Fantaziya olami  ( 55882 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 B


Lobar AZIZ  06 Dekabr 2010, 15:13:26

Bugun yo`lda kelayotsam yerda yotgan bir hazon dod solib poyimga chirmashib oldi. "Ha?" desam, "Qiynalib ketdim, o`tgan borki meni yanchib, ezg`ilab o`tayapti, tanimda holim qolmadi!" deydi...
Qo`y hafa bo`lma Bargjon, sen-ku barg ekansan, insonlar bir-birini yanchib o`tayapti-ku...

Qayd etilgan


_IYMONA_  06 Dekabr 2010, 15:32:04

Rajab oyida uyda edim, ishga chiqmagandim bir oy, shunda ketishimdan oldin gullarimga aytdim:
  "gulg'unchalarim men kelgunimcha qurib qolmanglar, tez kunlarda kelaman, keb turaman" dedim. Jazirama issiqda qolib ketibdi bu gullarim, hech kim ham qaramabdi...
Tushlarimga ham kirib chiqdi...
Uyda esa duo qib turdim, qurib qolishmasin deb...
20 kun ichida gulchalarim qurib qolishmabdi... Bittasi qurib qolgandi... Umuman barglari ham yo'q...
Duo qildim, so'lib qolma deb... Gullarim bilan gaplashdim...
 3-4 kun ichida yana avvalgidek holga keldi... Hozir ham ular yam-yashil barglar ochishgan, hozir ham...

Qayd etilgan


_IYMONA_  06 Dekabr 2010, 15:40:42

 Birinchi marta jajjigina chaqaloqni qo'limga olganimda hayajondan qo'rqib ketgandim...
  u yig'ladi ovutolmadim, ovutolmadim...
  Shunda qulog'iga duo o'qiy boshladim, suralardan, u ham jim bo'b qoldi. Onasi kelguncha ovutib turgandim...
 Judayam yoqimli edi o'sha paytlarda... yoqimli hislar...

Qayd etilgan


AL_laziz87  07 Dekabr 2010, 17:59:21

Assalomu alaykum! a'ziz futbol ishqibozlari to'g'ridan -to'gri olib ko'rsatilayotgan 2014 yil jaxon chempiyanatining final o'yining 2 bo'limi xam boshlandi. Vakillarimiz an'anaviy oq libosda oy'namoqda maydon egalari Brazila esa o'zing sariq libosida o'ynamoqda. Xisob esa 0-1 oldinda Milliy jamaomiz lochinlari oldinda. Xozirgina katta tabloda ko'rsatgan murabbiyni juda yaxshi tanigan bo'lseylar kerak Mirjalol Qosimov Milliy terma jamaomiz bosh murabbiysi...xo.uzr kechirasizlar..to'p bilan vakillarimiz xafli vaziyat..

Qayd etilgan


AL_laziz87  07 Dekabr 2010, 19:00:32

Assalomu alaykum! a'ziz futbol ishqibozlari to'g'ridan -to'gri olib ko'rsatilayotgan 2014 yil jaxon chempiyanatining final o'yining 2 bo'limi xam boshlandi. Vakillarimiz an'anaviy oq libosda oy'namoqda maydon egalari Brazila esa o'zing sariq libosida o'ynamoqda. Xisob esa 0-1 oldinda Milliy jamaomiz lochinlari oldinda. Xozirgina katta tabloda ko'rsatgan murabbiyni juda yaxshi tanigan bo'lseylar kerak Mirjalol Qosimov Milliy terma jamaomiz bosh murabbiysi...xo.uzr kechirasizlar..to'p bilan vakillarimiz xafli vaziyat..
:vslm: va Rohmatullahi.
Menimcha ohiridegi 2-ta nuqta vakillarimiz o'zini darvozasini oldida degani shekilli a?! :D


Ex! Sizlar! Fantaziya olamida xam yutishimizga ishonmaseylar!

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  07 Dekabr 2010, 19:10:53

 :bsm:

Bir bola ko'chda qulog'ida naushnik, musiqa eshitib ketayotgan ekan. Ko'chada u bir muysafid cholga duch kelibdi. Chol bo'lsa bo'lmasa bolakay menga salom bersa kerak deb alik olishga chog'lanib tursa, bolakay liqinglab o'tib ketibdi. Chol hayron. Ertansi kuni chol sinchiklab e'tibor beribdi, qarasa bola qulog'iga karlar taqib oladiga allan bir matoh taqib olgan ekan. Shunda chol o'ylabdiki, bu bola hoynahoy kar bo'lsa kerak.

Kunlar ketidan daqiqalar o'tib, tezlikni qarangda, ne bir ko'z bilan ko'rsinki, nevarasining qulog'ida ham shu matoh. Chol hayron. Nevarasini oldiga chaqirib, so'rabdi.
 - Bu bolam, mana bu ilib olgan matohing nimasi bo'ldi?
 - Qaysi matoh, buva?
 - Mana bu qulog'ingdagi aytamanda.
 - Aaa, bumi? Bu, buva, telefonku.
Chol telefon nimaligini bilardikuya, ammo bunaqasini haligacha ko'rmagan edi.
 - Telefon degin, bolam. Qani menga berchi, man ham bir taqib ko'raychi.
Chol u matohni olib qulog'iga tiqibdi. Allanbalolar deb vaysayotgan ekan, shu zahoti nevarasiga qaytarib beribdi.
 - Ha, buva. Tinchlikmi?
 - Bu matohingda kimdir gapirib yotibdiku, axir. Kim edi u?
 - Bu yerda hech kim gapira yotgani yuq, qushiq aytayapti.
 - Bilmasam bolam.
... Bir muysafid uchun yo'qdan bor bo'lgan, aniqrog'i ruyo bo'lgan telefon. Bir hali uqish va yozishni bilmaydigan bola uchun esa o'yinchoq bo'lgan telefon. Telefon o'tgan ajdodlar uchun bir fantaziya edi xolos.

Qayd etilgan


UzMuslim  12 Yanvar 2011, 14:23:52

2012-yil Kimyogarlar yili deb E'lon Qilindi...

Qayd etilgan


azizbek_mx  13 Dekabr 2011, 21:16:52

2012-yil Kimyogarlar yili deb E'lon Qilindi...
Mustahkam oila yili emasmi?

Qayd etilgan


ree7  13 Dekabr 2011, 21:44:06

2012-yil Kimyogarlar yili deb E'lon Qilindi...
Mustahkam oila yili emasmi?

Qaysi mavzuda post qoldiryapsiz ))

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  14 Dekabr 2011, 00:17:56

"Boltavoyning sarguzashtlari" degan hikoyacham bo`lardi bir paytlar. Oyisining aptechkasidagi har xil dorilarni aralashtirib "olamshumul ixtiro" qiladigan, keyin uni o`zi bilmasdan ichib qo`yib bulutlar mamlakatiga tushib qoladigan bacha haqida...
Kecha Joanni Rouling telefon qilib "Shu bir hikoyachangiz evaziga sakkiz tomlig` Garry Pottirimni alishtirg`on bo`lurdim" dedi, alishtirmadim....

Qayd etilgan