Hurmatli forumdoshlar!
Mana bugun anchadan buyon rejalashtirgan ish bo'ladigan. Hoz forumda nechta a'zo bo'lsa, shuncha joy hozirlandi. Palov ham pishdi, kelishingiz bilan suzamiz. Forumdoshlarning uylariga kosmik tezlik ila harakatlanadigan uchar jismlar yuborildi, ko'pi bilan 5 soniyada manzilga yetkazadi. Oilalilarga 2 o'rinlisi jo'natildi.
10 soniyada Buxoroda kutaman, shaharning stol stul sig'adigan ochiq maydonlari Sizga muntazir..
Bomdod namozigacha qanday kelgan bo'lsangiz, yana shu yo'l bilan o'z uyingizda bo'lasiz!
Yoqimli ishtaha!