BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 93973 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 17 B


Shoxjahon12  20 Aprel 2010, 15:14:19

Bu voqeaga ham salkam 2 yildan oshdi. O'shanda ayolim o'g'limga xomilador edi. Qoni kam ayollar xomiladorligining ma'lum muddatidan boshlab shishib ketarkan. Bunday xodisotni ilk marta ko'rib qo'rqdim. "Buyuk ipak yo'li"dagi kasalxonaga olib borishga qaror qildim. Avtobusga chiqdik. Avtobusda odam ko'p. Shunda o'tirib ketayotgan yoshi 60 lardan o'tgan bir chol o'rnidan turdi va ayolimga qarab: "Kel,qizim, o'tirvolaqol". Men chol bekatda tushsa kerak, shuning uchun o'rnidan turdi, deb o'yladim. Lekin u tushmadi. Odamlar ham sekingina yo'lni ochib, ayolimga yo'l berishdi. Yuzidan nur yog'ilib turgan o'sha chol xaligacha esimdan chiqmaydi. Xudoga ming marta shukurki, xalqimizning o'zaro hurmat, kattami kichikmi bir xilda mulozama ko'rsatish, yordamni ayamaslik kabi insoniy fazilatlari bor va bundan keyin ham bo'ladi.
 

Qayd etilgan


Ansora  21 Aprel 2010, 13:14:39

Gohida shu bazi odamlarga hayron qolaman-da. Bundan bir necha kun oldin bizdan keyingi kursda o'qigan qiz mening haqiqiy ! kursdoshimdan nomerimni olib telefon qilgandi: Falon kuni Turkiya, İzmirga kelyabman" deb. Ho'p, dedim yaxshi keling, lekin ko'risha olmasak kerak toki siz Ankaraga kelguncha, chunki İzmir-Ankara orasi 10 soat....(soatiga 140 tezlik bilan!)
Bugun erta saharda ho'jayinimni ishga jo'natish arafasida telefonimga qarasam ikki marta telefon qilinibdi. Tanimagan nomer. Soat Turkiya vaqti bilan 04.45. O'zbekiston vaqti bilan esa 02.45! Ho'jayinimni ishga kuzatguncha tamom bo'ldim. U kishini ishlari zotan havfli, Xudo saqlasin yana erta sahardan noxush xabar bermay-da, dedim...Chunki bu vaqtda hech kim O'zbekistondan telefon qilmagan, ey Xudoyim tinchlik bo'lsinda.
Keyinroq telefon qildm, telefon o'chirilgan.....Siqilishim yana ortdi. Darrov singlimga telefon qildim. U ham hayron opam hech sahar 06.da telefon qilmasdiku, deb. Ovozim ham g'alati eshitilibdimi deyman, qo'rqibroq so'radi, opa tinchmisiz?
-Sizlar tinchmisizlar asl?

Qong'iroq haqida aytdim, yo'p opa hijolat bo'lmang, bir narsa bo'lsa o'zim aytardim, avvalo Xudo saqlasin.
-Menga telefon nomerni ayting, men urinib ko'raychi....

Oradan yarim soat o'tmay sms keldi: Opa bir kursdoshingiz Turkiyaga uchibdi, uydagilari sizga xabar berib qo'ymoqchi ekan.....
Ha Xudoga shukr, dedim....Hay insonni bolasi, shuni sms bilan 1 soat oldin men uchyabman, deb o’zing  yozsang, nima qilardi??
Qolaversa men 6 yildan beri Turkiyadaman, bir marta salom deb hol-ahvol so'ramagan insonning birdan bunday yaqinlashishi to'g'risi g'ashimga tegdi...

Ham balki bir telefon ham qilmasa kerak, chunki, kod-mod degan narsalar bor, ham boshqa shaharlardamiz.....

Vatandan, ota-onadan uzoqda bo'lgan insongina tushunadi, tanimagan nomerdan, yarim kechasi kelgan telefonning vahimasini!

Xudoyim bazi insonlarga farosat bersin....

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Aprel 2010, 18:03:30

Hozirgina xabar keldi: bir birodarimning onasi bevaqt olamdan o'tib qolibdi. Bo'shashib ketdim.
Ochig'ini aytaman: o'sha birodarim bilan aloqalarim har doim yaxshi bo'lmagan. Biz bitta litseyda o'qidik. Bitta universitetda o'qidik va doimiy ravishda ilm va chet tili borasida raqobatlashib keldik. U meni tan olmasdi , men esa uni... U mening muvaffaqiyatimga sherik bo'lmas, men ham uning quvonchli damlariga qiyo boqmasdim. Bu bir raqobat edi. Mudom, o'sha birodarimdan ortda qolmaslik umidida bo'lardim.  Bugun birodarimning boshiga onasidan ayrilishdek musibat tushib turibdi. Men uning qayg'usiga hamdardman. "Birodarim, do'stim! To'g'ri, sen bilan doimiy raqobatda bo'ldim. Ba'zan g'ashingga tegdim, ba'zan yo'q. Lekin bu dunyoda sen uchun eng aziz inson olamni tark etibdi. Men dardingga sherikman. Joylari jannatdan bo'lsin! Savol-javoblari oson bo'lsin! Umrlarini sen va bolalariga qo'shib bergan bo'lsin! Omin!"

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  21 Aprel 2010, 19:04:42

Assalamu alaykum.
Bir kuni dadam bilan Ilon ota masjidini oldidagi oshxonaga kirdik. U yerda dadamni og'aynilari ko'p bo'lgani uchun hammalari bir joyga yig'ilishdi. Shu payt 10-11yoshlardagi bola qo'lidagi har xil sotiladigan narsalari bilan yaqin keldi. Uni qo'lida ruchka, gaz yoqishga ishlatiladigan zajigalka va yana boshqa narsalar bor edi. U biz o'tirgan joyga yaqinlashishib qo'lidagi narsalarni ko'rsatdi va hech narsa demadi. Hammalari:"Olmaymiz" deyishdi. Men haligi bolani kuzatdim. Keyinroq bilsam u bola soqov ekan. Keyin dadamni oldilariga kelib:"Haligi bola gapira olmas ekan" dedim. Dadam:"ehh, biror narsa olsak bo'larkan" dedila. Shu payt shomga azon chiqdi. Biz masjidga kirdik. Masjidda birinchi qatorlarda haligi narsa sotib yurgan bola qo'llarini qovushtirib turardi. Ko'zimdan yosh chiqib ketdi. Shomni o'qib chiqib u bolani dadam bilan birga kutib turdik...

Qayd etilgan


Akbarjоn  21 Aprel 2010, 20:11:14

Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
16 yoshligimda sinfdoshlarim bilan Toshkentga Oliy o'quv yurtiga hujjat topshirdim
DTM varoqchasini olganda bildimki sinfdoshlarimdan boshqa maktabga yolg'iz tushibman
Imtihon kuni imtihooni topshirib kvartiraga qaytdim, oldin sheriklarim bilan ikki uch marta yurgan yo'llar bo'lganligi sababli adashib qolmasligimga xech shubham yo'q edi
o'zimga ishonganimdan Tavakkal dedimda, agar xozir yo'ldan adashib qolmasdan to'g'ri kvartiraga bora olsam demak o'qisga kirdim, agar adashib qolsam unda o'qishga kiraolmagan bo'laman deb niyat qildim
aksiga olib avtobus 1 avgust kuni juda to'lib ketdi, odam sig'miydi, buni qarangkki avtobusda odamlar orasida qolib ketdim, iki yondagi oynalar ko'rinmiydi, deyarli tashqari umuman ko'rinmiydi, Sergili 2 ga AmirTemur hiyobonidan anchagina masfa bo'lganligi uchun indamay kutib ketaverdim
odamlar siyraklashib qoldi, asa avtobus oyasidan qariyman notanish joylar, xa endi kelib qolar deb kutdim kutdim, umuman begona joylarga borib qolibman, Toshkentning eng cheka joyi, daraxt uy yo'q narigi tomon dala...
nima qilarimni bilmay qoldim, avtobuschini oldiga borib men sergili 2 da bozorcha oldida tushub qolishim kerak edi adashib qoldim qanday borsam boladi desam bilmiyman deydi, konduktor tushib ketyabdi ekan, orqasidan yugurdim aka kechirasiz adashib qoldik yordam bering desam e bor qoch oldimdan dedi, 16 yoshli bola ko'chaga mustaqil chiqmagan bola toshkentday katta shaxarda g'irt begona joyda, juda qattiq qo'rqdim, unga borsam qoch deydi bunga borsam bilmiyman deydi
Yana avtobuschini oldiga umid bilan qaytib aka nima qilay Toshkentda yangiman aytvoring desam bitta ketayotgan avtobusga chiqishimni aytdi, minib ketyabman, qarasam kelgan tarafimga mas boshqa tomonga ketyabdi ekan, shunda tushundimki bu boshqa yo'nalish, darrov avtobusdan tushib qoldim
O'shanda juda odamlarni yomon ko'rib ketdim, Shunda Allohdan yordam so'radim, ey Allohim o'zing madad bergin o'zingdan boshqa yordam beradigan kishim qolmadi dedimda tavakkal qilib kelgan tarafimga ketayotgan Avtobusga chiqib oldim

va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi


Qayd etilgan


Mahdiyah  22 Aprel 2010, 06:18:32

Toshkentda birinchi marta o'zim mustaqil ko'chada yurishim
.................
va nihoyat ko'zlagan manzilimga yetib keldim, O'shanda toshkentdagi odamalr xaqida juda salbiy ta'sirot qolgandi, o'shandagi holatdan xozirgacha juda qattiq ta'sirlanaman

O'sha yili o'qishga kiraolmadim, talaba bo'lish keyingi yilga nasib qildi

Har hil odamlar bor. O'sha shofyor ham konduktor ham yordam bersa o'lib qolmasdi. Manda bunaqa xolat bo'lmagan, doim so'rasam javob berishgan, lekin shunaqa holatlarni eshitsam jaxlim chiqadi.
Boshqa viloyatdan kelgan talaba, o'quvchilarga shunaqa muomila qilishadi nimagadur.
Ularni ham orasida yaxshisi bor, yomoni bor.
Lekin bu yerdagilarga 1 tasi yomon ko'rinib qolsa bo'ldi, hamma shunaqa bo'ladi...

P.S. Bir viloyatdan kelib shu yerda o'qishga topshirgan tanishim etgandi.
Shu gapiga rosa kulgandim.  :D
"Man Toshkentda hamma joy toza. ko'chalarda bittayam kir narsa yotmasa kerak, hamisha hamma joy supirib tozalanib tursa kerak dib tasavvur qilganman" didi  ;D

"Rosa..." dib kulgandim gaplariga. Ha Tvda hamisha hammayoq "bahor" bo'lganidan keyin ularniyam tushunsa bo'ladi  :D

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Aprel 2010, 08:58:38

-Koreya firmasida tarjimonman, dedingizmi?
-Ha.
-"Soqqa"ni rosa ovotgandirsiz?
-Nima edi?
-Shunchaki so'radimde. Har holda koreyaliklarni hammasi (!!!) boy (!!!) bo'ladide.

Qayd etilgan


Mubashshir Muhammad  22 Aprel 2010, 10:58:11

Assalamu alaykum.
Bir kuni onam bilan Chorsudagi kitob do'kiniga kirdik. Onam Qur'oni Karim kitobini olmoqchi bo'lib bir do'konchini oldiga bordilar. U Kitoblarni ko'rsatdi. Onam kitoblarni ko'rib chiqayotgan edila,sotuvchi bilan bir kishi gaplashib turgan edi. Bu suhbatni yarmi edi menimcha,u kishi sotuvchiga:"O'sha paytda Qur'on kamyob, juda qimmat edi,o'sha hoji doda Qur'onni narxini so'raganlarida sotuvchi:"Bu Kitob qimmat, bitta molni puli bo'ladi"deganida, u hoji doda:"Hech qisi yo'q, o'g'limga necha pulga bo'lsa olib beraman. Keyinchalik ma'raka,to'ylarda uni pulini ortig'i bilan chiqarib oladi"degandila, deb xoxolab kulib yubordi. Bizga Qur'on ko'rsatgan kishini yoshi kattagina edi, lekin u kishi ham xoxolab kulib yubordi. Bu holat onamga yomon ta'sir qildida, og'zilaridan:"Astag'firulloh" so'zi chiqib ketdi. Kitob sotayotgan amaki bu so'zni eshitiboq jim qoldila va yuzlari qizardi.
Onam tezgina Qur'onni narixini so'radila. U amaki hammaga 14000 so'tganman dedila. Onam pulni sanab uzatdilada,sanab oling dedila. U kishi pulni sanab, 2000 so'mni qaytarib berdilada:"Qizim, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin" dedila. Biz do'kondan chiqdik, onam uyga kelgunlaricha jim keldila.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Aprel 2010, 08:26:02

Dadam 48 yoshdalar. Olloh umrlarini uzun qilsin! Sog'lom va baquvvatlar.
Yaqinda Toshkentga ish yuzasidan kelibdilar. Avtobusga chiqqan ekanlarki, konduktor yigit:
-Keling, otaxon, mana bu joyga o'tiring, - deb joy beribdi.
Dadam uyga kelib bizga shu gapni aytib berdilar.
-Shunchalik qarib qoldimmikin. Joy berganiga rahmat. Lekin otaxon, deb murojaat qildi, -  deb rosa o'ksib qoldilar.
"Otaxon", deb dadamni qalbini jaroxatlagan konduktor... Qalban yosh dadam...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  24 Aprel 2010, 18:07:07

Kecha xizmat safariga Samarqandga borgandim. Sangzorda yo'l chetidagi bannaerdagi yozuv menga ta'sir qildi:" Iymonning yarmi sabr qilmoq, qolgan yarmi esa shukur qilmoqdir!"

Qayd etilgan