BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 94038 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 17 B


muhibb  20 May 2010, 15:11:23

o'tgan kun bittasi bilan uchrashib, pochta berib qo'yishim kerak edi. afsuski, u kishi to'yda ekan. soat 21 00 larda telefon qilib, to'ydan chiqqanini aytdi, baxtimga ziyofatlari uyimga yaqin joyda ekan. Avtomobilda bo'lganimiz uchun, uchrashuv joyiga qizimni ham olib olgandim.
Qaytayotganimizda dorixonaga kirish uchun avto dan tushsak, azon aytilyapti. Qizimdan: "Omina, nima devotti?" desam, qizim shu savolni kutib turgandek, darhol "Allooooohu akbaaaa" dedi. Vaholanki azonda "ashhadu anna muhammadar rosululloh" iboralari ishlatilayotgan edi. Qizimni shunchalik ziyrak qilib yaratgan Allohga hamdu-sanolar bo'lsin.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  20 May 2010, 21:35:35

o'tgan kun bittasi bilan uchrashib, pochta berib qo'yishim kerak edi. afsuski, u kishi to'yda ekan. soat 21 00 larda telefon qilib, to'ydan chiqqanini aytdi, baxtimga ziyofatlari uyimga yaqin joyda ekan. Avtomobilda bo'lganimiz uchun, uchrashuv joyiga qizimni ham olib olgandim.
Qaytayotganimizda dorixonaga kirish uchun avto dan tushsak, azon aytilyapti. Qizimdan: "Omina, nima devotti?" desam, qizim shu savolni kutib turgandek, darhol "Allooooohu akbaaaa" dedi. Vaholanki azonda "ashhadu anna muhammadar rosululloh" iboralari ishlatilayotgan edi. Qizimni shunchalik ziyrak qilib yaratgan Allohga hamdu-sanolar bo'lsin.
Odamni havasini keltirishga ustasilade...
Bizagayam nasib qilsin...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 May 2010, 17:53:13

Bir so'ngakka sordek qanoat qilg'on,
Afzaldir nokasga bo'lgandan mehmon.
Nokasning shinnilik nonidan yaxshi
O'zing topib yegan burda arpa non.

(Umar Xayyom)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 May 2010, 09:51:17

O’tkir Hoshimov


«BUTILKA»  HOJI

(Boshqa hojilarga daxli yo‘q)


Do‘stim o‘g‘lini uylantirayotgan edi. Endi... to‘y bo‘lganidan keyin... o‘zingiz bilasiz... Haligi qurg‘urdan jinday-jinday qilib o‘tirsak, davramizga oq yaktak, oq do‘ppi kiygan ketmonsoqol yigit kelib qo‘shildi. Kelin-kuyovga baxt-saodat tilab, fotiha tortdi.
—  Yaratganga shukronalar bo‘lsin! — dedi qiroat bilan. -Muqaddas safar sharafi kaminaga ham nasib ayladi!
«Qulluq bo‘lsin», dedik. Dasturxonda anavi «shayton suvi» turganidan xijolat chekdik.
—  Ming bor uzr, Hoji aka. — Kosagul shunday deb, shishalarni imi-jimida stol tagiga olib qo‘yayotgan edi, Hoji aka keskin bosh chayqadi.
—  Yo‘q-yo‘-yo‘, taqsir! - dedi dalda berib. — Sizlar bahuzur, taqsir, bahuzur. To‘yda xursandchilik qilishning aybi yo‘q.
Kosagul ikkilanib qoldi.
—  Sizdek mo‘‘tabar odamning oldida...
—  Beziyon, taqsir, beziyon... Biz ham bundan bisyor no‘sh aylaganmiz. - Hoji aka jinday-jinday ichkilik quyilayotgan piyolalardan ko‘z uzmay ta’kidladi: - No‘sh aylaganmiz, bisyor no‘sh aylaganmiz.
Kosagul shumgina yigit ekan, Hoji akaning ko‘zlari suvga tushgan munchoqdek yiltirab turganini payqab qoldi.
-  So‘raganning aybi yo‘q, Hoji aka. Mabodo o‘zlariyam...
-  Yo‘-yo‘-yo‘! — Hoji aka keskin bosh chayqadi. - Biz ham no‘sh aylaganmiz... Aylaganmiz.
-  Ko‘p emas, jichchagina, - dedi kosagul iljayib. Hoji aka og‘ir muammo qarshisida qolgandek, bir zum o‘yga toldi.
-  Kaminani ko‘p xijolatli ahvolga sop qo‘ydilarda, -dedi xo‘rsinib. - Keling, yigitning sazasi o‘lguncha shaytonning bo‘yni uzilsin!
-  Qaysi biridan?
- Kaminaga «qizili»yam bo‘laveradi, - dedi Hoji aka kamtarlik bilan.
Kosagul piyolaga bir qultum konyak quyib uzatgan edi, Hoji aka yanayam siniqroq ohangda qo‘shib qo‘ydi:
-  Jonliroq bo‘laversin, taqsir.
«Jonligina» quyilgan piyolani olib, qisqa nutq irod etdi:
-  Yoshlar qo‘sha qarisin! Uvali-juvali bo‘lsin!
Baayni sovuq choy ichayotgandek, qop-qora soqolining bittayam tuki qilt etmadi. Bodring bilan gazak qilib, «Yaratgan ne’matingga shukr», deb qo‘ydi.
-  Oxirigacha olmabsiz-ku, Hoji aka? - dedi kosagul piyola tagida qolgan jinday konyakka qarab.
-  Har narsaning qonun-qoidasi bor, ukam! - dedi Hoji aka viqor bilan. - Ichkilik xamr, ya’nikim makruh nimarsa. Ammo uning ichida suv ham bor. Suv - eng pokiza ne’mat. Shundaymi? Kamina suvini ichdim. Makruhi tagida qoldi. Aytyapman-ku, kamina ham bundan bisyor no‘sh aylaganmiz. -U qiqirlab kuldi. - Bir ulfatimiz bo‘lardi. G’alati gaplarni topib yurardi. Bir gapi hech esimdan chiqmaydi. «Birinchi qadah bilan ikkinchisining orasiga qil ham sig‘masligi kerak», derdi. Topgan gapini qarang, battolning! Qil sig‘masin, deydi-ya!
Kosagul Hoji akaning ishorasini darrov tushundi. Paysochga solmay, piyolani to‘ldirib uzatdi.
-  Yo‘-yo‘-yo‘! Undoq qilmasinlar-da, ukam! - Hoji aka shunday dedi-yu konyakni sipqardi. «Yaratgan ne’matingga shukr», deb piyolani kosagulga uzatdi. - Ko‘rdilarmi, ukam, makruhi yana tagida qoldi. O’zlariyam o‘rgansinlar!
Davradagilardan biri safar taassurotlarini so‘ragan edi, Hoji aka yayrab ketdi.
-  E, nimasini so‘raysiz, uka! - dedi shang‘illab. - U yoqlar Xizr nazar solgan yurt! Har qadamda magazin! Har qadamda do‘kon. Jamiyki nimarsa muhayyo! Apelsinlarni tekinga tarqatadi-ey! Xohla - bir yashik ol! Xohla - bir tonna ol! Buni qarang, hamma narsa bor-ku, termos yo‘q ekan. Uch-taginasini obketuvdim, olam jahon pul bo‘ldi! Ulfatim, shuni mengayam aytsang, o‘larmiding, deb yomon xapa bo‘ldi.
-  Kechirasiz, qaysi ulfatingiz? - dedim tushunmay.
- Haligi battol-da! Birinchi qadah bilan ikkinchisining orasiga qil sig‘masin, deydigan. Shu battolning yana byr gapi bor. «Ikkinchi qadah bilan uchinchisining orasiga qil sig‘masin, deyman-ku, ammo ip sig‘masligi kerak», deydi!
Kosagul yana piyolani to‘ldirdi. Hoji tagida ozgina qoldirib, piyolani qaytardi.
- Yaratgan ne’matingga shukr, - dedi viqor bilan. - Ko‘rib qo‘y, ukam! Tagida har gal bir xil makruhi qolyapti! U yoqda-chi, vey, vidik, televizor, kamera deganlari kapiyka! «Soni» deysanmi, «Panasonik» deysanmi, «Plips» deysanmi. Ikkita «vidik» olsang, bittasi tekin!
-  Nega, Hoji aka? - dedim hayratlanib. - Bittasini pulga, bittasini tekinga beradimi?
Hoji aka he-helab kuldi.
-  Nega tekinga bo‘larkan? Ikki hissa arzon bo‘lganidan keyin bittasi yonga qoladimi, axir? Tijoratning aybi yo‘q-ku, to‘g‘rimi?! Biz tijorat qilaveribmiz, qilaveribmiz, qarasam, yukim ko‘payib ketibdi. Ikki qo‘limda ikkita chamadon. Orqamda sandiqdek sumka. Salapan xaltaning bog‘ichini tishimga tishlab olganman. Ketyapsam, bittasi yo‘limni to‘sdi. O’zining tilida vajir-vajir qiladi, tushunsam o‘lay! Tarjimon keldi. «Nima deb aljirayapti bu?» desam, tushuntirdi. «Yukingiz yuz kilodan oshib ketibdi-ku», deydi. «Yukimni og‘irligi unga tushibdimi, o‘zim ko‘tarib ketyapman-ku», desam, yana vajir-vajir qildi. «Nima deyapti?» desam, «Janob ziyoratchimilar yo otmilar?» deb so‘rayapti deydi. «Men ot bo‘lsam, bu eshshak», dedim-da, amallab samolyotga chiqib oldim. - Hoji aka xaxolab kuldi. Kosagulga qarab ma’noli tomoq qirib qo‘ydi. - To‘rtta vidik obkelgandim, ikkitasi yonga qoldi. O’g‘ilchayam qiziqadi-da texnikaga. - Shunday deb yana kosagulga qarab qo‘ydi. - U yoqda-chi, dazmol pul ekan. Yanagi gal dazmol oboraman. Battol ikkalamiz o‘nta-o‘ntadan olvolsak, o-key bo‘ladi! Battolning yana bir gapi bor. Uchinchi qadah bilan to‘rtinchisining orasiga qil sig‘masin deyman, ip sig‘masin demayman, ammo-lekin arqon sig‘adigan bo‘p ketsa, yurak siqiladi-da, deydi. Topgan gapini qarang! Voy battol-ey!
Kosagul shishadagi oxirgi konyakni silqitib quyib uzatdi.
Shishani yerga tashladi. Hoji aka tagida ozgina qoldirib, piyolani qaytardi.
-  Yaratgan ne’matingga shukr! Ko‘rib qo‘y, bratan! Makruhi tagida qoldi!
-  U yoqda manavi masalaga qandoq qaraydilar, taqsir? —"dedi kosagul.
-  Unaqangi betamiz gaplarni gapirma, bratan! - dedi Hoji aka achchiqlanib. — Ichkilik ichgan odam o‘limga mahkum qilinadi!
-  Voy-bo‘, bir o‘limdan qopsiz-da, taqsir! - dedi kosa-gul. - Taqsir o‘n beshinchi bo‘chka bilan o‘n oltinchi bo‘chka orasidan samosval o‘tmaguncha qo‘ymaydilar shekilli!
Hoji aka tutaqib ketdi.
-  Og‘zingga qarab gapir, o‘v bratan! - dedi qo‘lini paxsa qilib. - Men suvini ichdim, bildingmi? Makruhi tagida qoldi, bildingmi?! Avval o‘rganib olgin-da, keyin vistupat qil, bildingmi?!
Qarasam, janjal chiqadigan. Sekin turib keta qoldim.

Qayd etilgan


Ansora  23 May 2010, 19:30:01

Vannadagi krandan suv tomchilay boshladi. Ho'jayinim bugun shubalariga shoshilinch chaqirilganliklari uchun u kishiga aytishga ulgurmadim. Uydagi asosiy krandan suvni butunlay yopaman, har safarida esa och-yop insonni biram urintirib yuboradiki, asti qo'yaverasiz. Tomchilayvergan joyga idish qo'ydim, ular bilan ovora bo'lish ham ancha vaqt olar ekan. Butun kun qanday uddalayman, bu ishni deb siqilib turgandim eshik qo'ng'irog'i chalindi, qarasam qaynotamlar. Maktabda o'qituvchilar, darslar ham asta-sekin ohirlab, yoz tatiliga chiqishlariga oz qoldi. Shuning uchun o'quvchilarni baholarini internetdagi jurnallariga kiritish maqsadida internetimizdan foydalanish uchun biznikiga kelibdilar.

-Dadajon, dedim, uyalib, kranimizdan suv tomchilayabdi, bir qarab berasizmi?
-Albatta qizim, nima degan gap, darrov qaraymiz-da!

Dadajon darrov kran "qulog'ini" ichidagi yumshab, eriy boshlagan rezinani chiqardilar, yaxshiyam uyda "zapas" bor ekan, shunga almashtirdilar. Bu ishni hammasi faqatgina 3 daqiqani oldi, agar dadajon kelmasalar edi, ertalabgacha men suv tashirdim yoki kranni ochib yopishdan charchagan bo'lardim:)

Xudoga shukr, dedim chuqur nafas olgan holda:)

İymonli ota-onalarimizni har bir qadami farzandlariga foyda beradi, Rabbim ota-onalarimizni panohida asrasin, dedim ichimdan duo qilib...

Qayd etilgan


BelleQizcha  23 May 2010, 20:45:46

Kecha kechasi, dugonalarim bilan yeg'ilish qildik. Bir-birmizga uzoq qarindoshlarimiz, lekin juda ham yaqin. Har kuni bir-birimizni korib turadigan, har ikki sikunta smslashadigan dugonalarimiz..
Ishqib kecha kechasi uyda yigi'ildik.. Kech tushib kunam issib kettdi... Kiyin ovqatlanishni hovlida yeyaylik dib kelishdik..
Kochada dasturhon yozib gaplashib ottirdik.. Birdan gap Islom haqida kettdi... hammamiz gapirib, Islom haqida organgan gaplarimizni bir birmizga aytib berdik.. hammamizam g'alati bob kettdik.. Hudoni qudratini qara dib bir-birmizga...
Birdan dugonam Lo'illoha ilola diganda.. Darahtda kamida 10 tacha barg tokilib dasturhonga tushdi..
Hammamiz qottib qoldik.. ranglarimiz oqqarib kettdi....
Bittamiz.. "OH MY GOD'
Disak birmiz Kordinmi? kordinmi? dib turibmiz..
Bunaqa holotga hech tushmagandim...

Manimcha bu narsa hech qachon esimdan chiqmasa kere.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  25 May 2010, 18:24:22

Birovning haqiga xiyonat qilish - og'ir gunoh...
Bugun ishxonamizdan ikki xodim sharmandalarcha haydaldi...
Kompaniyadan pul o'g'irlanishi voqeasi kameralarga muxrlanib qolgan ekan.
Boshlig'imiz koreyalik janob Kim bizga hamma sharoitlarni muxayyo qilib qo'yganlar:  ovqatlanish, kiyim-bosh, yo'l-kira  - hammasi kompaniya hisobidan. Bizdan talab etiladigan narsa: vijdonan ishlash! Tuzini yeb tuzlig'iga tupurish deganlari shu bo'lsa kerak-da.
"Men ko'pchilikning haqiga qilingan xiyonatni kechira olmayman! Ko'pchilik - bu mana shu kompaniyamizdir!" Boshlig'imizning oxirgi gaplari shu bo'ldi!
Olloh har birimizga insofu diyonat bersn.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 May 2010, 17:37:16

O’g’limning   "œtili chiqa  boshladi". :)
CHL finalidagi "œInter" — "œBavariya"  o’yini  paytida  uyg’onib qoldi  va  yonimda o’tirib, futbol ko’rdi. :)
Shundan keyin har gal:
-O’g’lim, katta bo’lsang kim bo’lasan? — desam,
-Gol-gol-gol, deydi. :)
-Qaysi komandada o’ynaysan?- desam,
-Babayiya, - deydi. ("œBavariya" demoqchi, shekilli)
Aqlini yetganini qarng-a. Ko'z tegmasin...Hamma orzularingga yetib yur, o’g’lim.  Orzularing ro’yobi uchun hamma narsaga tayyorman.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  18 Iyun 2010, 11:16:51

 Kecha kechqurun taksida uyga ketayotgandim. Yonimda o'tirgan bir odam kimgadir telefon qildi. "Qo'ng'iroq qilinayotgan abonent apparati o'chirilgan", degan ovoz baralla eshitildi. U xunob bo'ldi va jaxl bilan:
- Mana shunaqa-da. Pul kerak bo'lsa, odamlar o'zlari telefon qilishadi. O'sha pulni qaytarishga kelganda esa telefonni o'chirib qo'yishadi. Qarz olib qaytarib bermaslik urf bo'ldi-da, dedi...

Qayd etilgan


Lu`lu`  07 Iyul 2010, 04:02:50

                                       ИМОМ ва УСТОЗ

Бир кун уйимиз олдидаги Олимпис масжиди имомига адамиз:"Адаш,нега масжидингизда телефон,радио йук,урнатиб берайми?"- деб илтифот килдилар. Имом кулиб,астагина "А ахмат,уларга мухтожлигимиз йук,калбимиз-телефон,калбимиз-радио"деб жавоб берди.
Шунда шогирдларим б-н булган вокеа ссимга тушди.Укувчиларим:"Устоз,нега хамма кул телефон тутади,сиз тутмайсиз?"деб сурашди.
Мен хам кулиб,астагина:"Аима киламан телефонни,шундок хам хаммангизни ахволингиз менга маълум,айникса, СМСларингизни ахволиздан биламан"дейишим б-н укувчиларимни куллари беихтиёр чунтакларига кетди.


Qayd etilgan