Bugun televizordagi kanallardan birida bir ayol dardini aytib qoldi. Turkiyadagi kanallar hususiy bo'lgani uchun insonlar qanchalik ko'p ko'rsa, "reyting" degan narsa bilan buni o'lchab turishadi va shu kanal yana ham ko'proq pul ishlaydi.
Qanchalik ko'p dardi bor odam bo'lsa kanallar orasida talash bo'ladi. Lekin shu dardini aytgan odam uchun davo ham topiladi, shu tarafi yaxshi...
Hullas ayol men 1.5 yil oldin erimdan ajragandim, 7 yoshdagi qizim dadasidan ajragani uchun psixologiyasi buzildi, kecha kunduz yig'layabdi, erim bilan yarashmoqchiman, farzandim uchun, deb qoldi...
Ma'lum bo'lishicha, ayol bundan bir necha yil oldin ko'krak rakiga chalinib, ko'kragini biri kesilibdi...Er esa 27 yillik ayolini !!! jismoniy nogiron bo'lding, deb turtgani turtgan hayhot!!! O'tirsa o'poq- tursa so'poq.
Ayol 13 yoshligida !!! oilasi majburan eriga berishadi. Ayol: Men turmusha shunchalik o'rganib ketgan ekanman-ki huddi turmushga chiqqan holda tug'ilgandayman....
Ayol sabr bilan muolajalariga davom etibdi, rakni ham yengibdi! Lekin yuqorida aytganimday, jismoniy nogiron bo'lib qolganligi uchun eri umuman ayol o'rnida ko'rmay qolibdi. Katta qizi turmush quribi nevarali bo'lishlariga qaramay er ayoliga ega chiqmabdi...
Bir kuni nonushtada boshim aylanib yiqilib tushsam, erim o'rnidan jahl bilan turdi, stulni devorga urib: .....rak mubtalosi, dedi.....Shu kundan keyin erimdan ajralishga qaror berdim.....
Bechora AYOL, shuncha pastga urishlarga qaramay farzandi uchun o'sha er bilan yarashishga tayyor....
Quloqlarimga ishonmadim, eh inson bolasi, qanchalar gunohkorsan, muzlab qoldim to'g'risi, mendan shunchalik, qolganiga siz qaror bering, azizlar....