Lekin buzg'unchilikka qarshi kurashish, jamiyat tinchligini asrashga qaratilmaganmi film qahramonlari hayoti? Jinoiy guruhlarga qarshi kurashish, harom yo'llar bilan giyohvand moddalar sotuvchi guruhlarning ildiziga bolta urishga qaratilganku film mohiyati?
Xavflilik tomoni shundaki, yaxshilik pardasiga zulm berkitilib targ'ib qilinadi, siz aytgan narsalar ko'rinishidan ezgulikka dav'at, yovuzlikka qarshi kurashishdek go'yo, ammo... Aslidachi
ekranda vaxshiyona lavhalarni berilishi, insonni so'yilgan xolatini ochiq korsatilishi, qonlar... ochiqchasiga odamlarni o'ldirilish, insoniy qadr qimatin oyoq psti qilinishi, yarim yalang'och kiyinishga targ'ib, oila munosabatlarni g'arbchalashtrishga targ'ib.... ehheee qancha salbiy tomonlarini ko'rsatish mumkin
Sevgi muhabbat haqidagi serialmasku bu manimcha? To'gri inson joniga tajovuz,urush kabi sahnalar mavjud ushbu filmga. Bu to'g'ri.
Sevgi muhabbat xqidagisini ko'rish mumkinmasku ammo vahshiylik qon to'kilishi, Terror, jinoiy guruh, vahokazo vahokazolarni ko'rish mumkinmi sizningcha
qaysi biri xavfliroq, aql bilan o'ylab ko'ringlar, baraka topgurlar
Lekin shaxsan man bu filmni oddiy qabul qilaman. Filmni ko'rmasa biror nima bo'lib qolish ANA O'SHA odamni o'ziga bog'liq. Mukkasidan ketish yo ketmaslikka bog'liq. Men uchun bu film to'htab qolsa ham farqi yo'q, davom etaversa ham bemalol.
gapning hamasi xam shundada, agar odiiy qabul qilmaganlarizda, yomonligini, maqsadini ochiq tushunganlarizda ko'rarmidilariz, yo'q, maqsad yashirin bo'lgani xolda qanday qilib oddiy qabul qilmaslik mumkin.
Yana bir gap, agar kino berilmay qolsa xam menga baribir debsiz, shuni isbotlay olasizmi, Allohdan ajr mukofat tilab shu korgan seryangizdan boshqasini ko'rmaslikka xarakat qilib ko'ring, soz'laringiz qanchalik rostligini isbotlash uchun, yoki o'zingizni qanchalik to'g'ri baholay olayotganingizga ishonch xosil qilish uchun, InshaAlloh buning uchun Alloh vaqti kelganida munosib ajri bilan mukofatlasa
O'zimam bu filmni 45-seriyasidan ko'ra boshladim(PUSUsini). Oldin hamma gapirsa ham e'tibor bermasdim.Ko'zim tushib qolib qiziqib qoldim.
mana ko'rdingizmi, ajdardek o'zining domiga tortayotganligini, buning yomon ta'siri bugun bilinmiydi, ertaga yoki indinga bilinmiydi, ammo bir kun kelib muammolarni shu yo'l bilan hal qilish g'oyasi tug'imaydi deb kim kafolat beradi, vaxshiylik, qon to'kilishi miyyamizda oddiy xolatdek qabul qilinishiga sababchi bo'lib qolmasmikan, aql bilan tafakkur qilib ko'ringlar!!!
Biz hammamiz kitob o'qiymiz.Tabiiyki ko'pchilik badiiy asar o'qigan hayoti davomida. Asarlar ham xar hil bo'ladi. Qaysinisidadur ezgulik, boshqasida yovuzlik bilan kurashish aks etgan. Masalan men "Shaytanat" romanini o'qiganimda o'zimni Asadbekday tutishga harakat qilardim.
MAna ko'rdiz, shaytanat da xatto yomon taraflari ko'rsatilgani xolda ko'pchilik Asadbekka o'xshashni orzu qiladi, Asadbek kim qotil qimorboz, zinokor, bir so'z bilan aytganda Allohning dushmani maqomiga loyiq kishi (VallohiA'lam) shunday kishiga xavas ruhi paydo bo'lganida, Xech qanday kamchiliklari ko'rsatilmagan, ko'rsatilsada etior darajasida bo'lmagan Alamdar ga kim xavas qilmiydi deysiz, ki ertaga shunaqa yo'l tutib, o'zboshimchalik bilan qon to'kilishi vaxshiyliklar soir qilinishiga sbaabchi bo'lmiydi deysiz, xavas qilishga arzigulik odamlar turganida Vaxshiylar, qotillar zinokorlar bizning kumirimiz bo'lib qolsa ertaga farzandlarni kim tarbiyalaydi, qanaqa ongga ega bo'lgan kishilar tarbyalaydi, ertaga farzandingiz xam men Po'latbey ga o'xshayman deb giyohvandlikka gumon qilingan kishini chavaqlasa, o'g'rilarni boshini birlashtirib taxlikali faoliyat olib borsa xursand bo'lasizlarmi, insof bilan javob beringlarchi!!!
Siz bevosita o'sha asarni ichiga kirib qolgandek bo'lasiz. Tasavvur qilasiz. Film ham xuddi shunday narsada. Faqat undan yahshi tomonlarini olish kerak. Yomon tomoninimas.
yomon tomonini olmasligingizga kim kafolat beradi, Luqmoni xakimni hikmatlarida bor edi, Garchi savatdagi xamma olmalar sog'lom bo'lsada orasiga bitta qurtlagan olma tushsa boshqa soglomlari xam tez furstasda qurtlaydi deyilgan
yoki zanglagan temirni yangi temirlar orasiga qoyib qoyingchi, zanglagan temir tozalanib qolarmikan yoki toza temirlar zanglarmikan...
Lekin aziz birodar sizning fikringiz ham juda to'gri. Men shaxsan qo'shilaman!
Hafagarchilik yo'q!
Xafa bo'lmanglaru (bu gap shu yerdagilarning xammasiga qaratilgan!!!) bu gaplarga qo'shilish emas amal qilish kerak, bir maqola o'qidim Uff.uz da
barabanchi bor ekan, orkstorda, bir kun kasal bo'lib qolibdi
o'rniga boshqa barabanchi olib kelishibdi, dirijyor qachon unga qarasa xa bilaman bilaman esimda der ekan, kansert boshlansa albatta bajaramiz xavotir olmang bilaman derkan
va nihoyat kansert xam boshlanibdi
eng kuliminatsion nuqtasiga kelib barabanchiga navbat berilsa, o'rnidan turib, esimda bilaman bilaman derkan
biz xam esimizda saqlab bilishimizni o'zi yetmasa kerak bu masalada
bir o'ylab k'ringlar
sof toza ongingizni miyyangizni behoda safsatalar bilan to'ldirishdan nima naf
undan ko'ra ilm olaylik, yoi zikrulloh bilan mashg'ul bo'laylik yoki Oilani boqilishik bilan shug'illanaylik zero sadaqaning eng a'losi oilaga berilgan exsondir
Assalomu alaykum va rahmatilloh