* * *
Sizni bir ko’rmoq istardim...
Necha yillardirki, yurtim qirlarida ilk ma’sum giyohlar — boychechak, raftor, lolalar bosh ko’targanda, men — bir notanish muxlisingiz dilida cheksiz havasu ixlos bilan sizga shu tabarruk mo’’tabar bahor giyohlaridan tutmoq istardim!
Sizni bir ko’rmoq istardim!
Sizni ijodda burgutlarga mengzardim.
Goh-gohida bu dil,
Chumchuq, chittak kabi mijg’ov parvozlardan,
Kecha tuflab-tuflab tashlagan oshni
Bugun maqtab-maqtab ichgan «ustoz»lardan,
Bulbulning kuyini zog’larga sotgan,
Aqli bus-butunu iymoni ozlardan,
Fahshni nuqul ishq deb chalayotgan
yolg’onchi sozlardan,
Nihoyasiz zada-zardob bo’lib ketganda —
Bu alam vodiysidan tamom ketmoq istardim!
Dilning tub-tublarida ne o’y, ne g’am bo’lsa,
Bari-barisini sezmoq istardim,
Ne yolg’on bo’lsa gar,
Qalam-la buzmoq istardim.
Bu yo’lda Haqqa yuz tutib,
Halolu pokiza yozmoq istardim!
Sizni bir ko’rmoq istardim!
* * *
Afsus, bu istak, bu orzu armonga aylandi.
Biz sizni asray olmadik...
Shunda bir fikr dilga taskin beradi: sizni ko’raman. O’zingiz¬ yozgan asarlaringizda sizni ko’raman. Asarlaringizga yana sho’ng’iyman, ha, ular hamisha men bilan birga, mening ko’nglimda.