Maqola yozish  ( 26024 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


munisaxon  22 Aprel 2010, 22:26:50

V.P. Bespalko esa bunga quyidagicha ta`rif bergan:"Pedagogik texnologiya —  o`qituvchi mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, talaba shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash-loyihalashdir". O`tkazilgan tajribalarga ko`ra oddiy guruhda 5% kam qobiliyatli, 5% iqtidorli talabalar bo`lsa, qolgan 90% talaba oddiy  qobiliyatli bo`lar ekan. Agar jarayon to`gri yo`lga qo`yilsa talbalarninig 95% ining mavzuni o`zlashtirishiga erishish mumkin va qolgan 5% talabaning esa to`la bo`lmasada  biroz o`zlashtirishiga erishish mumkin ekan.
 Buni ko`pgina davlatlar tajribasi orqali ko`rishimiz mumkin. Bunday tajribani dastlab Blum o`tkazdi va ijobiy natijalarga erishdi. U dastavval o`quvchilarning o`zlashtirish darajasini o`rgandi va shu asosda darsni tashkil etdiki,  natija esa hayratlanarli bo`ldi. Blumning tajribasini  J.Keroll nazariy jihatdan asoslagan bo`lsa, J.Blok, L.Andersenlar  to`la o`zlashtirish  asosida  o`qitish uslubini ishlab chiqdilar.
Bu tizimda ishlaydigan o`qituvchilar: barcha talabalar  o`quv materialini o`zlashtira oladilar, mening vazifam  o`quv jarayonini to`g`ri tashkil etib,  ularga ana shuning uchun sharoit yaratishim zarur, deb o`z oldiga maqsad qo`yishi-to`la o`zlashtirish  uslubining dastlabki qoidasidir. Bundan tashqari, darsni  noan`anaviy  tarzda o`tishning yana bir qancha metodlari bo`lib men faqatgina bir nechtasini keltirib o`taman. Quyidagi  metodlar kop`roq xorijiy tillarini  o`rgatishga qaratilgan.
Ular quyidagilar:  6х6х6, klastr metodi, o`yin darslar, matbuot konferensiyasi darslari.

Qayd etilgan


munisaxon  22 Aprel 2010, 22:27:23

6х6х6 metodi
 Bu metoddan foydalanish  o`quvchilarning har biridan faollik talab etiladi. Darsda qatnashayotgan o`quvchilar faol bo`lishga harakat qilishadi va shu bilan birgalikda  ular guruh bilan birga ishlashi ya`ni guruhdagi fikrlarni tinglash guruhdoshlarning fikriga munosabat bildirish va o`z fikrini himoya qilishga o`rgatadi. Bu metodni tashkil qilish jarayonida o`qituvchi tajribali shu bilan birga nutqiy pedagokik mahoratga ega bo`lishi shart. Agar o`qituvchi guruhlarni to`g`ri shaklantira olmasa, guruhning ishlari oldinga emas, balki orqaga qarab yuradi. Buning uchun dastavval  sinfda 6ta guruh tuziladi. Dars boshlangandan so`ng o`qituvchi o`quvchilarga ya`ni guruhlarga muayyan topshiriqlar beradi va ularni kuzatib boradi. Agar biror joyda fikrlarni to`g`irlash lozim bo`lsa o`qituvchi ularga yo`nalish beradi . 6x6x6 metodidan foydalanishning  ijobiy tomonlari shundaki, bunda asosiy vazifani  o`qituvchi emas balki o`quvchilar bajarishadi. O`qituvchi esa faqatgina ularga kerakli yo`nalish beradi, xolos.

Qayd etilgan


munisaxon  22 Aprel 2010, 22:28:38

Klastr metodi

 Yuqoridagi metod  yordamida biz o`quvchilarni erkin fikrlashga o`rgatamiz . Bu u metodning asosiy mohiyati o`quvchilarni cheklamaslik, ularga fikrlarni erkin bayon qilishga o`rgatishdir. Klastr metodi aniq narsaga yo`naltirilgan  fikrlash shakli sanaladi.  Bu  usulni qo`llashdan oldin bir necha g`oyalar tizimi tanlab olinadi va ular o`rtasidagi o`xshashliklar va bahslar asosida fikrlar to`planadi. Bu juda puxta o`ylangan taktika bo`lib, bunda xoh guruh tarkibida, xoh yakka tartibda bo`lsin ishlatishimiz mumkin. Buning uchun dars boshlangandan so`ng o`quvchilarga bir necha g`oyalar taqdim etiladi va  o`quvchilarga dastavval ularning faktlarini yozma tarzda bayon etilishi so`raladi. Shu narsa ahamiyatliki, talabalar fikrlash erkinligiga ega bo`lishadi. Ularni hech qanday qoida asosida cheklash bo`lmaydi. Natijada ular biroz bo`lsada kenroq doirada fikrashga o`tadilar va ko`p hollarda yangi g`oyalarni ilgari suradilar.

Qayd etilgan


munisaxon  22 Aprel 2010, 22:30:22

O`yin darslari: tanlov darslar va turnir darslar
Tanlov darslar

ingliz tili darsida uni quyidagicha o`tkazish mumkin: O`quvchilar mavzuga ikki kun oldin tayyorlanishadi. Darslarni o`quvchilarni juftlik shaklda ham, yakka tartibda ham tuzib o`tkazish mumkin. Bir necha o`quvchilar qatnashuvchi sifatida ishtirok etsa, qolgan o`quvchilar hakamlar hay`ati a`zosi sifatida ularni tekshirishadi. Buning uchun ularga ma`lum mavzudagi rasmlar va ular asosida hikoya tuzish gapirib berish kabi topshiriqlar beriladi. Hakamlar esa ular qanday bajarishganligi jumlani, to`gri yoki noto`g`ri tuzishganligini aniqlashadi va shular asosida o`qituvchi ularning bilimini baholaydi.Tanlov darslari o`quvchilarni shu turdagi majlis konferensiyalarda yoki darslarda fikrini to`g`ri va to`liq tushuntirishga yordam beradi. Darsni kichik konsert va xulosa bilan tugatiladi.
Turnir darslar

Ikki sinf bilan yoki ikki guruh o`rtasida o`tkazish mumkin. Buning uchun bir necha kun tayyorlanish lozim bo`ladi. Ya`ni ularga mavzu beriladi va ular shu mavzu mohiyatidan kelib chiqib darsga tayyorlanishadi. Bu usulni ingliz tili darslarida qo`llashdan maqsad ikki guruh o`rtasidagi tafovutlar, kamchiliklarni ko`rish ularni yo`qotish imkoniyatga ega bo`la olamiz. Misol uchun ularga ikkita yozuvchining hayoti va faoliyati berilgan bo`lsin,  guruh a`zolari yozuvchilarninhg barcha asarlari haqida qisqacha ma`lumotga ega bo`lishlari lozim va ular qarama —qarshi guruhga o`zlarining tayyorlab kelgan topshiriqlarini berishlari mumkin. O`qituvchilar ham skanvord kabilarni tayyorlash orqali ularga ko`maklashishlari mumkin. Bunda ham dars oxirida natijalar e`lon qilinadi va o`quvchilar baholanadi.

Qayd etilgan


munisaxon  22 Aprel 2010, 22:32:25

Matbuot konferensiyasi darslari

Mavzuni yoki materialni takrorlash uchun foydalaniladi. Buning uchun ham bir necha kun oldin tayyorgarlik ko`riladi. O`qituvchi bu turdagi darsni o`tish uchun mavzuning o`quvchilarga ilgaridan tanish bo`lganligi muhim ahamiyat kasb etadi . Matbuot konferensiyasi 4 qismdan iborat bo`ladi.
1.Matbuot markazi xodimlarining jurnalistlar savoliga javobi 45-  daqiqa .
 2.Tahrirga oid topshiriqlarni tayyorlash va shaklantirish 20 daqiqa, har bir jurnalist o`z savoliga olgan javoblari asosaida jurnlaga maqola yozadi.
3. Bajarilgan ish haqida hisobot 15- daqqiqa .
4.Xulosa chiqarish va ekspress gazetada maqolasini nashr etish.
 O`qituvchi kelgusi darsda angliyalik mehmon kelishi haqida ogohlantiriadi. Mehmon sifatida esa eng bilimdon o`quvchi tanlanadi qolganlar, jurnalist bo`lib o`z savollarini tayyorlab keladilar va dars xonasi matbut konferensiyasi zali shakliga keltiriladi va mehmonning ro`parasidagi stollarda jurnalistlar o`z gazetalarining  nomi yozilgan taxtachalar ortida turishadi. Mehmon savollarga javob beradi, jurnalistlar esa kelgusi darsda savol- javoblar asosida o`z maqolalarini tayorlab keladilar.


Yuqorida keltirib o`tilgan usullardan agar kamida ikkitasi ishlatilsa ham, o`zlashtirishda muvaffaqiyatga erishgan bo`lamiz. Bizning vazifamiz o`quvchilarga bilimni to`g`ri va to`liq yetkazib berish ekan, bu yo`nalishda izlanishlar davom etaveradi. Ta`lim dargohlarining aksariyatida hozirda bu usullar qo`llab kelinmoqda va ular orqali o`uvchilarning bilim darajasi ancha oshganligi ham ta`kidlanmoqda.
Sizlarga taqdim qilmoqchi bo`lganim shulardan iborat. Bizning oldimizda turgan vazifa endi ularni hayotga tadbiq etish va undan kutiladigan natijalarga erishishdir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo`lg`usi o`qituvchi pedagoglar uchun o`z ustida tinimsiz mehnat qilish, barcha mashg`ulotlarga "œTa`lim to`g`risidagi" qonun va  Kadrlar tayyorlash Milly dasturi talablari asosida tayyorlanish asosiy mezon bo`lib hisoblanadi. Bu esa "œBarkamol avlod "œ Davlat Dasturining amalga oshirishning asosiy talabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1."Zamonaviy pedagogik texnologiyalar" muallifi yodimdan ko`tarildi keyinroq kiritaman agar qiziqsangiz
2www.pedagog.uz
3.el.tfi.uz
4.www.multimedia.uz
5.uz.ref.uz
6.www.best.eu.org
7referats.allbest.ru
8.www.europianschoolnet.org
9.www.eun.org
10.gamesinschools.ning.com/
11.www.ioso.ru

Qayd etilgan


munisaxon  23 Aprel 2010, 06:30:03

Maqolaga 5 takam to'rt yarim baho.
Ilmiy izlanishingizga esa 5 baho.
Maqolangizni bu mavzuda va shu forumda qo'yganingiz esa--bebaho.


Kamchiliklarini Pmizga yozaman shu kunlarda,chunki mavzu o'zani burililib ketishi mumkin.

Rahmat ajoyib maqola uchun.


Sizga ham rahmat.
Maqola bo`yicha fikrlarni kutib qolaman

Qayd etilgan


muxlisa  14 Aprel 2011, 19:51:59

 :as:

Yaxshi mavzu ochilgan ekan.

"Jurnalistikaning 10 qoidasi" dan iqtiboslar qo'yib borilsa, manimcha ko'pchikikka qiziq bo'lsa kerak deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Nurdinboy  14 Aprel 2011, 22:21:40

Maqola yoziwdan avval e'tibor qaratilayotgan, talqin qilinayotgan jarayon mukammal o'rganiliwi va uni to'g'rg talqin eta biliw eng muhim jihatlardan biridir.

Qayd etilgan


Rabella  22 Sentyabr 2011, 23:02:29

"Maqola yozish sirlari" haqida maqola yozadiganlar bormi? :)

Qayd etilgan