Xotira qanday shakllanadi?
Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.
Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.
2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.
* * *
Demak, xotirasi zaiflashayotganidan shikoyat qiluvchi erkaklar shaxsiy hayotlarini tartibga solib, shahvatni qo‘zg‘otuvchi turli xil omillardan uzoq turganlari ma’qul. Aslida psixologlarning mazkur xulosalari sharq an’analarida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ma’lumki, qadimda madrasa o‘qituvchilari o‘z talabalarining zakovatiga putur yetmasligi uchun ham ularni nomahramga nazar solishdan qaytarishgan. Imom Shofe’iyning «Begona ayolga qarash, yodlangan narsalarning unutilishiga olib keladi», degan xikmatli so‘zi ushbu qarashni tasdiqlaydi...
Яқинда шу мақолани тслиқ сқийсиз, иншааллоҳ.