Assalomu alaykum!
Hamma yaxshi kun, yaxshi kayfiyat tilagan holda, bo`limdagi birinchi darsni boshlayman.
Boshqa forum a'zolari ham o`zlarining qiziqarli darslari bilan qatnashishini so`rayman.
Sistema haqida ma'lumotga qo`shimcha kiritish(System Properties)Bu dars sistema xususiyatlari o`zimizning suratimiz va o`zimiz haqidagi ma'lumotlarni kiritish imkoniyatini berish haqida:
Demak,
1. Notepad(Блокнот) programmasini oching.
2. Unga quyidagi satrlarni yozing:
[General]
Manufacturer=MaxCmd
Model=Only4Design
[OEMSpecific]
SubModel=
SerialNo=
OEM1=
OEM2=
[Support Information]
Line1=Farhodjon Chinberdiyev
Line2=2D, 3D, WEB, Admin
Albatta, Manufacturer, Model, Line1(2, 3, ...) satrlariga o`zingiz xohlagan matnni yozing.3. Bu faylni
C:\Windows\System32 papkasiga
"oeminfo.ini" nomi bilan saqlang.
4.
My Computer(Мой компьютер) xususiyatlariga kiring(yoki, klaviaturadan
[Windows Logo]+[Pause Break] tugmalarini bosing). Shu oynada
Support Information(Сведения о поддержке) knopkasi paydo bo`ladi. Yuqoriroqda esa Manufacturer, Model satrlaridagi so`zlar chiqadi.
Support Information knopkasini bosganingizda Line1, ... lardagi satrlar chiqadi.
Rasmni joylashtirish:
1. Ixtiyoriy rasm redaktorida o`zingizga yoqqan rasmni oching(yoki yarating, mas.: avatingiz).
2. Uni
C:\Windows\System32 papkasiga
"oemlogo.bmp" nomi bilan saqlang.
Tayyor!
P.S.: oeminfo.ini faylini yaratmaguningizgacha oemlogo.bmp fayl System Propertiesda ko`rinmaydi.