BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 63836 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 17 B


Shoxjahon12  08 May 2010, 09:47:15

Oqqo’rg’onga yuradigan taksidaman.
Yo’lda yoshi 30 lardagi bir ayol chiqib qoldi.
Gaplaridan bama’ni ayolga o’xshadi. Oqqo’rg’ongacha suhbatlashib ketdik. Uning gaplaridan juda ta’sirlandim. Uning hikoyasini o’zgartirmasdan blogga joylayapman:


Toshkentda bozorda mayda-chuyda sotaman. Yolg’iz bolam bor.  Erim ichkilikka berilib, meni tashlab ketdi.  Turmush qiyinchiliklari boshimga tushganligini yanada chuqqurroq xis qildim. Erdan ajrashgan ayollar haqida bo’lar-bo’lmas gaplar ko’p  bo’ladi. Ortimdan gapirganlar ko’p bo’ldi.  E’tibor bermadim.  
Bolam uchun yashashga qaror qildim.
Bir kuni bozordan uyga qaytayotgandim. Biroz kech qoldim. Taksiga chiqdim. Taksichi sergap odam ekan:" Bunday ishlab, qancha ham topardingiz? Mana masalan men xotinimni keying haftada Turkiyaga jo’natayapman", deb qoldi.  "œQanaqa ish ekan u?" — so’radim  o’zimni go’llika solib. "œBilmadim".
Xayron qoldim. O’z xotinining qayerga ketayotganligiyu, qachon qaytib kelishini bilmaydigan erkak. . .
"œXoxlasangiz sizni ham gaplashib beraman".                
"œKerakmas", - keskin rad etdim - "œAka, agar xafa bo’lmasangiz, bir gap aytsam".
"œAytingchi", dedi u xamon xush kayfiyatda.
"œSizdek dayus erlar, dayus akalar, dayus ukalarning o’z xotinini, o’z opasini, o’z singlisini qizg’anmasligi va oriyatsizligi tufayli  iboli o’zbek ayollari "œfoxisha" degan jirkanch tamg’aga ilakishib qolyapti", dedim.
Taksichi bir qizarib, bir bo’zarib indamay qoldi.
Oradan bir oylar chamasi vaqt o’tdi"¦ Bu voqea esimdan ham chiqqandi.
Bir kuni bozorda bir kishi yonimga kelib,  nima deb gapirishni bilmasdan kalovlanyapti.
Oxiri gap boshlab qoldi: "œSinglim, meni tanidingizmi?"
"œYo’q".
"œMen o’sha taksichiman. Kennoyingizni jo’natmadim Turkiyaga", dedi.
"œXursandman. Sizga faqat baxt tilayman", dedim.

Qayd etilgan


siddiqa  09 May 2010, 17:48:04

-Falonchining o'g'li Amerikada o'qib kelibdi.
-Qancha opkepti?
-Nimani aytyapsiz?
-Soqqani-da soqqani.
-U ishlagani emas, o'qigani bordiku Amerikaga.
-Unda bekorga vaqt o'tkazibdi-da savil.

odamlar qiziqda .......gaplari undan ham qiziq .

akam Agliyaga o'qishga ketgach hammaiz hursand bo'ldik,ayniqsa dadam ...

ular o'qishni bitirib qaytib kelgach opam ham grand asosida  ketadigan bo'ldilar ,kichik akam ham o'qishga tayyorgarlik 

qo'shnilar ,tanishlar ... "qancha pulga gaplashayapsizlar o'qishni ,grandga kirgazish oson emas ,chetda o'qitish ham,

ha rosa yiqqan ekansizlar da deyishsa
" dadam rosa kulgan ekanlar ........ha rosa yiqqanmiz bilasizku o'qituvchilar shunaqa boy bo'lishadi deb ."



Qayd etilgan


JaviK  09 May 2010, 18:35:05

Bir kuni damazda ketayotgan edim oldida ikki ayol gaplashin ketishyapti: biri
-qara qo`llarimni tepasi oftobda qorrayabdi,
-sen qo`lini gapiryapsan uzun kiysang ko`rinmaydi, menchi bo`yin va  yelkalarim qorayib ketdi nima qilsihga ham hayronman.

Gaplaridan yuzaki kulsamda, qalbim ezila boshladi..Astag`firulloh

Qayd etilgan


Ansora  10 May 2010, 21:22:04

Bundan 3 yil oldin Qo'qondan Turkiyaning Adana shaharigacha kelib qolishgan 97 yoshli, Abdulhamid ota bilan shuhbatlashar ekanman, xozirgi kunda Jarroh, Proffesor, (ular ham Andijondan qochib Turkiyalarga kelib qolgan oilani farzandlari), bundan bir necha yil oldin Turkiya Davlat Ministrlaridan biri bo'lgan Ahat Andijon haqida shunday degandilar:

"Ahatni otasi bilan Adanadagi hovlida gaplashib o'tirgandik, Ahat 6-7 yoshlarda, issiq kunda chang-to'zon demay, butun bolalar yugirib o'yin o'ynashardi. Shunda Ahatni dadasi, "Hey Abdulhamid, shularam odam bo'larmikan-ey", dedi. Men esa: "Ey og'ayni, hali bular shunday katta odam bo'lishsin-ki, sen ham, men ham ularni davrida mazza qilamiz inshalloh", degandim...

Ahat Davlat Ministri bo'lib, huzuriga qulluq bo'lsinga borib, ko'zimga yosh oldim, beihtiyor o'sha kunlarni esladim.

Men ham rahmatli (2 yil oldin vafot etdilar) Abdulhamid otani bu gaplarni tez tez eslab turaman, farzandingizga hech qachon : "Odam bo'lmaysan", demang, uni yerga urmang. Uni kim bo'lishida sizni, yani ota-onasining duosi va ishonchi juda katta rol o'ynaydi!!!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  11 May 2010, 16:21:13

Birpas avval qandaydir yumush bilan ishxonamiz buxgalterining xonasiga kirgandim.
U, 40 yoshlardagi ayol bo'lib, telefonda kim bilandir yig'lamsirab gaplashar edi.
Birovning yig'laganini ko'rsam ko'nglim bo'shab ketadi, negadir...
Keyin bilsam uning onasining tibbiy ko'rik natijasiga ko'ra rak kasaliga chalingan ekan.
Hech kimga bunday ko'rgulikni ravo ko'rmasdim... Juda rahmim keldi unga...

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 May 2010, 14:41:35

Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim.  Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret.  Bola  nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:"Otasini bolasi-da"¦ "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara"¦", dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda  achindim unga"¦
Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib "œAlu,alu" deyishlarini ko’rib, bola  birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona  o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. "œTarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir — degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda.  Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat.  Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan.
Bugun 14 may  dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda!
Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding.  Peshonangdan o’pib:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! — degim keldi.
Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!

Qayd etilgan


muhibb  14 May 2010, 15:39:41

Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim.  Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret.  Bola  nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:"Otasini bolasi-da"¦ "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara"¦", dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda  achindim unga"¦
Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib "œAlu,alu" deyishlarini ko’rib, bola  birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona  o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. "œTarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir — degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda.  Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat.  Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan.
Bugun 14 may  dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda!
Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding.  Peshonangdan o’pib:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! — degim keldi.
Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!


Kuchli falsafa!

Men ham bunaqangi holatlarga ko'p guvoh bo'lganman. Bolalarning kattalarga taqlid qilishlariniku tushunsa bo'ladiyu, hech kim o'rgatmagan arsalarni qilishlarini haliyam tushuna olmayman.

2 yoshga endi qadam qo'yadigan qizim, bir necha kun oldin shamollab qolgan, dorilar ta'sirida o'zini tiklab olgan edi. Ammo haliyam yo'talar edi. E'tibor berib tursam, har safar yo'talayotganida u hoh ko'chada bo'ladimi, hoh dasturxon atrofida bo'ladimi, har qanday holatda qo'lini to'sib "o'xxu" der edi. Vaholanki, maktab yoshidagi bolalarga ularning ota-onalari dasturxonga qarab  yo'talmaslikni, qo'li bilan to'sishni urushib tushuntirishadi. Ular esa, nuqul bu tushuntirishga teskari ish qilishadi.

Shunda bolaninng farosati fitratidan bo'lsa kerak-a?? degan fikr hayolimga keldi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  15 May 2010, 16:25:55

IBRAT

Dunyoning ajoyib ibratlari bor,
O‘sha boshqaradi umr kemasin.
Do‘stiga mehrini etganda izhor,
Hech kim ko‘kragidan tepki yemasin.
Qanchalik balandga chiqmasin odam,
Aslo unutmasin Halloq — egasin.
Mayli gunohiga iqror bo‘lsa ham,
Savob ishin esa qildim demasin.


Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Shoxjahon12  15 May 2010, 17:01:01

FARZAND

Bir kuni ranjitdi otani farzand,
Ota o‘z uyidan bosh olib ketdi.
Lekin Alloh mehri bo‘lib sarbaland,
Ota Makkatulloh vasliga yetdi.

Ota fig‘on chekdi Ka’ba qoshida,
Go‘yo unut bo‘lgay alamlar bari.
Najot charx ursa ham garchand boshida,
Sira ketolmadi bir gapdan nari.

Ka’baga sig‘inar ekan keksa chol
Armonin oshkora aytdi olamga.
Dedi:-Ibodatim bo‘lsa ham uvol,
Faqat saodat ber o‘sha bolamga.


Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 May 2010, 19:26:43

H a m r o b u v i. Omin, shaytonning bo‘yni sinsin!
O m o n. Hola, shayton — xurofot, yo‘q narsa!
H a m r o b u v i. Bor-bor! Senga qolsa xudoni ham yo‘q deysan...

(Abdulla Qahhorning "Shoxi so'zana" asaridan)

Qayd etilgan