KURTLAR VADISI  ( 419101 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 86 B


uzboy  19 Fevral 2010, 19:26:29

rahmat SAHOBA va MR_SOIB
ahha, o'zimni nazorat qila olaman. vaqti vaqti bilan zerikkanda ko'ramizda.

Qayd etilgan


Nurilla  19 Fevral 2010, 19:43:36

www.panafilmforum.com da bu kino haqida juda ko'p ma'lumotlar bor. Bir kirib ko'rinlarchi, keyin fikringizni yozasiz. Man ham doim shu saytga kiraman. Oldinlari www.kurtlarvadisi-pusu.com ga kirardim nimagadur sayt yopilgan shekilli.

Qayd etilgan


Akbarjоn  19 Fevral 2010, 22:16:54


Iqtibos
Lekin buzg'unchilikka qarshi kurashish, jamiyat tinchligini asrashga qaratilmaganmi film qahramonlari hayoti? Jinoiy guruhlarga qarshi kurashish, harom yo'llar bilan giyohvand moddalar sotuvchi guruhlarning ildiziga bolta urishga qaratilganku film mohiyati?
Xavflilik tomoni shundaki, yaxshilik pardasiga zulm berkitilib targ'ib qilinadi, siz aytgan narsalar ko'rinishidan ezgulikka dav'at, yovuzlikka qarshi kurashishdek go'yo, ammo... Aslidachi
ekranda vaxshiyona lavhalarni berilishi, insonni so'yilgan xolatini ochiq korsatilishi, qonlar... ochiqchasiga odamlarni o'ldirilish, insoniy qadr qimatin oyoq psti qilinishi, yarim yalang'och kiyinishga targ'ib, oila munosabatlarni g'arbchalashtrishga targ'ib.... ehheee qancha salbiy tomonlarini ko'rsatish mumkin

Iqtibos
Sevgi muhabbat haqidagi serialmasku bu manimcha? To'gri inson joniga tajovuz,urush kabi sahnalar mavjud ushbu filmga. Bu to'g'ri.
Sevgi muhabbat xqidagisini ko'rish mumkinmasku ammo vahshiylik qon to'kilishi, Terror, jinoiy guruh, vahokazo vahokazolarni ko'rish mumkinmi sizningcha
qaysi biri xavfliroq, aql bilan o'ylab ko'ringlar, baraka topgurlar

Iqtibos
Lekin shaxsan man bu filmni oddiy qabul qilaman.  Filmni ko'rmasa biror nima bo'lib qolish ANA O'SHA odamni o'ziga bog'liq. Mukkasidan ketish yo  ketmaslikka bog'liq. Men uchun bu film to'htab qolsa ham farqi yo'q, davom etaversa ham bemalol.
gapning hamasi xam shundada, agar odiiy qabul qilmaganlarizda, yomonligini, maqsadini ochiq tushunganlarizda ko'rarmidilariz, yo'q, maqsad yashirin bo'lgani xolda qanday qilib oddiy qabul qilmaslik mumkin.
Yana bir gap, agar kino berilmay qolsa xam menga baribir debsiz, shuni isbotlay olasizmi, Allohdan ajr mukofat tilab shu korgan seryangizdan boshqasini ko'rmaslikka xarakat qilib ko'ring, soz'laringiz qanchalik rostligini isbotlash uchun, yoki o'zingizni qanchalik to'g'ri baholay olayotganingizga ishonch xosil qilish uchun, InshaAlloh buning uchun Alloh vaqti kelganida munosib ajri bilan mukofatlasa

Iqtibos
O'zimam bu filmni 45-seriyasidan ko'ra boshladim(PUSUsini). Oldin hamma gapirsa ham e'tibor bermasdim.Ko'zim tushib qolib qiziqib qoldim.
mana ko'rdingizmi, ajdardek o'zining domiga tortayotganligini, buning yomon ta'siri bugun bilinmiydi, ertaga yoki indinga bilinmiydi, ammo bir kun kelib muammolarni shu yo'l bilan hal qilish g'oyasi tug'imaydi deb kim kafolat beradi, vaxshiylik, qon to'kilishi miyyamizda oddiy xolatdek qabul qilinishiga sababchi bo'lib qolmasmikan, aql bilan tafakkur qilib ko'ringlar!!!

Iqtibos
Biz hammamiz kitob o'qiymiz.Tabiiyki ko'pchilik badiiy asar o'qigan hayoti davomida. Asarlar ham xar hil bo'ladi. Qaysinisidadur ezgulik, boshqasida yovuzlik bilan kurashish aks etgan. Masalan men "Shaytanat" romanini o'qiganimda o'zimni Asadbekday tutishga harakat qilardim.
MAna ko'rdiz, shaytanat da xatto yomon taraflari ko'rsatilgani xolda ko'pchilik Asadbekka o'xshashni orzu qiladi, Asadbek kim qotil qimorboz, zinokor, bir so'z bilan aytganda Allohning dushmani maqomiga loyiq kishi (VallohiA'lam) shunday kishiga xavas ruhi paydo bo'lganida, Xech qanday kamchiliklari ko'rsatilmagan, ko'rsatilsada etior darajasida bo'lmagan Alamdar ga kim xavas qilmiydi deysiz, ki ertaga shunaqa yo'l tutib, o'zboshimchalik bilan qon to'kilishi vaxshiyliklar soir qilinishiga sbaabchi bo'lmiydi deysiz, xavas qilishga arzigulik odamlar turganida Vaxshiylar, qotillar zinokorlar bizning kumirimiz bo'lib qolsa ertaga farzandlarni kim tarbiyalaydi, qanaqa ongga ega bo'lgan kishilar tarbyalaydi, ertaga farzandingiz xam men Po'latbey ga o'xshayman deb giyohvandlikka gumon qilingan kishini chavaqlasa, o'g'rilarni boshini birlashtirib taxlikali faoliyat olib borsa xursand bo'lasizlarmi, insof bilan javob beringlarchi!!!


Iqtibos
Siz bevosita o'sha asarni ichiga kirib qolgandek bo'lasiz. Tasavvur qilasiz. Film ham xuddi shunday narsada. Faqat undan yahshi tomonlarini olish kerak. Yomon tomoninimas.

yomon tomonini olmasligingizga kim kafolat beradi, Luqmoni xakimni hikmatlarida bor edi, Garchi savatdagi xamma olmalar sog'lom bo'lsada orasiga bitta qurtlagan olma tushsa boshqa soglomlari xam tez furstasda qurtlaydi deyilgan
yoki zanglagan temirni yangi temirlar orasiga qoyib qoyingchi, zanglagan temir tozalanib qolarmikan yoki toza temirlar zanglarmikan...

Iqtibos
Lekin aziz birodar sizning fikringiz ham juda to'gri. Men shaxsan qo'shilaman!
Hafagarchilik yo'q!

Xafa bo'lmanglaru (bu gap shu yerdagilarning xammasiga qaratilgan!!!) bu gaplarga qo'shilish emas amal qilish kerak, bir maqola o'qidim Uff.uz da
barabanchi bor ekan, orkstorda, bir kun kasal bo'lib qolibdi
o'rniga boshqa barabanchi olib kelishibdi, dirijyor qachon unga qarasa xa bilaman bilaman esimda der ekan, kansert boshlansa albatta bajaramiz xavotir olmang bilaman derkan
va nihoyat kansert xam boshlanibdi
eng kuliminatsion nuqtasiga kelib barabanchiga navbat berilsa, o'rnidan turib, esimda bilaman bilaman derkan
biz xam esimizda saqlab bilishimizni o'zi yetmasa kerak bu masalada
bir o'ylab k'ringlar
sof toza ongingizni miyyangizni behoda safsatalar bilan to'ldirishdan nima naf
undan ko'ra ilm olaylik, yoi zikrulloh bilan mashg'ul bo'laylik yoki Oilani boqilishik bilan shug'illanaylik zero sadaqaning eng a'losi oilaga berilgan exsondir

Assalomu alaykum va rahmatilloh

Qayd etilgan


Nоdirbek  19 Fevral 2010, 22:46:55

"Shuncha ish turganda kino ko'rishga vaqt topish, bu qahramonlik" degandilar bir birodarimiz........
Men umuman shu kinoga qiziqmadim boshida ozgina ko'rdim, diqqat bilan kuzatsam hammasi reklama, ofisi dizaynidan boshlab kiyivogan kostyum-shimiyu, mingan moshinalarigacha reklama ekan, yoshlarimiz shunga taqlid qilishyapti, ko'p joylarda o'zlarini po'latga o'xshatyotganlarni ko'ryapmiz...


Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  20 Fevral 2010, 01:26:34

Ассаламу алайкум. Фильм хакида роса бахс булибди-ку. Кимга канака билмадим-у мен шу фильмдан жуда куп манфаат олдим. Хусусан Турк тилини ургандим. Агар буни бирор репетитор оркали урганганимда шубхасиз молисвий жихатдан анча купрок сарфлардим. Колаверса, фильмдаги Умар бобо шундай хикослар англатади-ки, улар Аллохнинг китоби ва А асулуллохнинг суннатларида бор хамда жуда таъсирлик.   Акбаржон сиз у кадар ёмон уйламанг. Фильмнинг бехаё сахналари десрли йук. Шахарларимиз кучаларида булаётган бехаёликлар, кизларимизнинг кийиниши, хар куни Тв ларда намойиш стилаётган орсизларнинг кушиклари ва куз унгимизда содир стилаётган масистларга боккандан кура, Лулатнинг миллатини, ватанини, мусулмонларни Америка ва Исроил жугутларига ошкора сотаётган шарафсизларни улдираётган сахнасини куриш фойдалирок. Фильмда Исроилнинг Фаластин халкига утказаётган тайзики ва бунда Американинг бераётган дастаги нафратланарли хол сифатида очикланган. Умуман сна бир катор шундай сахналар бор-ки, айни кунда ута долзарб муаммоларни кутарган... Лекин хакикатда одам улдириш сахналари жуда куп. Буни сътиборидан фильмни ёш болалар олдида курмаслик лозим. Сериал хафтада бир марта намойиш килинади. 1.5 соат атрофида. Уйлайманки, бу хар кун форумга кириб, зикруллохдан, ибодатдан колиб Фантазислар, Хаёллар, таниган билган одамларимизга юз мартадан кайта-кайта таъриф бериш каби бехуда ишларга сарфланаётган самарасиз  саноксиз соатлардан кура манфаатлирок. Валлохи аълам.

Qayd etilgan


Akbarjоn  20 Fevral 2010, 02:01:41

:as:

Iqtibos
Ассаламу алайкум. Фильм хакида роса бахс булибди-ку.
xa endi shunaqa bo'lib qoldi birodar :) ozroq bahs yuritaylik dedik, zero jonimiz achiganidan birodar deb o'zimizga yaqin olganimzidan o'zimizga ravo ko'rmagan narsadan birodarlarni xam qaytarishga axd qilgandik, aybga buyurmiysizlar endi ;)

Iqtibos
Кимга канака билмадим-у мен шу фильмдан жуда куп манфаат олдим. Хусусан Турк тилини ургандим. Агар буни бирор репетитор оркали урганганимда шубхасиз молисвий жихатдан анча купрок сарфлардим. Колаверса, фильмдаги Умар бобо шундай хикослар англатади-ки, улар Аллохнинг китоби ва А асулуллохнинг суннатларида бор хамда жуда таъсирлик.
Bu siz aytgan yutuqlarni turk tilidagi boshqa filmlardan xam o'rgansa bo'ladiku, Turklarda islomiy filmlar anchagina yetarli, aynan turk tilini o'rganishga bu serial sabab bo'laolmasa kerak

Iqtibos
  Акбаржон сиз у кадар ёмон уйламанг. Фильмнинг бехаё сахналари десрли йук. Шахарларимиз кучаларида булаётган бехаёликлар, кизларимизнинг кийиниши, хар куни Тв ларда намойиш стилаётган орсизларнинг кушиклари ва куз унгимизда содир стилаётган масистларга боккандан кура, Лулатнинг миллатини, ватанини, мусулмонларни Америка ва Исроил жугутларига ошкора сотаётган шарафсизларни улдираётган сахнасини куриш фойдалирок.
ammo faqat bu emasda bu kinodan qaytishimziga sabab bo'ladigan omil, ochiq kiyinishlar yurtimizga g'arb kinolari seriallar ta'sirida kirib kelmadimikan, esimda 1 sinfda borganimizda bir sinfdosh qizimiz lozim kiymay darsga kelgandi, shundagi atrofdagi kishilarning bu holatga reaksiyasini ko'rsak edi  :o, xozirgi xolatdagi kiyinishlarni o'shanda atrofdagi kishilar korganida nima deyshgan bo'ardikan... :( Zaxarning ozi xam zaxar... Yarim yalang'och kadrlarni ozroq korsatdi nimayu ko'proq korsatdi nima...

Iqtibos
Фильмда Исроилнинг Фаластин халкига утказаётган тайзики ва бунда Американинг бераётган дастаги нафратланарли хол сифатида очикланган. Умуман сна бир катор шундай сахналар бор-ки, айни кунда ута долзарб муаммоларни кутарган...
To'g'ri anchagina kerakli yoki xalq orzu qilgan voqealar ko'rsatib o'tilgan, ammo bularning o'zi kinoni ko'rishimizga yetarli bo'lmasa kerak. axir it tekkan nonni bir tomoniga tishi tegibdi boshqa tomoniga tegmagandir deb yeyavermaymizku.  

Iqtibos
Лекин хакикатда одам улдириш сахналари жуда куп. Буни сътиборидан фильмни ёш болалар олдида курмаслик лозим.
To'g'ri aytasiz bolalarga umuman ko'rsatmagan maqul, mening jon kuydurishimning sababi xam shuda, bolalarni uzoqroq qilishimiz kerak bu kinodan, men o'zim bilgan bolarni yana misol tariqasida aytib o'tsam, shu kino natijasida ruhiy kasallika chalinib qolishgniga guvohi bo'ldim shaxsan o'zim
Bu kinodan naratlanishimga turtki bo'lgan omil xam shuda
O'sha odam o'ldirish saxlanali, odmni so'yishi qon to'kilishi, xech qanday xayajonsiz odamlarni otib tashlanishi, odam o'ldirishdagi souqqonliklar, bularni xammasi odamga psixik tomondan katta zarba berishini xammamiz xam bilabermasak kerak, ertaga shu xolatlarga ko'nikib qolishimizni xam o'ylaylik, muammolarimizni yechimini bir varianti sifatida ongimizda muhrlaib qolishi mumkinligini xam o'ylaylik
 
Iqtibos
Сериал хафтада бир марта намойиш килинади. 1.5 соат атрофида.
ammo men shundaylarni bilamanki shu serialni diskini sotib olib kechasi bilan uxlamay korib chiqishganini, yoki muntazam ravishda ko'rib kelishayotganliklarini, oz-ozdan siz aytganingizday ko'rishning ziyoni yo'qdir (Alloh bilguvchroq yana) ammo
shu serialga qiziqib qolganlarga shunday disk tushib qolsa bo'sh qoldi deguncha diskni aylantirmiydi deb kim ayta oladi, shulani hisobga olib gapirgandimda birodar :)
Iqtibos
Уйлайманки, бу хар кун форумга кириб, зикруллохдан, ибодатдан колиб Фантазислар, Хаёллар, таниган билган одамларимизга юз мартадан кайта-кайта таъриф бериш каби бехуда ишларга сарфланаётган самарасиз  саноксиз соатлардан кура манфаатлирок. Валлохи аълам.

gap bizga qaratilayotgani uchun tanbexingizni o'rinli deb bilaman :) siz xaqsiz, balki forumda ko'p o'tirishimiz ko'pchilikning ko'ziga yomon ko'rinayotgandir :) mayli nima bo'lganida xam sizlar xaqsizlar bu masalada, Internetda o'tirishni xaddidan oshirorayotgan bo'lishligmiz mumkin (gohida o'zim xam shunday bo'lsa kerak deb o'lb qolaman :) )
imkonim bo'lgani uchun netda ko'proq o'tirib qolayotgandirman, bu kunlar xam omonat, bugun bor bo'lgan Internet ertaga yo'qdir, Bugun bor o'lgan kamina birodaringiz ertaga yo'qdir, shu sbabli xam Go'ibona birodarlar ortirish uchun, dardlarimizni sigareta yoki aroqdan olmasdan shu internetdan olayotganimiz noro'rindir, xa buni o'ylab ko'rishimiz kerak, nasib qilsa yaqin kunlarda Interntga xam kirishimiz tiyilar (InshaAlloh), ungacha ozroq to'palon qilib turaylik :)


Gapimning nihoayasida shularni xam aytib o'tmoqchidimki, men xech kimni majburlamayabman bu kinoni ko'rmagin deb, ammo o'z fikr mulohazalarim bilan shu kinoni ko'rishimiz to'g'rimikan deb o'ylab ko'raylik deyabman xolos, agar xoxlamasa ming majbur qilgan bilan kishi baribir ko'raveradi xoxlagan kinosini, axborot erkinligi asrida yshayabmiz, xar kimning erkinligi o'z qo'lida, ammo bu birodaringizni xam gaplarini bir eshitib ko'ringlar dedikda, kinoni ko'rishlaringizga xalaqit berayotganim uchun uzr sorayman
Rozi bo'lasizlar birodarlar :)

Qayd etilgan


Ansora  20 Fevral 2010, 14:35:15

Bir kinoni ko'rma yoki bir kitobni o'qima, deyish uchun avvalo bu kinoni ko'rish va yoki kitobni o'qish kerak. Akabrajon uzundan- uzun mulohaza yozganingizga qaraganda kinoni ko'rganga o'hshaysiz. Demak siz ham qiziqib ko'ribsiz boshda. Men hech ko'rmadim. Lekin kinoni ko'rmanglar, ham demayman. Chunki bizni O'zbeklar tushuna olmaydigan va miyyamiz unchalik qabul qila olmaydigan haqiqatlar yoritilgan (buni ho'jayinim aytadilar). Nima uchun "tushuna olmaydigan" dedim chunki biz Davlat sirlarini fosh qilgan na xabar eshitishga o'rganganmiz nada kino ko'rishga odatlanganmiz. Kinodagi bazi nuqtalarni asl sababi shu. 
Yoshi kichkina tomoshabinlar yomon ta'sirlanishi mumkin lekin aqlini taniganlar uchun juda ko'p narsani oydinlatib beradi...
Nima uchun İsroyil bilan Turkiya orasida diplomatik muammo yaratdi bu kino hech o'ylab ko'rdingizmi, negaki biz Muslumonlar ko'rib turgan muammolarni tilimiz aytishga qo'rqqan haqiqatlarni bu kino ko'zga ko'rinar-ko'rinmas messajlar bilan Xalqqa bildiradi....

Aslida bu bir kino emas- haqiqatlarning asl basharasi....

Menday "Kichkina insonlarni" ko'p qiynab qo'yadigan mavzusi bo'lgani uchun hech ko'rmadim to'g'risi....Chunki bu yerda Davlat, siyosat masalalari mavjud...

Men demokratiya tarafdoriman, ko'rgan ko'rsin, ko'rmagan ko'rmasin : )

Qayd etilgan


Akbarjоn  20 Fevral 2010, 15:05:28

Iqtibos
Bir kinoni ko'rma yoki bir kitobni o'qima, deyish uchun avvalo bu kinoni ko'rish va yoki kitobni o'qish kerak. Akabrajon uzundan- uzun mulohaza yozganingizga qaraganda kinoni ko'rganga o'hshaysiz.
Demak siz ham qiziqib ko'ribsiz boshda.
men ko'rdim biroz seriyalarini, qarasam o'ziga jalb qila boshladi, darxol ko'rishni to'xtatdim, undan keyin xozirgi kunda videorolik degan narsalar bor, shular orqali eng daxshatli, kyminatsion nuqtadagi tasvirlarini ko'rdim, voqealar rivojini korganlardan eshitdim, qizqasi bu film xaqida yetarli tasavvurga egaman
 
Iqtibos
Men hech ko'rmadim. Lekin kinoni ko'rmanglar, ham demayman. Chunki bizni O'zbeklar tushuna olmaydigan va miyyamiz unchalik qabul qila olmaydigan haqiqatlar yoritilgan (buni ho'jayinim aytadilar). Nima uchun "tushuna olmaydigan" dedim chunki biz Davlat sirlarini fosh qilgan na xabar eshitishga o'rganganmiz nada kino ko'rishga odatlanganmiz.
bu narsani o'zbeklar tushunaolmaydigan deb kamsitilishi menimcha noo'rin bo'lsa kerak
bir masala yuzasidan bir millatni to'liqligicha tushunmaslikda aqli yetmaslikda ayblash menimcha noto'g'ri bo'lsa kerak
Tushnadiganlar bor, amana masalan MuhammadSohib birodarimiz, ishonamanki siz aytgan tushunmaydiganlar tipiga kirmasalar kerak, va bshqa bir qancha kishlarni aytib o'tishimiz mumkin bo'ladi
Siz aytgan voqeliklar xaqqoniy yoritilganligi, senariyni ishlanishi, kundalik xayotimizdagi muammolar, musulmon ummatining xayot tarzi vahokazo jixatlari yaxshi ishlangan, va xattoki taxsinga loyiq

Iqtibos
Kinodagi bazi nuqtalarni asl sababi shu. 
Yoshi kichkina tomoshabinlar yomon ta'sirlanishi mumkin lekin aqlini taniganlar uchun juda ko'p narsani oydinlatib beradi...
yoshi kichiklar uchun koni zararligi ko'rinib turibdi, ammo shuni ko'rayotgan vaqtimizda oldimizda farzandlarimiz jiyanlarimiz yani yoshi kichiklarning ham o'tirishi mumkinku, xamma o'zidan kelib chiqib gapiradi men ham albatta o'zimdan kelib chiib gairyabman, shundy xolatda qanday qilib yoshi kichiklarda sen ko'radigan kino emasbu keyin televizor ko'rasan xozir man ko'rib olay deyishimiz mumkin :)

Iqtibos
Nima uchun İsroyil bilan Turkiya orasida diplomatik muammo yaratdi bu kino hech o'ylab ko'rdingizmi, negaki biz Muslumonlar ko'rib turgan muammolarni tilimiz aytishga qo'rqqan haqiqatlarni bu kino ko'zga ko'rinar-ko'rinmas messajlar bilan Xalqqa bildiradi....
xa balki shundaydir, lekin qon to'kilishlari, odamni odirish jarayonini ochiqchasiga ko'rsatishlari, shisha likop siniqlari bilan odamni chvaqlab tashlayotgan lavhalarni qanday qilib oddiygina kuzatish mumkin, go'yo hech narsa bo'lmaganday
begunoh odamlar ustiga sement quyvorish, ommaviy qatl, qurollar bilan souqqonlik bilan odamlarni otib tashlanishiga bora bora ko'zimiz o'rganib qolishi, bu biz uchun shunchaki xolatdey bo'lib qolishidan qo'rmiymizmi
ertaga xayotimizda biron bir muammo yuzaga keladigan bo'lsa shu muammoni xal qilishning oxirgi chorasi (balki oxirgi masdir) deb qabul qiladigan blib qolmiymizni shu narsalarni
bir o'ylab ko'raylik

Iqtibos
Aslida bu bir kino emas- haqiqatlarning asl basharasi....
Xaqiqat yolgiz Allohga ayon... agar shunday bo'lgani taqdirida xam bu taqlid ochiqchaiga odamkushlik lavhalarini berilishini xechham oqlab bolmaydi
to'g'ri undagi voqe'liklar real xayotga juda mos kelib kishilar qalbini o'rtaydigan tarzdadir, Men bu jixatlarini qoralashdan yiroqman, lekin psixit ta'sir i kuchli bo'lgan lavhalarni ko'plab berilishiga qat'iiy qarshiman


Iqtibos
Menday "Kichkina insonlarni" ko'p qiynab qo'yadigan mavzusi bo'lgani uchun hech ko'rmadim to'g'risi....Chunki bu yerda Davlat, siyosat masalalari mavjud...
Ammo o'rmagan bo'lsangiz siz ham qanday qilib bu film xaqida maqtab gapirishingiz mumkin
Bir ko'ringda ushbu kinoni. Odamlarni chavaqlanishi, dushmanlarni odam qatoriga qo'ymaslik, inson qadrini poymol qilinishi, vaxshiyliklar shularni kiprigingiz pirpiramay ko'raolarmikansiz
agarki shunday lavhalarni kiprigimiz pirpiramay ko'raolsak, xech qanday ruhiy munosabatsiz kuzata olsak bu fojea emasmi...


Iqtibos
Men demokratiya tarafdoriman, ko'rgan ko'rsin, ko'rmagan ko'rmasin
Demakratiyaga qarshiligimiz yo'q bizning ham opa :) yuqoridagi postimda xam buni auytib o'tganman e'tibor bergan bo'lsangiz
ko'rgan ko'rsin kormagan ko'rmasin bu kinoni,
men shunchaki tavsiyalar berdim, bundan bu yog'iga komentariy berishimga extiyoj qolmadi, shu sababli xam bu mavzudagi oxirgi psotim shu, inshaAlloh
bemalol film rivoji yuzasidan bahs munozara qilishlariz mumkin, endi xadeb turtkilayveradigan, xar bir so'zga kishilarga malol keluvchi uzundan uzoq oqtibos bilan javob bermiymiz bu mavzuda inshaAlloh
Aytadiganlarimni aytib bo'ldim, bu yog'i o'zlarizga xavola

Assalomu alaykum va rahmatilloh

Qayd etilgan


Ansora  20 Fevral 2010, 15:15:07

Akbarjon sizda tezda hulosa chiqarish odati bor. Menimcha biroz kuting...

Men hech kimni kamsitmadim, masalan siz "pirpiramay ko'ra olasizmi", debsiz, demak bizni Xalqimizda haliyam odamiylik bir-biriga achinish degan hislar bor. Turkiyada faqat Turklar yashamaydi, ming hil inson bor, ularni qalbi bizdan qattiq. Shuning kabi narsalarni nazarda tutgandim.

Biz endigina "oshkora" fikrlarni bildira boshlaganimizga (qanchalik bildira olyabmiz, bu ham tortishiladi) 18 yil bo'ldi. Turkiya esa hech qachon "qaram" bo'lmagan. Nima bo'lsa shuni gapiradi.
Masalan sizga savol: Bizda kim Prezidenti ayoli haqida yoki shaxsiy hayoti haqida bir narsa deya oladi. Turkiyada esa kunora tv-da Abdulloh Gul yoki bosh ministrni ayoli va o'zini kamsitgan gaplarni aytishadi. Bazan "shtraf" to'laydi, bazan yo'q.
Bir narsa dey, desa, Demokratiyaaa deb darrov dod solishadi...

Kinodagi xarakterlar, voqealar hammasi bizga umuman begona bo'lgan "hayotdan" olingan, shuning uchun bizga juda "boshqacha", shafqatsiz tuyuladi...
Bu kino oddiy Turk Xalqiga ham qorong'u, chunki bu ikkinchi yoki yer osti dunyosi bilan bog'liq bir narsa.

Men kinoni ko'rmadim, maqtamadim ham, kino haqida ho'jayinimdan so'rab, qisqa yo'ldan hulosaga borganman...Chunki u kishi ham bir paytlar bu kinoning ashaddiy muhlisi ekanlar...

Masalan "Shaytanat" chiqqanda Xalqimizni ichi jimirlab ketmadimi? O'lik ko'payib ketibdi, mahotkiiii bular O'zbek deyilmadimi?

Hatto yozuvchiga qarshi fikrlar ham aytilmadimi?

Siz hech Mafiya hayotinig yaqindan tanidingizmi, men tanidim!!! Ularning hayotining oddiy hayot bilan hech aloqalari yo'q. O'z qonun-qoidalari va qurollari bor.....!!!

Biz aytganimday bunday ochiq fikrlarga o'rganmaganmiz. Zotan bizni tepamizdagilar ham bizni o'rganishimizni hoxlashmaydi.. Bizga lay lay lommm, taralla bedod, hay hay o'lan konsertlar bo'lsa yana ham xursand bo'lamiz.

İltimos yaxshilab o'ylang. Bu yerga uzundan-uzun yozish bilan koshki hamma narsani hal qila olsak. Hammasini vaqt ko'rsatadi.
Yuqorida aytganimday, tezda hulosa chiqarmangi kuting hali nimalar bo'ladi...




Qayd etilgan


Habib  22 Fevral 2010, 12:17:11

Ассаламу алайкум. Фильм хакида роса бахс булибди-ку. Кимга канака билмадим-у мен шу фильмдан жуда куп манфаат олдим. Хусусан Турк тилини ургандим. Агар буни бирор репетитор оркали урганганимда шубхасиз молисвий жихатдан анча купрок сарфлардим. Колаверса, фильмдаги Умар бобо шундай хикослар англатади-ки, улар Аллохнинг китоби ва А асулуллохнинг суннатларида бор хамда жуда таъсирлик.   Акбаржон сиз у кадар ёмон уйламанг. Фильмнинг бехаё сахналари десрли йук. Шахарларимиз кучаларида булаётган бехаёликлар, кизларимизнинг кийиниши, хар куни Тв ларда намойиш стилаётган орсизларнинг кушиклари ва куз унгимизда содир стилаётган масистларга боккандан кура, Лулатнинг миллатини, ватанини, мусулмонларни Америка ва Исроил жугутларига ошкора сотаётган шарафсизларни улдираётган сахнасини куриш фойдалирок. Фильмда Исроилнинг Фаластин халкига утказаётган тайзики ва бунда Американинг бераётган дастаги нафратланарли хол сифатида очикланган. Умуман сна бир катор шундай сахналар бор-ки, айни кунда ута долзарб муаммоларни кутарган... Лекин хакикатда одам улдириш сахналари жуда куп. Буни сътиборидан фильмни ёш болалар олдида курмаслик лозим. Сериал хафтада бир марта намойиш килинади. 1.5 соат атрофида. Уйлайманки, бу хар кун форумга кириб, зикруллохдан, ибодатдан колиб Фантазислар, Хаёллар, таниган билган одамларимизга юз мартадан кайта-кайта таъриф бериш каби бехуда ишларга сарфланаётган самарасиз  саноксиз соатлардан кура манфаатлирок. Валлохи аълам.
[/quot e] juda to'gri yozibsiz!!!

Qayd etilgan