Men qaytib kelaman (Tog'ay Murod zamondoshlari xotirasida)  ( 122345 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 30 B


AbdulAziz  01 Mart 2010, 09:09:13

Men qaytib kelaman (Tog'ay Murod zamondoshlari xotirasida)



Muallif: Ma'suma Ahmedova
Hajmi: 699 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Mart 2010, 09:11:09

MEN  QAYTIB
KELAMAN


Toga’y Murod zamondoshlari xotirasida


Mazkur kitob XX asr o’zbek adabiyotida o’zining yorqin asarlari bilan chuqur iz qoldirgan, adabiyotimiz taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, o’ziga xos betakror uslub, maktab yaratgan O’zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog’ay Murod haqidagi xotiralardan tashkil topdi.
Yorug’, nurli yodnomalar adabiyotning haqiqiy muxlislarini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

To’plovchi:
Ma’suma AHMEDOVA

Nashrga tayyorlovchilar:
Ma’suma Ahmedova, Farrux Jabborov, Jasur Kengboev

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:29:19

MUNDARIJA

Barhayot ijod. Tuzuvchidan

YORQIN YODNOMALAR

Said Ahmad. So’z  zargari
Odil Yoqubov. Mening xotiralarim
Pirimqul Qodirov. Qalbi asarlarida qolgan adib
Shuhrat  Abbosov. Xalqi kabi barhayot
To’ra Mirzaev. Otlar ham yig’laydimi?
Jumaniyoz Jabborov. O’xshasa, o’ziga o’xshaydi
Umarali Normatov. Jahon adabiyotiga oshufta ko’ngil yoxud sokin qalb iztiroblari
Nosir Fozilov. Ukadek aziz, do’stdek  qadrdon edi
Ne’mat Aminov.   Kuyov sarposi izlab
Bahodir  Sarimsoqov. Qisqa, ammo mazmunli   umr
Ibrohim G’afurov. Hassos daryo
Abdug’afur Rasulov. Halol ijod
Nurislom To’xliev. Armon
Mahmud Sa’diy. U — hamon sahnada
Halima Xudoyberdieva. Tog’ay Murod  degani — tog’day murod degani...
Omon Muxtor. Oroli bor odamlar
Nosir Muhammad. O’z xalqiga haykal  qo’ygan adib
Mirpo’lat  Mirzo. Oq sallali tog’lar duosi
Yo’ldosh Eshbek. Mo’minning karomati yoki oriyat kuychisi
Nodir Normatov. Ot kishnagan oqshom
Xurshid  Do’stmuhammad. Tog’ay Murodning sirli dunyosi
Sayfiddin   Hodiev. O’zbek kurashini jahonga ko’targan asar
Mahmud Sattorov. Tog’ay Murodni tanish   
Shodmon Otabek. O’zi ham,  ijodi ham betakror
Sattor Alimardonov. Mening bolalik do’stim
Sahobiddin Xolmatov. Mangulikka daxldor ijod
Tojiddin Razzoq. Tog’ay Murod
Yuriy Podporenko. Tog’ay Murod asarlari tarjima qilinishi shart
Jo’ra Qodirov. Atoqli adibning firqa zulmidan xo’rlangani haqida
Mirzapo’lat Toshpo’latov. Kunlardan bir kun
Chorsham’. «Shoir ukam, yaxshi!»
Mahmud Abulfayz. Tog’ay Murod dalalari   
Sulaymon Obloqulov. Ko’ngli behad nozik edi
Norqobil Jalil. «Men yer bilan salom-alik qilaman»
Said   Murod. «Boshimni zo’r ishga berib qo’yibmen»
Vafo Fayzulloh. Abadiyat
Sobir O’nar. Chinakam ustoz
Boboqul Norqobul. «Bolamni hech kimga bermayman»
Hulkar To’ymanova. Bir suhbat tarixi
Mehriniso Oydinova. Men bilgan Tog’ay Murod
Dilfuza Shomalikova. Taqdirga aylanar so’zlar
Chori  Nurullaev. Mening hamqishlog’im

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:30:20

BIR KO’RMOQ ISTARDIM...

Boir  Xolmirzaev. Saboq
Umida To’laganova. Zamondoshlik quvonchi
Sa’dina Bobomurodova. Sizni bir ko’rmoq istardim
Karimberdi To’ramurodov. Kechikish
Jasur Kengboev. Tog’ay Murod bilan  xayolan    suhbat
Farrux Jabborov. Biz   baxtli  odamlarmiz   


Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:31:05

BARHAYOT IJOD

Men qaytib kelaman!
Tog’ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romanini Dehqon¬qul tilidan shunday so’zlar bilan xotimalaydi.
Shunda asar qahramoni bilan birga azob, rutubat chekkan, alam-qiynoqlardan ezilgan, qayg’uga botgan kitobxon birdan tin oladi, jonlanadi. Xuddi mayin epkin esganday, ozor to’la vujudi orom olganday bo’ladi.
Men qaytib kelaman!
Ushbu xitob ko’ngillarga orom beradi...
Ko’tarinki kayfiyat kishining ruhini ko’taradi, kelajakka umid uyg’otadi. Bu so’zlar go’yoki qiynoqlarda qolgan, yurak-bag’ri qon kitobxonga roman qahramoni singari taskin-tasalli beradi.
Men qaytib kelaman"¦
Biz qo’limizdagi xotiralar jamlangan kitobni shunday nomladik. Bu so’zlardan anglashiladiki, ko’nglimiz bo’lgan yozuvchimiz hamisha biz bilan birga, u yonimizda...
Tog’ay Murod — adabiyotimizda yorqin voqea bo’ldi. Bu e’tirof minbarlardan tobora ko’proq jaranglamoqda. Uning  shaxsiga qiziqish, ijodini yanada teranroq anglashga intilish tobora ortib bormoqda.
Zamondoshlari Tog’ay Murodni yodga oladilar, xotirlaydilar, uning ijodi, adabiyot haqida so’z yuritadilar. Bu so’zlarda yozuvchi hayotining qaysidir lahzalari muhrlanadi. Kitobxon ko’z o’ngida badiiy so’z san’ati ustasi bo’lgan cho’ng adibning xuddi asarlari kabi qaytarilmas, o’ziga xos fe’l-atvori, qat’¬i¬yatli, olijanob qiyofasi gavdalanadi. Bu kitob, avvalo, yozuvchi-ijodkor haqidagi tasavvurlar, taassurotlar boyishiga xizmat qiladi. Umidimiz shunday.
Maqsadimiz, bunyod etish iste’dodi, qudratiga ega katta ijodkor shaxsi, butun borlig’i, qalbi, ichki olamining ko’z oldingizda namoyon bo’lishiga ko’maklashish. Va yana... badiiy so’z qudrati bilan umr¬boqiy va umuminsoniy asarlar yarata olgan adib portretini chizish, uning asarlarini tahlil qilish orqali qalblarni ezgulikka chorlashga qodir buyuk kuch — adabiyotga muhabbat uyg’otishdir.
Men qaytib kelaman!
Yozuvchi shunday deb xitob qiladi. Komil ishonch bilan o’z romaniga nuqta qo’yadi.
Ana shu komil ishonch bizni ham tark etmaydi.
U — qaytib keladi!
Tuzuvchidan

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:31:52

SAID AHMAD

SO’Z  ZARGARI


Hech bir yozuvchiga o’xshamagan ajoyib adibimiz Tog’ay Murod  ko’p vaqt Parkentda ijod qildi. Parkentning so’lim Kumushkon tomonlari qaysidir jihatlari bilan u tug’ilib-o’sgan olis Surxonning Xo’jasoat qishlog’ini eslatib turardi. Xo’jasoatda jazirama qirq yetti darajaga yetadi. Kumushkonda esa o’ttiz ikki-o’ttiz besh darajadan oshmaydi.
Tog’ay mana shu nafas olsa bo’g’zini kuydiradigan qaynoq havoni, ustiga chiqib tik tursang, kalishni eritib yuboradigan olovdek tovatoshlarni sog’inib yurtiga talpindi. U hammavaqt yurtini sog’inib yashadi. Yilda bir marta ona yurtini aylanib kelmasa, qaynoq havosidan nafas olmasa, ko’ngli joyiga tushmasdi.
Olisda turib yozgan asarlarida inson yuragidek urib turgan sog’inch hissi oppoq qog’oz betiga tomchiladi.
Tengdosh bolakaylar bilan quvlashib katta bo’lgan, ko’z ochib olamni tanigan Xo’jasoat bilan Vaxshivor adirlari, bir zum bo’lsin, ko’z o’ngidan ketmadi. Tog’ayning jismi Parkentda-yu, ko’zi, qalami o’zi o’sib voyaga yetgan ona yurtida bo’ldi. Parkent bilan Xo’jasoatni bog’lab turgan sog’inch hissi asar bo’lib qog’ozga quyildi. Shunda sog’inchning ham isi, rangi, vazni bormikan, degan o’yga bordim.
Ushalmagan armonlarini, tortgan jabru jafolarini ichida yonayotgan olovlarga qorishtirib yashayotgan, hatto tilab olgan nevarasiga ham, uy ostonasigacha qadamiga poyandoz yozib, «yor-yor» bilan tushirib olgan, kelin bo’lib, kelinlik gashtini surmagan, mehnatdan boshi chiqmagan, alamlarini ichiga yutgan, umri zabunlikda o’tayotgan keliniga ham nafrat bilan qaraydigan Bolxin momo qaydan paydo bo’ldi? Adabiyotimizda bunaqa obraz birinchi marta yuz ko’rsatishi edi. Romanda o’quvchi qalbini larzaga soladigan bunday holatlar juda ko’p.
Dehqonqulning xotini adolatsizliklarga, bu yolg’on dunyoga, ayol degan sha’n-shavkatini so’ndirgan, toptagan, robotga aylantirib qo’ygan sho’ro tuzumiga isyon ko’tarib, o’ziga o’t qo’yadi.
Dehqonqul xotini ertayu kech bag’riga bosib yashagan beshikni olib, endi bu xonadonda farzand tug’ilmaydi,  deydi. Go’dak bosh qo’ygan yostiqchadan, belbog’dan, gavrapo’shdan sut hidi gupillab kelib turardi. Dehqonqul bir zum hushidan ketgandek chayqaladi. Beshikni chordoqqa opchiqib ketayotganda uning hammasiga she’r, qo’shiqlar bitilganini ko’rib qoladi. Shunda u bu xonadon kimni yo’qotganini biladi. Birinchi marta yuragida sanchiq sezadi.

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:32:11

Romanning shu joylarini o’qiyotganda kitobxon ko’ksidan faryod otilib chiqadi.
Boshqa adiblarda qisman bo’lsa ham avvalgi asari ruhi sezilib turishining sabablari to’g’risida gapirgandim (bu shakkokligim uchun ustozlarim, do’stlarim meni kechirishsin). Tog’ay nega o’zini o’zi takrorlamaydi? Bunga sabab — u butunlay boshqa joyda, boshqa sharoitda, makonda, boshqa ruhiyatdagi, butunlay boshqa savdolarni boshidan kechirayotgan insonlar hayotini asarlariga mavzu qilib oladi.
«Oydinda yurgan odamlar» qissasidagi butun umrini farzand orzusida yashab o’tkazayotgan farishtadek pokiza, nurga yo’g’rilgan bir juft qariyaga «Ot kishnagan oqshom» asaridagi Ziyodulla chavandozdan biror ruhiy holatning o’tishi mumkin emas. «Oydinda yurgan odamlar»ni o’qishingiz bilan sizni  allaqanday sirli, sehrli oydin kecha bag’riga oladi. Ichingizga ajib bir nur o’rmalab kiradi, dillaringizni yoritib yuboradi.
Tog’ay bir-birini bobosi, momosi, deya atab umr o’tkazayotgan bir juft oq kaptardek pokiza insonlarni oydinda, oy nuriga o’rab tasvirlaydi. Oqibat, ushbu juftning o’zi ham, so’zi ham, fikri ham, turish-turmushi ham oyning kumush nurlariga yo’g’rilib ketadi.
«Yulduzlar mangu yonadi» qissasi Surxon polvonlari hayotidan hikoya qiladi. Unda na «Oydinda yurgan odamlar»dan, na «Ot kishnagan oqshom»dan  biror ruhiyat ko’chib o’tmagan. Chunki avvalgi bir-birini takrorlamagan qissalar bu asarga, zarracha bo’lsin, ta’sir ko’rsatmagan. «Yulduzlar mangu yonadi» mutlaqo o’ziga tashqaridan ta’sir yuqtirmagan, «ekologik toza» asar.
Tog’ayning hamma qissalarini e’tibor berib kuzatsa¬ngiz,  asarga shunchaki, boshi aylanib kirib qolgan birorta personajni ko’rmaysiz. Hammasining asarda o’z vazifasi, qiyofasi, o’z tili, o’z dunyoqarashi, o’z qismati bor. Ular o’quvchining yodida bir butun shaxs sifatida saqlanib qoladi.
Asarni bunaqa qilib yozish qiyin, benihoya qiyin. Tog’ay yangi asarini e’lon qilganda tabriklagan do’stlariga yana bitta qissani yozib qo’ydim, deb o’z quvonchini bildiradi. O’sha «yana bitta asar» hadeganda nashriyotga kelavermaydi. Biror besh yil o’tib matbuotda paydo bo’ladi. Shu besh yil davomida Tog’ay «bitgan» asarini o’ngidan chapiga, chapidan o’ngiga o’qib, sahifalarini timdalab-timdalab, ishlayveradi. Har bir so’zni zargar tarozida tortib, jumlalarning uzun-qisqaligini chizg’ichda o’lchab, sahifalarning tinkasini quritadi.

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:32:40

Shuncha yil yozuvchilik qilib, hali Tog’aydek qo’lyozma ustida uzoq ishlaydigan yozuvchini ko’rmaganman. Bir suhbatimizda Tog’ay: «Men hech kimdan qo’rqmayman. Har qanday zo’ravon bilan tikka olisha olaman. Ammo kitobxondan qo’rqaman. O’lay agar, juda qo’rqaman», degandi.
«Yulduzlar mangu yonadi» degan birinchi qissasi unga juda katta shuhrat keltirdi. Asar qo’lma-qo’l bo’lib o’qildi. Bu qissasini Tog’ay o’z tanasidan chiqib ketib, o’zini ham, atrofidagi jami narsalarni, odamlarni, bahoru kuzlarni, qishu saratonlarni, osmonni to’ldirgan turnalarni unutib, bir darvesh qiyofasiga kirib, dalli devona bo’lib yozdi.
Undan, shu qissani qanday yozganingni eslay olasanmi, deb so’raganimda, u jindek iymanib, o’ngimda emas, tushimda yozgandekman, deb javob bergandi.
 Tog’ay Murodning mashhur  «Otamdan qolgan dalalar» romanida turkiylar birligi tilga olinadi. Asar qahramoni Dehqonqulning ota-bobolari  asli Farg’ona tomonlardan. Chor hukumati Turkistonni zabt qilganda, Dehqonqulning o’ta taqvodor bobosi Jamoliddin ketmon surbet, axloqsiz chor zobitlari tomonidan oyoq osti qilinayotgan, ming-ming yillik urf-odatlar, vodiy ahliga xos bo’lgan pokizalik toptalayotganidan, Simda (Sim Farg’onaning avvalgi nomi) islovatxona ochilganidan, har qadam qovoqxona (kabak) bo’lib ketganidan, kofir zobitlar musulmon ayollariga hirs bilan tikilayotganidan dili og’riydi. Endi u Farg’onaning pok suvi, rizq-nasiba beradigan toza tuprog’i harom bo’ldi,  deb bola-chaqalarini olib boshi oqqan tarafga ketadi. Taqdir taqozosi bilan bu darbadar oila cho’llarda sarson-sargardon bo’lib Surxonning Denov taraflaridan qo’nim topadi.
Jamoliddin ketmonning o’g’li surxoni Aqrab bosmachilarga qo’shilib, haqoratlar, kamsitishlar uchun bu dunyodan irganib yashagan otasi uchun chor hukumatidan o’ch olishga ahd qiladi.
O’zbekning boyliklarini tashib ketayotgan, oltinlarini qoplab orqalagan bosqinchilarni ko’z ochirmay o’qqa tutaveradi, o’qqa tutaveradi.
Inqilob bo’lib, endi ko’ksimizga shamol tegadi, deganlar tillarini tishlab qoldilar. Chorizm boshlagan talonchilikni sho’ro undan o’n chandon oshirib davom ettirdi. Buxorodan vagon-vagon oltinlar Maskov tomon keta boshladi. Xonadonlarda ko’z qorachig’idek saqlanayotgan noyob buyumlar, ming yillarning nari-berisida yozilgan, fanga, tarixga aloqador qo’lyozmalar tashib ketildi. Qo’mondon Frunze bilan Kuybishev Buxoroni ship-shiydam qildi. Budyonniy esa Boysunni taladi...

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:33:09

Tog’ay Murod qissalarini o’qir ekanman, har gal yangi bir yozuvchini ko’rgandek bo’laman. U kechagi hammani qoyil qoldirgan «Yulduzlar mangu yonadi» yoki «Ot kishnagan oqshom» qissalarini yozgan Tog’ayga o’xshamaydi. «Oydinda yurgan odamlar»ni boshqa Tog’ay yozgan, deb o’ylaysiz.  Ha, uning asarlari sira bir-birini takrorlamaydi.
Yozuvchiga avvalgi asaridan qolgan hayajonlarini unutish qiyin kechadi. Qisman bo’lsa ham o’sha his-hayajonlarni beixtiyor takrorlayotganini o’zi sezmaydi.
Men o’zim uchun, balki adabiyot uchun Tog’ayni mana shu «Yulduzlar mangu yonadi», «Ot kishnagan oqshom» qissalari bahonasida kashf qilgandirman.
O’zbekiston Yozuvchilari plenumida hammaning nazaridan nari surilgan, go’yo adabiyotimizda qo’lga ilinadigan hech narsa yo’q,  deb turganlarida katta, mo’’tabar minbardan turib, Tog’ay Murodning «Yulduzlar mangu yonadi» hamda «Ot kishnagan oqshom» qissalari keyingi yillarda yaratilgan asarlarning eng yaxshisi, deb baralla aytganman. Buni Tog’ay o’limidan roppa-rosa bir oy avval «Ma’rifat» gazetasi muxbiri jurnalist Hulkar To’ymanovaga bergan  intervyusida minnatdorlik bilan eslaydi.
«Hurmatli yozuvchimiz Said Ahmad bir kitobingizga yozgan so’zboshida «Tog’ay Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirdi», deb yozdi. Siz ushbu bahoni qanaqa qabul qildingiz?» — degan savolga u shunday javob qiladi:
«Men bu gapni Said Ahmadona mardlik va halollik, deb qabul qildim. Ayrim adiblar asarimni o’qib, «Qadam olishingiz yomon emas», «Tengdoshlaringizdan kam emassiz», «Anavi asaringizni o’qisa bo’ladi» qabilida yoqtirmagansimon gaplar qildi. Hatto «Adabiyotga aralashib qolibsiz? Obbo siz-ey», deguvchi ichiqora yozuvchilar ham bo’ldi. Said Ahmad esa: «Tog’ay Murod o’zbek tilini kuylatdi. O’zbek tilining jami jilvalarini oftobga solib ko’rsatdi», deb yozdi. Har bir asarimni halollik bilan ko’z-ko’z etib, ulug’ladi. Said Ahmad ana shu halolligi, ana shu mardligi uchun, mana, to’qson yoshni qoralab boryapti».
Bolxin momoning eri surxoni Aqrab hali ham sho’ro bilan olishib yotibdi. Boyliklarni Maskov tomon tashib ketayotgan sho’roning hali u yeridan, hali bu yeridan o’qqa tutyapti. Haligacha oq-qorani farq qilmaydigan o’g’li Dehqonqul esa tuproqni yalagudek bo’lib, burni yerga tekkunicha jonini jabborga berib ishlayapti. U faqat ishlashni biladi. Hosilni kim olyapti, bu bilan ishi yo’q. Ish meni baxtli qiladi, deb o’ylaydi bu sodda o’zbak.

Qayd etilgan


Ansora  05 Mart 2010, 15:33:22

Bolxin momo xonadoni bundan buyon ro’shnolik ko’rmasligini  biladi. Sho’roga o’q uzgan bosmachining nevaralari endi oyoq ostida o’ksib yashashga mahkum ekanini his etadi. U butun tanini nafrat, alam, iztirob jingirtob qilib tashlagan ojiz-notavon kimsa!
Bolxin momo xuddi mana shu qiyofada adabiyotda paydo bo’ldi.
Dehqonqul xotinining o’ziga o’t qo’yganini soxta hujjatlar bilan rasmiylashtirayotgan rayon kattalariga qarshi boradi. «Bu xotin gulxan yonidan o’tayotganida tasodifan yonib ketgan», degan hujjatni ko’rib g’azabga keladi. Endi Dehqonqulning o’ziga hujum boshlanadi. Qo’shib yozish kampaniyasida uni ham qamoqqa tiqadilar.
Gdlyanchi-ivanovchilar ho’lni ham, quruqni ham barobar yondirayotgan paytlar edi. Dehqonqul qamoqxonada inson bolasi chidashi qiyin bo’lgan azoblarga giriftor bo’ladi. Tergovchilar uning  «sodda»ligidan foydalanmoqchi bo’lib, rayon, oblast, respublika rahbarlariga tuhmat qilishni talab qiladilar.
Ko’pincha Dehqonqulning dalasiga rahbarlar kelib turishar, qilayotgan ishlaridan nihoyatda quvonardilar. Mukofot tariqasida, shu bola ham dunyo ko’rsin, odam tanisin deb, plenumlarga, qurultoylarga chaqirishardi. Ozmi-ko’pmi mukofotlarga ham loyiq ko’rishardi.
Endi tergovchilar unga rahnamo bo’lgan rahbarlarni ilintirish payiga tushadilar. Falon vazirga qancha pora bergansan, falon sekretarga nima sovg’a qilgansan, deb javob talab qila boshlaydilar. O’zi sodda bo’lgani bilan irodasi kuchli Dehqon¬qul ularga bo’yin bermaydi. Oxiri shunday bo’ladiki, begunoh pokiza inson uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qilinib, belgisiz «borsa kelmas» tomonlarga jo’natib yuboriladi.
Dehqonqul oxirgi marta dalalarga qaraydi. Quvonch bilan, bu yil paxta mo’l bo’ladi, deb yuboradi. Oyog’ing ham, rizq-nasibang ham bu dalalardan uzilgan. Endi bu sen «javlon» urgan dalalarni ko’rish yo’q. Bolalaringni, dunyodan «to’ygan» onangni o’ylasang-chi, deb qichqirging keladi.
Hosil ko’p bo’lsa, kolxoz badavlat bo’ladi, odamlar to’q bo’ladi... deb ko’nglidan o’tkazyapti shekilli... E, sodda o’zbak, sen qachon badavlat bo’lasan, qachon bolalaringning qorni to’yadi, deging keladi. Yo’q, Dehqonqul bu gaplarga tushunmaydi. Shu dalalarni o’ziniki, o’zini shu dalalarniki, deb biladi.
Dehqonqul olis yurtlarda halok bo’lib ketar. Ammo uning ruhi o’zi sevgan dalalarda shamoldek aylanib yuradi. Tonggi epkinlarda asta silkinayotgan yashil yaproqlarni g’oyibdan qo’l cho’zib silayotgandek bo’ladi.

Qayd etilgan