Men qaytib kelaman (Tog'ay Murod zamondoshlari xotirasida)  ( 122527 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 B


Ansora  06 Mart 2010, 21:36:10

Fevralda pishgan uzum

O’zbekning ko’ksi tog’ o’ldi, ko’ngli bog’ o’ldi. Ko’kragiga shamol tegdi. Shamolni esdirgan o’g’illar bo’ldi. Shoirlar aytar, yozuvchilar davr qo’ng’iroqlaridir. Qo’ng’iroqlar jarang-jurung qilib, elni uyg’otdi. Bundan qirqmi, qirq besh yillar oldin qiziq voqea bo’ldi: fevralning boshida uzum pishdi. Bu gapning rost-yolg’onligiga xudo poshsho. Lekin Tog’ay Murodning fevralda tug’ilgani ham, uzum pishganda tug’ilgani ham rost. Do’stlarining aytishicha, boshpurtida fevral. O’zining gapi: «Menga enam surxa pishganda tug’ilgansan», deydi.
Qaysi biri rostligini bilmadigu, lekin Tog’ay Murod adabiyotimizning bir baxti ekanligi haqiqat. Qo’ng’iroqlarning jarangdorlaridan biri ham u. Tog’ay Murod bo’lib ot kishnagan oqshomlarda ko’ngillarni bir qo’shiq zabt etdi. Bu qo’shiq o’zbekning qulog’iga: «Sen o’zbeksan», degan azonday eshitildi. O’zligini anglagan el otasidan qolgan dalalarini sog’indi. Tog’ay Murodning kitobini o’qib bir quvondi, kuldi, bir o’ksidi, yig’ladi.
Tog’ay Murodga Oybek mukofoti berildi. U jim. Abdulla Qodiriy mukofoti berildi. Yozuvchi biror narsa demadi. Nihoyat, bir jurnalist savol berishga jazm etdi: «Biror gap ayting?» Eshitgani shu bo’ldi: «Abdulla Qodiriy oldida men kimman? Intervyu bermayman». Jurnalist yelkasini qisib qo’yaqoldi. Ko’nglidan ko’p gaplar o’tdi. U demoqchi edi: «Siz Qodiriyning munosib shogirdisiz. Har bir inson, har bir ijodkor o’z darajasini bilmog’i va shunga ko’ra harakat qilmog’i lozim». Lekin qaysarlik... Bu ham inson uchun, adib uchun yot tushuncha emas. Ana shunday xususiyatli odamlar boshqalarga nisbatan o’z maqsadi yo’lida ko’proq kurashadilar.
Bizning ham yozuvchiga savollarimiz ko’p edi. Lekin javob ololmasligimizni o’ylab, indamay qo’ya qoldik. Birgina istagimiz, Tog’ay Murodning yangi romani — «Bu -dunyoda o’lib bo’lmaydi»ni tezroq mushtariylarimiz bilan mutolaa qilish nasib qilsin! Sizni ijodiy o’jarlik tark etmasin!

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:36:49

* * *

Ushbu gazetani yozuvchiga yetkazdik. O’qib jiddiy chehrasiga tabassum yoyilganini eshitib, bir quvondik, bir quvondik...
Yillar o’tib, arxivlari orasiga aziz qilib, avaylab olib qo’yilgan gazetani ko’rganimizda ko’nglimiz to’lib, ko’zlarimiz namlandi. Odamzot qanday fe’l-atvor egasi bo’lishidan qat’iy nazar, uning «tosh» ko’nglini eritadigan yo’l topmoq, so’z aytmoq ikki karra savobdir...
Har ko’ngilning o’z yo’li — o’z ochilar eshiklari bo’ladiki, unga faqatgina xokisor ko’ngil bilan yo’l solinadi.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:37:17

«Enamning suratini ehtiyotlang»

—  Enamning suratini ehtiyot qiling, — degandi Tog’ay Murod.
U shoir bo’laman, dedi. Xalqining ko’nglidagini topib-topib aytdi. Qator-qator kitoblar bitdi. O’quvchilari serob-serob bo’ldi.
Maqsadi kitob o’qimoq, yozmoq bo’ldi. Davralardan olis-olis yurdi, dardlarini to’lib-to’kib bitdi.
Eliga iste’dodli bir ijodkor bo’lib tanildi. Katta doiralarni, uchrashuvlarni xohlamadi, ijodi haqida biror muxbirga so’z aytishni ko’ngli buyurmadi. U ko’ngil kishisi edi, undan narisi shoirga yot edi..
Ammo bundan o’n  uch yil avval yozuvchiga onasining surati bilan jurnalga bermoqchiligimizni, onasi nomidan bir so’z yozish kerakligini aytganimizda, jimib qoldi. O’ychan, keskir chehrasiga, ko’zlariga yorug’lik yugurdi:
—  Xo’-o’-o’sh, —  dedi, — to’rt-besh kundan keyin qo’ng’iroq qiling.
Yozuvchining rozinamo so’zlaridan quvonib, natijani kutdik. Aytilgan muddatdagi qo’ng’irog’imizga «kelavering», degan javobni olganimizda quvonib huzuriga shoshildik.
Tog’ay Murod onasining duosi yozilgan qog’ozni uzatarkan, «Enamning nomidan yozish qiyin ekan, bir nechta kitoblarni o’qib, keyingina yozdim... Enam bundan ziyoda duo qiladi, men unday tushirolmadim», deya qog’oz uzatdi. Unda shular yozilgandi:
«Iloyim, o’zbaki poshikasta-ayollari... qozoni o’tdan tushmasin, suprasidan non arimasin, tuz-taomlik bo’lsin, qut-barakotlik bo’lsin, oydin yo’llik bo’lsin, olchaday gullik bo’lsin, tamal-toshlik bo’lsin, toj-taxtlik bo’lsin, oftobday nurlik bo’lsin, Muhammad payg’ambar yoshini ko’rsin, baxt-iqboli qosh-kipriklari orasida bo’lsin, Ozodlik gashtini suyub-suyub tuysin, qonib-qonib tuysin, iloyim!»

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:37:31

So’ng yozuvchimiz oppoq qog’ozga o’ralgan narsani tutqazarkan, «Enamning suratini ehtiyotlab qaytaring», dedi...
Biz surat va jurnalni qaytarganimizda, Tog’ay Murodning qo’polroq degan jismi joni bolaga aylangandek bo’ldi.
—  Enam-m,  — dedi zalvor bilan. — Bir xursand bo’ldi... bir xursand bo’ldi...
Yillar o’tib, Tog’ay Murod nihoyatda asrab-avaylab olib qo’ygan surat va jurnal ko’zimizga nurdek ko’rindi.
O’g’lining shoir (yozuvchi) bo’lishini orzulagan Tojixol momo shoir bolasini siz-sizlar, senlashni ep bilmasdi o’ziga. To’pori bir ijodkorning onasiga hurmati, onaning o’g’liga muhabbati ko’z  ilg’amas ipday nozik mehr zanjiri Tog’ay Murodni baxshiyona ijodkor qildi. Ona va o’g’il munosabati... Unga qo’shilib, qo’shib bo’larmikan? Ular haqda kimdir topib aytdi, kimdir...
Axir ona va o’g’il munosabatini, pinhona iztirobu quvonch¬larini his qilish nimaligini har kim ham anglayveribdimi?..
Ko’ngil... uning tubidagi gavhardek aziz onalar go’shasini ziyorat qilmoq, tavof aylamoq, suvrat va siyratlarini-da asrab-avaylamoq, ko’zga surtmoq saodatdir.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:37:56

* * *

Tog’ay Murod juda qaysar, o’zi aytmoqchi, chars fe’l-atvor egasi bo’lsa-da, boladek beg’ubor, boladek ishonuvchan edi. 2003 yil 4 yanvar kuni poytaxtning Markaziy univermagi oldida xomush tortgan Tog’ay akani uchratdik.
 — Kishini ayoli uyda bo’lmasa shu-da, — dedi asabiy (ayoli kasalxonada edi). — Bir yaxshi kunimga yaraydi deb, 100 dollar olib qo’ygandim. Oloy bozorida «maydalatmoqchi» bo’lsam, tez-tez bo’ling, deb dallol bola pul tutqazdi. Bunday o’tib qarasam... buni qarang... — ikki tarafi va belbog’ida ming so’mlik qo’yilgan pul taxlamining o’rtasi tartib bilan qirqilgan to’la qog’oz edi... — Qaytib borib uni topsam o’ldirardim, o’zbekning bir yozuvchisi qamalardi-ketardi...
Shunda uning qo’liga mahkam ushlab olgan kattakon toshga ko’zimiz tushdi.
Muhtojlikdan ko’ra ishonch ko’ylagidagi yolg’on, aldov adibning betizgin xayollari aro yo’lda qolgan yo’lovchiga o’xshardiki, or-nomus va adolatsizlik iztirobi adib dunyosini qorong’i qilgandi. Topganim degani — sarobligi, yana uni aldaganliklari, ha, ha, yosh boladay aldaganliklari ko’ngliga tinchlik bermasdi.
...Tog’ay Murod ko’nglidan o’tganlarini san’atkorona qog’ozga tushirayotib, har bir asarida taqdirining yozmishlarini bitganga o’xshardi.
Adibning «Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi» bosh qahramoni Botir firqa shunday deydi: «Ana, meni-da onam keldi. Onam: kuning qaytdi, deyapti. Ketar vaqting bo’ldi, deyapti. Kuning to’ldi, deyapti...»   
Kitob chop qilingach, oradan yillar o’tadi. Bir kun u aytadi, oqshom ko’rgan tushini aytadi: «Enam chaqiryapti...»
Hayot goho haq, goho nohaq tortishuvlarga to’la bir dunyoki, kurashlarda kishi ko’nglidagini kimgadir to’kkisi keladi, o’ylaganlarini u poyoniga yetkazadigandek ishonadi. 1993 yillar... Jahl otiga mingan Tog’ay Murod kaftidagi yozuvni ko’rsatdi:
«Chig’atoy mozoriga munosibman».
— Qo’ying, hali u haqda o’ylamang, — dedik.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:38:30

* * *

Yillar o’tdi. 2003 yilning boshlarida yana shu gapni ko’p-ko’p aytdi va bu qarz gapligini takrorladi...
...Tog’ay Murod niyati ijobat bo’ldi.

 * * * 
   

                               
O’ylanib qolaman. Tog’ay Murod «Oydinda yurgan odamlar» qissasida yozadi: «"¦kutib-kutib yashaydi... ko’ngil mevasini izlaydi», deya yozadi.
Darhaqiqat, adib ko’ngli bir mevani izladi, uzoq-uzoq izladi, kutib-kutib izladi. Izlagani ko’ngillarga iz soladigan asarlari bo’ldi. Asarlari yozuvchining yuzi bo’ldi, so’zi bo’ldi. Farzandday aziz ko’ngil mevalarini ko’ngillarga solib ketdi Tog’ay Murod.
 

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:39:12

CHORI  NURULLAEV

MENING HAMQISHLOG’IM



Ana shu fikrdan hamisha ko’nglim faxr-iftixor tuyg’ulariga to’ladi. Ha, men mashhur adib bilan hamqishloq ekanligimdan, bir paytlar unga ukaday yaqin bo’lib qolganimdan faxr¬lanaman! Hamqishlog’imiz xalq  yozuvchisi  Tog’ay Murod kindikday mittigina  Xo’jasoat qishlog’imizni, qolaversa, butun Surxon vohasini «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom», «Oydinda yurgan odamlar» kabi  o’lmas, betakror qissalarida san’atkorona tasvirlab, olamga tanitdi. Ana shu elimizni olamga tanitishday faxr tuyg’usi Tog’ay  akani   ko’z oldimda   yuksaklarga  ko’tardi.
Tog’ay aka bilan bir qishloqdan bo’lsak-da, u bilan Toshkentga  kelib  tanishdim, yaqin bo’ldim. Mendan ilgari Nazar akam Toshkentga o’qishga kelgan, Tog’ay  aka bilan yaqin edi. Men yozuvchi Tog’ay Murod  bilan tanishishimga xo’jasoatcha tok-vayish, tokso’ri sabab bo’lgan desam, balki bu gap g’alati tuyular.
Bir kuni akam Tog’ay aka bizni uyiga hasharga aytdi, deb  qoldi. Bir dam olish kuni ikki-uch bola  bo’lib, Tog’ay akanikiga hasharga keldik. Albatta, bu gaplar birovga qiziq tuyulmasligi mumkin. Lekin meni hayron qoldirgani  shu ediki,  o’zi  katta yozuvchiligiga qaramasdan besh qavatli uyning birinchi qavatida yashaydigan Tog’ay aka qora mehnatdan qochmay, uy atrofini tosh-shag’allardan erinmay tozalabdi, obod qilibdi. Yana deng, har tong yaqinlaridagi «Dinamo» stadionida yugurib, badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanadigan Tog’ay aka qaytishida stadionning har tomonida sochilib yotgan temir-tersaklarni olib kelib, uyi oldiga taxlab qo’yibdi. Biz kalta-kulta temirlarni ko’rib, ajablandik, odatda, balandga so’ri qilinajak temirlar uzun-uzun bo’lardi-da! Biz Tog’ay akaga buni aytib o’tirmadik — xafa qilgimiz kelmadi. Chunki uning ko’ngli nozik, salga dili ranjib qoladigan tabiati bor edi. Biz qo’ldan kelgancha shu temirlarni bir-biriga ulab, payvand qilib, so’ri ko’tardik. Ana shunda Tog’ay akaning xursandligini ko’ring. Xuddi otasi o’ziyurar kattakon o’yinchoq mashina olib berganidan quvonchi ichiga sig’magan yosh boladay quvonardi. U  qo’llarini bir-biriga ishqab: «Ana... ana! Qoyil, yigitlar, qoyil!» — derdi. Ha, hamyurtimiz bo’lgan katta yozuvchi Tog’ay Murod ana shunday bolamisol ko’ngli beg’ubor edi. Biz  Tog’ay akaning ko’nglini ololganimizdan xursand edik.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:39:47

Bir kuni Tog’ay akanikiga borganimda biz bir paytlar yasab bergan tokso’riga ko’zim tushdi. Tog’ay Murod mehr bilan ekkan toklar barq urib o’sib, gullab-yashnab, so’rini bezab turibdi...  Shu o’rinda bir gapni aytish kerak: Tog’ay aka hammani ham uyi¬ga kiritavermas, hamma bilan ham gaplashib ketavermas edi. U iqi suygan odam bilan gaplashardi. Shuning uchun bir tuyg’u ko’nglimni yoritib turadi: eshik qo’ng’irog’i jiringlasa, yangaga: «Agar Chori bo’lsa, kirsin», derkan.
Har  borganimda Tog’ay aka qishloqdagilarni, yaqinlarini, ayniqsa, tog’asini so’rar, yana qanday yangiliklar borligini bilishni dildan istardi. Ana shunda men uning shaharda doimo¬  o’zi tug’ilib-o’sgan qishlog’ini qo’msab, sog’inch bilan yashayotganini sezardim. Ana shunda uning katta yozuvchilarga xos, ijodkorona xayollar og’ushida yashashini, qishlog’ining samimiy odamlari bilan dildan suhbat qurgisi kelayotganini sezish mumkin.
Bir kuni Tog’ay aka qo’ng’iroq qilib qoldi. U mashina olar bo’libdi. «Shuni olish kerak, — deydi. — Shu mashinani sizlar oling¬lar. Mendan sizlarga sovg’a», — deydi. Biz akam bilan iymanib, albatta, «yo’q», dedik.Tog’ay aka esa: «Men axir mashina minishni bilmayman. Olmasanglar, sotaman», dedi. Xullas, mashina sotildi. Mashina sotish hangomasi qiziq, pulini bankka qo’yib, hiyla-ustalik nimaligini bilmagan Tog’ay akaning anoyiligi undan-da qiziq!
Vaqtlar o’tib, yangi mashina sotgan Tog’ay aka uning puliga bir ko’ylak ham ololmaydi. Lekin mashina olganligi quvonchi ko’nglida qoladi. Ha, u hayotning oddiy, mayda quvonchlaridan ham katta zavq olib, go’dakday shodlana oladigan nihoyatda samimiy, toza qalbli inson edi.
Yana bir kuni uyimiz telefoni jiringlab qoldi: Tog’ay aka ekan. Tez yetib kel, deydi. Bilsam, Tog’ay aka Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo’libdi. Shu kuni quvonganlarimiz"¦
Men nafaqat xalq ko’ngliga kira olgan, katta yozuvchi bo’lgan hamyurtim bilan, balki behad tozako’ngil, katta qalb egasi bo’lgan inson bilan yaqin bo’lganimdan hamisha faxrlanaman.

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:40:55

BOIR  XOLMIRZAEV


SABOQ

San’at olamida ming to’qqiz yuz yetmish sakkizinchi yildan buyon xizmatdaman. Aynan musiqali drama teatrida ishlay boshlaganimga ana shuncha yil bo’libdi... Ozmi-ko’pmi oq-qoraning farqiga boradigan paytimizda men bir yozuvchi bilan oshno bo’ldim. U Tog’ay Murod bo’ldi. Ijodiy diapazonda meni eng ko’p to’lqinlantirgan, qalbimni larzaga solib, qalqitgan asar haqida gap ketganda, men, avvalo, u kishini tilga olib, uning «Oydinda yurgan odamlar» qissasini ayta boshladim. Boisi...
O’zi, aslini olgandayam Tog’ay Murod bilan g’oyibona tanishishimga shu asar sababchi bo’lgan ekan.
Teatrda ishlab yurgan kezlarimda bir hamkasbim mana shu qissaning yaqin-orada spektakl qilinishini aytib  qoldi va menga uni bir o’qib chiqishni tavsiya qildi. Uning o’zi o’qib, hatto kasal bo’lib qolgani, asar juda baquvvat ildizga ega ekanini aytganida, unchalik ishonmagan edim. O’qigandan so’ng esa... tan berdim! Ha, men hali shuncha yildan beri o’zbek adabiyotida bunday asarni o’qimagan edim.
Qissani mutolaa qilar ekanman, har safar yozuvchi Said Ahmadning  so’zlari esimga tushaveradi. U kishi zap ta’rif bergan-da: «Tog’ay Murod qissa bitmaydi, nazarimda bor ovozi bilan qo’shiq aytadi. Bu qo’shiqlarda avj pardalar bor, nolishlar bor, savt bor». Men esa bunga yana nimadir  qo’shgan bo’lardim. Ba’zan ko’ngil juda orziqib, yuraklar hapriqib ketadigan paytlar bo’ladi. Bo’g’zingga bir narsa tiqilaveradi. Tog’ay Murod ana shunday bor vujudi bilan qo’shiq aytgan odam... Vujudidan o’rtanib, o’kirib-o’kirib  qo’shiq   aytgan inson. Uning qo’shiqlarini yuragi bor odam borki, vujudi bilan tinglaydi. Men xuddi shundan juda ta’sirlanganman.
Tog’ay Murod qanday asar bitmasin, o’zbek dardini, uning quvonch-g’amini o’zbekona tasvirlay olgan adibimiz bo’lib qolaveradi. Bilamizki, Abdulla Qodiriyning o’z uslubi bor. Agar asarlarini o’qisangiz, bu Abdulla Qodiriyniki, deysiz. Abdulla Qahhorning  ham o’z uslubi bor. Bir o’qishdan o’sha asarni Qahhorniki ekanini bilib olishingiz mumkin. Tog’ay Murod ham o’z uslubini yaratdi!

Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:41:42

Adabiyotda o’ziga xos, yangi uslubga ega bo’lish hazil gap emas. Bu  o’ta  katta yangilik. Tog’ay aka shu paytga qadar hech kim yoza olmagan, hatto yozish yetti uxlab tushiga kirmagan uslub yaratdi. Kamyob uslub kashf etdi. Bu  — yutuq!
Men nuqta bilan yozgan, shu tinish belgisidan bu qadar mohirona foydalangan yozuvchini hali uchratganim yo’q! Qarang, u qanday san’atkorona gaplar tuzgan: «Bobomiz qaradilar. Nuqta. Qaradilar. Nuqta». Qarang, agar matndan kelib chiqsak, mana shu joyda odamning  ko’ngli yumshab ketadi. «Bobomiz uzoq  qaradilar», deydi yozuvchi. «Bobomiz qo’l siltadilar», deydi. Shu desangiz, «qo’l siltamoq» ibora — birikmasini hech qaysi adib bu tarzda ishlatishga jur’at qila olmagan! Qo’l siltash — bu keng qamrovli tushuncha. Bu  ibora  tag-zamirida gap ko’p. Bu genial fikr.
O’zbek sevaman, yonaman, yur, boqqa boramiz, demaydi. O’zbek  Qoplon va Oymomo kabi sevishadi, ulardayin bir-biriga bog’lanib sevishadi. Bir-biri bilan ruhan qovushib ketadi. Ular ustoz Said Ahmad aytganidek, «yo’q  farzandning momosi, yo’q bolaning bobosi» bo’lib yashadilar. Ular o’zbeklarda eng muqaddas ma’vo — oila tushunchasiga xiyonat qilmaydi, yengil-elpi yashashga, bo’lar-bo’lmas sabablar bilan oila buzilishiga yo’l qo’ymaydi! Asosiysi, bir-birini tushunib yashaydi. Umid bilan kun ko’radi. Chunki ular bir-birini sevadi. Mana buni haqiqiy sevgi deydilar! Momosi o’lgandan keyin bobosining unga aytgan gapini eslaylik: «Momosi, bizning zardolilar g’arq pishdi. Bolalar devordan oshib zardolilar shoxiga chiqib qorinlari to’yguncha yeyapti. Qo’yinlariga solib ketishayapti. Eshitayapsanmi, momosi, bizning zardolilarni bolalar yeyishayapti!»
 Shu jumladan keyin uchta nuqta qo’yilgan. Qissaning shu joyini oddiygina qilib gapirib ham, o’qib ham bo’lmaydi. Buning ma’nosini har kim  ham tushunavermaydi, shunga alaming keladi kishi...

Qayd etilgan