Bir bola ko'chda qulog'ida naushnik, musiqa eshitib ketayotgan ekan. Ko'chada u bir muysafid cholga duch kelibdi. Chol bo'lsa bo'lmasa bolakay menga salom bersa kerak deb alik olishga chog'lanib tursa, bolakay liqinglab o'tib ketibdi. Chol hayron. Ertansi kuni chol sinchiklab e'tibor beribdi, qarasa bola qulog'iga karlar taqib oladiga allan bir matoh taqib olgan ekan. Shunda chol o'ylabdiki, bu bola hoynahoy kar bo'lsa kerak.
Kunlar ketidan daqiqalar o'tib, tezlikni qarangda, ne bir ko'z bilan ko'rsinki, nevarasining qulog'ida ham shu matoh. Chol hayron. Nevarasini oldiga chaqirib, so'rabdi.
- Bu bolam, mana bu ilib olgan matohing nimasi bo'ldi?
- Qaysi matoh, buva?
- Mana bu qulog'ingdagi aytamanda.
- Aaa, bumi? Bu, buva, telefonku.
Chol telefon nimaligini bilardikuya, ammo bunaqasini haligacha ko'rmagan edi.
- Telefon degin, bolam. Qani menga berchi, man ham bir taqib ko'raychi.
Chol u matohni olib qulog'iga tiqibdi. Allanbalolar deb vaysayotgan ekan, shu zahoti nevarasiga qaytarib beribdi.
- Ha, buva. Tinchlikmi?
- Bu matohingda kimdir gapirib yotibdiku, axir. Kim edi u?
- Bu yerda hech kim gapira yotgani yuq, qushiq aytayapti.
- Bilmasam bolam.
... Bir muysafid uchun yo'qdan bor bo'lgan, aniqrog'i ruyo bo'lgan telefon. Bir hali uqish va yozishni bilmaydigan bola uchun esa o'yinchoq bo'lgan telefon. Telefon o'tgan ajdodlar uchun bir fantaziya edi xolos.