31. Savol: Анг сснгги олган фотоларингиздан сзингизга снг ёққан(лар)и қайсилар бслди?
Javob: Manda ham rasm olishga uncha vaqt bo'lmadi oxirgi haftalarda...
2-3 kun oldin olganim, hali forumga ham joylamagan rasmim o'zimga yoqdi.
Chunki har doimgidek BULUTLAR ... va man yaxshi ko'rgan havo...
Kimgadur bu oddiy rasm... manga esa sokinlikni o'zida mujassamlashtirgan rasm...
32. Savol: 1. Sizga qilingan eng yaxshi sovg'a nima bo'lgan?
2. Hech begona kishidan ham sovg'a olganmisiz?
3. "Sovg'ani boshqasiga sovg'a qilib bo'lmaydi", - deydi ruslar. Agar yaqin bir insoningiz sizga qilingan sovg'ani yoqtirib qolsa, unga berarmidingiz?
Javob: 1. Odatda kutgan narsamni hadya qilishsa judayam hursand bo'laman. (hammayam shu) Qimmat sovg'a bo'lsayu sizga keremas bo'lsa, undan arzon bo'lsa ham sizga kerakli bo'lsin.
Manga qilingan eng yaxshi sovg'a ko'nglimni ko'taradigan har qanaqa sovg'a bo'lgan. Misol o'tgan Ramazonda anchadan beri olaman dib o'ylab yurgan kitobim "Al Azkorni" sovg'a qilishgani bo'ldi.
2. Ha bo'lgan. Endi Qur'onni o'rganayotganimda kichkina Qur'on kerak bo'lardi (ko'tarib yurishga qulay). Bir doktor hijobdaligimni ko'rib mani yaxshi tanimasada Qur'onga qiziqishimni bilib o'zining Hajdan kelgan kichkinagina Qur'onini sovg'a qilgandi, rosa hursand bo'lganman.
3. Albatta, vaziyatga qarab. Qurbon hayitida dugonamga manga sovg'a qilingan kichkinagina Qur'onni sovg'a qildim, chunki u endi o'rganayabdi hammasini (ham qiziqtirish uchun, ham eng chiroyli sovg'a dib o'ylayman)