BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 94030 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 B


Mufazzala  07 Iyul 2012, 18:16:37

 :asl3:

Islom, iymon bo'lmaganidan keyin insoniyat shunaqa tubanlashib ketaveradi.

Qayd etilgan


Mahdiyah  06 Noyabr 2012, 07:07:35

Bunaqa vaziyatni avtobus, boshqa transportda yurganlar ko'p uchratishgan.

Yoshi ulug'roq bir kishi avtobusga chiqdi. Konduktorga 500 so'm uzatdi, yo'lkkira esa 700 so'm.
Konduktor: Qoganiniyam berin! Nima qoganini cho'nchegimnan to'limammi? Ja tekinga yurishshii o'rganvogansala!!!....................................

Chorsu........ Bozor.............
Quyib beriladigan muzqaymoq oldiga bir kampir yaqinlashmoqda.
Yuzidan, ko'zlaridan bu hayotda ko'p narsalarni boshidan kechirgani yaqqol ko'rinib turibdi.
Muzqaymoq sotadigan kishi (chamasi 30-35 lar atrofidagi yigit): "Kelin onajon"
Kampir zo'rg'a: "Marojnimi bolam?"
Yigit kulimsirab: "Ha onaginam marojni" deb bitta muzqaymoqni noniga to'ldirib muzqaymog'idan quyib berdi.
Kampir taraddudlanib, xaltasidan pul olmoqchiday: "Nech pul?"
Yigit: "EEEEEEEEE Onaginam bir duo qisez bo'ldida, qani bir duo qilinchi" deya qo'llarini duoga ochdi.
Kampir ham yigitni chin dildan duo qildi.


1 daqiqada o'zimizga va boshqalarga yaxshilik, yaxshi kayfiyatni bera olishga qodir bo'lib, nimaga qizg'onadi inson?!
Axir bu qilgan yaxshiligi avvalo o'zi, o'z foydasi uchunku

Qayd etilgan


Lu`lu`  11 Noyabr 2012, 03:15:34

Bunaqa vaziyatni avtobus, boshqa transportda yurganlar ko'p uchratishgan.
...1 daqiqada o'zimizga va boshqalarga yaxshilik, yaxshi kayfiyatni bera olishga qodir bo'lib, nimaga qizg'onadi inson?!
Axir bu qilgan yaxshiligi avvalo o'zi, o'z foydasi uchunku


Лайгамбаримиз соллаллоху алайхи вассалламнинг садака килиш бн инсон камбагал булиб колмаслиги хакида касам ичганларини биладиган бор, билмайдиган хам бор. Буни уккан бор, укиб туриб укмаган бор. Хаааааа, амаллар нистлардандир

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 Dekabr 2012, 19:43:38

Mening hayotda ustozim bu - VAQT edi. Kitob menga murabbiy deb o'ylardim. Ammo bu to'g'ri emasligini angladim. Qachon bo'lsa ham hech bir so'zsiz menga ko'p narsani o'rgatgan vaqt... Hayotning yechilmas jumboqlariga javobni ham, tushunish qiyin bo'lgan muxabbatga davoni ham yolg'onsiz vaqt orqali topdim. Kechagi kundagi vaqtim menga bugun ustozlik qilyapti. Shubxasiz, bugungi vaqtim ertaga menga murabbiylik qiladi. (Koreys shoiri Kim Jong Xanning "Uzoq bo'lsa ham baribir u muxabbat" to'plamidan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  16 Dekabr 2012, 22:28:26

Bu voqea ishga ketarkanman, yo'lda yuz berdi. Mashinam bilan yonma-yon ketayotgan avtomobil yaqinlashib keldi va mashinam eshiklarini "tirnab" o'tib ketdi. O'sha zahoti mashinamni to'xtatdim. "Raqib" mashina egasi - yoshgina juvon ham tushib keldi. U yuzlari xavotirdanmi yoki qo'rquvdanmi qip-qizarib ketgandi. "Kechirasiz. Men mustaqil holda ilk marta rulga o'tirishim edi. Hammasini to'lab beraman",dedi xijolat bo'lib. U o'z qilmishini tan oldi, ammo o'z mashinasining ham "jaroxat" olganligini ko'rib ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Erim ko'rsa qattiq xafa bo'ladi",derdi u tinmasdan. U noiloj mashinasi eshigini ochdiyu  xaydovchilik guvohnomasi, sug'urta qog'ozlari va bir qancha xujjatlar solingan katta konvertni oldi. "Erim har extimolga qarshi tayyor qilib qo'ygandi",dedi u. U xujjatlarni olarkan, mashinaning ichki oynasi yoniga yopishtirilgan qog'ozchaga ko'zim tushdi. To'q qora rangli qalamda shunday so'zlar yozilgandi:"Azizam, xudo ko'rsatmasin, agar mashina bilan biror xodisa yuz bersa, unutma: mashina uchun emas, sevib-ardoqlaganim - sen uchun xavotir olaman va achinaman". Buni uning eri yozgandi. Men juvonga boshdan-oyoq tikildim... Uning ko'zlari xamon yoshga to'la edi... (koreys tilidagi "YAXSHI O'Y-FIKRLAR" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Qayd etilgan


Sadida  17 Dekabr 2012, 00:27:20

Har doim ovqatlanishdan oldin yoki biror bir ishni qilishdan oldin ''Bismillah''ni aytishini unutaman. Endi hech qachon unutmaydigan bo'ldim. Bunga sabab bir nasroniy bola edi. Dugonam bilan maktabda ovqatlanar ekanmiz ro'paramizdagi joyga bir bola kelib bir narsalar deb nasroniylarni qiliqlarini qilib ovqatini boshladi. Menga shunaqa ta'sir qilib ketdiki, hattoki ovqatim ham tamog'imdan utmadi. Dinlarning eng go'zali va haqiqiysi Islom bo'lgan dinni kaliti bu ''Bismillah''. Hech qachon biror bir xayrli ishga qo'l urishimizda ''Bismillah'' ni unutmaylik.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  17 Dekabr 2012, 20:34:18

Bir yigitning hayotiga muxabbat kirib kelibdi. Lekin u qiz juda qaysar va rashkchi edi. U nuqul yigitga shunday savol berardi:"Jonim, meni yaxshi ko'rasizmi yoki onangiznimi?". Yigit esa dovdirab:"Bil-bil-bilmadim",derdi. U ikkilanardi: chunki onasi ham, sevgan qizi ham unga qadrli edi. "Jonim,meni sevmas ekansiz-da",derdi qiz astoydil xafa bo'lib."Yo'-yo'q. Sevishim haqida...",yana dovdirardi yigit. "Unda isbotlang",debdi qiz. "Qanday?". "Agar meni sevsangiz onangizni yuragini menga keltiring". Yigit bir zum qotib qoldi.O'zini tug'ib o'sdirgan onasini tanlasinmi yoki unga muxabbatini bag'ishlagan qiznimi...Nixoyat, yigit qizni tanlabdi. U onasining yuragini yulib,qizning xuzuriga chopibdi. Ko'zlaridan tinmay yosh oqardi.Yugurib ketarkan, birdan toshga qoqilib,yiqildi. Qo'lidan tushib ketgan ona yuragiesa tilga kiribdi:"Bolaginam, hech qayering lat yemadimi?"... (Koreys tilidagi "Yaxshi o'y-fikrlar" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2012, 14:40:03

Bu voqea ishga ketarkanman, yo'lda yuz berdi. Mashinam bilan yonma-yon ketayotgan avtomobil yaqinlashib keldi va mashinam eshiklarini "tirnab" o'tib ketdi. O'sha zahoti mashinamni to'xtatdim. "Raqib" mashina egasi - yoshgina juvon ham tushib keldi. U yuzlari xavotirdanmi yoki qo'rquvdanmi qip-qizarib ketgandi. "Kechirasiz. Men mustaqil holda ilk marta rulga o'tirishim edi. Hammasini to'lab beraman",dedi xijolat bo'lib. U o'z qilmishini tan oldi, ammo o'z mashinasining ham "jaroxat" olganligini ko'rib ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Erim ko'rsa qattiq xafa bo'ladi",derdi u tinmasdan. U noiloj mashinasi eshigini ochdiyu  xaydovchilik guvohnomasi, sug'urta qog'ozlari va bir qancha xujjatlar solingan katta konvertni oldi. "Erim har extimolga qarshi tayyor qilib qo'ygandi",dedi u. U xujjatlarni olarkan, mashinaning ichki oynasi yoniga yopishtirilgan qog'ozchaga ko'zim tushdi. To'q qora rangli qalamda shunday so'zlar yozilgandi:"Azizam, xudo ko'rsatmasin, agar mashina bilan biror xodisa yuz bersa, unutma: mashina uchun emas, sevib-ardoqlaganim - sen uchun xavotir olaman va achinaman". Buni uning eri yozgandi. Men juvonga boshdan-oyoq tikildim... Uning ko'zlari xamon yoshga to'la edi... (koreys tilidagi "YAXSHI O'Y-FIKRLAR" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Buni O'zbeklarga oid hikoya emasligini sezgandim ;D

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2012, 14:40:44

Bir yigitning hayotiga muxabbat kirib kelibdi. Lekin u qiz juda qaysar va rashkchi edi. U nuqul yigitga shunday savol berardi:"Jonim, meni yaxshi ko'rasizmi yoki onangiznimi?". Yigit esa dovdirab:"Bil-bil-bilmadim",derdi. U ikkilanardi: chunki onasi ham, sevgan qizi ham unga qadrli edi. "Jonim,meni sevmas ekansiz-da",derdi qiz astoydil xafa bo'lib."Yo'-yo'q. Sevishim haqida...",yana dovdirardi yigit. "Unda isbotlang",debdi qiz. "Qanday?". "Agar meni sevsangiz onangizni yuragini menga keltiring". Yigit bir zum qotib qoldi.O'zini tug'ib o'sdirgan onasini tanlasinmi yoki unga muxabbatini bag'ishlagan qiznimi...Nixoyat, yigit qizni tanlabdi. U onasining yuragini yulib,qizning xuzuriga chopibdi. Ko'zlaridan tinmay yosh oqardi.Yugurib ketarkan, birdan toshga qoqilib,yiqildi. Qo'lidan tushib ketgan ona yuragiesa tilga kiribdi:"Bolaginam, hech qayering lat yemadimi?"... (Koreys tilidagi "Yaxshi o'y-fikrlar" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)

Judayam qiziq, bu ozimizni klassik adabiyotga oid hikoyat emasmidi:) demak adabiyotlar ham birbiridan tasirlanarkan:)

Qayd etilgan


Ansora  27 Dekabr 2012, 17:24:09

 :asl3:


Otgan kuni oglimni yonimizdagi magazinni ust qavatida joylashgan bolalar lunaparkiga olib borgandim. Oglim ekranda chiqqan manzaralarga top otib oynashni yaxshi koradi. Jetonlarimizni oldik, u yaxshi korgan oyinga yaqinlashdik, u yerda bir ayol, yonida 4-5 yoshli dumaloqqina ogli va yana 2 10-12 yoshlarda bola bor edi. Oyin uchun jeton tashladik, oglim topchalarni ota boshladi, qolganlar ham:) Birinchi oyin tugadi, boyagi dumaloq bola: jeton tashla, dedi menga. Men jeton tashladim, ikkinchi oyinniam tugatdik bolalar bilan birga. Qarasam boyagi bola, jeton yoqmi, deyabdi yana. Onasiyam hech narsa demadi, nima bolsayam jeton pul, 1 avtobus biletini yarim puli. Hayron qoldim...


Qolgan oyinlardayam biroz oynagandan keyin oglim bilan uyga ketaylik, deb parkdan chiqa boshladik, qarasam birovni ovozi kelyabdi baqirgan: Nima tok, benzin bilan ishlaydimi bu? Nima qilibdi oglim ham minsa?


Masala shunday: Uzun qirqoyoq shaklida poyezdchani 4-5 vagoni bor, 1 jeton bilan ishlaydi, lekin qolgan vagonlarga mingan bola ham jeton tashlashi shart, chunki qonunlar shunday. Boyagi dumaloq bolani dadasi! jetonsiz mindiribdi, u yerda ishlaydigan qiz ogohlantiribdi, bolani otasi esa baqiryabdi...


Osha payt tushindim, bolaning nima uchun bunchalar bezbetligini! Qush uyasida korganini qilarkan!

Qayd etilgan