Windows operatsion tizimi bo`yicha darslar  ( 26618 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


MaxCmd  20 Iyul 2006, 12:40:56

Assalomu alaykum!
Hamma yaxshi kun, yaxshi kayfiyat tilagan holda, bo`limdagi birinchi darsni boshlayman.
Boshqa forum a'zolari ham o`zlarining qiziqarli darslari bilan qatnashishini so`rayman.

Sistema haqida ma'lumotga qo`shimcha kiritish(System Properties)
Bu dars sistema xususiyatlari o`zimizning suratimiz va o`zimiz haqidagi ma'lumotlarni kiritish imkoniyatini berish haqida:

Demak,
1. Notepad(Блокнот) programmasini oching.
2. Unga quyidagi satrlarni yozing:
[General]
Manufacturer=MaxCmd
Model=Only4Design
[OEMSpecific]
SubModel=
SerialNo=
OEM1=
OEM2=
[Support Information]
Line1=Farhodjon Chinberdiyev
Line2=2D, 3D, WEB, Admin
Albatta, Manufacturer, Model, Line1(2, 3, ...) satrlariga o`zingiz xohlagan matnni yozing.
3. Bu faylni C:\Windows\System32 papkasiga "oeminfo.ini" nomi bilan saqlang.
4. My Computer(Мой компьютер) xususiyatlariga kiring(yoki, klaviaturadan [Windows Logo]+[Pause Break] tugmalarini bosing). Shu oynada Support Information(Сведения о поддержке) knopkasi paydo bo`ladi. Yuqoriroqda esa Manufacturer, Model satrlaridagi so`zlar chiqadi. Support Information knopkasini bosganingizda Line1, ... lardagi satrlar chiqadi.

Rasmni joylashtirish:
1. Ixtiyoriy rasm redaktorida o`zingizga yoqqan rasmni oching(yoki yarating, mas.: avatingiz).
2. Uni C:\Windows\System32 papkasiga "oemlogo.bmp" nomi bilan saqlang.
Tayyor!

P.S.: oeminfo.ini faylini yaratmaguningizgacha oemlogo.bmp fayl System Propertiesda ko`rinmaydi.

Qayd etilgan


forumnnb  20 Iyul 2006, 19:52:14

Assalomu alaykum!

Hammaga yaxshi kayfiyat tilab, quyidagi ma`lumotlarni bermoqchiman!

Pusk menusiga kirasiz(buni windows+R yordamida amalga oshirsa hm bo`ladi) va DXDIAG komandasini terasiz.

BU yerda oyna ochilib, sizga komputeringiz, uning qurilmalari va DirectX haqida ma`lumot chiqadi. U yerda siz Direct X ni  sinovdan o`tkazib olishingiz ham mumkin.  :)

Qayd etilgan


forumnnb  20 Iyul 2006, 20:04:39

Boot.ini fayli haqida qisqacha ma`lumot!

Boot.ini fayli windows operatsion sistemasida muhim o`rin tutadigan sistema fayllaridan biri hisoblanadi. Bu fayl orqali operatsion sistema yuklanishini amalga oshirishimiz mumkin.

U quyidagi ko`rinishda bo`ladi.

[boot loader]
timeout=30
default=multi(0)disk(0)rdisk(0)partition(1)\WINDOWS
[operating systems]
multi(0)disk(0)rdisk(0)partition(1)\WINDOWS="Microsoft Windows XP Professional" /fastdetect /NoExecute=OptIn

[operatsion systems]
bo`limida sizda mavjud b`olgan operatsion sistemalar ro`yxati chiqadi. Siz kerakmasini olib tashlashingiz ham mumkin.
[boot loader]
bu bo`limda timeout orqali yuklanishga vaqt belgilanadi, 10 deb belgilasangiz 10 sek.dan keyin operatsion tizim avtomatik tarzda yuklanadi.


Qayd etilgan


forumnnb  21 Iyul 2006, 21:50:05

Assalomu alaykum!

Ba`zida qaysidir diskimizda turgan tushunarsiz fayllarni ko`rib hayron qolamiz, ba`zida esa o`chirib tashlashga ham qo`rqamiz. Shu "bizni qo`rqitgan fayllar haqida", ya`ni  sistema fayllari haqida qisqacha ma`lumot berib o`tmoqchiman:

1. HIBERFIL.SYS - Спящий режим fayli hisoblanib, ma`lumotlarni xotirada saqlab qoladi.
2. IO.SYS - Windows 98 uchun, kiritish-chiqarish qurilmalarida operatsiyalarni amalga oshiradi.
3. NTDETECT.COM - Yuklovchi uchun muhim hisoblanib, apparat konfigurasiyalarini aniqlash uchun ishlatiladi.
4. NTLDR - XP operasion sistemasini yuklovchisi hisoblanadi.
5. PAGEFILE.SYS - Virtual xotira uchun muhim hisoblanadi.
6. MSDOS.SYS - Windows 98 uchun DOS drayveri


Qayd etilgan


MaxCmd  11 Avgust 2006, 19:09:54

Windows da kompyuter qurilmalari haqida ma'lumot olish

Assalomu alaykum! Bugun men sizlarga Microsoft Windows OSida kompyuter qurilmalari haqida ma'lumot olish usullari haqida ma'lumot beraman. Xullas boshladik.

1. System Properties(Свойства системы). Bu yerda OS, protsessor va operativ xotira haqida ma'lumotlarni olishingiz mumkin. a) My Computer(sichqonchaning o`ng tugmasi)->Properties->General(Мой компьютер->Свойства->Общие); b) Control Panel->System(Панель управления->Система); c) [Windows]+[Pause Break] klavishlari.
2. Device manager(Диспетчер устройств). Bu yerda sizda drayveri o`rnatilgan qurilmalar, ularning nomlari haqida ma'lumot olishingiz mumkin. a) My Computer(sichqonchaning o`ng tugmasi)->Properties->Hardware->Device Manager(Мой компьютер->Свойства->Оборудование->Диспетчер устройств); b) My Computer(sichqonchaning o`ng tugmasi)->Manage->Device Manager(Мой компьютер->Управление->Диспетчер устройств); c) Control Panel->Administrative Tools->Computer Magament->Device Manager(Панель управления->Администрирование->Управление компьютером->Диспетчер устройств).
3. msinfo32 utilitasi. Bu programma orqali sistema, qurilmalar haqida barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Start->Run va msinfo32(Старт->Выполнить).

Akmal tomonidan yana bir maslahat:
Компьютерингиздаги курилмалар хакида "Справка и поддержка" га кириб, шу ердан "Сервис"дан "Сведения о компьютере" дан хам тулик маълумот олишингиз мумкин. Хатто бу ерда биос хакида хам маълумот беради.
Пуск -> Справка и поддержки -> Сервис -> "Сведения о компьютере"

Kompyuteringizni sotish fikriga kelib qolsangiz, bu ma'lumotlar sizga juda foyda beradi.

Qayd etilgan


Norbek  23 Sentyabr 2006, 15:04:07

Shaxsiy kompyuterlarda xotiraning iyerarxik darajasi

Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:
"¢   Mikroprotsessorli xotira (MPX);
"¢   Registerli kesh-xotira;
"¢   Asosiy xotira (AX);
"¢   Tashqi xotira (TaEQQ);

Qayd etilgan


Ozodbek.  21 Sentyabr 2009, 00:18:20

Hammaga salom va ishlariga omad tilayman!
Ba'zi  bir siz xoxlamagan keraksiz dasturlar kompyuterni yoqqanda avtozapuskga tushayapdimi?
 ( Quick time, 7-zip, MAil ru agent) buni yo'li oson.
Faqat quyidagi tartib bo'yicha ish yuritsangiz bo'lgani:
Pusk menyusiga kirib vipolnit ga kirasiz va "MSCONFIG" ni terasiz va sizga nafaqat avtozapusk balki
system.ini, boot.ini,win.ini larni ham to'g'rilashingiz mumkin

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


akula  13 Iyul 2011, 23:06:45

mani 1ta kompyuterimda jyostki diski yuq shuni fleshka bilan yondirib kompyuterni ishlatish yulini urganib oldim shu haqida ma'lumot berib utmoqchiman balki sizlarni habarilar bordiru lekin shunday bulsa ham aytib utay
 Hullas Sony vaio VGN Cr32sr  noutbooki  jyostkiy disksiz (no HDD) buning uchun 2 gb li fleshka oldim va torentdan windows live cd versyasini skachat qilib oldim sungra UltraIso programmasi orqali fleshkaga yuklab oldim va multibot orqali zagruzichniy hdd qilib fleshkani multizagruzichni diskga aylantirib oldim ana endi bemalol fleshka orqali kompyuterni boshqarsa buladi xoxlagan ishizni qilasiz kino klip music mozilla brauzer internet uchun hamma narsala bor faqat prog ustanovka qilib bumidi buni ham qilsa buladi lekin boshqa zagruzichni systemada misol uchun linux da
hullas bu juda foydali malumot negaki kompga biror qanday virus tushub qolsa ushbu multizagruzichni fleshka orqali kompni orqaga qaytarsa yoki antivirus orqali kompni tozzalab tashlasa buladi qushimcha xizmatlari ham juda bisyor kupgina qulayliklar bor





Qayd etilgan


Amonjon177  13 May 2013, 15:47:33

Salom! Forumdoshlar tuzuvmisila. Yordam berila bir masalada. Kompimni rabochiy stolni razmerini özgartirdim svoystva oformeleniydan. Razmer katta böp ketib. Monitorim qop qora böp qolgan. Lekin protsessor ishledi. Monitor körsatmedi nima qilay yordam berila.

Qayd etilgan


NANO  13 May 2013, 17:39:53

1. Boshqa monitor topib ulen
2. Bezopasniy rejimdan kirib kurin
3. Bezopasniy rejimdan vostonovit poslednyu udachnoyu konfiguratsiya qilib kuring!

Qayd etilgan