A.Alaykum. O'ziga to'g'ri inson har yerda hatto internetda hech ko'rmagan inson bilan gaplashayotganda ham ahloqli shakilda gaplashadi, deb o'yalyman. İnternetga ilk kirgan vaqtlarim meni soddaligimdan ko'p kulgan inson bo'ldi, nimaga hamma narsani ochiq aytyapsan, deb. Lekin men qarshimdagi inson bilan huddi yuzma yuz gaplashayotganday suhbat qilishga harakat qildim. Balki internetga kirgan kishiga aytgan bir so'zingiz uning hayotini o'zgartirishi mumkin. Menimcha har birimiz qarshimizdagi insonlar qarshisida mas'uliyat his qilishimiz kerak.
İlgari sovetlar paytida qancha respublikalar aro maktublar yozilardi. Men ham azgina bo'lsa ham boshqa yerlardan do'st orttirganlardan biri bo'ldim. Hatto bolalar jurnallarida bir-biriga maktub yozmoqchi bo'lgan bolalar adreslarini berishardi. Men internetni zamonaviy maktub yozish, do'st orttirish joyi, deb ko'raman. Xudoga shukr bugungacha asosan durust insonlar chiqdi qarshimga. Yuqorida "Bayern" internettan tanishib turmush qurgan do'stlari haqida gapiribdilar. Meni ham bir qancha o'rtog'im shunday bo'ldi. Hatto bir anekdot eshitgandim. 2030 yili ekan. Bolalar bog'chasida 5-6 yoshdagi ikki bola gaplashayotganmish. Nodir, seni dadang bilan ayang qaysi saytta tanishishgan ekan:)
Barchaga yaxshi dam olish kuni tilayman.