gollivud aktyorlari haqida  ( 19970 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


JaviK  06 Dekabr 2007, 04:32:34

Gollivudning eng boy o'spirin aktorlari - Forbes 2007     

Amerikaning Forbes jurnali Gollivudning voyaga yetmagan eng boy o'spirin-aktorlari reytingini e'lon qildi. Reytingni mashhur kino-egizaklar Meri Keyt va Eshli Olsen boshqarib turibdi. Ular 2006 yili 40 million dollar daromad qilganlar. Shuningdek ular dunyoning eng boy ayollari reytingida ham munosib o'rin egalladilar.
Garri Potter rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan britaniyalik aktor Daniel Redkliff 2006 yilda "Garri Potter va Feniks ordeni" filmi uchun 13 million dollar ishlagan va reytingda ikkinchi o'rinni egallagan. Redkliff 2006 yili Buyuk Britaniyaning eng boy o'spirini deb e'lon qilingan edi.

20 yoshli janjalkash Lindsi Loxan reytingning 3-o'rnini band etgan. Garchi narkologik klinikada davolanib chiqqan bo'lsa-da, u 6 million dollar to'plashga muvaffaq bo'lgan.

4-o'rin "Dunyolar jangi" jangi qahramoni, 8 yoshli Dakota Fenningga nasib etdi. U "Hounddog" filmidagi roli uchun 4 million dollar olgan.

20 yoshli Amanda Bayns o'tgan yili suratga olingan "U erkak" filmidagi roli uchun 2,5 millon dollar olgan. U ro'yxatning 5-o'rnida turibdi.

NBCning "Qahramonlar" fantastik serialida o'ynagan Xayden Panettyeri 2 million dollar bilan 6-o'rin egasi bo'ldi.

"Oliy musiqa maktabi" muqisiy realiti-shousining 18 yoshli yulduzi Vanessa Enn Xadgens 2 million dollar bilan 7-o'rinni egalladi.

21 yoshdan kichiklar ro'yxatida 8 yoshli Ebigeyl Breslin 8-o'rinda turibdi. U "Baxtning kichik go'zali" filmidagi roli uchun "Oskar" olgan va 1,5 million dollar egasi bo'lgan.

"Hamma Krisni yomon ko'radi" komedik serialida rol ijro etgan Tayler Jeyms Uilyams 2006 yilda 1,2 million dollar ishlab, Forbes reytingida 9-o'rinni egalladi.

Gollivudning eng boy o'spirin aktorlari

1. Meri-Keyt va Eshli Olsen
2. Deniel Redkliff
3. Lindsi Loxan
4. Dakota Fenning
5. Amanda Bayns
6. Xayden Panetteri
7. Vanessa Enn Xadgens
8. Ebigeyl Breslin
9. Tayler Djeyms Uilyams 

Qayd etilgan


lolo  02 Yanvar 2008, 21:33:49

kinolani nominiyam o'zbechasini yozsez yaxshidie...

Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:47:25

Priti Zinta ham tomoshabinlar, ham kinotanqidchilarga yoqqan aktrisalar sirasiga kiradi. Bollivudda bundaylar juda kam uchraydi. Uni Karina Kapur, Rani Mukerji kabi aktrisalar qatorida superyulduz deb tan olishadi. Priti har qanday kinopartnyor bilan, agar u Shohruh yoki Amir Xon yoki aka-uka Deollar bo`lsa ham qoyilmaqom juftlikni yuzaga keltira oladi.
Priti Zinta 1974-yil 31-yanvarda tavallud topgan. Uning haqiqiy ismi Priti Jinta. Aktrisa Andxar - Pradesh shtatining Syo qishlog`ida tug`ilgan. Bu qishloq Roxru vodiysida joylashgan. Pritining otasi iste`fodagi polkovnik edi. U Priti Shimladagi Iso va Maryam pansionida o`qib yurganida avtohalokat tufayli vafot etgan. «Otam vafot etganida 13 yoshda edim, - deya eslaydi Priti.- Ho`ngrab yig`laganman deyolmayman. Ammo uning o`limi mening hayotimni o`zgartirib yubordi. Men bir kundayok ulg`ayib qoldim va onam hamda ukalarimga g`amxo`rlik qilishim kerakligini tushundim. Oradan bir necha yil o`tgachgina, endi otam yonimda yo`qligini his qildim. Shundagina ko`zimga yosh keldi».
«Yoshligimda yuk mashinasi haydovchisi bo`lishni orzu qilardim», - deydi Priti. U shahardagi Avliyo Bede kollejida o`qishni davom ettirdi. Hatto Dehli Universitetining psixologiya fakultetiga o`qishga kirmoqchi ham edi. Agar kinolentalar jozibasi uni o`ziga rom etmaganida Pritidan yaxshigina psixolog chiqqan bo`lardi. Priti jinoyat psixologiyasiga qiziqar edi. U hozir ham jinoyatchilik olami bilan qiziqadi va ko`proq detektiv asarlarni o`qiydi.
Shou-biznesdagi faoliyatini Priti Yangi Dehlida boshladi. U model bo`lib ishlash bilan birga shokolad kompaniyasining reklamalarida suratga tushdi. Ana shu reklama orqali unga nisbatan qiziqish ortdi. Bir gal qaysidir aktrisa suratga olish maydonchasiga kela olmay qoladi. Shunda Pritini taklif etishadi. Liril va Perk reklama roligidagi ayol roli e`tibordan chetda qolmadi.
Kinokaryerasi esa Shekhar Kapurning ekranga chiqmagan Ta Ra Rum Pum Pum Pum filmi orqali boshlandi. Kinosinovga chaqirish va bosh rolga tasdiqlanish uchun Pritining bittagina tabassumi yetarli bo`ldi. Ammo Shekhar Gollivudda ham taniqli bo`lishini istar, shu sababli Priti bu rol bilan hayrlashishga majbur bo`ldi. Shuning uchun ham uni ilk roli Kya Kehna filmida yolg`iz ona bo`lishni istaydigan yengiltak qiz roli hisoblanadi. Ushbu filmni suratga olish ishlari juda uzoq cho`zildi va 2000-yildagina katta ekranlarga chiqdi. Bu vaqtda Priti allaqachon mashhur aktrisaga aylanib ulgurgan edi.
1997-yil Abbos-Mustan rejissyorlar dueti uni filmga taklif etishdi. Priti Bobbi Deol bilan suratga tushgan «Umrboqiy ism» («Soldier») filmi hitga aylanib ketdi. Kichik Deolni Priti Bobbi Di deb ataydi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:47:43

Aytishlaricha, filmni suratga olish davrida ular vaqtlarini ajoyib o`tkazishgan. Bir-birlariga yengil hazillar qilib, huzur qilishgan. Ammo, Pritining debyuti Mani Ratnamning «Chin yurakdan» («Dil Se») filmi bo`lgan. Garchi film kinoijarada muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo`lsa-da, Priti tomoshabinlar e`tiborini qozonib ulgurgandi. ­Filmfare jurnali kichik rol o`ynagan bo`lsada, uni eng yaxshi debyutant aktrisa mukofotiga loyiq topdi. Oradan uch yil o`tib, Priti shunday muvaffaqiyatga erishdi-ki, aktrisalar unga hasad qiladigan darajaga yetdi. U suratga tushgan filmlar xitga aylanardi. «Men filmlarda uy bekalari rolini ijro etishni istamayman. Menga rejissyorning kimligi muhim. Filmning kassa yig`imi ham men uchun ahamiyatsiz. Asosiysi rejisser yaxshi bo`lsin», - deydi Priti.

Uzoq vaqt suratga olingan «Yengiltak qiz» (Kya Kehna) 2000-yilda xitga aylandi va Pritining roli yuqori baholandi. Uning nomzodi shu roli uchun «Eng yaxshi aktrisa»likka davogarlik qildi. Ammo mukofot Karishma Kapurga nasib etdi. Garchi mukofotga loyiq topilmagan bo`lsada, ushbu rolni Priti eng yaxshi rolim, deya e`tirof etadi.
Utida Saif Ali Xon va Chandrachur Singh bilan birga suratga tushayotgan Priti grippning og`ir shaklini boshidan o`tkazdi. Lekin baribir ishlashni davom ettirdi. Og`riq qoldiruvchi ukollar unga madad berib turdi. Biroq kasallik o`z ishini ko`rsatdi. Ushbu film umuman muvaffaqiyatga erisha olmadi. Har Dil Jo Pyar Karega, Farz, Chori Chori Chupke Chupke va Mission Kashmir filmlaridagi rollari esa muxlislar tomonidan behisob olqishlarga sabab bo`ldi.
2000-yilda suratga olingan Mission Kashmir filmida u telereportyor rolini ijro etdi. Priti suratga olish jarayonidagi barcha qiyinchiliklarni hamkori Ritik Roshan bilan birga boshidan kechirdi. Keyinchalik ular yana birgalikda Rakesh Roshanning «Biz yolgiz emasmiz» («Koi Mil Gaya») filmida ham suratga tushishdi. «Ritik ishlash eng oson bo`lgan hamkorim hisoblanadi», deydi Priti.
Aktrisa Amir Xonning ashaddiy muxlisasi. Ammo Lagaan filmida sir-sinoatga to`la ushbu aktyor bilan birga suratga tushish imkoniyatini qo`ldan boy berib qo`ygandi. Chunki o`sha vaqtda ikki film suratga olish ishlari sabab, vaqt ajratolmay qolgan. Biroq Farhan Axtarning sharofati bilan biroz keyinroq Amir Xon bilan birga suratga tushish orzusiga erishdi.
Yeh Raaste Hain Pyaar Ke Karishma Kapurga taklif etilib, yakunda Priti Zintaga nasib etgan uchinchi film hisoblanadi. Undan oldingi Har Dil Jo Pyaar Karega va Sangharsh filmlarida ham huddi shunday hol yuz bergan edi. Ushbu filmda esa Priti o`zining sevimli aktrisalaridan biri Madhuri Dikshit bilan suratga tushish baxtiga muvaffaq bo`ldi.
Priti Janubiy Hindiston filmlarida ham suratga tushib turadi. U ishtirok etgan janubiy filmlardan biri Prince â„–1 unchalik mashhur bo`lmagan bo`lsada, ammo filmdagi qushiqlar tomoshabinlar tomonidan yaxshi kutib olingan.
Pritining feli juda g`alati. U shu qadar haqiqatgo`y-ki, buning oqibatida boshqalarning ko`ngliga ozor yetkazib ham qoyadi. U o`z hayotini boshqalardan umuman yashirmaydi. «Men shunchalik ochiq ko`ngilman-ki, boshqalar mendan nima kutish mumkinligini aniq bilishadi». Ammo Priti juda ko`ngli bo`sh qiz. «Arzimagan narsalar uchun ham qayg`uraveraman», - deydi u.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  20 Yanvar 2008, 04:48:09

Uning eng yoqtirgan mashg`uloti: «bir tonna muzqaymoqni qizg`anchiqlarcha yeyish, sayohat qilish va hind musiqalarini tinglash».
Uning ochiq ko`ngilligiga sabab, ko`p gapirishidan bo`lsa kerak. «Tan olaman, ko`p gapiraman. Hatto tinimsiz «sayrashim» ham mumkin».
Pritining do`stlari bilan uchrashuvi muxlislar muhokamasidan chetda qolmaydi. Balki shuning uchun ham uning model Mark Robinson bilan ishqiy sarguzashtlari yoki Rani Mukerji bilan do`stlashishi katta shov-shuvlarga sabab bo`lgandir. Aktrisalar bir-birlarining sochini yulib janjallashishlari muhokamasi Bollivud uchun oddiy holga aylangan. Ammo Priti Zintaning ikkita filmda hamkorlikda suratga tushgan Rani Mukerji bilan do`stlashishi muxlislar uchun g`ayrioddiy edi. «Biz dugonalarmiz. Ammo aktrisa bo`lishimizga qaramay, suratga olish maydonida tanishmaganmiz». Haqiqatan ham suratga olish jarayonida ularni nuqul kulishayotgan yoki gap sotishayotgan tarzda uchratishingiz mumkin.
«Men ona bo`riga o`xshayman, - deydi Priti. Bollivudda ham do`stlarimni yomon bo`rilardan himoya qilishga urinaman. Do`stlarimni hafa qilganlarni g`ajib tashlashga ham tayyorman. Balki shuning uchundir, yigitlar mendan nariroq yurishadi. Menimcha, odamlarda havfli taassurot qoldirsam kerak». SHunga qaramay Pritinin qizlardan ko`ra, yigitlar orasida do`stlari ko`p. Ammo u ularning hammasini sevavermaydi.
 

 

Qayd etilgan


djepotai  21 Yanvar 2008, 13:06:28

Мавзу "Голливуд актёрлари тсғрисида", "Болливуд" смас

Qayd etilgan