BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 93966 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 17 B


Habib  26 Mart 2010, 10:35:57

6 mart. Taksida ketyapman.
Orqa o'rindiqda 4-5 yoshlardagi o'g'ilchasini yetaklagan orastagina ayol. Bir payt telefoni jiringladi.
-Allo.
Telefondan ovoz keldi:
-Salom,jonim. Sizni sog'indim.
-Manam sizni juda...
-8 martda uchrashamizmi?
-Albatta.
-Ishqilib eringizni xabari yo'qmi? Bilib qolsa rasvoi jahon bo'lamiz-a.
-Bilmaydi. Ishxonadagi ayollar bilan bayram qilamiz,deb bahona qilamanu, yoningizga uchaman.
-Sizga ajoyib sovg'am bor.
-Sizni sevaman, ...... aka.
Xayrlashishdi.
Saldan keyin yana telefon jiringladi.
-Allo.
Bu safar telefondan boshqa erkakning ovozi eshitildi.
-Salom, jonim.
-Oooo, ..... aka. Sizni sog'indim.
-Manam sog'indim. Bugun kechki payt ko'rishsak bo'ladimi?
-Albatta.
-Eringiz bilib qolmasin-a?
-Bolamni yetaklab olganman shubxalanmasligi uchun. Xavotirlanmang. Erim uyda qolgan.
-Sizga zo'r narsa beraman ko'rishsak.
-Nima ekan?
-O'zingiz istagan tilla zanjir-da...
-Vuy, sizni sevaman, ....... aka.
-Mayli, jonim, kechgacha xayr.


Astag'firulloh! U kadar olurmu ya? Sherefsiz.

Qayd etilgan


JaviK  26 Mart 2010, 10:44:14

-Akahon shu  desez shu tenderda  men yutsam, anavu mehnatkashlarni qo`ya turin, manavuni olsez, keyin bugun bir ziyofat uyishtirdik sizni sharafizga, bizni g`olib deb e`lon qilib yuraberin, buyog`i katta. 

Qayd etilgan


Habib  26 Mart 2010, 11:20:02

-Dadasi,molimiz kasal, harom o'ladiyov..
-Doktor nima dedi?
-Kasal, o'ladi deyapti...So'yib qo'ya qolaylik.Biiiir go'shtga to'yardik..
-Kallang bormi? Kasal molku?! Undan ko'ra qassobga bersak sotib beradi...



Qayd etilgan


JaviK  26 Mart 2010, 11:27:20

Mahallamizda bir otaxondan eshitdim:
Bir yurtga yangi podshoh bo`libdi, u yurtda musulmonlar ham yashar ekan, shoh vazirlariga :
-men qo`rqyapman, musulmonlar agar meni podshoxlikdan tushishimni so`rab duo qilishsa "Musulmonlarning duosi " vojib bo`ladi debdi.
Bir kuni shox barcha musulmonlarni ziyofatga chaqiribdi va hammasini mehmon qilibdi ziyofat tugagach, shox ko`nglinidan o`tkazibdi
-endi ko`nglim to`q, bular harom so`yilgan go`shtdan tanavul qilishdi, va gunohga botishdi, endi qo`rqmasam ham bo`ladi,

P.S: men eshitganimni yozdim. Olloh bilguvchi zotdir

Qayd etilgan


Shoxjahon12  31 Mart 2010, 18:56:12

-Falonchining o'g'li Amerikada o'qib kelibdi.
-Qancha opkepti?
-Nimani aytyapsiz?
-Soqqani-da soqqani.
-U ishlagani emas, o'qigani bordiku Amerikaga.
-Unda bekorga vaqt o'tkazibdi-da savil.

Qayd etilgan


Habib  01 Aprel 2010, 09:36:49

Bo'lgan voqea:
-Mana bu pul yirtiq ekan ozgina. Ozgina joyi yo'q. Nima qilamiz a?
-Ana,qo'shini tijoratidan narsa opchiq.Bilintirmasdan bervor,sezmaydi uncha-muncha narsani.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  01 Aprel 2010, 11:34:27

Kecha XXX bozoriga boruvdim. Bir xolatni ko'rib, juda achchig'im chiqdi. To'rt muchasi soppa-sog' bir yosh yigit tilanchilik qilib o'tiribdi. "Xudo yo'liga sadaqa qiling"...
Yosh va sog'lom odamning pul topishning bunday yo'lini tutganligi jaxlimni chiqardi. "Ex, g'ururing qayerda qoldi, yigit? Ishlasang bo'lmaydimi? Xudo ham sendan harakat, mendan barakat deb bekorga aytmaganku", degim keldiyu... Indamadim.

Qayd etilgan


Ziyovuddin  05 Aprel 2010, 17:17:36

Kecha XXX bozoriga boruvdim. Bir xolatni ko'rib, juda achchig'im chiqdi. To'rt muchasi soppa-sog' bir yosh yigit tilanchilik qilib o'tiribdi. "Xudo yo'liga sadaqa qiling"...
Yosh va sog'lom odamning pul topishning bunday yo'lini tutganligi jaxlimni chiqardi. "Ex, g'ururing qayerda qoldi, yigit? Ishlasang bo'lmaydimi? Xudo ham sendan harakat, mendan barakat deb bekorga aytmaganku", degim keldiyu... Indamadim.
Hozir bunaqa "kasb"ni rivojlangan turi ham bor. Bittasi kelib amakisini janozasiga yetib borishi uchun yo'lkira so'rasa, boshqasi dori uchun deb ko'z yosh qiladi. Bunaqalarni ko'p ko'rmoqdaman. Pul bermasez qarg'isham qilib qo'yishadi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Aprel 2010, 12:30:08

Hayot falsafasi

Munkillab qolgan ammam bo’lardi. O’ta xudojo’y kampir edi. Bolaligimda oldiga o’tkazib qo’yib, bir gapni ko’p aytardi.
- U quloq, bu qulog’ing bilan ham eshitib ol, bolam. Odamning u yelkasida ham, bu yelkasida ham bittadan farishta o’tiradi. O’ng yelkangdagi farishta umr bo’yi qilgan savob ishlaringni, chap yelkangdagisi gunohlaringni hisoblab boradi. U dunyoga borganingda hisob-kitob qilib ko’rishadi. Savobing ortiq bo’lsa, jannatga, gunohing ortiq bo’lsa, do’zaxga tushasan"¦
Savodsiz kampirning sodda falsafasida qanchalik chuqur ma’no borligini endi tushunyapman.

(O'tkir Hoshimovning "Daftar xoshiyasidagi bitiklar"idan)

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Aprel 2010, 12:36:00

Bozor iqtisodi

Kecha kolxozda ketmon chopib, biri ikki bo’lmagan dehqon bugun yer olib, bola-chaqasi bilan gullatib qo’ysa-yu, qaddini kerib yursa, quvonaman.
Omadini bersin! Bu — bozor iqtisodi!
Kecha zavoddan olgan maoshini qay biriga yetkazishini bilmay rangi sarg’ayib yurgan injener bugun qo’shma korxona ochsa-yu, nest-nobud bo’lib yotgan mevalardan sharbat olib boyib ketsa, yana quvonaman.
Qandini ursine! Bu-bozor iqtisodi!
Kecha katalakdek xonaga tiqilib, "œeskilik sarqiti" —beshik va sandiq yasagani uchun nalugchidan baloga qolib yurgan hunarmand bugun kattakon sex ochsa-yu, rohatini ko’rsa, tag’in bir bor quvonaman.
Baraka topsin! Bu bozor iqtisodi!
Kecha alifni kaltak deyolmay o’qituvchisidan dakki eshitgan va oxir-oqibat "œxudosizlar jamiyati"da qo’nim topgan notavon bola bugun "œbiznesmen"bo’lsa-yu, xususiy samolyot sotib olsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi.
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olimning iste’dodli shogirdi bugun ilmini tashlab, tadbirkorga aylansa-yu, papkasiga "œdelavoy shartnoma" solib, zipillab yursa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha yurak qoni bilan doston yozgan shoir bugun o’sha dostoniga qalam haqi olsa-yu, puli mashinka haqiga yetmasa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha unvon olish uchun yugura-yugura betob bo’lib qolgan chalasavod "œhofiz" bugun "œotarma-otar" yursa-yu, "œYaguar" mashinasida kataysa qilsa, hayron qolmayman. Bu ham bozor iqtisodi!
Kecha bitta rostga bitta yolg’on qo’shmasakuni o’tmagan eshak bozorining daloli bugun "œzamonaviy broker"ga aylansa-yu, uch qavatli "œdacha" solsa, hayron qolmayman.bu ham bozor iqtisodi!
Ammo kecha alifni kaltak deyolmagan ateist bugun ming kishini to’plab "œamri-ma’ruf" qilsa-yu, unga dashnom bergan o’qituvchisi choy tashib yursa, hayratlanmay iloj yo’q!
O’sha o’qituvchi ertasiga maktabni tashlasa-yu, "œIppadrom"ga chiqib sigaret sotsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
Kecha buyuk ixtirolar qilgan olim, bugun eng yaxshi shogirdidan ayrilgani uchun ma’yuslanib bekatda tursa-yu, "œkontrakt" bilan o’qishga kirgan birinchi kurs talabasi "œinomarka"sida unga loy sachratib o’tsa, hayratlanmay ilojim yo’q.
Olim shu ahvolda tramvayga chiqishdan iymanib, uyiga piyoda ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
Kecha eshak bozorida dalllollik qilgan "œzamonaviy broker" bugun uch qavatli dachasini "œyuvsa-yu", chalasavod "œhofiz" bir soat "œhangragani" uchun boshidan dasta-dasta "œko’ki" dan sochsalar"¦
Davraning bir burchida o’tirgan shoir yurak qoni bilan yozgan g’azallari tuproqqa qorishganidan ko’ngli o’ksib izdihomdan bosh egib chiqib ketsa, hayratlanmay ilojim yo’q!
O’sha davraning yana bir burchida xuddi shu "œhofiz"ni bir tiyin ta’masiz davolagan do’xtir ham o’tirgan bo’lsa-yu, "œotarchi" unga ko’zi tushib "œiya, sizam shu yerdamisiz, doxtir?" deb piching qilsa"¦
Do’xtir esa, "œertadan boshlab o’likdan kafanlik tilaganim bo’lsin!" deb qasam ichsa"¦
Hayratlanmay ilojim yo’q!
Bunaqa bozorga o’t tushib, alangasi osmonga chiqsin!!
 
 
(O'.Xoshimovning "Daftar xoshiyasidagi bitiklar"idan)

Qayd etilgan