Shukrona  ( 13066 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  21 Mart 2010, 12:34:02

Kechagina o'qigandim:
 
Bir inson ertalab uyidan chiqar ekan xayolidan: "Ey Allohim, Sen meni yaratding, Sen menga haqqini berib ishlamasam ham kunlik rizqimni berasan. Yaratgan qulingni hech qachon rizqsiz qo'ymaysan. Meni bunga ishonchim so'ngsiz.
Lekin men yana Sening qudrating bilan ertalabdan oilam, bola-chaqamga halol rizq olib kelish uchun, Sening rizoingni qozonish uchun uyimdan chiqdim. Sog'-salomat chiqqan uyimga oqshom yana shu shaklda qaytishim uchun Sen meni qo'ri, rizqimni ulug' qil Yo Rabbim....deb o'tkazsa bu qul butun kun gunohlardan holi bo'lar, har bir amaliga savob yoziladi, inshAllohu Taolo....

Rabbimiz shunchalar mehribonki, har bir shukrimiz bilan yana o'zimizga foyda keltiramiz. Yetarki buni unutmaylik....

Qayd etilgan


Habib  07 May 2010, 09:33:51

Alloh kecha qiz farzand ato etdi.
O'ZIga behisob shukr!

Qayd etilgan


Abu Muso  07 May 2010, 09:37:59

Alloh kecha qiz farzand ato etdi.
O'ZIga behisob shukr!

 :as:
Alloh umri bilan ato qilgan bo'lsin!
Soliha, masturalardan bo'lib yursin!

Qayd etilgan


Shoxjahon12  07 May 2010, 09:45:19

Alloh kecha qiz farzand ato etdi.
O'ZIga behisob shukr!
Umri uzun,
Baxti butun bo'lsin!

Qayd etilgan


Muslima.bgm  03 Iyun 2010, 09:28:23

Assalomu aleykum aziz forumdoshlar.
Bugun ertalab uydan chiqar ekanman havo aynib turganini ko'rdimu lekin zontik olgim kemadi. Metrodan chiqsam yomg'ir tomchilab boshladi. Ishxonamgacha ozgina yayov yurish kerak. Yo'lda ketgancha Ey Allohim, yomg'ir qattiq yog'may tursin ishhonamga etib olay dedim ;D.  Buni qarangki, ishxonamizni eshigidan kirishim bilan yomg'ir shunaqa qoydiki. Allohni rahmdilligi ,karami kengli, bandasini o'z panohida asrashiga ko'p hamdu sano ayttim. Yo'mg'irda qolish balki uncha yomon narsamasdir lekin chin dildan qilingan duolar albatta ijobat bo'lishiga yana bir bor amin bo'ldim...

Qayd etilgan


studentcha  14 Oktyabr 2010, 01:35:15

ajoyib mavzu ekan

Qayd etilgan


yoqutxon  01 Dekabr 2010, 23:12:56

Assalom aleykum.
Ushbu voqeani birovni dardini doston qilish niyatida emas balki Shukr qilish,fikr yuritish,  ibrat bo'lsin uchun yozayapman......
Bir hola borlar bir necha oydan ber bizning dorihonadan ko'p ko'p dori darmon olib ketadilar.Bir kunni "Xola shuncha dorilarni kimga olasiz har doim ?" deb qiziqib so'radim. U esa " Ey qizim nimasini aytay, hayot shundaty ekanda" deb o'z voqealarini aytib berdilar..........
Bu holaning uyidagi bemor 7 yosh nevarasi ekan. Oyog'i ishlamaydi, gaplari ham aniq ravon emas, tug'ma majruh ekan. Holaning qizi(yani bolaning onasi) bir necha yillar oldin vafot etib qolibdi, bechora murg'ak bolani esa o'z otasi mujruh bolalar uchun mo'jallangan yetimxonaga topshirib yuborgan.Qizi dardida kuyib turgan holaga kuyovining bu qilig'i qanchalar qattiq zarba bo'lganini o'zingiz tassavur qilavering.O'sha yetimxonaga borganda karavotda qarovsiz yig'lab yotgan nevarasini ko'rib yuraklari tilka pora bo'lib o'sha kunni o'zidayoq kerakli hujjatlarni tayyorlab uni olib chiqib ketib o'zi qarayotgan ekan. Mana shularni menga aytib berarkanlar "Voy  meni nevaramni ko'rmabsiz qizim.Shunday asal, shunday shakar.Farishtaga o'xshaydi.Bechorada nima ayb oyog'i ishlamasa ham, gapira olmas ham umiddim bor, Ollohdan har kunni unga shifo so'rayman. Zora oyoqqa turib ketsa, tuzalib ketsa.........Mana telefonimda rasmlari bor mana ko'ring qizim"
Rostan ham shunaqangi shirin bola ekan.Rasmlarni ko'rib zo'r'g'a ko'z yoshlarimni to'htatib turdim. Ayiqchasi bilan tushgan, stulchada o'tirib tushgan rasmlari bor ekan.
Eh shu voqea bo'ldiyu rosa o'ylanib qoldim.Noliydigan narsalarim eng keraksiz narsalardek,hayotim shohonadek ko'rinib ketti.Ollohga yanada ko'proq shukrona aytishimiz kerak..........Zero qancha ko'p shukrona keltirsak ham shuncha kam bo'laveradi....

Qayd etilgan


Zamiraxon  03 Dekabr 2010, 23:33:28

 :as:

Shukronalar bo'lsinkim, biz avvalo muslumonmiz, Alloh taoloni, Uning Kitobini, Uning farishtalarini, Payg'ambarlarni, Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (sav)ni, sahobiylarni, tobeiynlarni, ularning yo'llarini bosib o'tgan solih insonlarni taniymiz, tanish yo'lidamiz, tanimagan bo'lsak niyatimiz shu!!!

Shukronalar bo'lsinkim, Qur'oni Karim tufayli biz necha asrlar avval bayon etilgan Allohning mo'jizalaridan xabardor bo'lish imkoniga egamiz, bunga iyomn keltiramiz.

Shukronalar bo'lsinkim, biz ota-onamizga o'zgacha bir mehr-muhabbat, xurmat ila munosabatda bo'lamiz, g'ayridin ahlining ba'zi qatlamlari 18-19 yoshdan keyin na onaga na otaga o'zini muhtoj sezadi, ba'zi qatlamlari ota-onasini qarigan chog'ida zor qaqshatib qariyalar uyiga tashlab ketishadi.

Shukronalar bo'lsinkim, boshqa chet mamlakatlarida o'zaro yoki ichki urushlar, qahatchilik bo'lib turgan bir paytda biz Allohning nazari tushgan, tinch, alhamdulillah to'q davlatda yashayapmiz.

Shukronalar bo'lsinkim, og'ir kunda, yengil kunda yonimizda turadigan, bizga haqiqiy ko'zgu bo'lguvchi birodarlarimiz bor.

Shukronalar bo'lsinkim, farzandlarimizga chiroyli tarbiyani berish kabi muhim va o'ta jiddiy masalada ham muborak dinimiz yordamga keladi.

Shukr, shukr....

Qayd etilgan