Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?  ( 56361 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Abdulhafiz  08 Fevral 2010, 23:47:21

:as:
Xotirani mustahkamlash uchun nima qilish kerak?

Qayd etilgan


Akbarjоn  09 Fevral 2010, 01:26:47

Bir joyda o'qigandim
Hotirani mustaxkamlash uchun misvok qilish kerak, nomozni hushu bilan o'qishga xarakat qilish kerak, qur'on tilovati qilib turish kerak va Qur'ondan yodlashda bardavom bo'lib turish kerak ekan, aga topsam manbasini imkon qadar yetkazamiz

yana bir gap abuturietlik vaqtda o'qishga tayyorlanayotganimizda eshitgandik, shakar kop istemol qilishlik miyya hjayralarini faoliyatini yaxshilarkan va xotirani mustaxkamlanishiga sababchi bolarkan

Yana Alloh bilguvchiroq

Qayd etilgan


siddiqa  09 Fevral 2010, 07:29:57

Bir joyda o'qigandim
Hotirani mustaxkamlash uchun misvok qilish kerak, nomozni hushu bilan o'qishga xarakat qilish kerak, qur'on tilovati qilib turish kerak va Qur'ondan yodlashda bardavom bo'lib turish kerak ekan, aga topsam manbasini imkon qadar yetkazamiz

yana bir gap abuturietlik vaqtda o'qishga tayyorlanayotganimizda eshitgandik, shakar kop istemol qilishlik miyya hjayralarini faoliyatini yaxshilarkan va xotirani mustaxkamlanishiga sababchi bolarkan

Yana Alloh bilguvchiroq

Bunga qo'shimcha tarzda parhez qilish  ham hotiraga yahshi ,keyin uydegilar mayiz ,yong'oq asal yedirishardi abuturientlikda .

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Fevral 2010, 07:57:13

:as:
Qur'onni tez-tez va ko'p o'qish bn yodlash xotirani mustahkamlaydi

Qayd etilgan


Chustiy  09 Fevral 2010, 18:03:06

Abdulhafiz bir kuchli gap keldiyu, joy torlik qilgani bois indamay qo'ya qoldim,  ;D inshaAlloh onlineda uchrashib qolsak qo'lig'izga pichirlab qo'yaman....  ;D

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2010, 18:25:55

Xotira qanday shakllanadi?

Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo‘lib o‘rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko‘rish va eshitish orqali ega bo‘linadi. Insondagi ko‘rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko‘zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq.
Masalan, Mark Tven sahnada o‘ynashi kerak bo‘lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha yengib o‘tolgan ekan.
2. Qaytarish. Qadimda ko‘pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o‘xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug‘ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.

* * *

Demak, xotirasi zaiflashayotganidan shikoyat qiluvchi erkaklar shaxsiy hayotlarini tartibga solib, shahvatni qo‘zg‘otuvchi turli xil omillardan uzoq turganlari ma’qul. Aslida psixologlarning mazkur xulosalari sharq an’analarida ham o‘z tasdig‘ini topgan. Ma’lumki, qadimda madrasa o‘qituvchilari o‘z talabalarining zakovatiga putur yetmasligi uchun ham ularni nomahramga nazar solishdan qaytarishgan. Imom Shofe’iyning «Begona ayolga qarash, yodlangan narsalarning unutilishiga olib keladi», degan xikmatli so‘zi ushbu qarashni tasdiqlaydi...

Яқинда шу мақолани тслиқ сқийсиз, иншааллоҳ.

Qayd etilgan


Mahdiyah  11 Fevral 2010, 07:42:10

AbdulAzizni yozganlariga So’fyoni Savriyning etganlari esimga tushdi:

"Ilmning avvali sukutdir. Keyingisi tinglamoq, so’ng uni asramoqdir. To’rtinchisi unga amal qilmoq, beshinchisi uni yoymoqdir".

qaysidur jihatdan shu mavzuga aloqasi bor

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Fevral 2010, 10:18:21

Yana xotirani mustahkamlash uchun ko'proq she'r yodlash kerak. Bu ham katta yordam beradi. Ham ma'naviyatga, ham xotiraga...

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Fevral 2010, 10:24:23

O’tkir xotira sirlari
 Bolaligida Ibn Sino onasidan «Nega osmon oldin katakchalardan iborat edi-yu, hozir o‘sha katakchalar yo‘q?» deb so‘ragan ekan. Bunday deb so‘rashiga sabab go‘dakligida onasi har xil hasharotlardan saqlash maqsadida uning yuzini elak bilan yopib qo‘yar ekan. Keyinchalik o‘sha manzarani bo‘lg‘usi tabib kuchli xotirasi yordamida xotirlay bilgan ekan. Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so‘zni eslab qolishi mumkin.
davomi...
 

Qayd etilgan


Akbarjоn  11 Fevral 2010, 10:28:09

Kim biladi hotiraga nechi megabayt gegabayt terabayt ma'lumot ketadi
va ishlash tezligi qanaqa nechi Ghz :) xech o'ylab ko'rganmisizlar....

Qayd etilgan