O`ylab qoldim, nega biz "Shukur" so`zini esdan chiqaramiz, bahona qilish mumkin insonmiz, esdan chiqarguvchimiz deb. Lekin, mening fikrimcha, bu egaistlik xislatidan, qilgan ishlarimiz, erishgan yutuqlarimiz, sog`ligimizni hammasini o`zimiz hech kimning yordamisiz bajardim deb o`ylamiz.
Banda, nega shukur qilmaysan...
Sog`ligingdan noliysan, bir masjid tomonlarga o`t, Jum'aga bor, ko`rasan oyog`i yo`q, qo`li yo`q. Lekin iymon bor, sajda qiladi.
Rizqingdan noliysan, Olloh har bir kishiga rizqini o`zi taqsimlagan, tashqariga chiq tilamchini ahvoliga qara. Lekin u o`sha kimdir bergan ozgina pulga shukur qiladi, pul yo`q, lekin iymon bor, shukur bor.
Zamonadan noliysan, qo`pol bo`lsa ham aytaman "ovozingni o`chir", bundan ziyod yaxshi zamonni qayerda ko`rgansan, Alhamdulillah yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo.
Ishin yurishmayaptimi, shunisiga ham shukr qil.
Shukur qil, shukur qil