shu so'zlar bilan dars boshlardik  :)

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:40:26

16. Savol: InshaAlloh bo'lajak turmush o'rtog'ingiz yoki farzandlaringiz tashki va harakter jihaddan qaysi sahobaga o'hshashlarini istardingiz?

Javob: Turmush o'rtog'im yoki farzandlarimda sahobalardagi hislatlar bo'lsa dunyodagi eng bahtli ayol va ona bo'lardim. InshaAlloh

Abu Bakr  :ra: ning sadoqati...
Umarul Foruq  :ra: ning adolati...
Usmon  :ra: ning hayosi...
Ali Murtazo  :ra: ning ilmi va kuchi...
Saloni Forsiy   :ra: ning ilmga, Haqni anglashdagi shijoati...
Sa'd ibn Abu Vaqqos  :ra: ning Haq bilan sevikli insoning gapi kelganda ham HAQni talaganligi ...
Ukkosha  :ra: ning muhabbati...
Abdulloh ibn Mas’ud   :ra: ning Rasululloh  :sw: ga har bir ishda o'xshashga intilishi...
Bilol  :ra: ning go'zal ovozi...  :)
Hamza ibn Abu Tolib  :ra: ning kuchi va fidoiyligi...
Abbos  :ra: ning ilmi...
bu qatorlarni yozib adog'iga yetib bo'masa kerak.
Har birimiz sahobalarni hayotini o'qir ekanmiz albatta ichimizda "Qani endi biz ham farzandlarimiz ham bularga o'xshasak" dib o'ylimiz albatta.

Hamma sahobalar Allohning amri va Rasululloh  :sw: ning gaplariga hech ikkilanmasdan "Labbay" dib javob berishgan.
Jonlariyu, mollari, suyukli oila va farzandlaridan ham kerak bo'sa voz kechishgan.
Agar farzandlarim mana shu yo'lda bo'lsalar Allohga HAMD aytishdan charchamayin.


17. Savol: 3. Siz uchun ko'proq Vodiy vohalari azizroqmi yoki Toshkent ko'chalari?

Javob: Agar xozir ikkalasini solishtirsam aniq kimdur mandan hafa bob qoladi.  :D
Shunchun lo'ndagina qilib aytib qo'ya qolaman.
Hammaga o'zi o'sib o'zi kotta bo'gan joyi aziz.
Shunday ekan TOSHKENTni, qayerda bo'lmasam ham qumsayveraman...
Man uchun Toshkent azizroq!!!


18. Savol: 1.Kundalik odatlaringizda payg'ambar alayhissalomga sevikli odat va ummatlariga sunnat bo'lgan tahajjud namozni o'qishlikni odat qilganmisiz?
2.Bir kunda 1 ju'zdan Quroni Karim mutoalasida toqat bilan davomli o'qiy olasizmi? (shu vaqtgacha o'qimaganlar bo'lsa endi kirisha olasizmi )

Javob: 1. Abu Bakr Siddiq tahajjudga tursalar tahajjudni ovozlarini chiqarmay o'qir ekanlar.
Umarul Foruq esa ovozlarini boricha tahajjud namozida qoim bo'larkanlar.
Bir kuni ikkalalari baxslashib qolishib Abu Bakr  :ra: "Tahajjud yashirin o'qilgani afzal. Chunki nafl ibodatini banda Alloh uchun, Allohga yaqin bo'lish uchun o'qidi" dedilar.
Umarul Foruq  :ra: esa "Men esa tahajjudga boshqalar ham meni ovozimni eshitib tursinlar, va ular ham tahajjud o'qisinlar deb shunday qilaman" dedilar.
Ikkalalri ham HAQ gapni aytishgan, albatta.
Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Tahajjudni har kuni o'qiyman deb maqtana olmiman.
Lekin Rasululloh  :sw: aytgan: "Allohga eng sevimli amal, oz bo'lsada davomlisidir" hadislariga amal qilgan xolda tahajjudda qoim bo'lishlikni yaxshi ko'raman :)

2. Rosti Qur’onni endi o’rganayabman.
Lekin Ramazonda hatmni niyat qilib boshlagandim. Alhamdulillah hatm qildim, sal qiynalgan bo’lsam ham. ALLOHGA BEADAD SHUKRLAR BO’LSIN!
InshaAlloh buyog’iga hatmni tez-tez qilishlikka harakat qilaman va bu ishda Allohdan shijoat so’riman.
InshaAlloh man ham 3 kunda hatm qilguvchilardan bo’laman!  :D


19. Savol: Bir kunda bir dona hadis yodlash tarzida musobaqa tashkil qilib har kuni bittadan hadisni yozdlab borishga fikrlaringiz qanday?

Javob: Juda yaxshi firk. Faqat qay tarzda amalga oshiramiz?
Rasululloh  :sw: ham aytganlar: "Ummatimdan kim 40 hadisni yodlab, uni boshqalarga yetkazsa jannatga kiradi".

InshaAlloh 40 emas, kerak bo'lsa 4000 hadisni ham yodlasa bo'ladi unson.  :D


20. Savol: Siz uchun [kelajakda] turmush o'rtog'ingizda bo'lishi kerak bo'lgan eng asosiy 3 hislat?

Javob: 1. Din masalasida ikkilanmaydigan, ya'ni farz, sunnat va... amallar kelganida undoq edi, bundoq edi demaydigan... HAR BIR ISHDA FAQAT QUR'ON VA SUNNATGA MUVOFIQ ISH TUTADIGAN!
2. Oz bilsada, bilganiga amal qiladigan.
3. FARZANDLARIMGA HAR JIHATDAN O'RNAK BO'LA OLADIGAN

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:40:43

21. Savol: 1. Siz uchun forumda eng qiziqarli 3 ta mavzu (bloglardan tashqari)? Va nima uchun?
2. Bloglar ichida sizga eng ko’proq yoqadigan 3 ta blog nomi? Va nima uchun?
3. Siz forumga kirganingizda birinchi bo’lib ko’radigan mavzuingiz?
4. Siz forumdagi qaysi 3 ta BO’LIMGA deyarli kirmaysiz?
5. Siz tez-tez foydalanadigan 3 ta BO’LIM nomi?
6. Siz uchun forumda eng yoqmaydigan 3 ta mavzu?
7. Siz uchun forumda ibrat bo’lgan va bo’layotgan 3 ta mavzu nomi?

Javob: 1. Oldindan aytaman.
Bu mavzularni xoizrgi vaqtda ko’proq kuzataman. Vaqti kelib balki boshqa mavzularga qiziqishim o’tishi mumkin"¦
1 chisi "œBolaligim seni sogindim"¦". Chunki bu mavzuga kirsam bolalikni eng shirin damlarini yodga olaveraman va hamma hamma "¦ liklarni unutaman.
2 chisi xozirda "œMeni yig’latgan holat"¦", no comment.
3 chisi "œMuhokamaga sabab bo’lgan mavzu"¦"  ;D hazil. "œBizning fotogalireya" bo’lsa kerak. Sababi fotoga olishni yaxshi ko’raman.

2. Albatta 1-o’rinda "œTabriknomalar blogi"¦" (Muhammad Amin) nimagaligini hamma bilsa kerak.
"œXayolga sig’magan xayollar"¦" (ChehMik), chunki bu blogda bemalol xayolingizdagi fikrlarni ochiq oydin yoza olamiz.
Kngisi ZUBAYR bn Chustyni blogi.
4 ta bo’b ketdi - ku  :D
ZUBAYRning blogi IBRATga to’la, Chustyning blogini esa qiziqarli, kayfiyatni ko’taradigan rasmlar ko’pligi uchun ham yaxshi ko’raman.

3. Oxirgi post qoldirilgan va man har doim kirib yuradigan mavzuga kiraman.
Ko’pincha bu "œXayolga sig’magan xayollar"¦", "œBugungi kun mulohazalari", "œBolaligim seni sog’indim", "œMeni yig’latgan holat"¦""¦ bo’ladi.

4. Eng pastda joylashgan bo’limga, Salomatlik va yana Darsxonaga.

5. Umumiy, Islom, Oila va jamiyat.

6. Rosti shu savolni o’zim berib, o’zim qiynalib ketdim.
Shundoq bo’sayam javob berishga harakat qilaman.
Intelekt va Madaniyat bo’limidagi ko’p-ko’p mavzular shu jumladan "œSiz mashhur kishi bilan uchrashib qoldingiz..." mavzusi ham nimagadur yoqmidi.

7. "œIslomiy she’riyat", "œXonimlar,sizlar ular oldida kimsizlar?", "Ibrat izlaganga ibratdir dunyo"  va yana ko’pgina mavzular.


22. Savol: Kecha bir birodarimiz bilan suhbatda bir ajoyib gap eshitib qoldim.
"Ehtiyotkorlik TAQDIRni o'zgartirmaydi". Menga bu gap juda yoqdi. Siz bu gapni qanday tushunasiz?

Javob: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh taolo bir farishtani bachadonga vakil qilib kiritg‘ach, ul: «Yo rabb, maniy (nutfa) bo‘ldi, laxta qon (alaq) bo‘ldi, bir parcha et bo‘ldi»,— degaydir. Olloh taolo (o‘shal bir parcha etni) odam qilib yaratmoqni iroda hilsa, farishta undan: «Yo rabb, o‘g‘il bo‘lsinmi, qiz bo‘lsinmi, baxtli bo‘lsinmi, baxti qaro bo‘lsinmi? Rizqi qancha bo‘lsin, umri qancha bo‘lsin?» — deb so‘rag‘aydir. Mana shularning barchasi ona qornida taqdir qilib bitilg‘aydir!» —dedilar»
AL-JOME' AS-SAHIH (4-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy

Ushbu hadisda har bir bandaning taqdiri tug’ilishidan avval bitilgani aytilayabdi.
Lekin bu digani biz "œHa baribir hammasi TAQDIRDAGISI BO’LADI. OLMA PISH OG’ZIMGA TUSH" deb o’tirishimiz kerak degani emas.

Savolizni o’qiganimda birinchi bo’lib mana bu hadis xayolimdan o’tdi:
Payg‘ambarimiz  :sw: bo‘sh qo‘yib yuborilgan tuyasini yo‘qotgan bir a’robiyga: «Avval tuyangni tushovlab, keyin Allohga tavakkul qilgin!» - deganlar

Yana bir xikoya esimga tushdi.
Bir qishloqqa suv toshayotgan vaqtda biro dam uyining tomiga chiqib "œAllohni o’zi mani saqlidi" dib o’tiraveribdi.
Suv esa tabora tosharmish. Shu payt qo’shnisi unga "œNimani kutayabsan, joningni saqlamisanmi?" dibdi.
U esa qo’shnisiga "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Qo’shnisi qayta-qayta gapirib, ketibdi.
Suv yanayam balandroq ko’tarilibdi. Shu payt u odamning yonidan bir kichkinagina qayiqchaga o’tib ketibdi.
Odam esa "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Suv yanayam balandroqqa ko’tarilibdi. Bu gal endi yonidan kichkinagina xoda o’tib ketibdi.
Odam shundayam "œAlloh meni saqlaydi" dib o’tiraveribdi.
Suv toshib butun uyniyam, odamniyam g’arq qilibdi.
Narigi dunyoga borganida odam Tangriga arz qibdi: "œNimaga mani saqlamading? Nimaga manga yordamimngni yubormading?" deb.
Tangri odamga debdi: "œMan sanga uchta yordam yubordim: qo’shningni, qayiqni va bir xodani yubordim, lekin san buni anglamading, ayb o’zingdadir!"

O’zini asraganni, extiyot qilganni Alloh asridi deyishadi.
Alloh taqdirimizga hammasini bitgan, lekin DUO taqdirni o’zgartiradi ham deyishadi, albatta bu ham ALLOHNI AMRI ILA AMALGA OSHIRILADI!!!


23. Savol: Siz yashayotgan yoki siz guvohi bo'lgan to'ydagi uchta eng yaxshi odat qaysi?

Javob: - ayollar alohida o'tirishlari
- oshda musiqa emas amri-ma'ruf va nahiy-munkar qilinishi
- to'ylarimizda ibratli ma'ruzalar bo'lishi.


24. Savol: Аллоҳ учун схши ксриш билан боғлиқ ҳаётда сзингиз гувоҳ бслган қандай ибратли воқеликни сслай оласиз?

Javob: Biz Rasululloh  :sw: Alloh uchun yaxshi ko'ramiz...
Ul zot  :sw: bilan bir zamonda yashamsak ham, ul zotni ko'rmagan eshitmagan bo'lsak ham...
Bu insonni yaxshi ko'rmay bo'ladimi?
Biz uchun arzimagan narsasini bergan insondan butun umr minnatdor bo'lamiz...
Rasululloh  :sw: chi? Butun umrlarini UMMAT uchun yashadilar, xatto farzandlaridan ham UMMATni tanladilar...

Rasululloh  :sw: "Birodarlarimni sog'indim..." dib aytgan hadislarida ul zot ham oxirgi zamon ummatlarini g'oibona yaxshi ko'rishlarini va shu ummat bilan jannatda birga bo'lishlikni xoxlashlarini aytganlar.
Biz esa ana o'sha "birodarlari" qatorida bo'lishni va shu yo'lda harakat qilishni Allohdan so'rimiz.

Man uchun ibratli voqealardan biri...

TOSHMI tarafda ishlab yurganimda ishxonamiz direktori chamasi 7 yoshlardagi bolakay bilan ishxonaga kirib keldilar.
O'sha bolakayga ko'zim tushdiyu, uning yuzidagi nur mani o'ziga jalb qildi.
[Inson chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin Alloh uni qalbini nurga to'ldirsa albatta bu uning tashqi ko'rinishiga ham ta'sir qilmay qolmaydi.]
Shu bolakay uyalibgina salom berdi, alik oldim. Ko'zimni u boladan uzgim kelmasdi...
Ichimda o'zimga "Alloh bandalariga farzand baxtini bekorga bermagan, bola inson bag'ri-dilining quvonchi dib bekorga etishmagan" dib qo'ydim.

Keyin direktorim Zulfiya opa shu bolaning ota onasi bilan bog'liq voqeani etib berdilar.
Otasi dindor, taqvodor odam edi.
Ayoli ham itoatkor, taqvodor, erini hurmat qiladigan ayollardan.
Otasi Allohning taqdiri bo'lib qamoqqa tushdi va mana necha yildirki absiz qamoq jazosini o'tamoqda...
Bu ayol esa o'sha vaqtda (ya'ni eri qamalganida), qo'lida 1 gina chaqaloq bilan qolgandi.
Ishonasizmi yo'qmi shu ayol qolgan 3 farzandini shu qamoqxonaga qatnab tug'di...
Mana shu bolakay - AbduMalik ham "zona"ning bollaridan.
Undan keyingi 2 farzand ham huddi shunday tug'ilishgan...

SubhanAlloh! didim o'zimga...
Shu ayol erini Alloh uchun yaxshi ko'rgani uchun ham musibatga sabr ila 4 farzandni mana necha yildirki o'zi katta qilmoqda.
Xuddi shu xolga tushgan yana bir oilani bilamanki, u oilada ayol va uning qarindoshlari bunga sabr qila olmadi...
Va natijada yigitning emas qizning hayoti do'zaxga aylandi... (vaholanki yigit qamoqda bo'lsa ham...)

Bu voqea man uchun juda katta ibrat bo'ldi.
Shu bolakay bilan o'sha kuni rosa o'ynadik... ishxonada qulashmachoq, bekinmachoqlar o'ynadik...
Haligi bolaning yuzidagi tabassum, undagi sokinlikni ko'rgan inson barcha g'amini unutardi...

"Allohni dib yaxshi ko'rish va Allohni dib yomon ko'rish iymondandur" diganlar Muhammad Mustafo  :sw:


25. Savol: Do'stga zor, dushmanga xor, nomardga muhtoj qilma Duo iborasini qanday tushunasiz?

Javob: Mani avatar ilzoimda ham shu duo turadi: "Allohim O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin..." siz aytganga qaysidur ma'noda o'xshash.

Ibrohim Halilullohni olovga tashlaganlarida Jibriyil alayhissalom keladilara?
Jibriyil Ibrohim alayhissalomga: "Ya Ibrohim menga hojatiz bormi?" deb so'raydilar
Ibrohim alayhissalom qandayin go'zal javob beradilar: "Sizgami? Sizga yo'q! Men faqat Allohdangina hojatimni so'rayman. Men ishonamanki Alloh do'stlarini tashlab qo'ymaydi"...

Naqadar ibrat... Shu voqeani eshitamanu ALLOHU AKBAR diyman har doim...
Bizchi? Biz Hammasini Allohdan dib bilsak ham, nimagadur biror ishda "ishonganimiz"ga suyanib qolamiz.
Aslida Alloh xohlasagina o'sha ish bo'ladi, yo bo'lmaydi!
Lekin Alloh insonlarga bu dunyoda do'stni, sirdoshni, dushman, nodon kimsa tushunchalarini berdiki inson shular bilan hayot mazmunini aslida nima uchun yashab nimaga bu dunyoga kelganini tushunadi...
Do'st aslida bizga nafsimizga yoqadigan gaplarni aytib, bizni do'zax ahli amaliga boshlasa bu do'st emas DUSHMAN...
dushman esa aslida biz haqiqiy do'stni bilishimiz uchun bizga "YORDAM, QO'SHIMCHA"...
nodon ham yaxshilarni bilishimiz, ularni qadriga yetishimiz uchun bizga bir na'muna...
Bu douni so'rar ekan inson do'stga zor qilmasligini, ya'ni qiyin vaziyatlarda, tushkunlik kunlarida unga tog'ri va yaxshi maslahat bera oladigan insonga zor qilmasligini so'raydi (bu uning yoshligidagi do'sti, ayoli, qo'shnisi.... hamma bo'lishi mumkin...)
dushmanga xorlik esa insonni yanada cho'ktiradi... uni bu hayotga nisbatan g'azabli, g'arazli qilib qo'yadi...
Eng yomoni esa NOMARDGA MUXTOJlik, chunki inson qiyin vaziyatda unga yordam berishini kutgan inson NOMARDGA uchrashi bu eng yomoni bo'lsa kerak.
Alloh asrasin.

Qayd etilgan


shoir  14 Yanvar 2010, 08:41:01

26. Savol: Azaga borsangiz eng ko'p tasirlangan voqeangiz?

Javob: Rosti hali azaga bormaganman.
Hali yaqinlarimda bu xolni ko'rmaganman, ko'rmayin ham deyolmiman afsus...
Allohni qadari, Allohni irodasi bilan hamma ish bo'ladi...
Nima bo'lsa ham hammasiga go'zal SABR qilishimni so'riman.

Lekin ko'chada tobut olib ketayotganlarini ko'rsam qandaydur sokinlik, sukunat qamrab oladi.
Hech nima gapirishni xohlamiman...
Bu xolat qabr..., oxirat... Qiyomat... tushunchalarini odamda esga solsa kerak...


27. Savol: Int va forum orqalik munosabat va muomala sizga nima beradi.Forum sabab ilm olaman degan tushunchaga ko'p uchrayman sizning bu iboraga fikringiz?

Javob: Man ham balkim qayerdadur shu iborani yozgandurman, bilmadim...
Lekin bu gapga uncha ham qo'shilmiman...
Sababi... har bir insonni o'z qiziqishi bor...
Yigitlarni aksari futbolga qiziqadi...
kimdur tikishga... kimdur kompyuter o'yinlariga...
Mani qiziqishim esa internet va xozircha forum...
Forumdan har doim ham ILM istab yoki ILM olaman dib foydalanmiman, lekin ko'pincha forum ILM borasida nimadur olishimga sababchi bo'ladi...

Internet orqali rostini etsam juda ko'p dugonalarim bor.
Oldin yonimda bitta ham ro'molli bo'lmasdi.
Xozir Alhamdulillah, internet sabab shu jumladan shu forum ham sabab, dugonalarimni aksari ibodatli qizlar...
"San manga do'sting kimligini ayt, man sanga sani kimligingni aytaman" diganakan bir inson.
Biz oldimizdagi muhitni sozlamasak, ertaga shu muhit o'z domiga bizni tortishi aniq.
Shu sabab man ham internetdan... ko'p dugonalar orttirdim... Alhamdulillah.

Barchamiz bilganimizga OLIMmiz.
Kimdur shu forumda man bilmaganimni yozsa u man uchun USTOZ o'sha o'qiganini yetkazgani bilan.

Endi shu forumda ko'pimiz turli fikrlar yozamiz, hadislar joylimiz...
"ODDIY HAQIQATLAR" da yozganimdek...

Kim qanaqa tushunadi bilmadimu, man o'qiganimni ilm dib hisoblamiman,
amal qilganimni olgan ilmim dib hisobliman, zero O'QIGANmas UQQAN muhimroq.

oyda 100 ta kitob o'qisin... undagi bitta bo'lsa ham gap... unga, ahloqiga, hulqiga, muomilasiga ta'sir qilmasakan o'qiganidan ne foyda?


28. Savol: Uchrashuvga chiqqanizda yigitga beradigan asosiy 3 ta savoliz qanday?

Javob: Savollarga jimjimador javob berish "GAPGA USTA QURUQ"larni ishi.
Xolis javob berish MARD ni ishi.
O'z fikriga ega bo'lmaslik esa AHMOQni ishi.
Etmoqchimanki, chiroyli javob berishi mumkin, lekin ertaga GAPIGA JAVOB BEROLMASA...
NIm bo'lganda ham xolis bo'lishini xohlardim...
Mayli dinni hali yaxshi bilmas, tushunmas... lekin xolis bo'lishini xohliman...
O'zini "AQLLI DOMLA" qilib ko'rsatganlarni juda yomon ko'raman.
Xullasi kelajak hayotni o'ylaganimda nimagadur yaxshi bilgan, tanigan inson bilan yashashni niyat qilardim har doim...
Allohdan shuni so'rirdim... har qanday vaziyatda ham mani to'g'ri tushunib tog'ri maslaxat bera oladigan...
InshaAlloh shunday bo'ladi ham...
Man aniq 3 savol emas kere bo'sa 30 ta savol berardim... :D
Avval dunyoqarashini bilish uchun oddiy savollar berib ko'rardim...
Keyin shunga qarab din u uchun nima?
Hayotdan maqsadi nima?
..... shu kabi savollarni berardim...
yana bitta P.S. Uzr savoldan balki chetlashgandurman, ln 3 ta savol bilan cheklanolmasam kerak... dib o'yladim.

29. Savol: Forumda eng ko'p foydalanadigan qayta qayta ochadigan kitobingiz bormi ? Qaysi kitob?

Javob: QUR'ONI KARIM (Alouddin Mansur tarjima va sharhi) va RIYOZUS-SOLIHIYN (Imom Navaviy)


30. Savol: Болалигинингизда сзингиз иштирокингизда рсй берган снг кулгили ҳодисани сслай оласизми?

Javob: Opam etganide har gal bekinmachoq bo'sa k'pincha hisobda man chiqib qosam o'rnimga u turardi. Unda bo'yim ham o'zim ham kichkinagina edimda  :D
O'zi ko'pchilik opa-ukalar shunday xol tutishardi...
Kn opam etganidek daraxtma daraxt sakrab katta bo'lganmiz.
O'sha mavzudaham yozgandim, bog'chaligimizda Kamola digan dugonam bn parixmaker o'ynaganmiz.
Naq peshonamga tushadigan sochimni taroqqa o'rayvergan o'rayvergan oqibatda yecholmi qolgandi.
Kn nima qilishni bilmasdan qaychini olib qirqqanmiz naq tagidan  :D
Sochim uzunligi uchun yana naq peshonamdan qirqilgani uchun qirqilgan joyi tikka turardi, rosa kulgili xolatidi...  ;D
Ayam bog'chadan kelganimizda rosa mani urushgandilar...
Bog'chada kasha va grechkani yomon ko'rardim, bu voqeaniyam "Bolaligim seni sog'indim" da yozgandim...
Bir kuni bog'chapa majburlab yedirmoqchi bo'ldi.
Tepamga kelib "Shu kashani yisan, yemaguningcha tepangda turaveraman" didi...
Majbur qiyin bo'sayam bir qochiq olib og'zimga solganimni bilaman, hammasi tarelkaga qaytib tushdi  :D
Ko'zlarim qizarib, bo'zarib ketganimdan bog'chapayam qo'rqib ketdi.
Darrov kashani oldimdan olib qo'yib o'rniga kampot bn pechanye bergandi  ;D
Domimizda biz kabi qizchalar ko'p edi...
Yig'ilishib ashulalar etardik, xola-xola o'ynardik...
Ilgarilari O'zbekistonga o'qishga kelgan chet ellik talabalar bo'lardi.
Negir dimasdik, xind dimasdik mabodo domimiz atrofidan o'tib qolsa bo'ldi bilgan ingliz, xind tilidagi qo'shiqlarimizni etib berardik,
ular esa bizga shirinliklar, zvachkalar berishardi...

Qayd etilgan