Surxondaryo viloyati haqida ensiklopediyalarda  ( 21275 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


muxbir  20 Yanvar 2010, 14:19:29

СУА ХОАДАА А — Сурхондарё вилостидаги даре, Амударёнинг охирги снг ирмоғи. Қоровултепа қишлоғидан бир оз юқорироқда Тсполондарё билан Қоратоғдарёнинг қсшилишидан ҳосил бслади. Бойсун ва Боботоғ тизмалари оралиғидан жан.ғарб томон оқиб бориб, Термиз ш. ёнида Амударёга қуйилади. Уз. 175 км (Тсполондарёнинг бошланиш жойидан сса 297 км), ҳавзасининг майд. 13500 км2, тоғли қисми 8230 км2. С. ҳавзаси шим.да Ҳисор тоғ тизмаси, ғарб ва жан.ғарбда Бойсун тоғлари ва шарқда Боботоғ билан чегараланган, жан.да сса Амударё водийси билан қсшилиб кетган. А­нг йирик ва серсув ирмоқлари Ҳисор тоғ тизмасидан бошланади. Сув сарфи сртача 120 м3/ сек., йиллик сув ҳажми 3,8 млрд. м3, шунинг 2,7 млрд. м3 (ёки 70%) Ҳисор тизмаси ён бағирларида ҳосил бслади. С.нинг йирик ирмоқлари — Тсполондарё билан Қоратоғдарё ҳам Ҳисор тизмасидан оқиб тушади. С.га йирик ирмоклардан сна Сангардакдарё билан Хсжаипок дарёлари қсшилади. Бир қанча майда ирмокларидан ташқари ёзда десрли қуриб қоладиган сой ва жилғалар ҳам бор. Улардан снг йириклари Вахшивордарё (24 км), Коникон (32 км), Оққопчиғай (61 км), Окжарсой (51 км) ва Бойсун (82 км) сойларидир.
С. Бойсун тоғлари билан Боботоғ оралиғида сни 30 км келадиган кенг СурхонШеробод водийси бсйлаб оқади. С. сзани ҳамма қисмида тез емирилувчан юмшоқ жинслардан тузилган. Шу сабабдан С.нинг сзани тезтез сзгариб туради. Қуйи қисмида дарё кенг қайир бсйлаб «дайдиб» оқади, натижада сски сзан ва улар орасидаги ороллар йсқолиб, снгилари пайдо бслади. Қирғоқлари емирилиши ва спирилиб тушиши сабабли ксп жойларда тик жарлик шаклини олган.
С қормузлик сувларидан тсйинади. Май—июнда серсув, сент.—окт.да снг камсув бслади, С.нинг стак қисмида (Мангузар қишлоғи ёнида) йиллик сув оқимининг 69% март—июнь, 20% июльсент. ва 11 % окт. — фев. ойларида оқиб стади.
С.нинг сртача ксп йиллик сув сарфи унинг бошланиш қисмида (Қоровултепа қишлоғи ёнида) 76,7м3/сек., 2,42 млрд. м3, қуйи оқимида (Мангузар қишлоғи ёнида) сса 68,2 м3/сек, ёки йилига 2 млрд. м3. Қоровултепа билан Мангузар қишлоқлари оралиғида (164 км) С. ва ирмоқларининг суви ксплаб суғоришга олинади. Шу икки қишлоқ оралиғида дарёга сизот сувлари (тахм. 20—25 м3/сек.) ва партов сувлар келиб қсшилади.
С.нинг снг ксп сув сарфи Қоровултепа ёнида кспинча 250—350 м3/сек., Мангузар қишлоғи ёнида сса 350—450 м3/сек. сртасида бслади. Лекин, айрим йиллари снг куп сув сарфи жуда катта бслиши мумкин. Mac, 1931 й. 29 апр.да Қоровултепа қишлоғи ёнида 600 м3/сек., Мангузар қишлоғи ёнида сса 700 м3/сек. га етган. А­нг кам сртача ойлик сув сарфи дарёнинг юқори қисмида 12—13 м3/сек., қуйи қисмида сса 0,1 м3/сек.,га тушиб қолади. Аз ойларида С. баъзан стак қисмида қуриб қолади.
С. жуда лойқа дарёлардан. Бошланиш қисмида унинг ҳар 1 м3 сувида сртача ҳисобда 0,9 кг лойқа оқизиқ бслади. Дарё сзани тез емирилганидан сувнинг лойкалиги дарёнинг стаги томон кескин орта боради ва Мангузар қишлоғи ёнида 1 м3 сувдаги лойқа оқизиқ 2,9 кг га етади. Лойқа оқизиқларнинг сртача йиллик миқдори Қоровултепа қишлоғи ёнида йилига қарийб 1980 минг т, Мангузар қишлоғи ёнида сса 6030 минг т га тенг. С. сувидан тслароқ фойдаланиш ва снги ерларни сзлаштириш мақсадида С. водийсида сув омборлари ва каналлар қурилган. С. ҳавзасида ишлаб турган ирригаяис тармокларининг умумий уз. 3164 км, коллекторзовурлар сса 1360 км. Шулардан снг йириклари: Занг, Ҳазорбоғ, Қумқсрғон, Какайди каналлари ва б.; Учқизил, Дегрез ва Жан. Сурхон сув омборлари қурилган. С. водийси ёндош Шеробод водийси билан қсшилиб кетган. С.нинг суви СурхонШеробод капали ва Жан. Сурхон сув омбори орқали сугоришга сарфланмоқда.

«Ўзбекистон Миллий А­няиклопедисси»дан

Qayd etilgan


Elcom  17 Iyul 2011, 20:24:58

Surxon vohasi O`zbekistonning janubida joylashgan juda qadimiy va boy tarixga ega bo`lgan viloyat sanaladi. Surxondaryo viloyati 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Hududi 20,1 ming km2 aholisi, 1 mln 850 mingdan ortiq, markazi Termiz shahri.

Qayd etilgan


Elcom  17 Iyul 2011, 20:26:41

Surxon vohasi O`zbekistonning janubida joylashgan juda qadimiy va boy tarixga ega bo`lgan viloyat sanaladi. Surxondaryo viloyati 1941 yil 6 martda tashkil topgan. Hududi 20,1 ming km2 aholisi, 1 mln 850 mingdan ortiq, markazi Termiz shahri. Surxon vohasida 30 dan ortiq elat va millat vakillari istiqomat qiladi. Vohada o`zbek xalqining qo`ng`irot, juz, jaloyir, nayman, do`rmon, qatag`on, xitoy, kenagas, qorluq, saroy kabi urug` va elatlari istiqomat qiladi. Surxon vohasi insoniyatning ilk vakillari yashagan hududlardan biri hisoblanadi.

Teshiktosh g`oridan topilgan neandertal bolaning suyak qoldiqlari voha hududida odamlar o`rta poleolit davridan beri yashab kelayotganligidan dalolat beradi. Surxon vohasi hududi Janubiy O`zbekistonda ilk o`troq dehqonchilik xo`jaligi qaror topgan makon hamdir. Xususan Sopollitepada olib borilgan arxeologik izlanishlar vohada o`troq dehqonchilik xo`jaligi tarixining to`rt ming yillik o`tmishga borib taqalishini isbotladi.


Surxon vohasida bronza davridayoq shaharsozlik an`analari shakllana boshlagan. Jarqo`ton xarobalari Markaziy Osiyoda shakllangan ilk shaharning o`rni bo`lib, u uch yarim ming yillik tarixga ega.

Surxon vohasi dehqonchiligida sun`iy sug`orish tizimi ham bir muncha erta vujudga kelgan, miloddan avvalgi bir ming yillikka oid qadimgi Bandixon kanali vohada sun`iy sug`orish inshoatlarining ilk temir davridayoq qurila boshlaganligini ko`rsatadi.

Surxon vohasi hududi ilk davlatchilik an`analariga ham poydevor bo`lgan makon sanaladi. Miloddan avvalgi VIII-VII asrlar oralig`ida shakllangan Qadimgi Baqtriya podsholigining o`zagi ham aynan Surxon vohasi hududlarida ildiz otgan. Surxon vohasi hududlari tarixning turli davrlarida Baqtriya, Tohariston, Chag`oniyon va boshqa shunga o`xshash jarangdor nomlar bilan atalib, insoniyat tsivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim o`rin tutgan. Zardo`shtiylik dini ilk tushunchalarining shakllanishi, olovni muqaddaslashtirish jarayonlari ham aynan Surxon vohasi hududlari bilan bog`liq. Qadim Baqtriya hududlarida miloddan avvalgi III-II asrlarda mahalliy madaniyat bilan qadim yunon madaniyatining o`zaro uyg`unlashib, ellinlashtirish jarayoni yuz berganligini ko`ramiz. Qudratli Kushonlar saltanati davrida Baqtriya madaniyati bilan qadim hind madaniyati an`analalari o`zaro omuxtalashib, insoniyat tsvilizatsiyasini yanada boyitdi. Hindistonda shakllangan buddaviylik ta`limoti yuksalishida ham Baqtriyalik rohiblarning alohida xizmatlari bor. Buddaviylik dinini Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga yoyilishida ham qadim Baqtriya hududlari muhim o`rin tutgan. Ilk o`rta asrlar davrida vohaga xioniylar, toharlar, eftaliylar, turkiy qavmlar va arablarning kirib kelishi voha aholisi etnik tarkibida muhim o`zgarishlar yasagan va mintaqada kechgan etnomadaniy jarayonlarga o`ziga xos ta`sir ko`rsatgan. Surxon vohasi hududiy joylashuviga ko`ra janubdan Amudaryo orqali Afg`oniston, g`arbdan Turkmaniston, sharqdan esa Tojikiston hududlari bilan chegaradosh bo`lib, uning aholisi uzoq davrlik tarixi mobaynida qo`shni hududlardan ko`chib o`tgan etnik guruhlar hisobiga boyib borgan. Shu tufayli ham Surxon vohasi aholisi o`zining urug`-qabila tarkibi jihatidan rang-barangligini saqlab qolgan.

Surxon vohasi aholisining qadim ajdodlari geografik va tabiiy sharoitlarga moslashib o`ziga xos turmush tarzini shakllantirganlar. Tabiiy sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish aholining turmush tarzi, madaniyati va shuningdek, milliy his-tuyg`ularida ham o`ziga xos xususiyatlarni yuzaga keltirgan. Ushbu xususiyalardan kelib chiqqan holda aholiniing xo`jalik faoliyati moddiy madaniyati, ma`naviyati, urf-odatlari, marosim va an`anaalari shakllangan. Surxon vohasi aholisi turmush tarzining o`ziga xos jihatlari arxeologik va etnografik tadqiqotlarda o`z ifodasini topgan. Ushbu tadqiqotlar jarayonida voha aholisining nihoyatda boy etnik tarixga ega ekanligi isbotlangan. Chunki voha aholisi o`zining turmush-tarzi, xo`jalik faoliyatidagi an`analar, uy-joylari, kiyinish madaniyati, urf-odatlari va xalq og`zaki ijodi durdonalarining o`ziga xos jihatlari bilan respublikaning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Surxon vohasi aholisi turmush-tarzini o`rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar vohaning alohida etnografik makon ekanligidan dalolat beradi. Surxon vohasini etnografik jihatdan o`rganish XIX asrning ikkinchi yarmida rus va ingliz sayyohlari, harbiylari, sharqshunoslari va havoskor etnograflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan boshlangan va ular o`zlarining kuzatishlarini ilmiy asarlari hamda esdaliklarida bayon qilishgan. Surxon vohasi aholisi turmush-tarzini etnografik jihatdan o`rganishda ayniqsa B.X. Karmishevaning xizmatlari kattadir. Ayniqsa mustaqillik yillarida vohani etnografik jihatdan o`rganish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Xususan vohada yuz bergan etnomadaniy jarayonlar, voha aholisining moddiy va ma`naviy madaniyatini o`rganish yuzasidan bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Surxon vohasi etnografiyasini o`rganish nafaqat respublika miqyosida balki xorijiy davlatlar olimlarining ham tadqiqotlarida o`z ifodasini topmoqda. 2001 yilda YuNESKO Boysunni "œInsoniyatning og`zaki va nomoddiy qadriyatlar makoni" sifatida e`tirof etdi. Vaholanki ushbu yuksak e`tirofga dunyodagi 19 ta hudud sazavor bo`lgan xolos.

2002 yildan boshlab esa Boysunda "œBoysun bahori" ochiq folklor festevali o`tkazila boshlandi.

2009 yil 25 avgustda Surxon vohasiga tashrif buyurgan Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov Surxon vohasining nihoyatda qadimiy tarixga ega ekanligini, insoniyat tsvilizatsiyasi taraqqiyotida voha alohida o`rin tutganligini ta`kidladi. Shuningdek, voha aholisining turmush tarzi, moddiy-madaniyati, urf-odatlari va xalq og`zaki ijodi an`analarining o`ziga xosligini, hamda bu hududda etnografik manbalarning juda yaxshi saqlanganligini e`tirof etib, "œSurxondaryo — etnografik makon" degan yuksak bahoni bergan edilar. Haqiqatdan ham Surxon vohasi etnografik manbalarga nihoyatda boy shuningdek uchun ham voha aholisi turmush tarzida, urf-odatlarida, an`analarida o`ziga xos xususiyatlarni hanuzgacha yaqqol saqlanib qolgan bu esa Surxondaryoning etnografik makon ekanligini isbotlovchi haqiqatdir.

manba:barkamol-avlod.uz

Qayd etilgan


Elcom  17 Iyul 2011, 20:27:37

Al Hakim at Termiziy Maqbarasi

 

Al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasi

Eski Tеrmiz hududida joylashgan al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasi o’rta asrlar davri mе'morchiligining noyob yodgorliigi hisoblanadi. Maqbaraning shakllanishi, undagi tarixiy yozuvlarni o’rganishga V. V. Bartold, A. A. Sеmеnov, M. Е. Masson, G. A. Pugachеnkova, Z. A. Arshavskaya, B. D. Kochnеv, E. V. Rtvеladzеlar muhim hissa qo’shganlar. 1994 yildan buyon al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasi atrofida Tеrmiz Davlat univеrsitеti arxеologik guruhi (rahbar T. Annaеv) va 2006 yilda esa maqbarani ilmiy asosda tashkil etilgan loyiha asosida ta'mirlash ishlari munosabati bilan obida atrofida kеng ko’lamda arxеologik qazuv ishlari olib borildi. Amalga oshirilgan arxеologik tadqiqotlar asosida al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasining shakllanishi quyidagicha yuz bеrgan.

1. Al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasi hududi maqbara shakllangunga qadar asosan o’nlab g‘orsimon inshootlardan iborat bo’lgan. Arxеologik tadqiqotlar natijalariga asoslanib ta'kidlash joizki, al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasi hududi Tеrmizning V—VIII asrlarda mavjud bo’lgan buddaviy ibodatxonalaridan biri mavjud bo’lgan.

2. Bu g‘orsimon inshootlardan IX-asr davomida al Hakim at—Tеrmiziy va uning maslakdoshlari qayta foydalanganlar. Numizmatika, hunarmandchilik, jumladan kulolchilik namunalariga ko’ra, bu g‘orsimon inshootlar X asrning o’rtalaridan boshlab ko’mila boshlagan.

Al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasidagi eng dastlabki inshoot uning janubiy tarafidagi maqbara dеvori asosida qayd etilgan bo’lib, bu oddiy hom g‘ishtlardan bunyod etilgan maqbara bo’lib, uning sanasi IX asr oxiri va X asr boshlariga oid. XI asrda esa olim qabri ustidan pishiq g‘ishtin maqbara bunyod etiladi. XI asrning ikkinchi yarmidan, 1165— 1167 yillar oralig‘ida al Hakim at—Tеrmiziy maqbarasi majmui maqbara va unga tutash sharqga qaragan uch gumbazli masjid va hovlidan iborat mе'moriy inshoot tusiga ega bo’lgan.

1165—1167 yilda kumochiylar sulolasidan bo’lgan hukmdor Ahmad ibn Abu Bakr ibn Kumoch davrida maqbara va masjid ichki qismlari epigrafik yozuv va rang—barang ilslimi, girih naqshlarga bеzalgan. Maqbara ichki qismidagi bu yozuvlarni M. Е. Masson va B. D. Kochnеv quyidagicha o’qiganlar. "œbiz va musulmonlarning, shohlar va sultonlar sayyidi, Alloh shaharlarining muhofizi (hofiz bilad Alloh), Alloh qullarining muhofizi (Mu'iz ibod Alloh), Alloh noibining yordamchisi (Mu'iz xalifat Alloh), olam hukmdori (shahriyori jahon), yulduzlarning baxtli qovushuviga ega hukmdor (Husravi sohibqiron), Alloh yaratgan еr podshosi (Malik arz Alloh), sharq sultoni (Sulton al-Mashriq) Abulmuzaffar Ahmad To’g‘on Tеgin, mo’minlar amirining yordamchisi (?) (Nosir amir al-mo’minun), Alloh uning hukmdorligini, umrini uzoq qilsin".

1389—1390 yillarda ya'ni Amir Tеmur hukmronligi davrida hovli dеvorining janubiy yon tomoni bo’ylab chillahonali yangi maqbara quriladi.

Tеmuriy shahzoda Xalil Sulton hukmronligi davrida maqbara tarkibida ikki pеshtoqli mahobatli xonaqoh quriladi va shayx qabri ustiga marmar sag‘ana o’rnatiladi. Tеmuriy shahzoda Xalil Sulton tomonidan shayx qabri ustiga o’rnatilgan bu marmar sag‘ana bеnihoya yuksak sangtaroshlik namunasi hisoblanadi. Butun islom dunyosida u bilan tеnglashadigan bu kabi marmar sag‘ana yo’q .

XVI asrda maqbara xonaqoh qismining shimoliy tarafida bir gumbazli maqbara qurilgan. Bu maqbara asosi 2006 yilda amalga oshirilgan tadqiqotlar tufayli aniqlandi.

XVII asrda maqbara janubiy tarafidan unga tutash uch gumbazli yangi maqbara qurilgan bo’lgan. Bu qism binosi 1955-1956 yillarda amalgam oshirilgan ta'mirlash ishlari davomida olib tashlanib, obida XV asrdagi ko’rinishiga kеltirilgan.


Manba: www.arxelogiya.uz

Qayd etilgan


Elcom  17 Iyul 2011, 20:28:37

Vohada chorvachilik tarixi

Surxon vohasida chorvachilik azaldan rivojlanib kelgan xo`jalik turi sanaladi. Vohaning dasht va tog` oldi yaylovlarida otar-otar qo`ylar va echkilar uyur-uyur yilqilar va tuyalar boqilgan. 

Surxon vohasida chorvachilik azaldan rivojlanib kelgan xo`jalik turi sanaladi. Vohaning dasht va tog` oldi yaylovlarida otar-otar qo`ylar va echkilar uyur-uyur yilqilar va tuyalar boqilgan. Chorvachilik xo`jaligi aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta`minlabgina qolmasdan, xo`jalikning barcha sohalariga ot-ulovlar ham yetkazib bergan. Ot, eshak, tuya va ho`kizlar qo`sh, arava, moy juvozlariga qo`shilgan. Shuningdek suvoriylarni ot-ulov bilan ta`minlashda ham chorvachilikning muhim o`rni bo`lgan. Vohada chorvachilikning shakllanishi mezolit davriga borib taqaladi. Chunki chorvachilik ovchilikdan shakllangan xo`jalik turidir. Zarautsoy suratlarida yovvoyi buqalarni ovlash jarayonining ifodalanishi ham bejiz emas. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "œAvesto"da ham chorvachilikka katta e`tibor qaratilgan. "œAvesto"da ot, qoramol va mayda tuyoqli uy hayvonlariga e`tiqodiy munosabat izohlangan. Jumladan, Frodat-Fshova nomi bilan zikr etilgan iloh mayda mollarga homiylik qilgan. Qolaversa qadimda Baqtriya hududlari o`zining tuyalari bilan mashhur bo`lgan. Ahamoniylar Eronining Persopol saroyidagi devor suratlarida Baqtriyaliklar tuya yetaklagan holda tasvirlangan. Baqtriya tuyalari bir o`rkachli bo`lib, butun sharq olamida mashhur bo`lgan. Surxon vohasi aholisi qadimdan ot parvarishlashga ham alohida e`tibor bergan. Jumladan Kufton hokimlarining V-VI asrlarga oid qarorgohi va bojxona posti sanalgan Tovka qo`rg`oni devor suratlarida Tohariston aslzodalarining ot choptirib, yovvoyi hayvonlarni ovlash jarayoni ifodalangan. Vohaning Bobotog`, Ko`hitang, Boysuntog` va Hisor tog` tizmalari tog` oldi adirliklari, Istara cho`li, Tevat cho`li chorvachilik uchun qulay yaylov vazifasini o`tagan. Voha chorvadorlari o`troq aholi bilan doimiy savdo-sotiq aloqalarini olib borgan. Chorvador aholi Denov, Sherobod bekliklarining mol bozorlariga qo`y va echkilarini olib kelib sotishgan. XIX asr oxirida Mirshodi mol bozori ancha gavjum bo`lgan. Chorvador aholi o`troq aholi ehtiyoji uchun zarur bo`lgan go`sht, sut, qatiq, jun, teri kabi chorvachilik mahsulotlarini muntazzam yetkazib bergan. Chorvador aholi ma`lum darajada hunarmandchilik bilan shug`ullanib, po`stin, chakmon, kebanak, tulup, mesh, egar-jabduq va shunga o`xshash mahsulotlar ham ishlab chiqargan va o`troq aholiga sotgan.

Vohaning Qo`ng`irot, Loqay, Do`rmon, Qorluq kabi yirik qabilalari chorvodor sanalgan. Ular asosan chorvachilikning qo`ychilik sohasi bilan shug`ullangan. Bahorda qo`ylar bolalaganidan keyin podani tog` va adirlardagi yaylovlarga yoki dasht-o`tloqlariga haydab chiqqan Chorvador aholining yaqin yo`ldoshi ot sanalgan. Shu boisdan ham xalq dostonlarining barchasida ot lirik qahramonning yaqin yo`ldoshi va yordamchisi sifatida talqin etilgan. Voha aholisi hozir ham avloddan-avlodga o`tib kelayotgan an`analar asosida qo`ychilik, qoramolchilik, yilqichilik, tuyakashlik kabi sohalarni jadal rivojlantirib kelmoqda.

manba:barkamol-avlod.uz

Qayd etilgan


Elcom  17 Iyul 2011, 20:30:44

Hunarmandchilik

Vohada hunarmandchilik tarixi. Surxon vohasida o`tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bu yerda ikki ming yillar muqaddam hunarmandchilik keng rivojlanganligini isbotlaydi.Vohaning Bronza davriga oid Sopolli madaniyatini o`rganish jarayonida bu yerda hunarmandchilikning kulolchilik, zargarlik, binokorlik sohalarini ancha rivojlanganligi aniqlandi. 

Vohada hunarmandchilik tarixi. Surxon vohasida o`tkazilgan arxeologik tadqiqotlar bu yerda ikki ming yillar muqaddam hunarmandchilik keng rivojlanganligini isbotlaydi. Vohaning Bronza davriga oid Sopolli madaniyatini o`rganish jarayonida bu yerda hunarmandchilikning kulolchilik, zargarlik, binokorlik sohalarini ancha rivojlanganligi aniqlandi. Ilk temir davrida vohada shakllangan Kuchuktepa madaniyatida ham Sopolli madaniyatining hunarmandchilik an`analari davom ettirildi. Miloddan avvalgi VII asr o`rtalarida Kuchuktepa madaniyati zamirida Baqtriya madaniyati shakllandi bu madaniyatda ham hunarmandchilikning kulolchilik, to`quvchilik, binokorlik, temirchilik, zargarlik kabi sohalari ancha yuksalganligini kuzatish mumkin. Hunarmandchilikning mustaqil xo`jalik sifatida shakllanishi natijasida vohadagi shaharlar hunarmandchilik va savdo markazlariga aylana boshladi. Odatda hunarmandchilikning eng kamida 32 xili mavjud bo`lgan aholi yashaydigan joyga shahar maqomi berilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, vohada hunarmandchilikning qator tarmoqlari jadal ravnaq topgan. Voha aholisining chet mamlakatlar bilan iqtisodiy-madaniy aloqalarining o`sishi hamda xalq xo`jaligi uchun zarur bo`lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga talab va ehtiyojning ortishi hunarmandchilikning rivojiga sabab bo`lgan Yunon-Baqtriya va Kushonlar davrida ham vohada hunarmandchilikning shishasozlik, kulolchilik, binokorlik va zargarlik sohalari ancha yuksalgan. Ilk o`rta asrlarda Tohariston va Chag`oniyonda shishasozlik hunari jadal rivojlangan. Tohariston ustalari hovarang, ko`k shishalardan turli nafis idishlar tayyorlagan. Manbalarda ta`kidlashishiga "œToharistonlik ustalar Xitoyliklarni shisha tayyorlashning ba`zi sirlaridan voqif etishgan. Ilk o`rta asrlarda kulolchilikning Kushonlar davri an`analari jadal davom ettirilgan. Bu davrda temirchilik hunari ham ancha rivojlangan. Jumladan Ko`hitang va Boysun tog`laridagi temir konlaridan ma`dan qazib olish yo`lga qo`yilgan. X asrdan boshlab Boysuntog` janubiy yonbag`ridagi To`da, Xo`ja Qashqaron, Allami, Xomkondagi Cho`yanli, Ko`hitangdagi Kampirtepa (Konipur) atroflarida konchilarning yirik-yirik ustaxonalari va mahallalari bo`lgan.

Vohada to`qimachilik sohasi ham ancha qadimdan rivoj topgan.

Angor tumanidagi Qulog`litepadan pilla qoldiqlarining topilishi, Termizdagi "œQo`rg`on" va Bolaliktepadan topilgan kiyimlar va mato bo`laklari vohada to`qimachilik rivoj topganligini isbotlaydi. Chag`oniyonning Darzangi qishlog`i to`qimachilik markazi sanalgan. Hunarmandchilik ustaxonalari nafaqat shaharlarda balki, qishloqlarda ham mavjud bo`lgan. Jumladan Dalvarzintepa yaqinidagi G`armalitepa qishloq joylardagi ana shunday kulolchilik ustaxonalaridan biri bo`lgan. Termizda kulollar, temirchilar, shishasozlarning mahallalari bo`lgan.

IX asrdan boshlab Termiz va Chag`oniyon kulolchiligida sirlangan idishlar yasash o`zlashtirilgan. O`rta asrlarda Termizlik kulollar simob ko`zachalari yasashda ham mashhur bo`lgan.

Voha hunarmandchiligining yana bir muhim xususiyati uning ko`p sohalari bevosita uy-ro`zg`or xo`jaligi bilan bog`liqligi edi. Ko`pgina hunarmandlar asosiy kasbidan tashqari bog`dorchilik va dehqonchilik bilan ham shug`ullanib kelgan. Hunarmandlar o`zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni bozorlarga chiqarib sotish bilan bir qatorda, qishloq jamoalari ehtiyoji uchun zarur bo`lgan hunarmandchilik mahsulotlarini jamoa a`zolariga yetkazib berib, evaziga mahsulot bilan haq olgan. Uy ro`zg`or kasb-korligida ip yigirish, to`qish, kigiz bosish kabi sohalar muhim o`rin tutgan. Hunarmandchilikning ravnaqi ishlab chiqaruvchi kuchlar va tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lgan.

Voha hunarmandlari o`z ustaxonalarini asosan uyida ba`zilari esa bozorlarda bunyod etganlar. Hunarmandlar o`z ijtimoiy tashkilotlariga ega bo`lib, maxsus uyushmalarga birlashgan.

Hunarmandlar ishlab chiqarish jarayonida mehnat qurollarini doimiy tarzda rivojlantirilib, mukamallashtirilib, xalqning xo`jalik va turmush tarziga moslashtirib borgan.

Hunarmandchilikning shunday turlari bo`lganki, bu turlar bilan faqat ba`zi oilalar va mahallalar shug`ullangan. Ana shu hunar turiga qarab ham oila, mahalla va qishloqlar nomlangan. Masalan Abduraim kulol, Shodmon temirchi oilalari, Boysundagi Charmgarlar mahallasi, Sheroboddagi Egarchi va Cho`yanchi qishloqlari hunarmandchilik sohalarining nomlari bilan ataladi.

Hunarmandchilikning qaysi turining qaysi hududda ravnaq topishi avvalambor aholining o`troq, yarim o`troqligiga, hudud tabiatiga, xom ashyoning mavjudligiga ko`p jihatdan bog`liq bo`lgan. Masalan Sherobodda kulolchilik, Denovda temirchilik va zargarlik, Boysunda to`quvchilik, tikuvchilik, charmgarlik hunarlari ancha ravnaq topgan. Vohada yashovchi o`troq aholi hunarmandchilikning temirchilik, duradgorlik, to`qimachilik, tikuvchilik, kulolchilik, tegirmonchilik, juvozkashlik, kashtachilik, do`ppido`zlik, etikdo`zlik, zargarlik, charmchilik sohalari bilan shug`ullangan bo`lsa, yarim o`troq aholi asosan gilam to`qish o`tovlar uchun kerakli anjomlar tayyorlash, hamda xo`jalik uchun zarur buyumlar (qop, arqon, oyna xalta, tuz xalta, po`stin, tulup, mesh, qovg`a, egar-jabduq, poyafzal va hakoza) tayyorlashgan. Voha hunarmandchiligi ustoz-shogirdlik an`analari asosida avloddan-avlodga o`tib rivoj topib kelgan. Hunarmandlar o`z shogirdlarini shogirdning kasbga bo`lgan qiziqishi, mehnatga chidamliligi, sabr-bardoshi va kasbni o`zlashtirish mahoratiga qarab shogirdlikka olgan. Shogird kasbni yetarli darajada o`rganib olganidan so`ng o`z ustasi yonida xalfa vazifasida qolib ishlashi yoki mustaqil tarzda do`kon ochib faoliyat yuritishi mumkin bo`lgan. Voha hunarmandlari davlatga zakot solig`ini to`lab turgan.

Hunarmand ustalarning ham o`z homiy pirlari bo`lib, ular o`z pirlariga atab xudoyi va sadaqalar chiqarib turgan. Jumladan kulollar piri Hazrat Ali, rangrezlar piri Hazrati Jabroil, kosiblar piri Boboi Shavqi Porado`z, buyum va matoga naqsh beruvchi naqqoshlar piri Hazrati Bahouddin Naqshband bo`lgan. Umumanvoha aholisi xo`jalik faoliyatida hunarmandchilik sohasi muhim o`rin tutib, xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan. Biroq Sovet tuzumi davridagi noto`g`ri siyosat tufayli vohada ham hunarmandchilik sohasiga ham jiddiy e`tibor berilmadi, aksincha hunarmandchilik uyushmalar tugatilib ko`pgina hunar turlari unitilish darajasiga kelib qoldi. Mustaqillik sharofati bilan hunarmandchilik sohasiga yana jiddiy e`tibor berilib hunarmand uyushmalari tashkil etildi. Ayniqsa kasanachilikka berilayotgan e`tibor tufayli unitilish darajasiga kelib qolgan ko`pgina hunar turlari qaytadan tiklanib, aholining kundalik talab-ehtiyojlarini qondirishga munosib hissa qo`shmoqda.

manba:barkamol-avlod.uz

Qayd etilgan


Elcom  17 Iyul 2011, 20:32:34

BUYUK ALLOMA

Сурхондарёликлар ва вилостга ташриф буюрган меҳмонлар бу муқаддас қадамжога буюк аждодимиз, ислом дунёсида ал Ҳаким ат- Термизий номи билан машҳур бслган зотнинг қабрларини зиёрат қилиш учун ташриф буюришади. Халқ орасида Термиз ота номи билан машҳур бслган зотнинг тслиқ исмлари Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн ал Ҳасан ибн Башир ибн Ҳорун ал Ҳаким ат- Термизийдир. Ал Ҳаким ат- Термизий буюк сиймо, ислом оламининг етук намоёндаси. Ал Ҳаким, съни донишманд деган унвонга сазовор бслган буюк ватандошимиз қолдирган улкан мерос — унинг асарлари нафақат диёримизда, балки хорижий мамлакатларда ҳам катта қизиқиш билан срганилмоқда.

Ал Ҳаким ат- Термизий мақбараси устида срнатилган қабртош битикларда ҳам унинг ҳаёти ҳақида баъзи маълумотлар келтирилиб, вафоти санаси ҳижрий 255 (милодий 898) деб ёзилган. Шунингдек, баъзи манбаларда алломанинг 120 йил умр ксрганлиги айтилади.

Ал Ҳаким ат- Термизий сз ҳаёт йслини баён стган "œБадв уш-шаън Абу Абдуллоҳ" ("œАбу Абдуллоҳ ҳаёт йсли") асарида таъкидлашича, у етти ёшида ҳуқуқий ва илмий ҳадислардан сабоқ ола бошлаган. Бслажак алломанинг падари бузруквори Али ибн ал Ҳасан ат- Термизий ҳам слга танилган ҳадисчи бслган. Ал Ҳаким ат-Термизийнинг илмий камолотида отасининг хизматлари бениҳос аҳамистли. У нафақат меҳрибон ота, балки унга нисбатан талабчан мураббий ва маърифатли устоз мақомида бслган. Отаси вафот стганда, бслажак аллома саккиз ёшда бслганини сз асарларида ҳикос қилади.

Отаси вафотидан кейин ал Ҳаким ат- Термизий сз шаҳридаги етук олимлардан исломий фанлар, асосан, тафсир, ҳадис ва фиқҳ илмларидан сабоқ олади. У термизлик муҳаддислар Абу Муҳаммад Солиҳ ибн Муҳаммад ибн Ааср ат- Термизий, Солиҳ ибн Абдулоҳ ат- Термизийдан ҳадис илмини срганганлиги ҳақида манбаларда аниқ маълумотлар келтирилган. Аллома Фаридиддин Аттор сзининг "œТазкират ул- авлиё" асарида ёзишича, ал Ҳаким ат- Термизий ёшлик чоғида икки сртоғи билан сша пайтда Шарқда илму маърифатнинг йирик марказларидан бири саналган Бағдодга бориб, илм олишни нист қилганда онаси унга изн бермайди ва: "œА­й сғлим, мен бир муштипар заифа аёл бслсам, менга сендан бслак бошпаноҳ бслиб ёрдам берадиган кимса бслмаса. Сен мени кимга ташлаб кетмоқчисан?" дейди. Волидасининг бу ссзлари сғилга қаттиқ таъсир қилади ва у илм талабидаги сафаридан воз кечади. Бағдодга бориб, илм сргана олмаганидан афсусланиб, қабристонларга бориб йиғлар сди. "œА Худоё! Ул икки йслдошим бориб, илм билан машғул бслдилар. Улар тезда олим бслгайлар, мен жоҳил қолгайман" деб. Аогоҳ унга бир пири боқий учради. Дедики, "œА­й сғил, йиғлама, қайғурма. Ўшал икки йслдошингдан ксра олимроқ бслишни истармисен? —Истаймен, деди..."

Ҳазрати Термизий айтарки, "œУл пир менга бир ерни тайин стди. Ҳар куни ул ксрсатган жойга борар сдим, менга сабоқ берар сди. Уч йил шу йссин менга анвойи илмларни ксрсатди ва сргатди. Сснг билдимки, ул зот ҳазрати Хизр сканлар. Бу улуғ давлатни онамнинг ризосидин топдим."

Бундай улуғ саодатли марҳаматга сришиш волидаи муҳтарамасининг дуоси баракотидан ҳосил бслган сди. Алломанинг рафиқаси солиҳа, тақводор, покиза аёл бслга, уларнинг олти нафар фарзанди бслган.

Ал Ҳаким ат- Термизий 27 ёшида муқаддас ҳаж сафарига отланади. Унинг Маккада бслиши ҳаётида туб бурилиш ссайди. Унда олдинги ҳаёт тарзидан воз кечиб, тарки дунё ва сзини бутунлай Аллоҳ йслига бағишлаш иштиёқи пайдо бслади. Юртига қайтгач, кечаю кундуз Қуръон мутолааси билан машғул бслади.

Ўрта асрларда Ал Ҳаким ат- Термизийнинг "œЖами ал-илм" ("œИлмлар тсплами") асари машҳур бслади. Ҳалол меҳнат ва покиза умр туфайли халқ орасида Термизота деб ном қозонган алломанинг 80 га сқин асари бевосита ислом динидаги "œтасаввуф" тариқатининг асослари ва тарихига бағишланган. Шу боис илоҳиёт фани тадқиқотчилари ал Ҳаким ат- Термизийни Мовароуннаҳр ссфийлик тариқати асосчиларининг снг ёрқин намоёндаларидан бири деб билишади.

IX асрнинг иккинчи срми, X асрнинг бошлари ал Ҳаким ат Термизий фаолистининг юксакликка сришган давридир. У бу даврда буюк файласуф, илоҳиётчи, Қуръон ва ҳадис илмининг билимдони сифатида "œАсрор ус-савм" ("œА сза сирлари"), "œАсрор ул-ҳаж" ("œҲаж сирлари"), "œАаводирул усул фи ахбор ар-А асул" ("œА асулиллоҳ хабарлар ҳақидаги нодир усуллар") ва ҳ.к. кабилар асарларини сратади.

Ал Ҳаким ат- Термизий ижоди ҳақида ёзган муаллифлар таъкидлашларича, аллома фаолисти давомида 400дан ортиқ асарлар сратиб қолдирган. Шулардан 57таси бизгача етиб келган. Муҳаддис имом ва ал-муаззин каби ном ва унвонлар билан машҳур бслган.

Ал Ҳаким ат- Термизий буддавийлик, насронийлик ва монийлик динлари таълимотидан ҳам хабардор бслган. Қадимги ҳинд ёзуви санскритни ҳам схши билган аллома ҳинд донишмандларининг қслёзмаларига тасниб, "œҲиндистон ҳакимларининг мсътабар насрий йилномаси" деб номланган асарини сратган.

Мовароуннаҳр тасаввуфини бойитиб, уни камолот даражасига етказган олимнинг бой мероси кейинги асрдаги мутасаввуфлар Абдуҳолиқ Ғиждувоний ва айниқса Баҳоуддин Аақшбанд сулукларига катта таъсир ксрсатган.

Афсуски, ал Ҳаким ат Термизий ҳам камолотга сришган буюк даҳолар сингари ҳасадгсй ва мунофиқлар томонидан туҳмату маломатларга дучор бслган. Унинг халқ орасида кундан- кунга ортиб бораётган ҳурмат- сътибори жоҳил уламолар қалбида ҳасад уруғини ундириб, улар Балх валийсига мактуб йсллаб, алломани бидъату хурофотни кучайтириш, одамларни йслдан уриб сътиқодини бузиш, ҳатто пайғамбарлик даъвосини қилишда айблашади. Аатижада Балх валийси уни чақиртириб, узлатда умр кечиришлик ваъдасини олади. Шу тариқа аллома умрининг бир неча йилини узлатда кечиришга мажбур бслади. Кейинчалик у масжидларда амру маъруф қилишга стди. Шундагина халқ алломанинг юксак фазлию улуғ мартабасини тушунди, унинг шогирдлари ва мухлислари кспайди.

Ал Ҳаким ат- Термизий илм ҳақида шундай таъриф беради: "œИлм-бу нурдир. Инсонлар Аллоҳ таоло олдида қанчалик масъулист ҳис стса, шунчалик маърифатга сга бслади. Инсон қалби ёвузликдан қанчалик тозаланса, илм сна мукаммал бслади ва нур таратади."

Фариддиндин Аттор : "œТазкират ул авлиё" асарида ёзадилар:

Аақл: Шайх Ҳаким Термизий замонида бир зоҳид бор сди. Доим Термизий билан мунозара қилиб, уни инжитар сди. Зоҳиднинг дунёлиғи(бойлиги) ксп сди. Шайх хазратларининг ёлғиз бир капаси бор сди, холос. Кечалари у шунинг ичида ётар сди. Бир гал келиб қараса, капа ичида бир ит ётибди. Итни қувишга кснгли бслмади. Саксон марта капасини тебратди, токи ит сзи чиқиб кетсин. Аммо, итни қувиб чиқармади. Шайх ҳазратлари шундан сснг бир қос тагини панох тутди. Ўша кеча шайхга жафо қилган зохид тушида пайғамбарлар султони Муҳаммад Мустафо (с.а.в)ни ксрди. Ул зот унга дедиларки, "œА­й ғофил, сен шундай бир киши билан довлашмоқдасаенким, у бир ит учун бслиб, уйни саксон марта тебратди. Итни қувиб чиқармади. Охири сзи кетиб, уйи катта итга қолди. Ул бир қос тагидан панох топди. Сенинг шунча молинг бор, Аллоҳ Таоло хузурида сен шулар билан саодати абадис тиламоқчимисен? Боргил, унинг хизмат камарини белингга боғлагин ва узр ссрагин" деб марҳамат стдилар. Зоҳид уйғонди. Шайхнинг ҳузурига борди. Қолган умрини унинг саодатли хизматида стказди.



Дилфуза ЗАА ИЛОВА


manba:barkamol-avlod.uz

Qayd etilgan