Windows operatsion tizimi bo`yicha savol-javoblar  ( 66246 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B


forumnnb  29 Iyul 2006, 17:35:24

Altkeb. programmasidan tashqari Parawin degan programma ham bor

Qayd etilgan


Abdulla  24 Avgust 2006, 20:30:39

Masalan, Baltica Uzbek shrifti uchun har doim ishlaydi. Faqat matnni ruschada yozish kerak. Baltica Uzbek uchun: "q" - "=", "g`" - "\", "o`" - "ы", "h" - "щ". Agar bu ham foyda bermasa, muammo sizning shriftingizda bo`ladi.
Baltica Uzbek shriftini file.uz ga tashlab qo`ydim.
http://file.uz/files/ad09e3a90fee70d6a0f7ecb46513e414/Fonts.exe
Bu shrift menda ishlayapti. Yana muammo bo`lsa aytarsiz. Boshqa shriftlarni ham berishim mumkin.

Yana bir gap: Javobingizdagi xabarga ham mavzu qo`ysangiz. Bu boshqalarga ham yordam berardi(Bo`lim qoidalarida yozilgan).

Oson yoli ham bor siz avvalgi yo'l bilan tekstlari yozavering. keyin nayti i zamenitdan foydalanasiz. bunda faqat adashmasangiz buldi.

Yo'q, bo'lmadi...
Muammo shundaki, menda windows98 operatsion sistemasi o'rnatilgan.
Oldingi sistemada esa kerakli harflar 1 2 3 4 5 klavishlariga yuklangan edi. Shunga qo'l o'rgangan.
Shuni eplolmayapman...

Qayd etilgan


forumnnb  30 Avgust 2006, 09:40:05

Assalomu alaykum!

Windows 98 operatsion sistemasini qayta o`rnatmasdan tiklab olish yo`llari mavjud.
Agar sizda NTLDR is missing, Insert system disk va shu kabi xatolar chiqayotgan bo`lsa quyidagi ishlarni bajarasiz.
1. Dastlab system disketa yaratasiz(Pusk -->Установка и удаление программ) -- загрузочный диск)
2. BIOSga kirib disketaning birinchi yoqilishini belgilab qo`yasiz.(BIOS ga kirish DEL yoki F1 yordamida amalga oshiriladi)
3. Disketa yordamida yoqilgan komputerda qora ekran va kursor turadi (A:\)
4. U yerga quyidagi buyruqni kiritasiz: SYS A: C:
5. Bu buyruq hamma systema fayllarini yangilab chiqadi.
6. So`ng MSdos.sys faylini ochasiz (buni norton commander yordamida amalga oshirasiz) yoki bo`lmasa MS.DOS faylini ochasiz (uning hajmi 1024baytdan kichik bo`lmasligi) kerak. (copy con msdos.sys degan buyruqni kiritib, textni yozasiz)
7. Bootmulti  va BOOTGUI- > 1 turishi kerak.


Tushunmagan joyingiz yoki bo`lmasa savollaringiz bo`lsa marhamat!!!

Qayd etilgan


SAYYOR  06 Sentyabr 2006, 17:13:44

Assalomu alaykum
Hurmatli forum ishtirokchilari, men MAC da ishlayman va unda o`zbekcha (kiril) fontlarga e`htiyojim bor. Agar birontangizda bo`lsa yoki shunday fontlarni ko`rganingiz e`lektron sahifalar bo`lsa men bilan o`rtoqlashishingizni umid qilib qolaman va avvaldan tashakkurlarimni qabul qilgaysiz.

Qayd etilgan


MaxCmd  12 Sentyabr 2006, 15:14:50

Assalomu alaykum
Hurmatli forum ishtirokchilari, men MAC da ishlayman va unda o`zbekcha (kiril) fontlarga e`htiyojim bor. Agar birontangizda bo`lsa yoki shunday fontlarni ko`rganingiz e`lektron sahifalar bo`lsa men bilan o`rtoqlashishingizni umid qilib qolaman va avvaldan tashakkurlarimni qabul qilgaysiz.

http://www.macfonts.com/ ni qarab ko`ring.

Qayd etilgan


Nodi  14 Sentyabr 2006, 19:48:32

Assalomu alaykum!
Manda hozir english Windows!
negadir ba'zi ruscha programmalarni o'rnatsam shriftlari aji-buji chiqadi.
Nima qilish kerak?

Qayd etilgan


MaxCmd  15 Sentyabr 2006, 19:13:49

Va alaykum assalom!

Nodi, sizning Windowsingizda ruscha shrift Unicode bilan ishlay olmaydigan programmalar uchun o`rnatilmagan. Unicode qo``lay olmaydigan programmalar ruscha shriftni Unicode sifatida ko`radi va ularni biz xohlaganday tasvirlamaydi.
Buni to`grilash uchun sizga Windows XP ning inglizcha(yoki ruscha) diski kerak bo`ladi.
1. Control Panel->Regional and language Options;
2. Hosil bo`lgan oynadan Advanced panelini tanlaysiz.
3. Pastroqda Select a language to match the language version of the non-Unicode programs you want to use bandidan Russian ni tanlang.
4. Pastdagi ro`yxatdan 20880(IBM EBCDIC - Cyrillic(Russian)) ni ham tanlang.

Keyin OK knopkasini bosing. Shundan so`ng, sizdan qandaydir faylni so`raydi. Shu yerda kompakt diskni ko`rsatib yuborasiz(yoki WinXP da I386 papkasini).
Kompyuterni perezagruzka qilganingizdan so`ng, hammasi OK.
Yana savollar chiqsa yordam beramiz.

Qayd etilgan


Nodi  18 Sentyabr 2006, 05:45:11

Assalomu alaykum!
tashakkur sizga!

Qayd etilgan


Doniyor  04 Oktyabr 2006, 07:20:52

Assalomu alaykum!
Man internetdan turkcha lug'at skachat qilgandim. Arxivdan ochsam quyidagi fayllar chiqdi:
Bts.mdf
Bts.mds

Buni qaysi programmadan ochsam bo'ladi?
Man olgan saytda bu haqda yozilmagan ekan (aniqrog'i rapidshare dan oldim)

Qayd etilgan


MaxCmd  04 Oktyabr 2006, 07:55:09

Assalomu alaykum!

Doniyor, siz Internetdan olgan fayllar bitta diskning Alcohol 120% programmasi orqali qilingan kopiyasi. Bu fayllarni ochish uchun Alcohol 120% programmasi kerak bo`ladi. Bu programmani o`rnatib bo`lgandan so`ng, faylingizni ustida sichqonchaning o`ng tarafini bosasiz va hosil bo`lgan menyudan Mount on Device bo`limidan Virtual diskingizni tanlaysiz.
Shunda programmaning Autorun i ishga tushadi.

Qayd etilgan