Forum dizayni: Sizga yoqqan va yoqmagan tomonlari  ( 20718 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


sevar  13 Noyabr 2007, 00:32:06

Assalomu alaykum!
Man ham o'z fikrimi kiritmoqchiman.
Har bir ramkalarni bo'rtib chiqqandek ko'rinishga keltirish yoki  biroz tovlanib turadigan qilish kerak.
Yanada chiroyli bo'ladi mani fikrimcha.
Agarda qo'pol,bachkana ko'rinishda bo'lib qolmasa,harakat qilib ko'rish kerak.
Boshqalarni fikrini ham bilish lozim  albatta.





Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Noyabr 2007, 07:48:20

Va alaykum assalom!
Qimmatli fikrlaringiz uchun tashakkur!
Inshaalloh siz aytgandek holatda ham qilib ko'ramiz va havola etamiz, agar userlar ma'qullashsa, amalga oshirishga harakat qilamiz.

Qayd etilgan


Muzayyana  12 Dekabr 2007, 09:54:33

Assalomu alekum!
Ziyouz mani eng yaxshi ko'rgan saytim! Bu yerdagi xar bir narsa did bilan yaratilgan. Mani fikrimcha xamma narsa kamchiliklarsiz!

Qayd etilgan


Shokir63  03 Aprel 2010, 16:32:24

Assalomu aleykum

Ziyouz haqidagi fikrlarni yozishimiz mumkin bo'lgan mavzu bor edi, o'shani qidira turib, bu mavzuga ko'zim tushdi, fikrimni bu yerda ham qoldira olaman deb, xursand bo'ldim.

Umuman olganda, forumdoshlarimga va ushbu forumni tashkil etgan kishiga minnatdorchilik bildirish uchun "qidiruvni" boshlagan edim.

Yaxshiyamki, shu forumga a'zo bo'lgan ekanman, qanchadan qancha do'stlar orttirdim, ularni hozircha faqatgina fikrlari bilan do'stlashdim, o'zlarini ko'rmadim, amma o'ylaymanki do'stlashish uchun lozim bo'lgan eng muhim ish ortda qoldi, fikrlar hamohang bo'lgandan keyin, bir ko'rishda bir necha yillik birodarlar kabi bo'lib ketamiz, inshaalloh.

Ziyouzning kamchiliklari va yutuqlari haqida gapiradigan bo'lsam, yutuqlariga yuqorida keltirilgan birgina misol ham uning naqadar katta ishlar qilayotganini ko'rsatib turibti, kamchiliklarga keladigan bo'lsam, bilmadim. Dizayn va texnik kamchiliklarga aqlim yetmaydi, manaviy kamchiliklarga keladigan bo'lsam, bu borada ham kamchilik yo'q. Umuman Ziyouzni O'zbekka o'xshataman, u bazan o'ylamay gapiradi, ba'zan o'ta mulohazakor, ba'zan qattiqqo'l, baz'an qalbi shavqatga to'la, ba'zan jahli chiqib post qoldiradi, ba'zan jahli chiqsada olovga cho'g' tashlamay o'tib ketadi, kamtarin, ba'zan xudbinga o'xshab ketadi, ba'zan dardiga darmon topadi, ba'zan dardi dardiga darmon bo'ladi...BUni tugatish qiyin.

O'zbegim yaxshiyamki sendan man. Ziyouz yaxshiyamki sen bilan tanishdim.

Alloh barchangizni hivzu panohida asrasin, ishlaringizga baraka bersin.

Qayd etilgan


BelleQizcha  03 Aprel 2010, 17:22:29

Yoqqan taraflari  ko'p.. Lekin forumi Rangi yoqmiydi .. Ozgartirishi iloji bormi? masalan PUSHTI RANGIMI? (hazilashdim)

Qayd etilgan


UzMuslim  03 Aprel 2010, 19:25:30

Forumning Aynan Mana shu dizayni juda ham Odamni o'zi Jalb qiladigan Va Ranglar o'z o'rnida tanlanga Odamni Jalg'itmeydi,Bazi Forumlarda shunaqa Bachkana qilib bo'yab tashlangan Na O'qib Bo'ladi na Fikrni bir joyga jamlab..

Qayd etilgan


BelleQizcha  03 Aprel 2010, 20:11:30

Forumning Aynan Mana shu dizayni juda ham Odamni o'zi Jalb qiladigan Va Ranglar o'z o'rnida tanlanga Odamni Jalg'itmeydi,Bazi Forumlarda shunaqa Bachkana qilib bo'yab tashlangan Na O'qib Bo'ladi na Fikrni bir joyga jamlab..
gapizga qo'shilaman lekin bir hil forumlayam bor Rangi odamga yoqadi.. judayam symatichniy qilingan../ gap keganda etimdee yana jahliz chiqib yurmasin.. XD

Qayd etilgan


Ansora  03 Aprel 2010, 21:05:15

A.alaykum. Men masalaga biroz boshqacha yondoshmoqchiman.

Ziyouz sayti shunchaki forumdan iborat bir manzil emas. Bu saytning qurilish maqsadi avvalo o'quvchilarga ziyo tarqatish. Yani asosan adabiy asarlarni bizga yetkazish. "Adabiyot" so'zi- "odoblar", degan ma'noni bildirishini ko'pchilik bilsa kerak. Demak maqsad: "Odobga eltuvchi yo'lda bizga yordam beradigan yo'lni ko'rsatish"....

Saytdagi kitoblarning soni xazilga olmaydigan darajada boydir. Hech o'ylab ko'rdingizmi, masalan "Boburnoma" asari shundoqqina qarshingizda, istasangiz saqlab olasiz, istasangiz saytdan online o'qishingiz mumkin. Ho'sh, bu asar bizga "tayyor mahsulot" shaklida kelguncha qancha insonlar buning uchun ko'z nuri to'kkanini hech jiddiy ma'noda o'ylab ko'rdikmi? Vayohud forum moderatori har bir asar uchun qancha qancha inson bilan ko'rishish majburiyatida qolgan ekan ajabo??? Chunki mualliflik huquqi, degan jiddiy masala ham bor...

Shunday ekan men barchamizga bir narsani yaxshi yoki yomon deyishdan oldin: "Men bu ishni qanchalik bajara olgan bo'lardim", dev avvalo o'zimizdan so'rashni tavsiya etgan bo'lardim" ...

To'gri, bazi saytlardagiday "jimjimador" ranglarga ega emas. Ham diqqat tortish uchun ortiqcha ranglarga ham ehtiyoj yo'q, chunki odob (adabiyot) xohlagan kishi "bo'ynini bukib kelaveradi bu "odob manziliga"....

Boshqa saytlarni rang-barang qilgan reklamalar bo'lmaganligi uchun ham ajralib turadi, Ziyouz.

Reklama- degani afsus ko'pincha "virus" degani, shunday ekan, Ziyouz- Ziyo tarqatadi, virus emas....

Barchangizga hayirli hafta ohirlari....

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Aprel 2010, 22:19:43

Forumning Aynan Mana shu dizayni juda ham Odamni o'zi Jalb qiladigan Va Ranglar o'z o'rnida tanlanga Odamni Jalg'itmeydi,Bazi Forumlarda shunaqa Bachkana qilib bo'yab tashlangan Na O'qib Bo'ladi na Fikrni bir joyga jamlab..
gapizga qo'shilaman lekin bir hil forumlayam bor Rangi odamga yoqadi.. judayam symatichniy qilingan../ gap keganda etimdee yana jahliz chiqib yurmasin.. XD

:as:
Manimchayam o'zini rangi yaxshi.
Och va insonni tinchlantiriladigan rang.
Qattiq va to'q ranglar insonni charchatadi.
Albatta gap faqat rangdamasu, lekin rang ham insonga ta'sir qiladigan omillardan biri.

Qayd etilgan


BelleQizcha  04 Aprel 2010, 00:04:25

Commentlaringizni oqib fikrim OZGARDII.. manimcha Rangiga gap yo..

Qayd etilgan