Oxirgi bor ko`rgan film  ( 261517 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 B


Sayyid90  31 May 2013, 11:45:18

Hitler haqida Rus telekanalida bir nechta hujjatli film korgandim,bu filmni ham korarmiz inshaAlloh.

Qayd etilgan


G_u_l_i  02 Iyun 2013, 00:07:03

Shu kunlarda "Umar" nomli serialni ko'rishni boshladim. Hamma ko'rib bo'lganidan keyin menga ham navbat tegdi.
Forumdoshlarga ham maslahat beraman. Islom tarixini chiroyli tarzda ifodalovchi serial. Arab va rus tillarida bor edi adashmasam, sifati ham yuqori ya'ni HD formatda.

Qayd etilgan


Sayyid90  04 Iyun 2013, 06:28:15

G_u_l_i:bu serial menda ham bor edi yarmi ammo hech kormabman film Turkcha dublyajda.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  25 May 2014, 09:05:27

Homeless to Harvard ni ko'rdim. Barchaga ko'rishni tavsiya qilaman, maktab, kollej yoshidagi farzandlar bilan birga ko'rilsa nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

Qayd etilgan


Абдурроҳман  30 May 2014, 22:22:07

"Gifted Hands - The Benjamin Carson Story" ni ko'rdim. Sizlarga ham ko'rishni tavsiya qilaman. Ayniqsa ayollar ko'rsa yana yaxshi. Chunki ular otalarga nisbatan farzandlar bilan ko'proq vaqt birga bo'lishadi. Onaning o'g'liga aytgan so'zlaridan biri:

- you can do anything anyone else can do, only you can do it better.

Yuqoridagi so'zlar ta'sirida qoloq o'quvchi bo'lgan oddiy bolakay. Maktab, universitetni oliy baholarga tamomlab, qanchadan qancha odamlarning hayotini saqlab qola oladigan mohir jarroh bo'lib yetishdi...

Hullas bir ko'rsangiz vaqtingizga achinmaysiz deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Sayyid90  28 Sentyabr 2014, 08:42:38

"Otamdan qolgan dalalar".

Qayd etilgan


Masuma1996  29 Sentyabr 2014, 00:49:21

Oxirgi bor kurgan filmim CHOLI QUSHI filmi Film haqiqatdan yaxshi ishlangan Lekin tug'risini aytsam filmni kurib kitobini uqiganimchalik mazza qilmadim

Qayd etilgan


Shokir63  11 Fevral 2015, 12:29:24

Jiyanimni Padingtonning sarguzashtlari "Приключения Паддингтона" filmiga oborodim.

Rosa kuldi.

Qayd etilgan


Abdulhafizaka  11 Fevral 2015, 21:50:49

Мен яқинда хитойликлар томонидан ишланган Канфуцций деган тарихий филм кўрдим жуда тушунарли ишланибди қадим яшаб ижод қилган файласуф билан яқиндан танишдим, Канфуцций тинчликпарвар сиёсатчиҳам бўлган экан.

Qayd etilgan


azizbek_mx  18 Fevral 2015, 14:59:47

"Ibn Sino shogirdi" ("Ученик авиценны") Nemislarni filmi. Ibn Sinoni buyuk tabib deb faqat qahramonlar tilida aytishyapti. Aslida shogirdini undanam ustun qo‘yishgani yaqqol ko‘rinib turipti. Undan tashqari o‘sha davrdagi hokimiyat ham noto‘g‘ri aks ettirilgan. Xullas yoqmadi :(

Qayd etilgan